Dispersiyaning orta borishi bilan sindirish ko‘rsatkichi ham orta borsada, lekin hamma vaqt ham bunday bo‘lavermaydi. Hatto dispersiyaning umumiy o‘zgarib borishi, ya’ni to‘lqin uzunlik kamaygan sari sindirish ko‘rsatkichining kattalasha borishi hamma vaqt ham o‘rinli bo‘lavermaydi Leru (1862 y) yod bug‘i to‘ldirilgan prizmada yorug‘lik sinishini kuzatib, qizil nurlarga qaraganda ko‘k nurlar kamroq sinishini topdi (boshqa nurlarni yod yutadi va ular ko‘rinmay koladi). Leru bu xususiyatni anomal dispersiya deb atadi. Spektrning biror sohasida anomal dispersiyaga ega bo‘lgan barcha moddalar bu sohada yorug‘likni ko‘p yutadi. Rasmda MN soha anomal dispersiya sohasi, shu sohada yutilish chizig‘i mavjud. 5.6-rasm .Yolg‘iz yutilish (chizig‘i) polosasi yaqinida yuz beradigan dispersiya va absorbsiya egri chiziqlari Dispersiyaning elektronnazariyasi atomlarning xususiy tebranishlari tushunchasidan foydalanib, tebranuvchi zarralar (elektronlar va ionlar) tabiatini aniqladi, modda va yorug‘lik to‘g‘risidagi tasavvurimizni chuqurlashtirdi. Dispersiyaning elektron nazariyasi asoslari bilan birmuncha batafsilroq tanishaylik. Yuqorida aytganimizdek, yorug‘lik bilan moddaning o‘zaro ta’siri mohiyati tushayotgan to‘lqin maydoni ta’sirida modda elektronlari (va ionlari)ning tebranishlari natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi to‘lqinlar bilan birlamchi to‘lqinlarning interferensiyalanishidan iborat. Demak, sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunlikka bog‘lanishini keltirib chiqarish uchun dielektrik singdiruvchanlikning o‘zgaruvchan elektr maydon chastotasiga qanday bog‘langanligini topamiz, so‘ngra (5.9) munosabatga asoslanib n ni topamiz. Elektroniy nazariyaga muvofiq dielektrikning molekula yoki atomlarini tarkibida elektronlar bo‘lgan sistemalar deb qaraymiz. Bu elektronlar molekulalar ichida muvozanat vaziyatida bo‘ladi. Tashqi maydon ta’sirida bu zaryadlar muvozanat vaziyatidan r masofa qadar siljib, atomni maydon bo‘ylab yo‘nalgan momentli elektr sistemasiga (dipolga) aylantiradi. Agar tekshirilayotgan muhitning birlik hajmida qutblanadigan N ta atom bo‘lsa, birlik hajmning elektr momenti, ya’ni muhitning qutblanishi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |