joylashganligi va tashqi muhitning noqulay ta’sirlariga ko‘proq duch kelishi
tufayli ular tez-tez
jarohatlanadi, yallig‘lanadi. Shuning uchun ham epiteliy to‘qimasi hujayralari tez ko‘payish va
yangilanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega.
Biriktiruvchi to‘qima. Biriktiruvchi to‘qima tuzilishi va shakliga ko‘ra xilma – xil bo‘ladi. Bu
to‘qimaga suyaklar, qon, limfa, tog‘ay va paylar kiradi. Bulardan tashqari biriktiruvchi to‘qima hamma
a’zolarning – yurak, jigar, taloq, me`da, ichak, tana muskullari, miyaning nerv to‘qimasi
tarkibida
bo‘ladi.
Biriktiruvchi to‘qima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga qarab turli xususiyatlarga ega.
Masalan, pay va tog‘aylar tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasida elastik tolalar ko‘proq.
Shuning uchun ular cho‘zilish, bukilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: