Yosh o’quvchilarning aqliy tarbiyasi dilnoza Nazirqulova


www.scientificprogress.uz


Download 417.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi417.1 Kb.
#1002609
1   2   3   4
Bog'liq
yosh-o-quvchilarning-aqliy-tarbiyasi

www.scientificprogress.uz
 
Page 957
jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs 
tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga 
nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi. 
Insonlar qanchalik ko’p kitob o’qisa, hayot tajribalariga ega bo’lsa, atrofdagilar 
bilan fikr almashsa, mulohaza qilsa, uning dunyoqarashi shunchali rivojlanaveradi. 
Uning dunyoqarashi esa o’sgani sari esa uning fikrlashi, atrofdagi muhitga bo’lgan 
munosabati ham o’zgarib boraveradi.
E'tiqod- dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, 
huquqiy, manaviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan 
ko'rinishi; muayyan g'oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha 
bosqichlarda kechadi.
Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta'sir etish va natijaviylikning barcha 
imkoniyatlaridan kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini 
tushunish mumkin. Aqliy rivojlanish uchun inson fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi 
kerak. Fikrlash orqali biron bir narsa hodisa, yoki voqelikka o'z qarashlaridan va 
bilimidan kelib chiqqan holda fikr bera oladi. U aqliy foaliyat mahsuli hisoblanadi. 
Fikrlash bu avloddan avlodga o'tib keladigan, ya'ni u merosiy tushuncha, barcha 
indonlarga xosdir. Fikrlashning ham o'ziga qarab turlicha turlari mavjuddir.
Aqliy rivojlanishda amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda, ilm olganlik ham 
muhim o'rin tutadi. Bunda insonning bilim salohiyati darajasi tushuniladi.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni 
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan 
pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi. 
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga 
alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni 
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor 
yo’nalishlaridan biri ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy 
bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy 
hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini 
ko’ra va baholay olishga imkon beradi.
Aqliy tarbiya jarayoni bir necha vazifalarni bajarishga yordam beradi: Masalan, 
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish, 
mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. 
Va bilimlarni doimiy ravishda shakllantirishga intilish kabilarni o’z ichiga oladi. Shu 
qatorda aqliy bilim bizga bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik 
qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 417.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling