Bu formulaga muvofiq sindirish ko‘rsatkichi tashqi maydonning sh chastotasiga bog‘liq, ya’ni topilgan formula yorug‘lik dispersiyasi hodisasini aks ettiradi, ammo bu formulani chiqarishda soddalashtiruvchi ba’zi bir farazlar qilingan edi Bu farazlar kelgusida bartaraf qilinishi kerak. (5.15) dan ko‘rinib turganidek, dan to gacha bo‘lgan sohada va oshgan sari n orta boradi (normal dispersiya) (5.6-rasm). Sindirish ko‘rsatkichining qiymati cheksiz bo‘lishi fizik ma’noga ega emas, bu qiymat masalani soddalashtirish maqsadida harakatni sundiruvchi qarshilik kuchi yo‘q (g=0) deb qilingan faraz tufayli hosil bo‘ladi. MN soha - anomal dispersiya sohasi, bu sohada sh chastota oshgan sari n kamaya boradi. (5.15) formulada ni ham zichlikka yoki birlik hajmdagi atomlar soniga proporsional deb hisoblasa bo‘ladi. Demak, deb olamiz; o‘lchamsiz - koeffitsiyent odatda ossilyator kuchi deyilib, bu bilan dispersiya hodisalarida shu ossilyatorlarning qatnashish hissasi yoki ularning effektivligi ta’kidlanadi. Shunday qilib, (5.15) formula quyidagi ko‘rinishni oladi: Agar moddada zaryadi va massasi turlicha bo‘lgan va turli xususiy chastotada tebrana oladigan bir necha sort zaryadlar bo‘lishi e’tiborga olinsa, u holda (5.16) formula o‘rniga ifoda olinadi. Bunda - turlicha chastotalarga mos keladigan ossilyatorlar ayrim sortlarining kuchlari (yoki effektivliklari).
Do'stlaringiz bilan baham: |