Yoshingiz qancha kata bo’lgan sari do’stlaringiz soni nega kamayib boradi


Download 0.55 Mb.
bet12/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1168610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yoshingiz qancha kata bo

Birinchi ko’zgu – siz uchun birinchi o’rinda ish muhimroq.
Ikkinchi ko’zgu – siz hayotingizda ko’proq sevgi va do’stlik a’loqalarini qadrlaysiz.
Uchinchi ko’zgu – sizning hayotingiz mazmuni, bu oila.
a’lumki, agar muvaffaqiyat qozona olmasak, uyda yoki ishda ozgina muammolarga duch kelsak, hayot tajribamiz bir oz pand bersa, darhol bizni tushkun kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik esa hech vaqt bizni bu noqulay vaziyatdan olib chiqolmaydi; o’zimizni o’nglab olishning yagona yo’li – bu irodali va kuchli mantiqiy tafakkurga ega bo’lishdir. Quyidagi maslahatimizda irodali bo’lishning o’ziga xos sirlari haqida so’zlaymiz.

  • Bugungi kun nafasi bilan yashang. O’tmishda yo’l qo’ygan xatolaringizni, muammolaringizni bir muddat esdan chiqaring. Kelajagingiz bugun qo’yadigan qadamingizga bog’liqligini unutmang. Siz uchun har kuni yangi kun boshlanishi kerakligini his qiling. Chunki o’z muammolaringiz haqida o’ylab qayg’urganingiz bilan masala o’z yechimini topmaydi, siz esa behuda tushkunlikka tushish bilan vaqtingiz, imkoniyatingizni boy berishingiz mumkin. Yaxshisi, o’zingizga eng yoqimli, qiziqarli bo’lgan mashg’ulot bilan shug’ullaning, ko’nglingizga yaqin inson bilan suhbatlashing va hk.

  • O’zingizda ishonch hosil qiling. Ko’pchilik o’z-o’ziga ishonmaslik oqibatida erkin qadam tashlashdan, yutqazgan narsalarini qaytadan boshlashdan voz kechadi. Ammo insondagi o’ziga bo’lgan ishonch hissi, ko’pincha uning maqsadga erishishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan, yutqazishdan cho’chimang. Chunki hayot yutish va yutqazishdan iborat, siz qachondir yutqazgan narsalaringiz evaziga katta narsani yutib olishingiz mumkin.

  • Hech vaqt asabiylashmang. Asab insonning doimo tiniq fikrlashiga to’sqillik qiladi. Muammoni yanada chigallashtiradi; asabingizni asrang. Uni jilovlashning yagona yo’li – asabni buzadigan holatlarga ahamiyat bermaslikdir.

  • Vaqtida ovqatlaning. Ba’zilar ish yoki shaxsiy muammolar ichida qolganda ishtahasiz bo’lib ovqatlanishni unutib qo’yadilar. Bu bilan o’z faoliyatlarini yanada susaytirayotganini bilmaydilar. O’z vaqtida ovqatlanib turish organizmni mo’tadillashtiradi va harakatchan, faol bo’lishiga, miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.


  • Download 0.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling