Yosh o’qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishda muloqotning ahamiyati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 100 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi100 Kb.
#1424825
  1   2
Bog'liq
YOSH OQITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI


YOSH O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHDA MULOQOTNING AHAMIYATI.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism

  1. Pedagogik muloqot va uning vazifasi.

  2. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yo’llari.

  3. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish qobiliyatini shakllantirish.

III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
V.ILOVALAR
KIRISH
Yosh o’qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishda muloqotning ahamiyati. (Biz V.A.Kan – Kalikning pedagogik muloqot haqidagi o’qituvchi va o’quvchilar uchun zarur bo’lgan maslaxatlarini tulik keltiramiz. ( V.A.Kan – Kalik i dr. «Pedagogicheskoe tvorchestvo»., Moskva., 1990 god, izd. «Pedagogika» )).
Insonning mexnat faoliyati, mexnat, bilish, muloqot … Inson xayotida faoliyatning eng muxim soxasi xisoblanadi. Biz ular haqida ko’p gapiramiz, taxlil kilamiz. Birok akl – xushni bir yerga tuplab, astoydil uylab ko’radigan bo’lsak, garoyib bir manzaraga duch kelamiz. Inson mexnat faoliyatining shakl va usullarini o’rganish uchun ham ko’p vaqt ajratadi, dunyoni bilish usullarini o’rganish uchun ham ko’p vaqt ajratadi. Birok insonlararo muloqotga xech kim xech kaerda maxsus o’rgatilmaydi. Bizda muloqot qilishning murakkab san‘atiga o’qitadigan maktab xozircha yuk. U bevosita ish jarayonida shakllanib boradi.
Tasavvur qiling, siz sinfga kirib keldingiz. Pedagogik muloqotning yozilmagan ushbu qonunlarini yana bir bor eslatishga harakat kilamiz.
1. Pedagogik jarayon bizning bolalar bilan munosabatimizga asoslanadi, zotan xuddi shu munosabatlar pedagogik o’zaro ta‘sirda birlamchidir, har bir «pedagogik harakat»ga takrorlanmas shaxsiylik ma‘nosini beradi. O’quv materiali yoki pedagogik talabni takrorlanmas xissiyotlar yigindisi bilan bezaydi. Bularsiz esa bola qalbi sirini xech kachon anglab bulmaydi. O’zingizning bolalar bilan munosabatingiz haqida doimo uylang, bu munosabatlarni maksadga yunaltirilgan holda to’zishga harakat qiling. Ular pedagogik jarayonga, qolaversa har bir bola shaxsiga sezilarli darajada muntazam ta‘sir etib qoladi. Esda tuting, yozgan har bir konspekt, matn ortida tarbiyaviy ish rejasi zamirida sizning o’quvchilar bilan o’zaro munosabatingiz masalasi yashirinib yotadi.
2. Pedagogik muloqotni tashkil etishda faqat pedagogik maksad va vazifalar bilan uralashib kolmaslik zarur. Bunday cheklanish o’qituvchining « o’z tashabbusi» bilan muloqot qilishiga olib keladi. Uning so’zlarida xukmronlik ma‘nosini anglash qiyin emas. «Bu men uchun zarur. Bu pedagogik maksad va vazifalar bilan bog’liq. Dastur va rejalardan kelib chikadi» va bashqalar. Pedagogik muloqotning « o’z tashabbusi» tashkil kilinishi o’qituvchi faoliyatini kat‘iyan cheklab qo’yadi, o’quvchi uning harakat doirasidan tashkarida qoladi. Mashxur pedagoglarimizdan ko’pchiligi shunday deydilar: «Biz kattalar, o’qituvchilar bolalarga, asosan bizga xush keladigan narsalarni qilishga majbur kilamiz, ularning kungillariga qarab ish tutish esa ko’p hollarda pedagogik faoliyatimiz doirasidan tashkarida kolib ketadi». Shuning uchun bolalar bilan muloqotni yulga qo’yishda o’qituvchi tashabbusidan ko’ra «bola tashabbusi» asosida ish tutgan ma‘kul. Shunda bola doimo bizning pedagogik faoliyatimiz doirasida bo’ladi.
SHubxa yuk, muloqotni o’qituvchi tashabbusi bilan tashkil qilish oson. Ammo pedagogik muloqot – bu murakkab inshoot, demak uni muayyan qonun - asosida ko’rmok kerak. Bu urinda o’quvchi tashabbusi bilan boshlangan muloqot yaxshi natija beradi, u o’quvchi shaxsini tularok aks ettiradi, pedagogik vazifalarni amalga oshirishda samaradorlikni ta‘minlaydi.
3. Pedagogik muloqotni tashkil qilar ekanmiz, o’z nutkimizni bir bola yoki o’quvchilar guruhiga yunaltirishga harakat qilishimiz kerak. Bunday yul tutish ta‘lim va tarbiyaning to’g’ri usullarini tanlash kabi muximdir.
Nutkni anik yunaltirish kerak deganda nimani nazarda tutmok kerak? Avvalo, o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini, uning sinfda tutgan o’rnini, sinfdoshlari bilan munosabatda egallaydigan o’rnini xisobga olish zarur. Shunga muvofik nutkni tez ifoda etish, fikrlarni ketma – ketligiga erishish, uning mantikka to’g’ri kelishini e‘tiborga olish o’qituvchining asosiy vazifasidir.
4. Shuni ham ta‘kidlash zarurki, pedagogik jarayondagi muloqotni faqat bir vazifa bilan, ya‘ni axborot bilan cheklash mumkin emas. Bu yulda muloqotning bir turidan – axborot ayirboshlash o’zaro munosabatlarni tashkil kilib, bola shaxsini o’rganish, kattalar va bolalarning bir – biriga ta‘sirini xisobga olish va bashqa vositalardan foydalanish lozim. Biz pedagogik muloqotdagi mavjud yunalishlardan biriga bilib – bilmay amal kilmasligimiz mumkin. Birok buning oqibati ertagayok ko’zga tashlanadi, tarbiya natijalarida o’zilish yo’z beradi. Shunday holning yo’z bermasligi uchun o’qituvchi bola shaxsini o’rganib borishi zarur.
5. Bolalar bilan munosabatga kirishar ekanmiz, muloqotni, ya‘ni yukoridan pastga qarab tashkil qilishdan saqlanishimiz kerak. Xatto juda kichik yoshdagi bolalar ham mustakil ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. O’qituvchilik diplomi bolalar bilan munosabatda yetakchi bo’lish huquqini bermaydi. Bunday buyuk pedagog huquqini kulga kiritish uchun o’quvchilar jamoasida tutadigan o’rni, bu o’qituvchining rasmiy obruyi emas, balki uning insoniyligi bilan belgilanadi. Bolalar bilan o’zaro munosabatni shunday yulga qo’yish kerakki, yetakchilik mavkei tabiiy ravishda pedagogik jarayon mantikidan kelib chiksin.
6. Sinfdagi ruhiy muxitni sezishga harakat qilishni o’rganish lozim. Chunki o’qituvchi sinfdagi ruhiy holatni bilmas ekan, o’quv – tarbiya jarayoni maxsuldor bulmaydi. O’qituvchi har bir shaxs kunglidagi sirlarni topishga yordam berishga harakat qilishi va bunday malaka va kunikmalarni o’zida shakllantirish lozim.
Masalan: sinfda matematika darsi bulmokda. O’qituvchi o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirmokda. Matematikaga qiziqadigan bir o’quvchi, matematikani yaxshi ko’rgani uchun ham, bu darsga kulok solib tinglab turibdi. Ikkinchi o’quvchi esa, kulok solish bilan kifoyalanib, ikki ko’zini usha javob beradigan o’quvchiga tikkanicha utiribdi. U chiroyli yoki yukligi haqida uylayapti. Xuddi shu dam matematikani uncha xushlamaydigan, ammo sportni jon – dilidan sevadigan uchinchi o’quvchi yonidagi o’quvchiga kechagi sport uyini haqida gapirib bermokda. Matematikaning «M» harfini ham tushunmaydigan bashqa o’quvchining ko’zi tashkaridagi korga tushdi. Agarda o’quvchilarning shu xususiyatlarini birma – bir analiz kilsak – bir so’z bilan aytganda, darsning ruhiy vaziyatlari son – sanoksiz. Birok har xil dars utganda unga bugungi kun nuktai nazaridan yondoshish kerak bo’ladi. Aytaylik, bolalar bilan suxbatda kechagi kun mavzusi takrorlanishi mumkin, bunda mavzudagi arzimas bo’lib tuyulgan o’zgarish suxbatni butunlay bashqa ma‘lumotlar bilan boyitib yuboradi. Shuning uchun sinfdagi ruhiy vaziyatni nazorat kila bilish zarur:
Buning uchun:
bolalarni ko’zata bilish;
bolalar ko’zidagi ifodani, ularning mimikasi va ko’rinishidagi o’zgarishlarni tushuna bilish zarur;
bolalar xulqidagi o’zgarishning, kayfiyatidagi barcha o’zgarishlarga e‘tibor berish;
sinfning o’zini tutishiga nisbatan munosabatni bildirishga yumshoklik va xozirjavoblik ko’rsatish;
sinfdagi bugungi ruhiy muxitni kechagisi bilan qiyoslab, garchi doimo o’zgarib to’rgan bo’lsada, sinflarning umumiy ruhiy holatini topish zaruр,
7. Har bir o’qituvchi o’ziga bolalar ko’zi bilan qarashni o’rganishi zarur. Buning uchun:
har bir kishi o’z faoliyatini tez – tez taxlil qilish;
har bir o’qituvchi bevosita ish olib borayotgan o’quvchilar o’rniga qo’yishga harakat qilish;
har bir o’qituvchi hamkasblarining darslarini ko’zatishi va o’zini ularga qiyoslashi;
har bir kishi o’zida kaysi nuksonlar bolalar bilan ishlashga salbiy ta‘sir etayotganligini aniklash;
xatolarni ochik tan olish, Biron bir narsani bilmaganda uni ochik aytishdan uyalmasligi kerak;
mashgulotlardan bush vaqtlarda bolalar bilan suxbatlashishni o’ziga har bir o’qituvchi odat kila olishi kerak;
agarda sinfda o’qituvchiga lakab qo’yishgan bo’lsa, undan xafa bulmaslik kerak, bafurja utirib bu lakabni kelib chikishi va moxiyatini aniklashga harakat qilishi kerak;
8. Bolalarni har qanday savolga javob berish va ularni so’zlarini tinglashga harakat qilish kerak. Agarda o’quvchi noto’g’ri gapirayotgan va o’zining fikrini bayon qilishga qiynalayotgan bo’lsa, o’qituvchining vaqti nixoyatda zik bo’lsa, shunday takdirda ham unga yetarlicha javob berib, qolganlarini kelgusi safar birgalikda muxokama etamiz, deb ogoxlantirish zarur.
Bunday ta‘sir bola shaxsiga e‘tiborning eng muxim ko’rsatkichidir. Ko’zatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning faol emasliklarining asosiy sababi – o’qituvchilarning bolalarning so’zlarini oxirigacha tinglay bilmasligidadir. Shuning uchun o’qituvchi quyidagi ko’rsatkichlar buyicha o’zini sinab ko’rishi shart. ( V.A.Kan – Kalik., Ped. Tvorchevstvo. Moskva., izd.- « Pedagogika», 1990 god).
bolani oxirigacha eshitishga hamma vaqt ham kodirmisiz?
o’quvchi gapirayotganda, sizda tuxtatish uchun ishtiyok tugilmaydimi?
agar o’quvchi biron narsani bayon kilayotganda ortikcha so’zlarni ko’p gapirsa, tutilib – tutilib tushuntirsa jaxlingiz chikmaydimi?
Bola gapirayotganda u bilan xayolan kushilmasligingizni ifoda etishi yoki etmasligini ko’zatganmisiz?
Bolalar javobini kattalarga xos talablar kuyayotganligingizni sezasizmi?
9. O’qituvchi bolalar bilan muloqotni yulga kuyar ekan, ularning kayfiyatini tushunishga intilish, sinfdagi psihologik holatni ilgab olishga harakat qilish zarur. Shuni esda tutish kerakki, pedagogik jarayonni ruhiy kechinmalari juda harakatchan, usuvchan va o’zgaruvchandir. Bu holat o’qituvchidan kabul qilishda yuksak madaniyatli bo’lishni talab kiladi. Muloqotdagi ruhiy vaziyat, o’quvchi kayfiyatining o’zgarishi, bir tomondan sinfdagi axvol, vaziyat haqida zurur axborot bersa, ikkinchi tomondan ta‘lim va tarbiya uslublarini tanlashga ta‘sir etadi. Sinfiy doimiy va muntazam « ruhiy ko’zatish», bolalar ruhiy holatini aniklash o’zaro ta‘sirning eng anik vositalarini tanlash imkonini beradi.
O’qituvchining o’z ustida ishlashini quyidagicha taxminiy dasturini tavsiya etish mumkin:
pedagogik jarayonning har qanday vaziyatida bolalarni muntazam ko’zatib turish;
hamkasblarining darslarini ko’zatish va sinfdagi axvolni doimiy ravishda aniklashga harakat qilishi;
o’z darsida o’quvchilar ruhiy holatining mantiki va rivojlanishidagi usishini xisobga olish, o’zgarish sabablarini aniklashni o’z oldiga maksad kilib qo’yishi;
darsdan sung o’quvchilar bilan suxbatlashish va dars davomida ulardagi ruhiy holatning o’zgarishiga nima sabab bo’lganini aniklash;
dars boshida yoki o’quvchilar bilan shaxsiy suxbat davomida ulardagi ruhiy holatning o’zgarishiga nima sabab bo’lganini aniklashga harakat qilish;
o’qituvchi o’zida pedagogik ko’zatuvchanlikni rivojlantirish.
10. Pedagogik muloqot jarayonida turli – tuman nizolar kelib chikishi mumkin. Shuning uchun:
esdan chikarmaslik kerakki, nizo pedagogik savodsizlik oqibatida kelib chikishi mumkin. Bunday holda u xavflidir. Tezlik bilan bunday nizoni oldini olishga harakat qilish kerak;
nizo talablar, ko’rsatmalar, odat va kunikmalar tuknashuvi natijasida bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda nizo sabablarini taxlil qilish lozim. U pedagogik jarayonda harakatlantiruvchi kuch vazifalarini bajarishi mumkin.
shuni yoddan chikarmaslik kerakki, biz bolalardan xafa bo’lish huquqiga ega emasmiz. Pedagogik muloqotning o’ziga xosligi ham mana shunda.
11. Agar o’quvchilar bilan yosh o’qituvchilar bilan muloqot jarayonida ular bilan munozara qilish extiyoji tugilsa, hamsuxbatlarni xafa kilmaslikka intilish kerak. O’quvchi fikrining noto’g’riligini isbotlash uchun uning harakteridagi nuksonlarini yo’ziga solish shart emas.
12. Ko’p hollarda yosh o’qituvchilar shux o’quvchilar bilan muloqotda qiyinchilikka duch keladilar. Agar siz bunday o’quvchilar qalbiga yul topmokchi bo’lsangiz, o’quvchiga murojaatingizni «nima uchun», «qanday kilib» kabi savollar bilan boshlashga harakat qiling. Bu muloqotning rivojlanishini ta‘minlaydi. Lekin esda tutish kerakki, bunday o’quvchilar bilan suxbatda, jonli o’zaro munosabat ipining o’zilishi juda xavflidir. Muloqot doimiy va o’zluksiz bo’lishi lozim. Quyidagi reja bunga yordam beradi:
Sizda o’quvchilar bilan muloqot jarayonida boshi berk kuchaga kirish hollari sodir bo’ladimi, buning sabablari nimada?
Pedagogik ish faoliyatingizda bolalar bilan munosabatda ishingiz ungidan kelmagan paytlar bo’lganmi? Ularni qanday bartaraf etgansiz?
Dars jarayonida har bir o’quvchi bilan ishlay olasizmi? Agar o’quvchi bilan tillasha olmayotganingizni sezsangiz, uni yulga qo’yishga harakat kilasizmi?
13. Bolalar bilan muloqotda tashabbuskor bo’lishni unutish, muloqotdagi tashabbuskorlik sizga bilish faoliyatini muvaffakkiyatli bajarishga yordam beradi.
Muloqotda tashabbuskor bo’lish, bu :
kishilar bilan ruhiy alokani tez yulga kuya bilish;
shaxslararo o’zaro ta‘sirni maksadga yunaltirilgan holda bashqarish, shaxslararo munosabatning zarur darajasiga erishish;
tugilayotgan pedagogik vazifalarga muvofik ravishda o’quvchilar bilan o’zaro harakat – muloqot shakllari, uslubi, usullarini kayta ko’rish;
o’quvchilarning pedagogik jarayondagi sustkashliklariga barham berish, ularni faol muloqotga jalb etish demakdir.
14. Maktab o’quvchilari bilan muloqotni tashkil qilar ekanmiz, kizlarga oid ayrim o’ziga xos ruhiy xususiyatlarni bilish lozim : ular xis – xayajonga tez beriluvchan va juda tez ranjiydigan bo’lishadi. Ular o’qituvchi harakteridagi xususiyatni tez anglaydilar, dagal munosabatda murosasiz bo’ladilar. Ayni vaqtda bolalardan farqli ularok o’qituvchiga nisbatan munosabatlarini idora kila biladilar, ya‘ni yashira oladilar.
15. Bolalar bilan muloqotda bir xillikdan voz kechish kerak. Bir xillik quyidagilarda namoyon bo’ladi :
O’zini tutishda;
O’quvchilar xulqiga e‘tibor bermaslikka;
Darsni rejalashtirilgan sxema asosida olib borishga ko’r – ko’rona intilishda;
O’qituvchining dars jarayonida o’zini inson sifatida namoyon qilishga intilmasligida;
O’zida shunday kamchiliklar bormi? Bu xususda hamkasblari bilan fikrlashgan ma‘kul. Mabodo kamchiliklar borligi sezilsa, undan kutulishga harakat qilish kerak.
16. Ayrim o’quvchilarga nisbatan jamoatchilikda tugilgan salbiy fikrlarni yuqotishga intilish zarur. Bu faqat o’qituvchining ular bilan munosabatiga, balki jamoadagi umumiy muxitga salbiy ta‘sir etishi mumkin. O’quvchi to’g’risidagi salbiy fikr shunday holatlarda tugilishi mumkin:
o’zaro munosabatlarning to’g’ri yulga kuyilmaganligi va bu masalani kayta ko’rib chikishga harakat kilmaslik oqibatida sodir bo’ladi;
mazko’r sinfda ishlaydigan hamkasblar fikri buyicha muayyan o’quvchiga nisbatan tugilgan salbiy munosabat natijasida sodir bo’ladi;
o’quvchining bush o’zlashtirishi tufayli;
o’quvchilar jamoasida mazko’r o’quvchiga nisbatan tugilgan salbiy munosabat oqibatida;
o’quvchining darsda o’zini ko’rsatishga intilishida;
turli masalalar buyicha o’quvchining o’qituvchi bilan tortishuvi natijasida.
17. Yodda tutish kerakki, maktab o’quvchisining xulqi, bilimi, turmush tarzini asossiz tankid kilaverish befoyda. Bunday tankid o’quvchini o’zini – o’zi mudofaa kiluvchi kishiga aylantirib qo’yadi. Oxiri oqibatda o’z – o’ziga baxo berishda tubanlashib ketishiga sabab bo’ladi :
bolalar bilan muloqot chogida tankid elementi xukmronlik ruhida bulmasligi kerak, aks holda suxbat dustona bulmaydi. O’zingizni quyidagi ulchovlar buyicha taxlil kilib ko’ring;
bolalar bilan muloqotda sizda tankid qilish ruhi xukmron emasmi?
muloqot tizimingizda qanday talablar ko’proq : ta‘kidlovchi, yunaltiruvchi, betaraf.
bir dars davomida o’rta xisobda necha marta tanbex berasiz?
yangi mavzuni tushuntirish chogida yoki o’quvchi javobini tinglayotganda intizom bo’zuvchiga tanbex berish uchun darsni tuxtatishga kodirmisiz?
darsda bolalar bilan muloqotni tankiddan boshlash kerak deb uylaysizmi?
darsda bush o’quvchi va a‘lochi o’quvchi bolalarni bir – biriga karama – karshi qo’yishga yul kuymaysizmi?
intizom bo’zilgan chogda faqat tanbex bilan cheklanish kerakmi? Yoki vaziyatni xazil mutoyiba bilan to’zatish mumkin deb xisoblaysizmi?
pedagogik muloqot jarayonida o’quvchilarga dag – daga qilish shartmi?
bolalar sizbilan muloqotda begonasirashayotganini yoki faqat ish yo’zasidan murojaat qilishayotganini sezasizmi?
18. O’qituvchi ko’proq tabassum bilan sinfga kirsa, o’qituvchining sinfga kirish chogidagi o’qituvchining tabassumi o’quvchilar bilan uchrashish xo’zurbaxshligidan dalolat beradi. Umuman o’qituvchining tabassumi umumiy ruhiy xushkayfiyatni yo’zaga keltiradi, o’quvchilarni faol muloqotga chorlaydi.
O’zingizni ko’zating:
darsda ko’p kulasizmi?
bolalar bilan birga kushilib kula olasizmi?
chexrangizdagi uychanlik va charchok alomatlarini bolalarga bildirish shartmi?
Esda tuting, bolalar sizning kayfiyatingizdagi o’zgarishni o’qiyotayotgan faningiz bilan boglaydilar, bu esa ularda salbiy fikrlar tugilishiga olib keladi.
19. Bolalar bilan suxbat jarayonida ko’proq maktov, qo’llab – quvvatlovchi, ragbatlantiruvchi so’zlarni ishlatish zarur. Bu bolani o’z yutuklarini sizning shaxsingiz bilan boglashiga olib keladi.
O’zingizni ko’zating:
O’quvchilarni hamma vaqt ham to’g’ri javobi uchun maktaysizmi?
Nafaqat yaxshi o’quvchi, balki bush ukiydigan, lekin xatosini to’zatishga intilayotgan o’quvchini ham maktashga tayyormisiz?
O’z baxoingizga «ofarin», «men buni ma‘kullayman», «echimi to’g’ri», «raxmat» kabi so’zlarni kanchalik ko’p ishlatasiz;
Baholash chogida o’quvchining ismini aytib maktagan ma‘kulmi yoki familiyasinimi?
Bolalarning imkoniyatlariga ishonishingizni hamma vaqt ham sezdirasizmi?
Yodingizda bulsinki, maktov, qo’llab – quvvatlash, dustona muxit – hamkorlikdagi ijodiy ishning eng muxim shartidir.
20. Bolalar siz ularga qanday munosabatda ekanligingizni bilishdari kerak. Bolalarning ismlarini, ular shaxsiga oid bashqa ma‘lumotlarni bilib oling. Bu o’qituvchi uchun zarurdir.
21. O’quvchi bilan yakkama – yakka suxbatlashish zaruriyati yetilganini sezsangiz, bulgusi suxbat rejasini to’zib chikish kerak. Reja to’zayotganingizda quyidagilarni xisobga olish zarur :
suxbatdan asosiy maksadingiz nima?
suxbat zarurmi yoki bashqa vositalardan foydalanish mumkinmi?
suxbat davomida qanday savollar bermokchisiz?
suxbat natijasi tarbiyaviy jixatdan foydali bo’lishiga ishonchingiz komilmi?
suxbatdan qanday salbiy yakun kutayapsiz?
suxbatda qanday tarbiyaviy usul va yullardan foydalanmokchisiz?
suxbatni nimadan boshlaysiz va uni qanday utkazasiz?
22. Endi yakkama – yakka suxbat chogida o’quvchining o’zini tutishini ko’z oldingizga keltiring :
suxbat mavzusiga qanday munosabat bildiradi, unga katnashadimi?
suxbat aro yulda kolib ketmaydimi? Agar shunday hol sodir bo’lsa, o’zingizni qanday tutgan bulardingiz?
agar o’quvchi janjal chikarsa nima qilgan bulardingiz?
suxbatni tashkil qilish uchun umumiy tavsiyanomalar bilan tanishing.
berilgan savolning moxiyatini tushunib yetmaguncha javob berishga shoshilmang.
biron narsa aytgingiz kelib tursa ham o’quvchining so’zini bulmang;
bola e‘tiroziga jaxl bilan javob bermang, bu muloqotga xalakit beradi;
suxbatni ovozni balandlatib tugatmang;
suxbat davomida o’quvchilar bilan munosabatingizni rivojlantirish yullarini axtaring.

23. O’quvchilar, ayniksa usmirlar o’zlarini shaxs sifatida tan olishlarini istaydilar mana shuning uchun ham muloqot jarayonida ularga shaxs sifatida qarash kerak.


24. Esda tutish kerakki, sinf bilan ko’p yillik muloqot jarayonida muloqotning muayyan kolipi yo’zaga keladi va uni biz yildan yilga takrorlayveramiz. Lekin bolalar o’zgarishmokda, ular voyaga yetishmokda. Biz esa o’zgarishni xisobga olmay, eskicha ishlashni davom ettiraveramiz.
Bolalarning ijtimoiy – ruhiy extiyojlaridagi eng mayda o’zgarishlarni sezishga harakat qilish kerak. Yoddan chikarmaslik kerakki, maktab o’quvchilarining yosh xususiyatlari o’zarishi va bizning o’zgarmas pedagogik muloqot shaklimiz o’rtasida paydo bo’lgan karama – karshiliklar o’zaro munosabatlarning o’zilishiga olib keladi va o’quv – tarbiya jarayon sifatida salbiy ta‘sir kiladi.
25. Darsda kommunikativ tayyorlanishni unutmang!
Kommunikativ tayyorgarlik uchun quyidagi dasto’rni tavsiya etamiz:
Dars berishingiz kerak bo’lgan sinfni eslang;
Butunlay kommunikativ tayyorgarlik uchun esa quyidagi dasto’rni tavsiya etamiz:
mazko’r sinfda muloqotning kaysi tipidan foydalanish lozimligini ko’z oldingizga keltiring;
sinfning sizni va dars materialini qanday kabul qilishini tasavvur eting;
konspekt ustida ishlar ekansiz, dars bulaklarini rejalashtiring, sinfdagi umumiy ruhiy vaziyatni ko’z oldingizdan utkazing;
ayrim o’quvchilar bilan o’zaro munosabatingizni ham unutmang, ayrim bolalarga nisbatan shakllangan bir kolipdagi fikrlardan voz keching;
nixoyat, darsda bo’ladigan muloqot muxitini xis qilishga harakat qiling - u sizga darsni ishonch bilan o’tkazishga yordam beradi.
26. Muloqot jarayonini taxlil kila biling.
Agar darsda, tanaffusda kamchilik, o’zilish sodir bo’lgan bo’lsa, u holda :
pedagogik muloqotdagi xato sababini aniklashga urining;
sinf (o’quvchilar) bilan muloqotning eng zur modelini xayolan yaratishga intiling;
mazko’r sinf bilan navbatdagi muloqot davridagi vaziyatni ko’z oldingizga keltiring.
