Yordami sozlar komakchilar boglovchilar yuklamalar stilistikasi
Download 245.5 Kb.
|
bog\'lovchi va yuklamalar
Oraliq uchinchining til sistemasidagi orni juda katta; ular til struktur elementlari taraqqiyotining natijasi bolib, til sistemasining uzluksizligini (tildagi turli xususiyatlarga ega bolgan elementlarning uzluksiz ravishda bir-biri bilan boglanishini) ta`minlaydi. (Ne`matov H.G. XI-XII asr yozma yodgorliklarida komakchilar, 48-50).
Darhaqiqat, komakchilarning funktsional komakchilar deb ataladigan ma`lum qismi mustaqil va yordamchi sozlar oraligida ekanligiga hech kim e`tiroz bildirmaydi. SHunday ekan, H.Ne`matovning bu boradagi qarashlari ham chuqur ilmiy asosga egadir. Bizni bu orinda mavzu tadqiqi talabdan kelib chiqib, funktsional komakchilardagi birinchi xususiyatni e`tibordan qochirmagan holda uning ikkinchi xususiyati komakchilik vazifasini bajarishdagi oziga xosligi qiziqtiradi, albatta. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni korsatish mumkin: avval, avval, asno, asosan, atrofida, baravariga, beri, boyi, boylab, bolak, bob, boshlab, boshqa, buyon, burun, davomida, deb, dovur, yoq, yon, ilgari, ich, yolida, keyin, ketidan, kora, misol, muvofiq, nari, nariga, natijasida, nisbatan, oldin, oldida, ora, orasida, ost, osha, ropara, sifatida, song, soyasida, tag, taraf, tashqari, tepa, togrida/togrisida, tomon, tortib, tub, ust, ustida, xususan, xususida, chamasi, yaqin, ozga, orniga, ortasida, qarab, qaramay, qaramasdan, qarshi, qatorida, qosh, holda, huzuri (-ga, -da). Ishda hozirgi ozbek tilida nisbatan faol hisoblagan komakchilar atrofida mulohaza yuritilgan. AVVAL.Izohli lugatda avval sozining 4 ma`nosi berilgan bolib, u birinchisida ot, ikkinchi va uchinchi ma`nolarida ravish, faqat tortinchi ma`nosidagina komakchidir: 4.kom. (bosh kelishik va chiqish kelishigi bilan) Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda soz borayotgan vaqtdan oldin bolganligini bildiradi. Uchrashuvdan avval. Bundan tort yil avval. (OTIL.I,23). Ozbek tili sinonimlarining izohli lugatida bu sozning sinonimik qatoriga ilgari, oldin, burun, qadim sozlari kiritilgan. A.Hojiev bu birliklarning mustaqil va yordamchi ma`nolarini farqlab, quyidagilarni yozadi: Avval, ilgari, oldin, burun sozlari chiqish kelishigidagi sozni yoki vaqt bildiruvchi sozni boshqarib, komakchi soz vazifasida qollanadi va harakat-hodisaning chiqish kelishigidagi soz bildirgan narsa-hodisagacha bolgan vaqtga oidligini biliradi. Bunda ularga muqaddam sozi ham sinonim boladi. (HA.OTSIL,9). Ozbek tili grammatikasida esa oldin/avval, burun, ilgari komakchilarining sharhi berilgan. Jumladan quyidagilar qayd etilgan: Oldin/avval. Bu komakchilar burun va ilgari komakchilariga sinonim bolib, ular bildirgan ma`nolarni anglatadi: Urushdan oldin (/avval,/burun/ilgari) qurilgan.(I,558). Burun. Bu komakchi ish va harakatni ozi biga kelgan soz anglatgan ish-harakatdan, voqea va bajaruvchi shaxslardan oldin sodir bolgani ma`nosini anglatadi: Tansiq oz ishini hammadan burun bajarib uyga qaytdi (Oybek).(I,557). Ilgari. Bu komakchi payt munosabati bildirib, biror hodisa, ish-harakatning voqe bolishida undan oldin sodir bolgan hodisa yoki vaqt ma`nosini bildirish uchun qollanadi. Quyidagi sozlar bilan munosabatga kirishadi: Ot va olmoshlar bilan keladi: Bu korxayr. Sendan ilgari men tarafdorman (Oybek). Vaqt bildiruvchi sozlar bilan keladi: Bundan on besh kuncha ilgari Kumush onasiga bir xat yozgan edi (A.Qodiriy). Fe`l formalari bilan keladi: Amrga e`tiroz etishdan ilgari shu togrida javob bersangiz (A.Qodiriy).(I,558). Ushbu komakchi tadqiqiga bagishlab T.Qurbonov va N.Ernazarovlar YOrdamchi sozlar stilistikasiga doir nomli maqola e`lon qilishgan (QT., eN. 77-81). Maqolada avval komakchi sifatida bosh yoki chiqish kelishigidagi ot, otlashgan sozlarni boshqarib, ularning hokim bolakka tobelanishini korsatuvchi, shu ma`noda unga ilgari, burun, muqaddam, oldin, qadim kabi sozlar sinonim bolib kela olishi, ular uchun umumiy bolgan ma`no xususiyati voqea-hodisa yoki ish-harakatning otgan vaqtda, hozirga qadar sodir bolganligini anglatish ekanligi, ammo ular hamma vaqt ham funktsiyadoshlik qilavermasligi haqida gap boradi hamda oldin sozi avval komakchisining asosan ogzaki sozlashuv nutqiga xos sinonimi hisoblanishi, ozbek folklori asarlari tilida esa avval ning sinonimi sifatida qadim sozi koplab qollanganligi ta`kidlanadi. SHundan song maqolada yuqorida keltirilgan sinonimik qatordagi sozlar ozaro vazifadoshligiga kora tahlil qilinadi. Birinchi tartib soni ham ayrim holatlarda komakchi vazifasini bajarib kelishi mumkinligi aytilib quyidagi misolni keltiradi: Birinchi ozlaring buzasanlar qoidani, deb tongilladi (S.Siyoev). (QT., eN. 78-79). Aytilganlarga quyidagilarni qoshimcha qilish mumkin: dominantasi avval sozi bolgan sinonimik qatordagi sozlarning ornini bemalol almashtirib qollash mumkin va bunda deyarli mazmunga putur etmaydi. Ular orasida faqat ilgari sozi boginlar soniga kora ulardan farqlanadi va buning she`riy asarlar uchun ahamiyati bor: Turkman qiz quyoshdan turib ilgari, Kotarma kranda yuksak uylarni (Zulfiya)- Turkman qiz quyoshdan turib avval, Kotarma kranda yuksak uylarni Hatto tomchisidan ilgari kelib Terib olajakmiz har kosak durni! (Zulfiya) - Hatto tomchisidan avval kelib Terib olajakmiz har kosak durni! (Zulfiya). Sinonimik qatordagi sozlarga uslub talabi nuqtai nazardan qaraganda ham A.Hojievning quyidagi fikrlarini inobatga olish maqsadga muvofiq boladi: Avval, oldin sozlari kontekst yoki boshqa biror vosita yordamisiz otmish ma`nosini aniq ifodalay olmaydi. Ilgari, burun, qadim sozlari esa otmish ma`nosini aniq ifodalay oladi. Ilgari sozi, kopincha, avval, oldin sozlariga nisbatan uzoqroq otmishni ifodalash uchun qollanadi. Oldin koproq oddiy sozlashuvga xos. Burun sozi ilgari soziga nisbatan ham uzoqroq otmishni bildiradi. Lekin ilgari, avval, oldin sozlariga nisbatan kam qollanadi. Qadim sozi burun soziga nisbatan ham uzoq otmishni bildiradi (HA.OTSIL,8). Darhaqiqat, mana bu misollarda bayon etilayotgan voqeadangina oldin bolganini ma`lum qilish uchun ishlatiladi: Lekin uni bagrimga bosishdan avval, Temir kishanlarini kozimga surtdim! (Zulfiya). Mavlono Fazliddin devor tepasidagi xatarga Xonzoda begim hammadan avval robaro bolishidan qorqdi-yu, zinapoyaga birinchi bolib qadam qoydi (PQ,YUT,134). Oldin komakchisi orqali esa bolib otgan voqea-hodisaning vaqt nuqtai nazaridan mavhumligi ifoda etilishi ma`lum boladi: Ular hali biror marta hamsuhbat bolmaslaridan va ruhan yaqinlashishga ulgurmaslaridan oldin boshlangan jismoniy yaqinlik Bobirga uyat ishdek tuyular va uning ilgarigi musaffo tuygularini poymol qilayotganday bolardi. (PQ,YUT,158). Ular ayvonga chiqar ekanlar, Mavlono Fazliddin bundan salkam uch yil oldin Quvasoy boyida bolib otgan qonli voqealarni yana bir esladi ( PQ,YUT,99). Bu holat uning rasmiy va ilmiy uslublar doirasida ham faol qollanilishiga asos boladi: Ilmiy unvon berish haqidagi qaror on yildan koproq vaqt oldin qabul qilingan bolsa, uning qanchalik asoslanganligi xususidagi masalani attestatsiya organlari korib chiqmaydi. (OAK Nizomi,39). Ilgari sozi ham komakchi sifatida kitobiy uslublarda faoldir: Kengash majlisini ochish oldidan Ilmiy darajalar berish tarkibi togrisida Nizomga muvofiq ilgari tuzilgan komissiya xulosasining loyihalari kengash a`zolariga tarqatiladi. (OAK Nizomi,9). Ammo burun, muqaddam va qadim sozlarining hozirgi adabiy tilimizda qollanish doirasi bir qadar chegaralanib qolganligi, asosan badiiy matnlarda ishlatilayotgani kuzatiladi: Bundan uch kun burun naqshbandiy darvishlaridan biri Zuhra begimga SHayboniyxondan maxfiy bir xat keltirib bergan edi (PQ,YUT,168). Lekin bundan on besh kuncha burun Ahmad Tanbal degan yana bir badavlat bek Mulla Fazliddinni soroqlab, kechki payt uning uyiga keldi ( PQ,YUT,15). Gani Murodov ikki yil muqaddam otpuska olib va shu bilan birga maktabdan ham boshab ketgan edi (P.Tursun). Nimadir qalbimni uygotib, bahordan ilgari Qozgatar vulqonday sevinchbaxsh ilhomlar (Zulfiya). SHu bilan birga huquqshunoslar avval orniga muqaddam ni qollashni afzal korishadi: bundan muqaddam sudlanmagan (tergov bayonnomasidan). Qabriston bundan on yillar muqaddam tolganligi uchun marhumlar dafn etilmay qoyilgandi, shu sababli bu tomonga odamlar kam qatnardi (I.Nishonov. Qabr ichidagi qasr,2). Download 245.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling