Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi.
Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari.
Rеja:
1.
Fanining vazifalari, ahamiyati
2. Yоsh fiziologiyasi va
gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i.
3. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi.
4. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari.
5. O`sish, rivojlanish va unga ta`sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar.
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati, vazifalari. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi –
bolalar va o`smirlar
organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini o`rganadi.
Shuningdek, yosh organizmning normal o`sishi,
rivojlanishi, har tomonlama
kamol topishi uchun zarur
bo`lgan
sharoitlarni, gigiyenik me`yorlarni (qoidalarni, talablarni) ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi.
Yoshlarning yashash, o`qish, tarbiyalanish sharoitlarining gigiyena qoida va talablari asosida tashkil
etilganligi, ularning sog`lom, aqliy va jismoniy jihatdan barkamol bo`lishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Aksincha, atrof-muhit sharoitining gigiyena talablariga mos bo`lmasligi bolalar va o`smirlar sog`lig`iga,
jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, kun tartibining noto`g`ri tuzilishi tufayli
o`quvchi aqliy mehnatni me`yoridan
ortiq bajarishi, dam olish va uyquning yetarli bo`lmasligi asab
tizimining toliqishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`quvchining
aqliy ish bajarish, o`zlashtirish,
esda saqlash
qobiliyatining pasayishiga,
tez charchashga, jahldor bo`lib qolishiga sabab bo`ladi.
Ma`lumki, gigiyena fani har bir odam, jamiyat a`zolari sog`lig`ini muhofaza qilish, yashash, mehnat
qilish, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish uchun zarur bo`lgan gigiyenik qoida,
talab va me`yorlarni ishlab chiqadi. Bu qoida, talab va me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etishga tavsiya
qiladi. Ularning bajarilishini ta`minlash esa sanitariya nazorati orqali amalga oshiriladi.