ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH.
Ishdan maqsad: Orqa miya reflekslari, jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ta’siririni tajribalar orqali o’rganish.
Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish.
Odamda muskul, pay va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bunga tizza refleksini hamda Axillov payining refleksini olish mumkin.
1.Tizza refleksi. Tekshirilayotgan odam oyog’ini chalishtirib o’tiradi. Agar uning to’rt boshli muskuli payiga maxsus bolg’acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog’i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi III-IV bel segmentlari atrofida tutashadi.
2. Axillov refleksini ko’rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho’kkalab o’tiradi. Agar Axillov payiga bolg’acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi, bunda reflektor yoyi I-II dumg’aza segmentlari atrofida tutashadi.
Nazorat savollari.
1. Shartsiz va shartli reflekslarning farqlab bering.
2. Tizza refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko’riladi?
3. Axill refleksida reflektor yoyi sifatida nimalar ko’riladi?
4. Sezuvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi orqa miyani qaysi shohlarida joylashgan?
Topshiriqlar
1. Odamdagi proprioretseptiv reflekslarni kuzatish tajribasini o’tkazing va natijalarni yozing. ____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
FAOL DIQQAT, IXTIYORIY HARAKAT TEZLIGINI, AQLIY ISHCHANLIK QOBILIYATINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligi, aqliy ishchanlik qobiliyati haqidagi bilimlarni tajribalar tekshirish orqali mustahkamlash.
O’quv jihozlari: 1 dan 25 gacha tartibsiz yozilgan raqamlar tablittsasi (10x10) 4 ta, sekundomer, korrektura jadvali.
Do'stlaringiz bilan baham: |