27. O’qituvchining sinf bilan muloqoti tizimiga, goxo muloqotga xalakit beradigan ruhiy tusiklar paydo bo’ladi. U darsning borishiga ham, o’qituvchilar va o’quvchilar kayfiyatiga ham salbiy ta‘sir etadi.
28. Jamoadagi tarbiyaviy ishni rivojlantirayotganda umumiy pedagogik vazifalar bilan cheklanib kolmay, ijtimoiy – ruhiy tavsiyanomalar asosida ish olib borish. Buning uchun quyidagilarni xisobga olish lozim :
bolalar bilan o’zaro munosabatingizning umumiy darajasi;
sinfda bashqa o’qituvchilar bilan o’zaro munosabat turlari;
hamkorlik printsiplarining o’quv – tarbiya jarayonida kullanish extimolligini;
sinfdagi shaxslararo o’zaro munosabat tizimini, jamoaning jipslashganligi, uning faolligini;
o’zaro harakatning umumiy, guruhiy va shaxsiy shakllarini;
Hamkasblari bilan o’zaro munosabatga aloxida e‘tibor berish zarur : ular o’quv – tarbiya jarayonining ijtimoiy – ruhiy holatiga jiddiy ta‘sir etishlari mumkin.
Hamkasblar bilan o’zaro munosabatni tashkil qilishda quyidagilarni xisobga olishni maslaxat beramiz :
pedagogik jamoaning bashqa a‘zolariga nisbatan xayrixox bo’lish;
hamkasblaringiz bilan sizni yakinlashtirishi mumkin bo’lgan omillarni axtaring;
hamkorlikka intilish, hamkorlikka ijodiy faoliyat ko’rsatishga harakat qilish;
hamkasblaringiz tajribasidan o’zingiz uchun eng kimmatli, qiziqarli, foydali bo’lgan tomonlarini topishga harakat qilish, faqat kamchilik axtarishga o’rganmaslik;

XULOSA
SHunday ekan, Pedagogik jamoadagi o’zaro munosabat umumiy maktab ruhiyatiga ta‘sir etadi, buni o’quvchilar ham ko’radilar, sizga va maktabdoshlaringizga nisbatan munosabatni shu asosda ko’radilar.


O’z nutkingizni to’zating. U shaxsingizning in‘ikosidir. Iste‘moldan chikkan dagal so’zlarni ishlatmang, o’quvchilar yul qo’ygan nutkiy xatolarni takrorlamang;
Nutkingizda parazit so’zlarni ( kani, demak, umuman va bashqalar ) kancha ishlatasiz;
Asosiy fikrdan chalgimagan holda nutkingizni davom ettira olasizmi ?
Nutk suratiga e‘tibor bering : chunki, bilimni o’zlashtirish samaradorligi ko’p jixatdan unga bog’liq ;
Nutkingizdan bakirib aytiladigan dagal so’zlarni chikarib tashlang, ular o’quvchilarga salbiy ta‘sir kiladi ;
Tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan o’zaro munosabatni yulga qo’yish haqida ko’proq kaygurish va uylash kerak. Buning uchun :
tarbiyasi qiyin o’quvchi ruhiy yoki pedagogik xato oqibatidir;
tarbiyasi qiyin o’quvchi salbiy illatlar ta‘sirida bo’ladi, bu illatlarni bashqa o’qituvchilar, o’quvchilar, ota – onalar shakllantirganlar ;
bolaga u yoki bu narsani zurlab kabul kildirib bulmaydi ;
tarbiyasi qiyin bola bilan muloqot qilishning eng samarali yullarini axtarish zarur.
Har bir o’qituvchi bilishi kerak bo’lgan pedagogik muloqotni tashkil qilishning asosiy ruhiy pedagogik talablari shulardan iborat. Shubxasiz, uni yodlab olish va ko’r – ko’rona tadbik qilish yetarli emas. Bu talabalar kotib qolgan narsa emas, balki harakat dasturidir. U o’qituvchiga o’quv – tarbiya jarayoniga eng asosiy omil -- inson omiliga samarali ta‘sir etishga yordam beradi.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling