Spektrlarni organish atomlar va molekulalarda bolayotgan prosesslarni
aniqlash, moddalar strukturasini bilishda juda katta ahamiyatga egadir.
Ultrabinafsha nurlarning himiyaviy tasiri bor. Bundan tashqari, bu nur
tasirida kop moddalar nurlanadi (lyuminessensiyalanadi). Masalan, tarkibida
uran tuzlari bolgan shisha huddi shunday hususiyatga ega. Uranli shisha
spektrning ultrabinafsha qismini payqash uchun yahshi indikatordir. Spektrning
ultrabinafsha qismi uning korinuvchan qismidan uzunroqdir.
Infraqizil nurlarning anchagina issiqlik tasiri bor. Shuning uchun spektrning
infraqizil qismi bor ekanligini spektrning qizil qismiga qoyilgan oddiy termometr
yordamida oson payqash mumkin. Albatta, termometr unchalik sezgir asbob
emas (https://atelim.com/whitchurch-high-school-inspection-week-lesson-
plan.html), shuning uchun infraqizil nurlarni payqash uchun bolometr deb
ataladigan asboblar ishlatiladi, bolometrning tarkibida temperatura ozgarishida
elektr qarshiliklarini keskin ozgartiruvchi moddalar boladi. Spektrning infraqizil
qismi korinuvchi qismidan anchagina uzunroq.
Hamma spektrlar chiqarish va yutish spektrlariga bolinadi. Chiqarish
spektrlari yoruglik sochayotgan jismlar tomonidan chiqariladi. Yutilish
spektrlari esa prizmaga tushayotgan nurlar yoliga biror modda joylashtirilganda
hosil boladi. Bu modda malum nurlarni otkazmaydi (ularni yutadi) va ekranda
tutash spektrlab polosada chiziqlar yoki polosalar–yutilish spektri hosil boladi.
Spektrlar korinishiga qarab tutash chiziqli va yol–yol spektrlarga bolinadi.
Tutash spektr uzluksiz kamalak yoldan iborat boladi. Choglangan qattiq va suyuq
uzluksiz jismlar (erigan metallar va boshqalar) shunday spektr beradi. Chiziqli
spektr malum spektral chiziqlar qora fondagi yigindisidir. Bunday spektrni
atomlar holatdagi qozgatilgan buglar va gazlar chiqaradi. Yol–yo`l spektr bir
chekkasi keskin, chegaralangan ikkinchi chekkasi yoyilgan alohida spektral
polosalardan iboratdir.
Manba: Fizika 6 o’quv darsligi
N.Sh.Turdiyev
Toshkent 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |