Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
Download 257.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Kirish. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv to‘qimasi.
Muskul to‘qimasi. Muskul to‘qimalari uch xil bo‘ladi: ko‘ndalang targ‘il, silliq tolali va yurak
muskul to`qimalari. Muskul hujayralarida miofibrill tolalar bo‘lib, ular muskul tolasining qisqarish va yozilish xususiyatini ta’minlaydi. Ko‘ndalang - targ‘il tolali yoki skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi. Shuning uchun ular skelet muskullari deyiladi. Bu muskul tolalarining uzunligi bir necha mm dan to 10–12 sm gacha bo‘ladi. Muskul tolasining sitoplazmasi sarkoplazma deb ataladi. Har bir muskul tolasida bir nechta yadro bo‘ladi. Muskul tolalarini mikroskop ostida qaraganda, ko‘ndalang yo‘nalishdagi chiziqlar ko‘rinadi. Shuning uchun bu muskulni ko‘ndalang targ‘il muskul deb ham ataladi. Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bog‘liq. Shuning uchun biz qo‘l, oyoq, bosh kabi a’zolarimiz bilan xohlagan harakatni bajaramiz. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa skelet muskullari yaxshi rivojlanadi. Silliq tolali muskullar duksimon tuzilishiga ega bo‘lib, ularning tolalari juda qisqa 0,1 mm atrofida. Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan kalta- kalta miofibrill ipchalari bo‘ladi. Silliq muskullar, nafas olish a’zolari, me`da-ichak, siydik chiqarish yo‘llari, qon tomirlarining devorida joylashgan. Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog‘liq emas, ya’ni ular odam tinch turganida, uxlagan vaqtida ham qisqarib, bo‘shashib o‘z faoliyatini bajaraveradi. Yurak muskullari tuzilishi jihatidan ko‘ndalang targ‘il muskullarga o‘xshasa ham bir muncha murakkabroq bo‘ladi. Faoliyati jihatidan silliq muskullar singari odam ixtiyoriga bog‘liq emas. Nerv to‘qimasi. Nerv to‘qimasi orqa va bosh miyani tashkil etadi. U odam organizmining hamma to‘qima va a’zolari ishini boshqaradi. Nerv to‘qimasi ikki xil hujayralardan tashkil topgan. 1. Nerv hujayrasi, ya’ni neyron. 2. Neyrogliya. Nerv hujayrasi bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki xil: sezuvchi va harakatlantiruvchi bo‘ladi. Nerv hujayrasi ya’ni neyron har xil shakllarga ega: doirasimon, yulduzsimon, ovalsimon, noksimon va hokazo. Neyronning hajmi ham turlicha (4-130 mikrongacha) bo‘ladi. Boshqa hujayralardan farqi shundaki, unda membrana, sitoplazma va yadrodan tashqari bitta uzun va bir nechta kalta o‘simtalar ham bor. Uzun o‘simtasi akson, kalta o‘simtalari dendritlar deyiladi. Sezuvchi nerv hujayrasining uzun o‘simtasi bosh va orqa miyadan chiqib to‘qimalar va a’zolarga boradi va ulardan ichki- tashqi muhit ta`sirlarini qabul qilib, markaziy nerv tizimiga o`tkazadi. Harakatlantiruvchi nerv hujayrasining uzun o‘simtasi ham bosh va orqa miyadan chiqib tananing skelet muskullariga, ichki a`zolarning silliq muskullariga va yurakka borib, ularning harakatlanishini boshqaradi. Uzun o‘simtaning uzunligi bir necha sm dan 1,5 metrgacha bo‘lishi mumkin, ayniqsa qo‘l va oyoq muskullarini ta’minlaydigan nerv tolalari uzun bo‘lib, ustidan yupqa, yumshoq, oq rangli, miyelin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi bu parda nerv tolasini himoya qilish funksiyasini bajaradi. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari bosh va orqa miyadan tashqariga chiqmaydi. Ular bir hujayrani uning atrofidagi boshqa nerv hujayralari bilan bog‘lab turadi. Download 257.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling