ionlarining toplamlari chiqaradi. Bunda zarralarning yuqori temperatura tufayli
boladigan haotik (tebranma va aylanma) harakati asosiy rol oynaydi.
Demak, choglangan qattiq va suyuq jismlar va siqilgan gazlarning nurlanish
spektrlari tutash spektrlar bolishi yuqorida aytilganlardan kelib chiqadi.
Siyraklangan gazlar (atomlari va molekulalari, masalan, qizdirish yoki elektr
razryadi bilan qozgatilgan gazlar) uchun chiziqli va yol–yol spektrlar
harakterlidir. Shu bilan birga, kop atomli molekulalardan tarkib topgan gazlar
(kislorod, karbonat angidrid gazi, suv bugi va shunga ohshashlar) yol–yol spektr,
bir atomli gazlar esa (inert gazlar, metall buglari, dissosiasiyalangan kop atomli
gazlar) chiziqli spektr beradi.
Har bir (siyraklangan gaz yoki bug holatida bolgan) himiyaviy elementning
butunlay aniq oziga harakterli bolgan (spektr chiziqlarining soni, ularning rangi
va ozaro joylashishi boyicha) nurlanish spektri boladi.
Moddalarning himiyaviy tarkibini aniqlashning spektral metodi (spektral analiz)
shunga asoslangan.
Agar tutash spektr beruvchi manbadan chiqqan spektr dastlab
siyraklangan gaz (yoki bug) orqali otkazilgan bolsa, bu spektrda shu gazning
nurlanish spektri chiziqlariga (yoki yollariga) mos keluvchi qora chiziqlar (yoki
yollar) paydo buladi. Bunday tur spektr yutilish spektri deb ataladi, uning paydo
bolishiga Kirhgof qonuniga muvofiq, gazlarning spektrda ozlari qanday
chiziqlarni nurlasa, huddi shu chiziqlarni yutishi sabab boladi.
Quyosh atmosferasi (fotosfera) ning yutish spektri ana shunday yutilish
spektriga misol boladi: Quyoshning tutash nurlanish spektrida qora yutilish
chiziqlari ravshan korinib turadi, bu chiziqlar Fraungofer chiziqlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |