Yorug'lik dispersiyasi va dispersion munosabat


Download 85.16 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.16 Kb.
#1557363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YORUG\'LIK DISPERSIYASI VA DISPERSION MUNOSABAT



R2 prizma bu nurlarni burib, ularning rangini o‘zgartirmaydi. Bunday nurlar oddiy yoki bir rangli (monoxromatik) nurlar deb ataladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, qizil nurlar binafsha nurlarga qaraganda kam buriladi, ya’ni prizma turli rangdagi nurlarni turlicha singdiradi. Nyuton prizmadan chiqqan rangli nurlar dastasini linza yordami bilan yig‘ib, ekranda rangli yo‘l o‘rniga teshikning oq tasvirini hosil qildi.

Nyuton ana shu tajribalardan quyidagi xulosalarni chiqardi:

oq yorug‘lik murakkab yorug‘likdir. Oq yorug‘lik prizmadan o‘tishida juda ko‘p rangli nurlarga bo‘linib ketadi;

muayyan bir modda uchun turli rangdagi nurlarning singdirish ko‘rsatkichi turlicha bo‘ladi; buning natijasida, prizma moddasi oq yorug‘lik dastasini burganda yorug‘lik dastasi spektrga ajraladi;

spektrning rangdor nurlari qo‘shilsa, yana oq yorug‘lik hosil bo‘ladi.

Yorug‘lik dispersiyasi yorug‘lik prizmaning shishasidan o‘tgandagina ro‘y bermay, balki yorug‘lik sinishining boshqa ko‘pgina hollarida ham ro‘y beradi. Masalan, quyosh nuri atmosferada hosil bo‘ladigan suv tomchilarida singanda rangdor nurlarga ajraladi; kamalak paydo bo‘lishining sababi ham ana shudir.

Umuman olganda sindirish ko‘rsatkichi yorug‘lik nurlari dastasining tushish burchagiga bog‘liq bo‘lmaydi, ammo u yorug‘likning rangiga bog‘liq bo‘ladi. Buni Nyuton kashf etganligini ko‘rdik.

Yorug‘lik dispersiyasi deganda moddaning sindirish koeffitsiyentining yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidan yuz beradigan hodisalar tushuniladi. Turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan turli tusli yorug‘lik ikki shaffof moddaning yondashish chegarasida turlicha sinar ekan. Bundan ko‘rinadiki berilgan har bir moddaning sindirish koeffitsiyentini to‘lqin uzunligining funksiyasi sifatida yozish mumkin (5.5-rasm).

(5.6)


Download 85.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling