Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Majnun, Layli kabilarni asarida keltirishidan maqsadi, ushbular vositasida 
chuqur va aniq ma’noni ifodalashdir. Ayonki, adabiyot ilmida bunday badiiy 


san’at talmeh deb ataladi. Talmeh ijodkorga tarixiy yo afsonaviy voqealarga, 
mashhur asarlar va qahramonlar obraziga ishora qilish va shu yo’l bilan o’z 
fikrini mo’’jaz holda kuchaytirish uchun imkoniyat tug`diradi.
i
Shoir asarini o’qimishli va ta’sirli qilish uchun turli tasviriy vosita va 
badiiy usullardan unumli foydalanishga harakat qilgan. U asarida sinonim, 
antonim, omonim, o’xshatish va metaforalarni qo’llab, o’ziga xos badiiy san’at 
namunalarini yaratishga uringan. «Gulistoni bit-turkiy» asari tilida vatan-yurt, 
yozuq-gunoh, to’g`ri-rost kabi ayrim sinonimlar qo’llangan: O’sib tuprog`im 
uzra nayzalar, men evdin ayrildim, Vatandan benishon o’ldimda, o’zga yurtga 
evrildim. Ayonki, tarixiy-etimologik qatlamiga ko’ra vatan so’zi arabiy, yurt 
so’zi esa umumturkiydir. Mazkur ma’nodosh so’zlar hozirgi o’zbek adabiy 
tilida faol qo’llanilib kelmoqda. 
Asar tilida antonim so’zlar nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi. Sayfi 
Saroyi ijtimoiy-siyosiy davrning zidiyatlarga to’la voqeliklarini hamda ma’rifat 
va jaholat, ezgulik va yomonlik o’rtasidagi o’zaro abadiy kurashni yorqin, 
ta’sirli ifodalash uchun mazkur til birligidan asarida keng va o’rinli 
foydalanishga harakat qilgan. Zid ma’noli so’zlar jumlasiga jannat-tamug` 
(do’zax), pok-munajjas 
(nopok, iflos), do’st-dushman
, sog` (o’ng tomon)-so’l 
(chap tomon) kabilarni aytib o’tish mumkin. Misol: Ko’rguzursa sog` yona yo’l 
senga, Sen aning so’zin eshitma, so’lga ket. Ma’lumki, zid tushunchalarni ifoda 
etuvchi so’zlar badiiy adabiyotda tazod san’atini voqelantiradi. Sayfi Saroyi 
quyidagi baytda orif va johil so’zlarini zidlantirib, tazod badiiy san’atining 
go’zal namunasini yaratgan:
Orif bilan o’lturmoq johilga erur zindon,
Johil bilan o’lturmoq orifga jahannamdur.
Baytda qo’llangan orif so’zi arabiy bo’lib, ilm bilan axloqiy etuklikka 
erishgan shaxs, ma’rifatli, bilimdon, dono ma’nolarini ifodalaydi. Johil so’zi 
ham arabiy bo’lib, uning lug`aviy ma’nosi jaholatda qolgan, ilm-ma’rifatdan 
mahrum; qoloq, madaniyatsiz, nodondir. Shoir donolik va nodonlik belgilariga 


ega ikki kishining holatini zidlantirish orqali ularning muhim jihat va 
fazilatlarini yorqin aks ettirgan. 
Shoir omonimlardan ham mohirona foydalanib, 
tajnis badiiy san’atining go’zal namunalarini yaratgan: 
Kuzatur o’zga aybin – sen ani ko’r, 
Magar o’z aybina doyim ko’zi ko’r
She’rning mazmuni quyidagicha: sen atrofingdagi kishilarga boq, ularga 
nazar sol, ularni ko’r. Ularning tabiati juda qiziq ekanligiga amin bo’lasan. 
E’tibor bersang, ularning bari boshqalarni kuzatib, o’zining emas, balki o’zgalar 
aybi va xatosini topishga harakat qiladi. O’z aybi va xatosini esa umuman 
bilmaydi, bilishni ham istamaydi, uni “ko’zi ko’rmaydi”, tan olmaydi. Baytning 
birinchi misradagi umumturkiy ko’r so’zi ko’r(moq), nazar tashlamoq 
ma’nosini, ikkinchi misradagi forsiy ko’r so’zi esa “ko’rmaydi, ko’rish 
qobiliyati yo’q, ko’rish organi ishlamaydigan, so’qir” ma’nosini ifodalaydi. 
Ko’r I fe’l, ko’r II sifat turkumiga oid. Shaklan bir xil, biroq boshqa-boshqa 
ma’nolarni ifodalovchi mazkur omonimlar tajnis badiiy san’atini yuzaga 
keltirishga, nozik so’z o’yinini amalga oshirishga imkon bergan. 
Aytilganidek, Sayfi Saroyi she’rlarida turli badiiy san’atlardan 
foydalangan. Masalan, u “Erur” radifli g`azalida ma’shuqaning zulfini 
sunbulga, yuzini gulzorga o’xshatib, tashbih badiiy san’atini voqelantirishga 
harakat qilgan: 
Dilbarimning zulfi sunbuldekchehrasi gulzor erur, 
Bo’yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur. 
Sayfi Saroyi she’rlaridan birida dunyo adabiyotini gulzor, chamanzor bir 
boqqa qiyos etadi va jahon shoirlarini ikki guruhga ajratib ko’rsatadi. Birinchi 
guruhga chin, iste’dodli, mahoratli shoirlarni kiritadi va ularni adabiyot 
gulshanining bulbullari deb ataydi. Ikkinchi guruhga esa iste’dodsiz, mansab, 
martaba va manfaat ilinjida zo’rma-zo’raki ijod qiluvchi shoirlarni kiritadi va 
ularni adabiyot gulzoriga adashib kirib qolgan zog` (qarg`a)lar deydi. 
Jahon shoirlari, ey gulshani bog`, 


Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog`
Anglashiladiki, she’rda arabiy bulbul va forsiy zog` so’zlari ko’chma 
ma’noda qo’llangan. Mumtoz adabiyotda bulbul so’zi aksariyat o’rinlarda oshiq
majoziy ma’noda ifodalangan bo’lsa, Sayfi Saroyi mazkur so’zni iste’dodli 
shoirlar ko’chma ma’noda qo’llagan. Zog` so’zi esa she’rda iste’dodsiz shoirlar 
majoziy ma’noni ifodalab kelgan. Ayonki, bulbul sayraganda uning yoqimli 
ovozidan kishi dili zavqqa to’lib, behad rohatlanadi. Zog`ning xunuk ovozi esa 
dilni xira qilib, kishida yomon fikrlar uyg`otadi. Baytdagi bulbul va zog` 
so’zlari metaforalar bo’lib, shoir ular vositasida istiora badiiy san’atini 
voqelantirgan. Bundan tashqari shoir mazkur so’zlardagi ma’no belgilari, 
chunonchi, bulbul sayrashidagi yoqimlilik, chiroylilik va zog` ovozidagi 
yoqimsizlik, xunuklilikni o’zaro zidlantirilib, tazod badiiy san’atini ham 
yuzaga keltirgan. 
Ayonki, yemoq so’zining o’z lug`aviy ma’nosi taom iste’mol qilmoq, 
ovqatlanmoqdir. Shoir mazkur so’zdan ko’chma ma’noda, ya’ni o’ldirmoq, 
halok etmoq majoziy ma’noda foydalangan: 
Ey necha bekni, malikni o’yla yebdur bu jahon, 
Kim, alardan yer yuzinda qolmadi zarra nishon. 
Mazmuni: bu jahonda bizdan oldin juda ko’p bek va malik (sulton, 
podshoh, hukmdor)lar bo’lgan, yashab o’tgan, vafot etgan, ularni jahon 
“yegan”, ulardan hozir zarracha ham nishon qolmagan. She’r mazmunidan 
anglashiladiki, shoir bek va maliklarga pand-nasihat qilib, ularga bu o’tkinchi 
dunyoda faqat ezgu va xayrli ishlar qilish zarurligini hamda yolg`iz shu yo’l 
orqaligina jahonda yaxshi nom qoldirish mumkinligini uqtiradi. Shoirning 
quyidagi baytida umumturkiy yuk so’zi majoziy ma’noda qo’llangan: 
Bir kishidan doimo ko’rib saxo, 
Umr borincha yukun cheksang ravo. 
Ma’lumki, yuk so’zining o’z lug`aviy ma’nosi bir yerdan ikkinchi yerga 
ko’tarib, tashib borilishi lozim bo’lgan og`irlik bo’lib, shoir mazkur so’zni 


ko’chma – tashvish ma’nosida qo’llaydi. Shoir aytmoqchi, bir kishi senga saxo, 
ya’ni saxiylik, qo’li ochiqlik va jo’mardlik qilsa, sen uning saxiyligidan 
muntazam bahramand bo’lsang, sen ham unga munosib bo’lib, umring 
oxirigacha uning “yuki”, ya’ni tashvishi bilan yasha, unga yaxshilik qil, uning 
saxiyligiga yaxshilik bilan javob qaytar. 
“Gulistoni bit-turkiy” asari garchi badiiyat nuqtai nazardan yuqori daraja 
va qiymatdagi adabiy meros bo’lmasa-da, ayrim jihatlariga ko’ra ahamiyatlidir. 
Uning ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, asar mazmuniga umuminsoniy 
g`oyalar chuqur singdirilgan bo’lib, bu g`oyalar necha asrlardan beri kishilarni 
ezgulik va yaxshiliklarga undab kelmoqda. Ikkinchidan, o’zbek adabiy tilining 
XIV asrdagi taraqqiyot bosqichi xususida, shu davrning til xususiyatlari 
bo’yicha aniq, to’g`ri va atroflicha xulosalarga kelishda, alohida ta’kidlash 
o’rinliki, asar juda muhim yozma manbalardan biridir. Mazkur davrga oid bu 
kabi yozma yodgorlikliklarning ko’p emasligi barchaga ma’lum. Alohida qayd 
etish lozimki, o’zbek adabiy tili tarixida muhim o’ringa ega ushbu yozma 
manbaning til xususiyatlari, iste’dodli shoir va tarjimon Sayfi Saroyining o’zbek 
adabiy tili taraqqiyotidagi xizmatlari o’zbek tilshunosligida deyarli 
o’rganilmagan. Shoirning nazarda tutilgan asarini turli aspektlarda o’rganish 
o’zbek tilshunosligi uchungina emas, balki turkologiya uchun ham 
ahamiyatlidir.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling