Yordami so‘zlar – ko‘makchilar bog‘lovchilar yuklamalar stilistikasi


Download 245.5 Kb.
bet2/9
Sana20.03.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1285097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bog\'lovchi va yuklamalar

Bilan – va sinonimiyasi. Bu yordamchi so‘zlar quyidagi semantik ma`nolarni ifoda etganda sinonimik munosabatga kirishadi: birgalik ma`nosi: Ahmad bilan SHavkat darsga keldi / Ahmad va SHavkat darsga keldi; tenglik ma`nosi: Doim u bilan men. U o‘xshar senga, Uning ham seningday ko‘zlari xumor (Zulfiya) / Doim u va men. U o‘xshar senga, Uning ham seningday ko‘zlari xumor.
Vaziyatga qarab anglashiladigan birlik va tenglik ma`nosidan qat`iy nazar, ularning o‘rnini o‘zaro almashtirib qo‘llash mumkin va bunda uslubiy g‘alizlik payqalmaydi. Lekin bundan ularning o‘rnini hamma vaqt ham almashtirib qo‘llayverish mumkin, degan ma`no kelib chiqmaydi. Masalan: Hikmatillo kechi bilan indinga ertalab o‘z qismida bo‘lishi kerak (O.YOqubov), Ta`na, doshnom, tanqid va boshqa ming turli do‘stona, xayrixohona tovushlarga tahsin aralashsa, quloqqa faqat tahsingina kiradi (A.Qahhor). Matnlardagi bilan hamda va ni o‘zaro o‘rin almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi. Quyidagi misol esa bu urinishning qo‘pol xatoga olib kelishi ham mumkinligini ko‘rsatadi: O‘zbek tilida yaxshi fikr va tuyg‘ularni ifoda qilib bo‘lmaydi degan nazariyani Navoiy bundan besh yuz yil burun tor-mor qilgan (A.Qahhor).
Bu ko‘makchi kelishik ko‘rsatkichlari bilan sinonimik munosabatga kirishadi:
-da bilan. Bunda vosita ottenkasini ifodalaydi: Qishloqdan mashina bilan keldim / Qishloqdan mashinada keldim.
Tarz mazmunini bildirganda: Xonaga astagina oyoq uchi bilan kirib keldi / Xonaga astagina oyoq uchida kirib keldi .
Holat ma`nosi ustun bo‘lganda: Qiz kutishning zavqi bilan mast, / YAna yuragida o‘t yondi (Zulfiya) // Qiz kutishning zavqida mast, / YAna yuragida o‘t yondi.
Birgalik ma`nosi –da yordamida ifodalanganda u bilan ga yaqinlashadi: ertaga nima bo‘lar ekan, degan xayol bilan kun bo‘yi o‘ylanib yurdim / ertaga nima bo‘lar ekan, degan xayolda kun bo‘yi o‘ylanib yurdim. Bu holat “O‘zbek tili grammatikasi”da ham qayd etilgan: ““Birgalik” ob`ekti ma`nosi anglashiladi. Bu ma`noda o‘rin kelishigi bilan ko‘makchisining shunday ma`nosiga sinonim bo‘ladi. Bunda “birgalik” ma`nosi o‘ta mavhum ifodalanadi, chunki o‘rin kelishigi mavhum tushunchani anglatadigan so‘zga qo‘shilib keladi: Saida gap tamom bo‘ldi degan xayolda o‘rnidan turmoqchi edi, Nosirov to‘xtatdi (A.Qahhor)” (O‘tg, 245).
-da nafaqat ko‘makchi bilan sinonimik munosabatga kirishadi, balki o‘zi ko‘makchi hosil qiluvchi vositaga aylanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbek tili grammatikasi”da quyidagilar yozilgan: “Kelishik formasida ma`lum ma`no taraqqiyotiga uchrab, yangi, mustaqil mundarija va vazifa kashf etish o‘rin kelishigi formasidagi so‘zda ham anchagina uchraydi. Bu kelishik affiksini olgan so‘z o‘z turkumidan ajralib chiqib, quyidagi turkum so‘zga aylanadi: 2. Ko‘makchiga aylanadi: haqida, to‘g‘risida (Bular aktiv), xususida, borasida, tarzida, yo‘sinda, bobida (Bular passiv) kabi: Urushga ketgan o‘g‘li to‘g‘risida qora xat keldi (A.Qahhor)”. (O‘tg,247-248).
Ko‘rinadiki, -da qo‘shimchasining imkoniyatlari faqatgina kelishik (o‘rin va payt), yuklama, bog‘lovchilik doirasida chegaralanib qolmaydi. Balki unda so‘z yasash xususiyati ham mavjud. Bu esa “O‘zbek tili morfem lug‘ati”da uning to‘rtinchi belgisi sifatida qayd etilgan va “un/da/moq, al/da/moq, in/da/moq, hay/da/moq kabilar fe`llar tarkibida uchraydigan yasovchi bo‘lib, -la yasovchisining allomorfidir” deyilgan (G‘A., TA., QR.,410).
Demak, uning yangi imkoniyati yuzaga chiqib, ko‘makchi hosil qilishi esa bu maydonni yana ham kengaytiradi: haq/i/da, to‘g‘ri/si/da, xusus/i/da, bora/si/da, tarz/i/da, yo‘sin/i/da, bob/i/da kabi. Ushbu misollar yordamchi so‘z turkumlarining, xususan ko‘makchilarning yasalmasligi haqidagi qarashlarni o‘zgartirishga olib keladi. Negaki, bu so‘zlarning birontasining –da qo‘shimchasisiz qismini ko‘makchi deb ayta olmaymiz va ularning birlashuvi jarayonini leksikalizatsiya hodisasi deb tushunamiz. Ushbu hodisa tufayli tildagi ikki birlik qo‘shilib, ko‘makchi paydo bo‘lmoqda.
SHunday qilib, o‘rin kelishigi ko‘rsatkichi -da vosita, holat, birgalik singari ma`nolarni anglatish barobarida bilan ko‘makchisiga sinonimik munosabatda bo‘ladi. Hatto mana bu: Qalandarov bir haftaning ichida hamma rasm-rusumni joyiga qo‘yib, Hurinisoni nikohlab olibdi misolidagi ichida so‘zini ichi bilan ga almashtirish mumkin. Mazmun buzilmaydi va bu erda ham sinonimik munosabat mavjud bo‘ladi. Ammo shunday qilinsa, nutqdagi osonlikka intilish qonuniyatiga putur etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, -da ning ham, bilan ning ham qo‘llanishida o‘z uslubiy imkoniyati va chegarasi mavjud.
Harqalay, o‘zbek tilida –da qo‘shimchasining grammatik imkoniyatlari keng ko‘rinadi. U bir ma`nosida bilan ko‘makchisiga, boshqa bir ma`nosi bilan va, ham bog‘lovchilariga ham sinonim bo‘la olishi mumkin: keldida ketdi, kirdida yotdi, yotdida uxladi / keldi va ketdi, kirdi va o‘tdi, yotdi va uxladi. Bu qiyoslanayotgan misollar o‘rtasidagi farq grammatik emas, balki uslubiy farq sanaladi. CHunki bu yordamchi so‘zlar jumlalarda bir xil grammatik vazifani - tenglikning ifoda etayotgan bo‘lsa ham, ma`lum uslubiy ayrichaliklarga ega. Birinchi holatda tenglikdan ko‘ra ketma-ketlik va ta`kid ma`nosi kuchliroq. CHunki qo‘shimcha bu erda kelishikka emas, balki yuklamaga daxldor. Ammo A.G‘ulomov va R.Qo‘ng‘urovlar unga bog‘lovchi sifatida qarashadi: “-da. V bog‘lovchi, bunday vaqtda u va, ham bog‘lovchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi (ma`no ottenkasida farq bor): keldi/da ketdi // keldi va ketdi; kelsa/da ishlamadi // kelsa ham ishlamadi”. (G‘A.QR. O‘tml, 410).

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling