Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 257.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana05.02.2023
Hajmi257.14 Kb.
#1168385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kirish. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari

Neyrogliya. Nerv to‘qimasi tarkibiga kiruvchi hujayra bo‘lib, orqa va bosh miyadagi nerv 
hujayralari orasida joylashadi. Neyrogliya hujayralarining o‘simtalari juda ko‘p bo‘lib, ular miyadan 
tashqariga chiqmaydi. Bu hujayralar neyronlarni oziqlantirish vazifasini bajaradi. 
A’zo. Ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qimalar to‘plami a’zoni 
hosil qiladi. Har bir a’zo odam organizmi uchun muhim bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak nasos 
sifatida vena tomirlaridagi qonni arteriya tomirlariga o‘tkazib organizmda qon aylanishini ta’minlaydi. 
O‘pkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va to‘qimalarini kislorod 
bilan ta’minlaydi. Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq 
moddalarni tashqariga chiqaradi va hokazo. 


 A’zolar tizimi. Bir xil vazifani bajaradigan bir necha a’zolar yig‘indisi a’zolar tizimi deyiladi. 
Masalan, nafas olish a’zolari tizimi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda o‘ng va chap 
o‘pkalardan tashkil topgan. Qon aylanish tizimi: yurak,
arteriya, kapillyar, vena va limfa tomirlari hamda tugunlaridan iborat. Nerv tizimi: bosh miya, orqa 
miya, nerv tugunlari va nerv tolalaridan tuzilgan.Ovqat hazm qilish a’zolari tizimiga: og‘iz bo‘shlig‘i, 
(tishlar, til so‘lak bezlari), halqum, qizilo‘ngach, me`da, o‘n ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on 
ichaklar, jigar hamda me`da osti bezi kiradi. Bulardan tashqari, odam tanasida tayanch harakatlanish, 
ayirish, jinsiy, endokrin, sezgi a’zolari tizimi ham mavjud. 
Organizm va uning bir butunligi. Organizm ma’lum bir muhitda yashar ekan, unga o‘sha muhitning 
havosi, harorati, namligi, havo bosimi, yorug‘ligi, radiatsiyasi va boshqa omillari doimiy ravishda ta’sir 
qilib turadi. 
Tashqi muhit omillari organizmga sezgi a’zolari (teri, eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish) orqali 
ta’sir etib, bu ta’sirlar markaziy nerv tizimida analiz va sintez qilinadi.Buning natijasida barcha to‘qima 
va a’zolardagi fiziologik jarayonlar mazkur muhit sharoitiga moslashadi. 
Odam organizmida tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to‘qima va a’zolarning fiziologik 
faoliyati doimiy bo‘lishini ta’minlovchi moslanishlar (adaptatsion mexanizmlar) vujudga kelgan.Bunday 
barqaror ko‘rsatgichlarga: tana haroratining doimiyligi, qon va to‘qima suyuqligining osmotik 
bosimi,ular tarkibidagi kaliy,natriy, kalsiy, xlor va boshqa ionlarning hamda qand miqdorining 
doimiyligi kabilar kiradi. Albatta, organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir.Tashqi muhitning 
noqulay ta’siri natijasida organizm ichki muhitining doimiyligi o‘zgaradi.Lekin nerv-gumoral tizimining 
boshqarish funksiyasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Masalan, yoz oylarida havo harorati juda 
ko‘tarilib ketsa (40° dan yuqori), organizm tanani sovitish choralarini ko‘radi, ya’ni ko‘p ter ajratish 
yo‘li bilan tanadagi ortiqcha issiqlik energiyasi ta’sirida chiqariladi.
Shuningdek, to‘qimalarda moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo‘lishi kamayadi. Bu 
bilan organizm qizib ketishdan o‘zini himoyalaydi. Qishning sovuq kunlarida esa bu jarayonning 
teskarisi bo‘ladi.Ya’ni terlash kamayib tanadan energiya ajratish ham susayadi, to‘qimalarda moddalar 
almashinuvi kuchayib energiya hosil bo‘lishi oshadi.Ushbu himoyalovchi reaksiyalar natijasida issiq va 
sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. 
Tashqi muhit odam organizmiga uning embrional rivojlanish davridan boshlab ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi.Chunki,ona organizmi embrion (homila) uchun tashqi muhit bo‘lib hisoblanadi.Shunday ekan 
tashqi muhitning barcha zararli ta’siri ona sog‘lig‘i buzilishi bilan birga bolaning rivojlanishiga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Homilador ayol organizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhit omillariga uning 
yashash va ishlash joyidagi noqulayliklar, havo, suv, ovqat tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar, spirtli 
ichimliklar, narkotik moddalar, tamaki tutuni, ovqat sifati kabilar kiradi.Hatto, atrofdagi odamlarning 
qo‘pol muomalasi tufayli homilador ayolning asabi buzilishi mumkin.Asab tizimi faoliyati buzilishi 
ba’zi endokrin bezlaridan (qalqonsimon,buyrak usti va boshqa) ajraladigan gormonlarning me`yoridan 
ortiq bo‘lishiga olib keladi, bu esa homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Atrof muhitning ifloslanishi, ya’ni ekologiyaning buzilishi odam sog‘lig‘iga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.Sanoat korхonalari va avtotransport vositalaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zararli 
moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, me`da-ichak, yurak-qon tomir, asab, endokrin tizimi 
faoliyatining buzilishiga va har хil kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.Bunday noqulay 
holatlarni bartaraf etish bo‘yicha hukumat va jamoatchilik tomonidan ma’lum chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Chunonchi, korхonalarga tozalash uskunalari, avtomobillarga zaharli gazlarni 
zararsizlantiruvchi qurilmalar, katalizatorlar o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.Shunungdek, aholi 
yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirish ham bu boradagi tadbirlardan biridir.

Download 257.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling