Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i


Download 257.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana05.02.2023
Hajmi257.14 Kb.
#1168385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kirish. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari

Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i. Yоsh 
fiziologiyasi va gigiyenasi – bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit 
bilan aloqasini, hayot faoliyati davomida zarur bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik qoida vatalablarni 
o`rganadi. Demak, bu fan tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ekologiya fanlari bilan, bundan 
tashqari pedagogika, psixologiya fanlari bilan ham uzviy aloqadadir
Gigiyena tibbiy fanlar guruhiga kirib, yunoncha “gigiyeya” sog`liq hadya etaman, degan ma`noni 
anglatadi. Gigiyenaning boshqa tibbiy fanlardan farqi shundaki, u bemorlarni davolash bilan emas, balki 
kasalliklarning oldini olish bilan shug`ullanadi. Buning uchun gigiyena odamning yashash, tarbiyalanish, 
o`qish, mehnat qilish sharoitlarini qulaylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga 
tadbiq etadi. 
Gigiyena fani bajaradigan vazifasiga ko`ra o`z navbatida quyidagi bo`limlardan iborat: 
1. Umumiy gigiyena – tashqi muhit tabiiy omillari (havo, suv, tuproq) ning odam sog`lig`i uchun 
foydali va zararli ta`sirlarini o`rganadi; 
2. Ijtimoiy gigiyena – aholining yashash sharoitini o`rganadi; 
3. Kommunal gigiyena – turar joylar, yotoqxona, mehmonxona sharoitlarini o`rganadi; 
4. Kasb gigiyenasi – turli kasbdagi, ya`ni quruvchi, paxtakor, transport haydovchisi, rassom, 
o`qituvchi, shifokor, muhandis, tikuvchi va boshqa mutaxassisliklarda faoliyat ko`rsatadigan odamlarning 
mehnat faoliyati xususiyatlari, ularning ish joylaridagi sharoitlarni va sog`lig`ini o`rganadi; 
5. Jismoniy tarbiya va sport gigiyenasi – jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan 
shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, chiniqishi, ovqatlanishi, maxsus kiyim va poyafzallari, mashg`ulot 
o`tkaziladigan sport inshoatlari va jihozlariga bo`lgan gigiyena talablarini o`rganadi. Bu fan jismoniy 
tarbiya va sport mashg`ulotlarining odam salomatligini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun 
zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishga yo`naltirilgan quyidagi gigiyenik qoida va talablarni ishlab chiqadi: 
-Odamning jismoniy holatiga va sog`lig`iga mos bo`lgan mezonlar bo`yicha jismoniy rivojlanish 
me`yorlarini, chiniqqanlik ko`rsatgichlarini ishlab chiqadi. 
-Turli xil jismoniy mashqlarni bajarish uchun qulay sharoit yaratish me`yorlarini belgilaydi. 
-Jismoniy mashg`ulot va sport bilan shug`ullanuvchilarning dam olishi, ovqatlanishi, sport 
mashqlaridan keyin sportchi organizmining tiklanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish tadbirlarini ishlab 
chiqadi. 
-Jismoniy tarbiya va sport mashqlarini bajarish uchun ob-havo, iqlimning qulay me`yorlarini 
belgilaydi. 
-Sport inshoatlari va jihozlari, kiyim-kechaklari, poyafzal va boshqa buyumlarning mashq bajarish 
uchun qulay sifatlarini belgilaydi. 


6. Bolalar va o`smirlar yoki maktab gigiyenasi – maktab va maxsus bilim yurtlari o`quvchi-
talabalarining sog`liq guruhlari, yashashi, o`qishi, tarbiyalanish, ovqatlanishi, jismoniy mashg`ulotlar, 
sport va mehnat bilan shug`ullanishi, ozodalikka rioya qilishi, o`sishi va rivojlanishi uchun qulay 
sharoitlarning yaratilishi, mazkur sharoitlarni yaratishga ularning o`zini ham odatlantirish, ya`ni ularda 
sog`lom turmush tarzini shakllantirish masalalari bilan shug`ullanadi. 

Download 257.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling