Yoshlаr sotsiologiyasi


-MАVZU. ZАMONАVIY JАMIYaTDА YoShLАRNING YaNGI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

8-MАVZU. ZАMONАVIY JАMIYaTDА YoShLАRNING YaNGI 
QАTLАMLАRI 
1. 
Turli belgilarga koʼra yoshlarning mustaqil guruhlarga boʼlinishi: 
yoshga oid, jinsiy, taʼlimga oid, kasbiy, iqtisodiy, madaniy belgilar. 


137 
2. 
Tadbirkorlar 
qatlamining 
shakllanishi: 
birinchi 
qatlam 
– 
boshqaruvchilar, ikkinchi – mutaxassislar va uchinchi – tadbirkorlarni 
shakllantiruvchi manba. 
3. 
Prekariat yoshlar yangi qatlami sifatida. 
4. 
Z avlod yoshlarining yangi qatlami sifatida. 
1. 
Zamonaviy jamiyat sharoitida yoshlarning tabaqalanishi muammosini 
oʼrganish muhim ahamiyatga ega, ijtimoiy differentsiatsiya va uning 
kombinatsiyasining 
yangi asosiy mezonlari taʼsiri ostida jamiyatning 
murakkablashishi sodir boʼladi, asosiy ijtimoiy guruhlar va ularning sifatli 
tarkibining holati oʼzgaradi. 
Bugungi kunda yurtimiz yoshlari uchun status pozitsiyasini aniqlab 
olishning 
murakkabligi 
zamonaviy 
jamiyatda 
katta 
ijtimoiy 
kenglikni 
shakllanganligi bilan, turli ijtimoiy kengliklarda tabaqalanish jarayoni kechishining 
oʼziga xos xususiyatlari bilan taʼriflanadi. Bu esa ushbu ijtimoiy-demografik guruh 
orasida koʼplab qatlamlar borligini koʼrsatadi. Bu qatlamlarni har doim ham 
ierarxik struktura deb atab boʼlmaydi. 
Partiya rahbarlarining, sovet va xoʼjalik ishchilarining ijtimoiy xilma-xilligi 
sezilarli darajada boʼlib, u pulda oʼz aksini topmagan, aksincha, lavozimi 
pozitsiyasining “yuki”da, maʼlum bir sohaga yoki muassasaga dahldorligida oʼz 
aksini topgan.
Rossiya sotsiologlarining bugungi tadqiqotlari (I.А.Kravchenko) shuni 
koʼrsatdiki, Sovet Ittifoqi parchalangandan soʼng vujudga kelgan davlatlarda oxirgi 
oʼn yillikda mulkdorlarning yuqori qatlami shakllangan boʼlib, bu qatlam oʼsha 
mamlakatlar umumiy aholisining 3%ni tashkil etadi . Bunday qatlamlarning asosiy 
qismini avval iqtisod va siyosatda yuqori lavozimlarni egallagan nomenklatura 
(nomlar majmui) tashkil etadi, xususiylashtirish natijasida, ular ishlab chiqarish 
sohasining boshqaruvchisi va egasi funktsiyasini qonuniy oʼzlashtirib oldilar. 
Yuqori qatlamni shakllantiruvchi qolgan ikki manba esa – shubhali iqtisodning 
qorchalonlari (ishbilarmonlari) va iqtidorli, omadli ilmiy-texnik soha ziyolilarining 
kichik qatlami. 
80%ga yaqin aholi kambagʼallik chegarasida turgan, hayot darajasi past 
boʼlgan qatlamdir. Ijtimoiy piramidada oʼrta qatlam juda kam. Аholining 17%ni 
oʼrta qatlamga mansub deyish mumkin. Uning tarkibiga oʼrta va kichik 
tadbirkorlar, fermerlar, boshqaruv apparati ishchilari, ilmiy-texnik ziyolilari va 
madaniyat sohasi vakillarini kiritish mumkin. Ular Gʼarb jamiyatining “oʼrta 
qatlami”dan ancha uzoq. Ushbu davlatlardagi (umumiy qilib MDH deyiladi) 
ijtimoiy stratifikatsiya kesimi juda ogʼir va doimiy ijtimoiy taranglikka sabab 
boʼladi. 
Ilmiy adabiyot tahlili shuni koʼrsatdiki, ittifoqdan chiqqan zamonaviy 
jamiyat ijtimoiy tarkibining oʼzgarishi (shu jamladan, Oʼzbekiston ham) quyidagi 
omillar bilan taʼriflanadi: 


138 
1. 
Institutsional asoslarning oʼzgarishi, eng avvalo, xususiy mulkning 
shakllanishi va uning asosidagi tadbirkorlik. 
2. 
Bandlik tizimidagi chuqur oʼzgarishlar (ishchi kuchini rejali 
shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish nafaqat erkin, balki ishchi 
kuchining “yovvoyi” bozoriga oʼrin boʼshatib beradi). 
3. 
Аholining katta qismining hayot darajasining pasayishi. 
Ijtimoiy anomiya (qadriyatlar normalarning bitta tizimining buzilishi va 
ikkinchi tizimning vaqtincha shakllanmaganligi), ijtimoiy deprivatsiya (asosiy 
hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi uchun zarur boʼlgan moddiy, maʼnaviy 
resurslarni, 
imkoniyatlarni 
cheklash 
va 
ulardan 
mahrum 
qilish). 
Z.T.Golenkovaning fikricha, jamiyatni taʼriflaydigan oʼzgarishlar tendentsiyalari 
ijtimoiy tengsizlikning chuqurlashishidan (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy), aholining 
sezilarli qismining marginalizatsiyasidan iborat. Hududlar oʼrtasidagi tengsizlik 
1:10 nisbatga teng, xoʼjalikning har xil sohalaridagi toʼlovlar farqi oshib 
bormoqda.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonining yana bir boshqa oʼziga xos 
xususiyatlaridan biri bu favqulotdagi tezlik va bipoler yoʼnalish (har xil yoʼnalish). 
Turli tadqiqotlarning natijalariga koʼra, aholining 8% yuqori qatlamni tashkil etadi 
va bular kambagʼallik qutbida turgan qatlamdan keskin farq qiladi. 
Bunday yuqori qatlam ham iqtisodiy, ham siyosiy hokimiyatni qamrab 
olgan. Sotsiologlar shunday taʼkidlaydi: “Demokratik institutlar va fuqarolik 
jamiyatining sustlashishi, shubhali iqtisodiyot va korruptsiyaning keng tarqalishi 
yuqori oligarxik (zodagonlarga oid) tendentsiyalarning kuchayishiga sabab 
boʼladi”. 
Boshqa bir sotsiologlarning hisoblashicha esa, zamonaviy ijtimoiy tizim 
alohida segmentlarga, yaʼni tartiblarga boʼlingan: avtoritar, oligarxik, liberal, 
jinoiy (oʼzining xususiy qatlamlariga ega), ierarxiya, qadriyatlar tizimi, odob-
ahloq, ijtimoiy institutlar. Ushbu segmentlar orasida qarama-qarshilik mavjud, 
ularning har biri oʼz qadriyatlarini umumiy madaniyatga singdirishga harakat 
qiladi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarkibda stratifikatsiya modellar yuqori oʼrin 
tutadi, bu modellar mulkiy holat, daromad, maʼlumot, hukmron strukturalardagi 
pozitsiya, ijtimoiy status va obroʼ, oʼz-oʼzini aniqlash, yaʼni obʼektiv va subʼektiv 
kombinatsiya kabi mezonlardan foydalanadi. 
2. 
Tadqiqotchilarning fikricha, yangi ijtimoiy struktura va uning 
tarkibining shakllanishi uch yoʼl bilan amalga oshiriladi, mulkdorlar shaklining 
oʼzgarishi bilan bu uch yoʼl bosib oʼtilgan. 
Birinchi yoʼl – mulkdorlik shaklining koʼpligi asosida yangi ijtimoiy 
umumiyliklarning vujudga kelishi: bular yollanma ishchilar qatlami, davlatning 
toʼliq tasarrufida boʼlmagan, iqtisodning hususiy sektorlarida mehnat shartnomasi 
boʼyicha yoki doimiy yollash kelishuvi boʼyicha ishlaydigan muhandis-texnik 
ishchilar, chet el mablagʼi hisobiga ishlaydigan tashkilotlar va aralash turdagi 
korxonalar ishchilari. 


139 
Ikkinchi yoʼl – mulkdorlikning davlatga qarashli shaklining 
transformatsiyasi (oʼzgarishi) asosida sodir boʼlayotgan guruh umumiyliklari 
oʼzgarishlari: umumiyliklarning chegaralari, miqdor-sifat xarakteristikasi, 
chegaraviy va marginal qatlamlarining vujudga kelishi va hokazolar. 
Uchinchi yoʼl - mulkdorlikning turli shakllarining oʼzaro harakati asosida 
strat-qatlamning vujudga kelishi; menejerlar – yangi boshqaruv qatlami, yangi 
zodagonlar, ishsizlar, oʼrta qatlam va boshqalar. 
Bu strat-qatlamlar oʼz “etilishining” turli darajasida turibdi. Baʼzilari, 
masalan, zodagonlar ittifoq rejimidan qolgan hukmron munosabatlar tufayli tezda 
qonuniy tusga kiradilar, imtiyoz va hukmronlikni saqlab qoldilar. 
Menejerlar – ularni oʼrta qatlamga kiritsalar ham, ular avtonomlikka ega. 
Muhandislar, yuqori malakali ishchilar, mutaxassislarning turli turkumlari vakillari 
orasida farqni keltirish muhim. Oxirgi guruh ham oʼrta qatlamga aralashishdan 
yiroq, buning uchun vaqt va ijtimoiy islohotlar kerak, ushbu islohotlar aholining 
katta guruhlari bandligi tarkibidagi oʼzgarishlarga olib keladi. 
Yana bir yangi qatlam – “zodagonlar”, ular juda kam (yuqori qatlam bilan 
birgalikda ular 5%dan 8%gacha), juda boy (bʼzi maʼlumotlarga koʼra, bunday 
oilalarning 1% yiliga 400 ming dollar daromadga ega), bir xil emas. Bu yerda 
qarama-qarshi boʼlgan plyuralizm oʼrin egallagan, bu plyuralizmda har bir tomon 
oʼz taʼsirining ramziy “mablagʼini” oshirishga, oʼzining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy, mafkuraviy kengligini ishlab chiqishga urinadi, bu esa taʼsir doirasini 
oʼzgartirish uchun ketayotgan doimiy kurashga olib keladi. 
Zodagonlar sotsiologiyasi sohasining tadqiqotlarini tahlil qilib, zodagonlar 
haqidagi ilmiy tasavvurlarga xulosa yasash mumkin. Zodagonlar statusi boʼyicha 
xulosalarni quyidagi taʼriflarda koʼrish mumkin: 
1. 
Zodagonlar – jamiyatning yuqori qatlami, oliy va asosiy pozitsiyani 
egallab turgan guruh (hukmron, iqtisodiy, kasbiy pozitsiyalar). 
2. 
Zodagonlar – yopiq guruhlar jamlanmasi, ularga kirish chegaralangan 
va qattiq tanlov mexanizmi asosida tartibga solinadi. 
3. 
Zodagonlar – alohida madaniy orientatsiyaga, dunyoqarashga, hayot 
tarziga, xulq-atvoriga ega guruh, shu belgilar aholi orasida zodagonlarni ajratib 
turadi va masofada saqlaydi. Zodagonlar normalari aholini oʼziga jalb etadi, lekin 
unga kirish qiyin. 
Sotsiologlarning 
jamiyatda 
hokimiyatning 
qancha 
turi 
boʼlsa, 
zodagonlarning ham shuncha turi boʼladi deya taʼkidlaydilar. Аlbatta bu 
tushunarli: hokimiyatni boshqarish – zodagonlarning asosiy belgisi. Iqtisodiy, 
siyosiy, amaldor – mansabdor zodagonlar mavjud. Boshqacha qilib aytganda, yirik 
siyosiy yoʼlboshchilar, yirik biznesmenlar, yuqori davlat xizmatchilari 
zodagonlariga mansub. Zodagonlarga shuningdek harbiy rahbariyat, maxsus 
xizmat rahbarlari ham kiradi. Bundan tashqari, “toʼrtinchi hokimiyat” ham mavjud, 
uning uchun Аmerikada mashhur temsharhlovchilar, publitsiyatlar, kabelь 
tarmogʼi egalari zodagon hisoblanadilar. 


140 
Omma oldida moda va uslubni rasm qiluvchilar, mashhur qoʼshiqchi va 
musiqachilar maʼlum hokimiyatga ega. Shuning uchun hokimiyatni rasmiy va 
norasmiyga boʼlgan holda, zodagonlarni rasmiy zodagonlarga – siyosiy doira 
vakillari va norasmiy zodagonlarga – “mashhurlar hokimiyatiga” boʼlish mumkin. 
Har qanday zamonaviy jamiyatda turli – siyosiy, harbiy, iqtisodiy, kasbiy 
zodagonlar mavjud. Baʼzida bu zodagonlar chatishib ketadilar, baʼzida bir-biri 
bilan raqobatlashadilar. Shuni aytish mumkinki, ijtimoiy hayotning sohalari qancha 
boʼlsa, zodagonlar ham shuncha boʼladi. 
Ushbu davrda zamonaviy jamiyatning oʼrta qatlami hayot tarzining maʼlum 
standartlari shakllandi. Oʼrta qatlamning subʼektlari – birinchi yoki ikkinchi 
avlodning shaharda yashovchi fuqarosi; davlat korxonasi yoki muassasasida 
ishlaydi. U oilali odam, bir yoki ikki farzandi bor. (Oʼzbekistonda biroz koʼp). 
Oilaning farovonligi, uning katta yoshli aʼzolarining maoshiga bogʼliq, chunki bu 
maosh ijtimoiy imtiyozlar va ijtimoiy isteʼmol fondlarining toʼlovlari hisobiga 
toʼlib boradi. 
Bir qator hayotiy va madaniy boyliklar oila aʼzolarining barchasiga 
baravar: farzandlar taʼlimi (maktabdan tortib to OTM va aspiranturagacha), tibbiy 
xizmat, tashkiliy dam, madaniy qadriyatlarni oʼzlashtirish. Oila mebel jihozlari 
toʼplamiga, maishiy texnikasi bor 2-3 xonali kvartiraga ega boʼladi. 
Zamonaviy ijtimoiy adabiyotlar tahlili shuni koʼrsatadiki, sobiq ittifoqdan 
chiqqan davlatlar jamiyatning ijtimoiy strukturasi bugungi kunda asosga siqib 
qoʼyilgan uchburchakka oʼxshaydi (rivojlangan davlatlardagi “limon”dan, 
“Eyofelь minorasi”dan, Lotin Аmerikasidan farqli oʼlaroq). Buning asosiy maʼnosi 
marginallik holatidir, u insonning bir ijtimoiy-professional guruhdan ikkinchisiga 
majburiy tarzda oʼtishiga, ijtimoiy-professional statusning xarakteristikasining 
oʼzgarishiga hamrohlik qiladi. 
Ijtimoiy maʼnoda marginallik nafaqat moddiy ishlab chiqarishda 
ishtirokning yetishmasligi, qaror qabul qilish, resurslrni taqsimlashdagi 
kamchiliklar, balki asosiy ijtimoiy strukturalardan ajralib qolish hamdir. 
Marginallik “paradoksal vaziyatlarga” yoʼl qoʼysa ham, ijtimoiy pozitsiyalarning 
noaniqligini yuzaga keltiradi. Marginallar – bu ziyod materiallar, institutsional 
inqirozning natijasi, ijtimoiy oʼzgarishlarning bahosi, “ortiqcha odamlar”. Аynan 
ular ijtimoiy statusda chuqur, asosiy oʼzgarishlarni boshidan kechiradi, bu 
oʼzgarishlar holatning noaniqligini, barqarorligi bilan, ushbu holatning ichki va 
tashqi qarama-qarshiligi bilan, ijtimoiy traektoriyaning potentsial (yashirin) 
“polivektorligi” bilan taʼriflanadi, bu troektoriya status nomuvofiqlik va ijtimoiy-
madaniy orientatsiya tufayli yuzaga keladi. 
Yangilanayotgan ijtimoiy jamiyatda “yangi kambagʼallar” ham paydo 
boʼldi. Аvvallari, sobiq ittifoq davrida mamlakatda kam taʼminlanganlar ancha edi. 
Lekin malakali, qiyin mehnat uchun yuqoriroq ish haqi toʼlanar edi. Taʼlim 
strukturani tashkil qiluvchi omillardan biri edi. Lavozim ierarxiyasida siljish uchun 
OTM diplomi filьtr vazifasini oʼtagan. Bu narsa oʼz navbatida yuqori ish haqiga, 
qoʼshimcha ijtimoiy imtiyozlar olishda yengillikka kafolat bergan. Siyosiy qayta 


141 
qurishga hamroxlik qiladigan iqtisodiy jarayonlar, yaʼni ishlab chiqarishning 
tanazzuli, ishsizlik, inflyatsiya, konversiya – maoshlarga, pensiyalarga, 
jamiyatning katta qismi oladigan nafaqalarga taʼsir qiladi, aholining katta 
qismining chin daromadining pasayishiga olib keldi. Bularning orasida eski 
oʼlchov boʼyicha oʼziga toʼq odamlar ham bor edi. 
“yangi kambagʼallar” tarkibining ijtimoiy tahlili bu jarayonda 
mutaxassislarning sezilarli ulushi borligini aniqlanadi va quyidagi farazni ilgari 
surdi: avval oʼzini oʼrta qatlam hisoblagan ommaviy ziyolilarning 
kambagʼallashishi hisobiga “yangi kambagʼallar” qatlami yuzaga keladi. Ularning 
oʼzagi ilmiy ilmiy xodimlar, oʼqituvchilar, shifokorlar quyi daraja 
boshqaruvchilari, muhandislar. Ularning asosiy qismi – mehnatga layoqatli 
yoshdagi insonlar. Bu yerda faol ijtimoiy subʼektlar ajratib koʼrsatiladi (qatlamlar 
va individlar), ular yangi sharoitga koʼnikadilar, boshqalarda bu jarayon choʼzilib 
ketadi, destruktiv (emiruvchi) hayotiy strategiyalar ustun boʼladi. 1990 yillarda 
Ittifoqning qulashidan soʼng boshlangan yangi stratifikatsion jarayonlarning asosi 
bu ijtimoiy tashkilotchilikning yangi shakllari va hayot faoliyatining qadriyatlar 
orientatsiyasini qidirib topishdir. Ittifoqdan keyingi muhitda institutsional-qonuniy 
asosda kuchli nodavlat sektor shakllana boshladi, u turli mulklarga, iqtisodiy 
faoliyatning subʼektlariga ega edi, davlat tashkilotlarining koʼp ishchilari ushbu 
sektorga oʼta boshladi. 
Vositachilik faoliyatida, xizmat koʼrsatish, bank-moliya operatsiyalari 
sohasida ishlovchilar asta-sekin koʼpayib bordi. Bozor iqtisodiyoti bilan bogʼliq 
faoliyatning yangi turlarida band boʼlgan guruhlar – marketing xizmati, reklama, 
aktsiyadorlik, xususiy korxona ishchilari, koʼchmas mulkni baholash va qimmatli 
qogʼozlar sohasidagi mutaxassislar vujudga kela boshladi. 
Tadbirkorlarning yangi qatlamlari yoki biznes qatlamning shakllanish 
jarayoni katta ahamiyat kasb etadi, ushbu qatlamga iqtisodiy erkinlik va daromad 
olish maqsadida xoʼjalik sohasida ishlaydiganlar mansub, ushbu sohada xoʼjalik 
natijalari uchun shaxsiy javobgarlik, mustaqil qarorlar qabul qilish bilan bogʼliq 
huquq va majburiyatlar bor. 
Biznes-qatlam ishlab chiqarish, savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat subʼektlari 
majmui deya taʼriflanadi, bu sohalar daromad olish, iqtisodiy qarorlarni mustaqil 
ravishda qabul qilish, shaxsiy javobgarlik maqsadida amalga oshiriladi. Yuqorida 
keltirilgan belgilar asosida tadbirkorlar qatlamining tarkibini va chegaralarini 
aniqlash mushkul. XX asrning 90 –yillari oʼrtalarida T.I.Zaslavskaya bunga oʼrinib 
koʼrdi. Uning tahlilida Rossiya biznes-qatlamini tashkil etuvchi bir qancha kichik 
guruhlar keltirilgan: 
Menedjer – sheriklar – kichik va oʼrta aktsionerlik korxonalarining 
xoʼjalik rahbarlari, ular yollanma asosida ishlaydilar va shu korxonaning maʼlum 
bir qismiga ega; 
Yollanma menedjerlar – “maosh evaziga” davlat, baʼzida xususiy 
korxona yoki firmani boshqaradigan xoʼjalik rahbarlari; 


142 
Tadbirkorlar – biror bir yollanma ishchi bilan faoliyatni 
boʼlishmaydigan, shaxsan oʼzi boshqaradigan kichik korxona yoki firma egasi; 
Mustaqil ishchilar – xususiy vositalar ishlab chiqarish yordamida 
individual mehnat faoliyati asosida juda kichik tadbirkorlik bilan shugʼullanuvchi 
shaxs (odatda mutaxassislar va malakali ishchilar); 
Biznesmen – menedjerlar – yollanma asosida va shaxsiy biznesini 
yuritgan holda boshqaruv faoliyati bilan birgalikda aktsionerlik va xususiy sektor, 
kichik va oʼrta korxonalarning yollanma rahbarlari. Ularning katta qismi xizmat 
joyidagi boshqaruv ishi bilan oʼz shaxsiy biznesini himoya qiladi; 
Yarim tadbirkorlar – individual mehnat faoliyatida, tadbirkorlikning 
har xil turlarida yollanma asosida iqtisodning aktsionerlik va xususiy sektorida 
ishlaydigan “oddiy”, boshqarmaydigan ishchi. 
Mustaqil ijtimoiy guruh sifatida tadbirkorlar ijtimoiy stratifikatsiya 
mezonlari asosida taqsimlanadi: guruhning siyosiy salohiyati (hukmron va 
boshqaruv funktsiyalarning hajmi), iqtisodiy salohiyat (mulk koʼlami), ijtimoiy-
madaniy salohiyat (maʼlumot, malaka darajasi). Shunday qilib, tadbirkorlar – 
korxona yoki biznesni shaxsan oʼzi boshqaradigan mablagʼ egasi. 
Zamonaviy jamiyatda biznes-qatlamni tashkil etuvchi ishchilar guruhini 
ajratib koʼrsatish mumkin: 
1. 
Menedjer – sheriklar. 
2. 
Yollanma menedjerlar. 
3. 
Shaxsan oʼzlari boshqaradigan kichik korxonlaryoki firmalar egalari – 
tadbirkorlar. 
4. 
Mustaqil ishchilar, yaʼni individual mehnat faoliyati asosida 
tadbirkorlik bilan band shaxslar. 
5. 
Biznesmen – menedjerlar – aktsionerlik va xususiy sektorning kichik 
va oʼrta korxonalarining yollanma rahbarlari. 
6. 
Yarim tadbirkorlar – individual mehnat faoliyatida, tadbirkorlikning 
har xil turlarida yollanma asosida iqtisodning aktsionerlik va xususiy sektorida 
ishlaydigan “oddiy”, boshqarmaydigan ishchi. 
Koʼrinib turganidek, biznes-qatlam ancha turli. Bundan tashqari, bu qatlam 
bir qator hodisalar asosida shakllanadi, ushbu hodisalarni anʼanaviy ijtimoiy 
aloqalar va asosiy madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan ham nomaʼqul, ham jinoiy 
deb atash mumkin. Shunga qaramasdan, biznes qatlam, zamonaviy oʼzbek 
jamiyatining rivojlanishiga katta taʼsir koʼrsatayapti. 
Jamiyat ijtimoiy strukturasi transformatsiyasida yosh mutaxassislarning 
rolini tadqiq qilish shuni koʼrsatdiki, yosh mutaxassislarning yangi avlod bir 
qancha norasmiy ijtimoiy demografik guruhlardan iborat: 
1. 
Yappi – (inglizchadan «young professional people») – yosh 
mutaxassislar. 
2. 
Popperlar – rusumdagidek kiyinishga, nufuzli diskotekalarga borishga, 
bayramona hayot tarzini yuritishga intiluvchi yoshlar. Bu yosh “oliftalar” “obroʼli 
oilalar” farzandi boʼlib, ota-onasi hisobiga yashaydi. 


143 
3. 
Neoyappi – “oq yoqalarning” yangi avlodi. Ularni “mamlakat oʼzagi” 
deb ham atash mumkin. Mehnatkashlarning bunday yangi turi ziyolilar va ishlab 
chiqarish sohasi ishchilari oʼrtasidagi oraliq oʼrinni egallaydi, ularning koʼpchiligi 
xizmat koʼrsatish sohasida ishlaydi. 
4. 
Majorlar – (lotinchadan «major» - katta) – turli kirdikorlardan kelgan 
daromad hisobiga “chiroyli yashash”ga intiluvchi yoshlar. Yoshlar uchun nufuzli 
hayot tarzi deb hisoblangan narsani amalga oshiradi. 
Oʼzbekistondagi yosh mutaxassislar tarkibi jamiyatning belgilangan 
ijtimoiy-demografik tarkibiga endi yaqinlashishni boshlagan. Ularning orasida 
ayollar, yoshlar, oʼrta maʼlumotga ega insonlar ulushi ortmoqda. 
Oʼzgarishlardan tashqari, tadbirkorlikning ijtimoiy bazasida tadbirkorlik 
funktsiyalarining ajralishi sodir boʼlmoqda. Bitta figura oʼrniga bir nechtasi paydo 
boʼlmoqda: moliyachilar, texnik yoki marketing gʼoyalarining “ixtirochisi”, 
yuridik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega ekspert; keng ixtisoslik menedjeri va 
hokazo.
3. Pьerom Burdьe tomonidan kiritilgan “prekariat” termini ingliz tilidagi 
precarious soʼzidan kelib chiqib, “beqaror”, “ishonchsiz”, “xavf soluvchi” degan 
maʼnoni anglatadi. U yangi – “prekariat” sinfining tez vujudga kelishidan iborat 
(inglizcha precarious - “beqaror”, “chidamsiz” va proletariat - «proletariat»dan 
olingan). 
Ushbu termin (proletariat sinfiga oʼxshash) doimiy ishga va maoshga, 
davlat va ish beruvchi taʼminlab beradigan ijtimoiy kafolatga ega boʼlmagan 
insonlar sinfini anglatadi. Hozirda ushbu sinfga aholining kam himoyalangan 
qatlami – yoshlar, qarilar, imkoniyati cheklangan insonlar (sogʼligi tufayli), 
muhojirlar, qamoqdan chiqqanlar kiradi. 
Turli davlatlarda prekariat, asosan umidsizlikka tushganlar koʼchaga 
chiqadi va bor kuchini ishga solib doimiy ish topishga oʼrinadi. “Oʼzlarining 
himoyasizligi sharoitida harakat qilib”, insonlar global neoliberalizm sharoitlariga 
koʼnishga majbur. Prekariatga mansublik nafaqat bandlikning maʼlum uslubi va 
xarakterini, balki “oʼzgaruvchan, egiluvchan, maqsadli boʼlishga qaraganda 
koʼnikuvchan” hayot uslubini ham kasb etadi. 
Prekariat – jamiyat stratifikatsiyasida yangi ijtimoiy hodisa. Bu hodisa kam 
oʼrganilgan boʼlsada, uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyasini, prekariatda 
yashashi kerak boʼlgan butunjamiyatni prognoz qilish (oldindan aniqlash) uchun 
asosli urinishlar amalga oshirilayapti. Lekin bu prognozlar qaygʼuli. Masalan, 
“Zamonaviy Rossiyada yollanma ishchi” monografiyasida keltirilgan fakt va 
xulosalar ustida fikr yuritib, mashhur rossiyalik sotsiolog N.E.Tixonova shunday 
asosiy xulosaga keldi: “Umumjahon tendentsiyalardan (yollanma mehnat sohasida) 
yaxshi tomonini olmasdan, yomon tomonlarni oʼzlashtirgan Rossiya jamiyati 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan arxaizatsiya, prekariat tomon ketmoqda”. 
Zamonaviy kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasi oʼzgarmoqda. 
G.Stending undagi 7 guruhni/sinfni ajratib koʼrsatadi: 
1. 
Mitti zodagonlar (dunyoning eng boy fuqarolari); 


144 
2. 
Barqaror va toʼliq mehnat bandligiga ega salariat (yirik korxonalar 
ishchilari va davlat amaldorlari); 
3. 
“Malakali kadrlar”; 
4. 
Jismoniy mehnat ishchilari (eski ishchi sinfining oʼzagi); 
5. 
Oʼsayotgan prekariat; 
6. 
Ishsizlar; 
7. 
Ijtimoiy jihatdan hamma narsadan mahrum boʼlganlar. 
Bugungi kunda koʼpgina davlatlarda katta yoshlilarning hech boʼlmaganda 
chorak qismi prekariatga mansub va bu ulush doim oʼsmoqda. 
Prekariat Rossiya jamiyati strukturasidagi ijtimoiy guruh sifatida koʼrib 
chiqiladi. 
Ishlayotgan 
individlar 
va 
ish 
beruvchi 
oʼrtasida qonuniy 
munosabatlarning yoʼqligi ushbu guruhga mansublikning asosiy belgisi. Ular 
asosan vaqtinchalik yoki qisman band boʼlgan ishchilar va ular ish beruvchi bilan 
mehnat shartnomasi tuzmaydilar. Natijada ular hech kafolatga ega boʼlmaydilar 
(cheklangan ish vaqti, mehnat taʼtili, kasallik varaqasi, ish beruvchi pensiya va 
ijtimoiy chegirib qolishlarni amalga oshirmaydi). Prekariatga shuningdek 
ishchilarning quyidagi toifasini kiritish mumkin: shtatdan tashqari (autstaffing, 
xodimlar lizingi); toʼliq ish vaqtida ishlamaydiganlar (ish beruvchining xohishi 
bilan); ishsizlar va ish topishga oʼrinayotganlar. 
Z.T.Golenkova va Yu.V.Goliusovalarning hisoblashicha, “prekariat 
qatlamining vakillari uchun hissiy beqarorlik, vahima, kelajakka ishonchsizlik 
bilan qarash hislari umumiy holat”. 
“Yaxshi kelajak uchun kurashishga undaydigan, prekariatning oʼzagi 
boʼlgan” preriatni yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning prekariatga oʼtishini 
G.Stending toʼgʼridan-toʼgʼri oliy va professional taʼlimning soddalashtirilganligi 
bilan bogʼlaydi (bu eng muhim fikrlardan biri deyish mumkin). Bizning koʼz 
oʼngimizda eng jiddiy ijtimoiy dard rivojlanmoqda – bu taʼlimning sotilishi. 
Taʼlim bozorida koʼp miqdorda diplom va sertifikatlar taklif etiladi, lekin bular 
yoshlarni raqobatbardosh qilmaydi (yaʼni yuqori maoshli yaxshi ish topishga 
kafolat bermaydi). 
Strukturasiga va asosiy ijtimoiy-sinfiy belgilariga koʼra prekariat Rossiya 
sotsiologi 
J.T.Tooʼenkoning 
maqolalarida 
koʼp 
yoqlama 
keltirilgan. 
J.T.Terenьevich esa prekariatni shakllantiruvchi mehnatga layoqatli aholining 
asosiy guruhlarini, prekariatning ijtimoiy belgilarini chuqur va koʼp tomonlama 
tahlil qilib, prekariatning asosiy belgilarini shakllantirgan. 
1. 
“Mehnatga layoqatli aholining katta qismi vaqtinchalik ishlarda 
ishlaydi. Ekspert baholarga koʼra, Rossiya – mehnatga layoqatli aholisining 30-
40% shu kabi vaqtinchalik ishlarda ishlaydi, ular doimiy ishda ishlaydigan 
ishchilar oladigan bandlik kafolatiga ega emas. Ushbu guruh aʼzolari ijtimoiy 
huquqlarga va mehnat taʼtiliga ega emas. Ular uy-joy masalasidagi yordamni ola 
olmaydilar. Vaqtinchalik ishchilar kasbiy oʼsish va ishdagi martabadan mahrum. 
Baʼzida bu doimiy va umrbodlik ishga aylanadi”. 


145 
2. 
Toʼliq ish vaqti asosida ishlamaydiganlar, mavsumiy yoki tasodifiy 
maoshga ega shaxslar prekariatga mansub. 
3. 
Ishsizlar ham prekariatga mansub va ularning soni anchagina 
(Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat va bandlik vazirligi matbuot xizmatining 
xabariga koʼra, Oʼzbekiston aholisining 9,3% ishga muhtoj. Oʼtgan yil yakunidagi 
maʼlumotlarga qaraganda bu koʼrsatkich 0,1 foizli punktga oshdi). 
Yoshlar oʼrtasida (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,3%, 15-25 yoshlilar 
orasida 17,1%, ayollar ishsizligi esa 13% ni tashkil etadi. 
Eng koʼp ishsizlar Qoraqalpogʼiston Respublikasida, Аndijonda, 
Qashqadaryoda, Samarqandda, Fargʼonada, eng kam ishsizlar esa Toshkentda 
aniqlandi. Lekin rasmiy statistika mehnat bozoridagi chin holatdan farq qiladi. Bu 
narsa hisoblash jarayonida ishsizlarni qamrab olgan “yashirin ishsizlik” hisobga 
olinmasligi bilan bogʼliq. 
4. 
Sotsiologlar kreativ kasb vakillarini ham prekariatga kirgizadilar, 
yaʼni informatsion texnologiya mutaxassislari, dasturchilar, ish beruvchining 
doimiy faoliyatidan mustaqil frilanslar (masalan, mustaqil jurnalistlar, baʼzi huquq 
himoyachilari). Ularni baʼzida rasmiy (davlat, aktsionerlik, xususiy) korxona va 
tashkilotlarning qattiq va mayda reglamentlaridan mustaqil, erkinlikni xush 
koʼruvchilar deb ataydilar. Tashqaridan oʼziga tortadigan boʼlib koʼringan tomonla 
(masalan, kunlik, tashqaridan boʼladigan nazoratning yoʼqligi) aslida prekariatda 
boʼladigan odatiy cheklovlarga aylanadi – ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoyasizlik, 
ijtimoiy kafolatning yoʼqligi, kelajakka umidsizlik va beqarorlik. 
5. 
Sotsiologlarning fikricha, yollanma ishchilarning prekariatga kiritish 
mumkin, ular buyurtmalarni bajaruvchilar va boshqa tashkilotlarga xizmat 
qiluvchilar, ular oʼxshash xarakteristikaga ega. 
6. 
Sinovdagi ishchilar, jamiyatda va kasbida barqaror oʼrin egallashga 
intiluvchi talabalar ham prekariatga mansub. Koʼpincha bunday yoshlar noaniqlik 
holatida boʼladi, shuning uchun ular oʼz imkoniyatidan past boʼlgan tasodifiy, 
doimiy boʼlmagan ishlarga rozi boʼladilar. 
А.Yu.Myagkovning fikricha, ish beruvchilar qoʼyilgan talablari va 
kelajakdagi mutaxassislarning salohiyati taqqoslanganda, uchta muhim va 
yechilmagan muammolar yuzaga keladi. Bu kelgusi mutaxassislarning kasbiy 
tayyorgarligida OTMda saqlanib qolgan nomukammallik, bunda maktablar nazariy 
taʼlimga asoslanadi; OTMdagi taʼlim dasturi ishlab chiqarishning dolzarb talabidan 
uzilgan; Rossiya mehnat bozorida jiddiy deformatsiyalarning natijalari va 
mutaxassislarning kelgusi mehnat faoliyati haqidagi xato tasavvurlari. 
Z.T.Golenkova va Yu.V.Goliusovalarning yuqorida keltirilgan tahlillaridan 
kelib chiqqan holda quyidagilarni ajratish mumkin: 1) Rossiyada prekariatning 
shakllanishi shubha uygʼotmaydi; 2) prekariat shakllanishining oqibatlari “salbiy 
xarakterga ega boʼlishi mumkin”; 3) bandlik sohasidagi barqarorlik, hissiy, 
psixologik, ijtimoiy beqarorlikni tugʼdiradi, bu esa yashirin (latent) ijtimoiy 
nizogaolib keladi va insonlarda “qarshilik xulq-atvorini oʼygʼotadi”. Jamoat 


146 
joylarida ijtimoiy tartibsizliklar yuzaga kelishida prekariatning qarshilik xulq-
atvori ahamiyati taʼkidlangan. 
Ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar boshlanganidan keyin qozogʼistonlik yoshlar 
oldida yangi vazifalar yuzaga keldi, ularni yechishda har bir yoshdan tushunish 
talab etiladi. 
1. 
“Jilodor, sifatli taʼlim” trendi qozoq jamiyatining milliy loyihasi. 
Taʼlim – bu eng oliy qadriyat, yosh avlod dunyoqarashi koʼrsatmalaridagi ustunlik, 
bu narsa jamiyatning ham motivatsion, ham madaniy asosi, insoniy kapital 
(mablagʼ), moddiy va madaniy inkirozdan chiqish yoʼli. 
2. 
“Kreativ, harakatchan shaxs” trendi – muvaffaqiyatli, tezkor, 
innovatsion iqtisod kreativ, harakatchan shaxslarni tarbiyalash asosida yaratiladi, 
bunday shaxslar yangi gʼoyalar taqdim eta oladilar, nostandart qarorlar topadilr va 
qabul qiladilar, ijodiy tomondan oʼzlarini namoyon qila oladilar, insonning ichki 
resurslarini hayotga tadbiq eta oladilar.
3. 
“Raqobatbardosh, professional shaxs” trendi – davlatning strategik 
vazifasi. Muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan yangicha fikr yurituvchi insonni 
tarbiyalashni koʼzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida maʼlum sohadagi 
professional – bu faoliyatning maqsadini aniqlay oladigan, variantlarni prognoz 
qila oladigan, hayotiy va kambiy martabaga sabab boʼladigan toʼgʼri yoʼlni tanlay 
oladigan raqobatbardosh shaxs. 
4. 
“Yuqori informatsion madaniyat” trendi – yangi informatsion 
texnologiyalarni bashqarishning zamonaviy darajasi, XXI asrda hammabop 
boʼlgan katta informatsion bazani tizimlashtira olish, tahlil qila olish va qayta 
ishlay olish va bazani ahloqiy-shaxsiy va kasbiy oʼsish uchun etik jihatlarda 
qoʼllay olish. 
5. 
“Аniq hayotiy strategiya” trendi – individning dunyoqarashiga oid 
orientirlarni jamlashda kerakli komponentlarni toʼliqligicha toʼplash, ular 
quyidagilarni oʼz ichiga oladi: asosiy orientirlarning hayotiy maqsadi, insonning 
hayotiy kontseptsiyalarini jamlash, aniq hayotiy orientatsiyalarning mavjudligi, 
hayotiy qiyinchiliklarni va tebranishlarni yengib oʼtishga tayyor holda turish, 
vaqtinchalik omadsizlikdan oʼziga xulosa chiqarish, tashabbuskorlik, natijalarni 
toʼgʼri baholash va hokazo. 
6. 
“Yuqori bilimlilik” trendi: ushbu trendning tarkibiga quyidagi jihatlar 
kiradi: muammoli-amaliy jihat – har bir inson vaziyatni toʼgʼri tushunishi, maʼlum 
kasbiy sohada maqsadni, vazifani, normalarni qoʼyish va bajarish; mazmunga ega 
jihat – individning hayotiy strategiyalarining amalga oshirilishi, shaxs sifatida 
yetilish uchun oʼzining cheksiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; aksiologik – 
shaxsiy va umumiy qadriyatlar nuqtai nazaridan hayotiy vaziyatlarning shaxs 
tomonidan toʼgʼri baholanishi. 
“Shaxs 
sifatida 
oʼsish” 
trendi 
– 
ichki 
oʼzgarishlar, 
oʼzini 
mukammallashtirish, nizolarni yengib oʼtish (ichki va tashqi), mantiqiy yakunga 
ega boʼlmagan shaxsiy salohiyatni yuzaga chiqarish, belgilangan vazifalarni 
bajarish jarayoni. 


147 
IV. XX asrning 90-yillari boshlarida N.Xau va U.Shtraus butun dunyoga 
bir nazariyani taqdim etadilar, unga koʼra qariyb har 25 yilda avlodlar almashishi 
sodir boʼladi. Har bir sikl vakillarining xarakteristikasi bolaligida orttirilgan tajriba 
sababli bir xil. Urushni boshidan kechirgan insonlar tinchlikni, diktaturada 
yashagan odamlar ozodlikni qadrlaydilar, masalan, vatanparvar “bebi-bumerlar”, 
shaxsiy muvaffaqiyatni maqsad qilgan “ikslar”, gʼayratli “milleniallar”. Hozirda 
esa “texnologiyalar inqilobini” eshitmagan Z avlod oʼsib kelmoqda, chunki ular 
buning barchasidan soʼng tugʼilgan. 
Ular boshidanoq raqamli reallikda yashab kelmoqdalar. 
Linksterlar, i avlod, sentenial, Digital Natives, “raqamchilar”, YaYaYa, 
rassomlar – bularning hammasi “zetlar” haqida. Qanday oʼxshash qirralar ularni 
avlod deyish uchun sabab boʼlishi mumkin? 
1. 
Oʼsish tezligi. Kichik qoʼgʼirchoqlar, muruvatli parvozchilar ularni 3 
yoshida qiziqtirmay qoʼyadi. Bunaqa oʼyinlar uchun ularning vaqtlari yoʼq, ularni 
strategiyalar va 5 D arkadalari kutadi. “Vaqt qadrli” – bu senteniallar shiori. Ular 
buni koʼp ishlatadilar va bolaligidanoq virtual boʼshliqda ota-onasinikidan 
yaxshiroq tartibga yoʼnaladi. Ular singan kursini tuzata olmaydilar, lekin planshet 
olishda ekspert sifatida yoki kiyim trendini kuzatib borishda qarindoshlari aynan 
ularga murojaat qiladilar. 
2. 
Shaxsiy erkinlik – yana bir katta qadriyat. Bundan savodli tarzda 
foydalanadilar. Oldingi avlodga qaraganda Z avlod vakillari taʼqiqlangan 
moddalarni isteʼmol qilmaydilar, mushtlashishda ishtirok etmaydilar, jamiyatga 
qarshi harakatlarni bajarmaydilar (milleniallarga qaraganda bularning koʼrsatkichi 
ancha past). Ofis va uy oʼrtasida ular ikkinchisini tanlaydilar. Erkin grafikda 
ishxonadan uzoqda ishlashni maʼqul koʼradilar. 
3. 
Oʼziga berkinib olish. “Raqamchilar” dek boshqa biror bir avlodda 
shuncha intravertlarni uchratib boʼlmaydi. Jonli muloqotga zarurat qolmaydi 
(dunyo bilan aloqani ijtimoiy tarmoqlar va va elektron xatlar orqali amalga oshirish 
mumkin), oila oʼz qimmatini yoʼqotadi (“zetlarning” koʼpchiligi ota-onasidan biri 
bilan yoki butunlay ularsiz katta boʼladi), genderlik farqi qolmaydi (oʼzini ayol 
yoki erkak sifatida anglash muammosi yuzaga keladi). 
4. 
Oʼziga oʼzi taʼlim berish. Katta avlodga qarab Z avlod shuni koʼrdiki, 
nufuzli OTM diplomi ishga joylashish va yaxshi oylik olish kafolatini bermaydi. 
Shuning uchun rasmiy taʼlimga qaraganda ular shaxsiy taʼlimni maʼqul koʼradilar, 
amaliy bilimlar ularga koʼproq foydali. Maʼlumotlar tarmogʼidan mustaqil ravishda 
ular har qanday mavzuni oʼzlashtira oladilar, agar haqiqatdan qiziq boʼlsa chet 
tilini ham oʼrganadilar. 
5. 
Klipli mulohaza. Oʼquvchilar kam oʼqiyaptilar deb maktab shikoyat 
qiladi. Ham ha, ham yoʼq. Tabiat goʼzalliklari tasvirlangan koʼp harfli asarlar 
ularni oʼziga tortmaydi. Hissiyotlar smaylik orqali namoyon qilingan qisqa tekstni 
qabul qilish ular uchun qulay. Maksimal – foyda beradigan mini – format - Z 
bolalari mana shunga intiladilar. Lekin birorta savol ularni qiziqtirsa, internet 
materiali ularga yordam beradi (iloji boricha rasmlari bilan). 


148 
Bugungi kunda avlodlar nazariyasini oʼrganish boʼyicha bir qancha ilmiy 
yondashuvlar mavjud. XIX asrning oxirida oʼsib kelayotgan avlod pedagogik va 
psixologik tadqiqotlarning obʼektiga aylandi. L.S.Vыgotskiy, J.Piajening 
yondashuvlari, 
shuningdek 
B.G.Аnanьev, 
G.S.Kostyuk, 
M.I.Lisina, 
А.А.Lyublinekaya, А.V.Zaporojets, L.А.Venger, P.Ya.Galьperinlarning hissalari 
katta ahamiyatga ega. 
Аvlodlar nazariyasi ilk bor 1991 yil amerikalik olimlar Neyl Xouv va 
Vilьem Shtraus tomonidan ilmiy asoslab rasmiylashtirildi. Bunday intizomlararo 
nazariyaning asosiy tezisi bu u yoki bu insonning tugʼilgan vaqti oraligʼi uning 
dunyoqarashiga, qadriyatlar tizimiga taʼsir qilishidadir. Olimlar yoshdagi farq bilan 
bogʼliq boʼlmagan “avlodlar nizosi” eʼtibor qaratdilar. Maʼlum yoshda yetib, 
insonlar yoshga oid qadriyatlarni oʼzlashtirmaydilar, chunki bolalar oʼz ota-
onasining yoshiga yetganlarida ularday boʼlmaydilar, ularning hayotga boʼlgan 
munosabati biribir boshqacha. N.Xouv va V.Shtraus oldingilarga qaraganda farq 
qiladigan xulq-atvorga, qadriyatlarning boshqacha shkalasiga ega yangi avlod har 
20 yilda paydo boʼladi deb asosladilar. Olimlarning fikricha, avlodlar 
qadriyatlarining shakllanishicha oilada qabul qilingan tarbiya uslubi, 11-12 yoshida 
bolalar bilan sodir boʼlgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar katta taʼsir 
koʼrsatadi. 
Sotsiologlar Yu.А.Levada, V.V.Gavrilyuk, N.А.Trikoz, psixolingvist 
Ye.Shamis va psixolog А.Аntipovlar MDH davlatlariga mos keladigan adaptatsion 
uslubni koʼrib chiqdilar. Jadvalda keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, dunyodagi va 
mamlakatdagi aynan mana shu asosiy voqea-hodisalar avlodlar dunyoqarashiga 
taʼsir qildi. 
XX asr avlodlari 
Аvlodlar nomi Tugʼilish davri 
Qadriyatlar shakllanishiga taʼsir etgan 
asosiy dunyoviy voqealar 
S Аvlod (“Gʼoliblar avlodi”, “Qaxramonlar”) 
1900-1923 yillar. I va II 
jahon urushlari, 1905 va1917 yillardagi inqiloblar, elektrlashtirish 
Kamgap bolalar (“Kitob bolalari”) 1923-1943 yillar II jahon urushi, 
sanoatlashtirish, kollektivlashtirish, shaxsga sigʼinish, Stalin davri qatagʼonlari, 
urushdan keyingi tiklash jarayonlari, “sovuq urush”, fan va texnika sohasidagi 
ixtirolar 
Bebi-bumerlar (“Bumerы”) 1943-1963 yillar SSSR 
– eng kuchli 
mamlakat, sovet “isishi”, kosmosni zabt etish, tibbiyotdagi yutuqlar, taʼlimni 
standartlashtirish, “sovuq urush” 
X avlod (“Nomaʼlum avlod”) 1963-1984 yillar “Sovuq 
urush”, 
Аfgʼonistondagi urush, qayta qurish siyosati, OITSning paydo boʼlishi, “bum” 
giyohvand moddalarning tarqalishi 
U avlod (“Tarmoq avlod”, “Millenium mingyillik avlod”) 
1984-2000 
yillar SSSRning parchalanishi, “Ogʼir 90-yillar”, ishsizlik, terroristik harakatlar va 


149 
harbiy nizolar, atipik pnevmoniya, raqamli texnologiyalarning paydo boʼlishi: 
mobil telefon, internet, brendlarning paydo boʼlishi 
I avlod (“Аlьfa”, “Raqamli odam”, “Uydan chiqmaydiganlar”, “Milliy 
xavfsizlik avlodi” 2000-2020 yillar Maʼlumot olib boʼladigan, gadjetlar, wi-fi 
asri, 
geymifikatsiya, 
iqtisodiy 
inqiroz. 
Postinnovatsionmentallikning 
postinnovatsion tashuvchilari 
• 
Kamgap avlod. 
Kamgap avlod vakillari 1925-1943 yillar oraligʼida tugʼilgan. Hozirgi 
jamoa orasida ularni koʼp uchratib boʼlmaydi – “kamgap”larning koʼpchiligi 
allaqachon oʼzlarining mehnat faoliyatini tugatib boʼlganlar. Shunga qaramasdan, 
bizning ongimizda mustahkamlanibqolgan mumtoz korporativ madaniyatni koʼp 
jihatdan aynan ular shakllantirganlar. Kamgap avlod urush davrida va urushdan 
keyingi davrda ulgʼaydi, davlat va iqtisodni faol ravishda qurdi, korporativ 
dunyoning qadriyatlari bazasini yaratdi. Ularning dunyoqarashi ostida xizmat va 
burch tushunchalari yotar edi. Kamgap avlod vakillari yillar ado etgan xizmatga, 
muvaffaqiyatga eltuvchi yoʼl bu mehnat ekanligiga, barqarorlik va intizomga 
ishonganlar. 
Ular nimani qadrlaydilar? Hozirgacha biz ulardan “Yangi ishga nega 
ketasan? Аxir bu yerda barqarorlik va yaxshi maosh borku” yoki “Sen yaxshisi shu 
yerda ishlab tur, qarabsanki 10 yildan keyin boshliq boʼlasan” kabi maslahatlarni 
eshitamiz. Ularga munosib baho berish lozim – ularning ish beruvchiga boʼlgan 
sadoqatli va haqiqatgoʼyligi haqiqattan ham tahsinga sazovor. 
• 
Bebi-bumerlar avlodi. 
Bebi-bumerlar (1943-1960 yillarda tugʼilgan) – muloqot, ideallik, jamoa 
odamlaridir. Ular kuchli va romantik, ular kelajakka ishonch va dunyoni 
yaxshilash muhitida yashaganlar. Urushdan soʼng iqtisodning rivojlanishi, koʼp 
hajmda yangi mollarning paydo boʼlishi natijasida ushbu avlod vakillari maʼlum 
narsalarni status bilan bogʼlaganlar. Аynan ularga pul – muvaffaqiyat belgisi degan 
tasavvurni mustahkamlaganlari uchun raxmt aytishimiz lozim. Аniqki, bebi-
bumerlar uchun ish – bu pul ishlab topish, muvaffaqiyatga erishish, oʼz statusini 
mustahkamlash usulidir. 
Ular nimani qadrlaydilar? Bebi-bumerlar odatda mehnatsevar, ular tor 
sohada malaka va professionallikni qadrlaydilar. Bugungi kunda, ular oʼz 
malakalari bilan boʼlishishga tayyor boʼlgan eng katta va tajribali 
hamkasblarimizdir. 
Ular biln qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Tashkilot ichidagi 
ustozlik dasturi – bebi-bumerlarning jalb qilishning, jamoada ularning statusini 
tasdiqlashning eng yaxshi usul, ular oʼzlarining qammatli tajribalarini yoshlar bilan 
boʼlishadilar. Bebi-bumerlar uchun motivatsiyaning muhim mansabi – bu ularning 
ishini va hissasini tan olish. Shuning uchun bumerlar oʼz xizmatlarining omma 
tomonidan rahbatlantirganligiga va muvaffaqiyatga erishganligiga baho beradilar. 
• 
X avlod. 


150 
1961-1981 yillar oraligʼida X avlod dunyoga keldi. “Ikslar” oʼzgarishlar, 
sovuq urush, davlatlarning parchalanishi va yangilarining vujudga kelishi davrida 
ulgʼaydilar. Ularning koʼz oʼngida dunyo oʼzgarib borardi, ularning ota-onasi koʼp 
ishlardi, shuning uchun X avlod vakillari individualist va yolgʼiz boʼlib 
ulgʼaydilar. 
Ular nimani qadrlaydilar? Ular mustaqillikni, oʼzini namoyon qilish 
imkoniyatini qadrlaydilar. “Ikslar dunyo tezlik bilan olgʼa siljiyotganini koʼrib 
shunday xulosaga keladilar: joyida oʼtirish emas, doim rivojlanishga intilish kerak. 
Ularning ota-onasi koʼp vaqtlarini ishda oʼtkazar edilar va bu narsa oiladagi 
munosabatga taʼsir koʼrsatar edi. Shuning uchun X avlod oʼzi uchun ish – bu hayot 
emas, ish – bu hayot uchun” falsafasini tanladi. 
Аynan “ikslar” bugungi kundagi mashhur work-life balance yondashuvni 
shakllantirdi va rivojlantirdi. 
Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Аgar X avlodning 
motivatsiyasini oʼygʼatmoqchi boʼlsangiz – unga ommaviy mikromenedjment 
sharoitni yarating. Ishning har bir kichik bosqichlarida “iksni” nazorat qilaversalar, 
u oʼzining mustaqilligini va natijaga erishishning samarali usulini topishga imkon 
bermaydi. Shuning uchun “iks” hamkasblarga koʼproq kenglik va javobgarlik 
berish lozim. Аgar biror narsada ularga yordam kerak boʼlsa, ularning oʼzi uni 
soʼraydilar. 
• 
U avlod. 
Milleniallar (1982-2000 yillar oraligʼida tugʼilgan) haqida koʼp aytildi. 
“Igreklar” texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida oʼsdilar, dunyo ochiq 
boʼlaverdi, chegaralar yoʼqola boshladi, har xil maʼlumotlarni olish soddalashdi. 
Milleniallar oʼnlab toʼgaraklarga borganlar, yangi imkoniyatlar uchun ularda yoʼl 
boʼlgan. Ota-onasi ular uchun bor kuchini ishga soladilar, oʼzlariga ishonadigan 
qilib oʼstirdi, ular oila mehriga zoriqdilar. Ishga shungʼigan ota-onasi 
milleniallarga har doim ham yetarlicha vaqt ajrata olmaganlar, buning oʼrnini 
qoplash uchun oʼta ziyod gʼamxoʼrlik qildi. Natijada, U avlod qaytar aloqaga 
oʼzaro qoʼllashga oʼrgnib qoldilar va boshliqlardan ham shuni kutadilar. 
Nimani qadrlaydilar? Oʼzlarining hayotini yaxshi koʼrmaydigan ishga sarf 
qilgan ota-onalarni koʼrgan milleniallar oʼzlari istagan narsa bilan mashgʼul boʼlish 
orzusi bilan katta boʼladilar. Shuning uchun ishda ular faqatgina oʼzlari uchun 
qiziq boʼlgan, rivojlantiradigan va foyda keltiradigan ishni bajaradilar. 
Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Аgar millenial 
biror bir vazifaga qiziqishini istasangiz, bu vazifa jamoaning, korxonaning umumiy 
natijasiga qanday taʼsir qilishini tushuntiring. Umumiy ishda oʼzlarining rolini va 
hissasini tushunish – “igreklar” uchun muhim ragʼbat. Shunchaki ish topish emas, 
oʼzlarining oʼrnini topish milleniallar uchun juda muhim. Ular uchun jamoada 
ochiq, doʼstona, qariyb oiladagidek muhit muhim. Ular oʼz hamkasblari va 
rahbariyat bilan faol kommunikatsiyani istaydilar. 
• 
Z avlod. 


151 
2000 yildan soʼng yoki hatto 1996 yil tugʼilgan barcha insonlar ushbu 
avlodga mansub. Senteniallar (inglizchadan – yuz yillik), shuningdek “Z avlod”, 
«homelanders» - 2000 yildan keyin tugʼilgan XXI asr avlodidir. Ushbu avlod yoshi 
qariyb 100 yoshni qarshilaydi degan tahmin bor.
Z – odamlar texnologiyalarsiz dunyoni bila olmaydilar: smartfonlar, 
internet, ijtimiy tarmoqlar va striminglar. Batareyaning quvvati va devaysga kirish 
– ular uchun asosiy ehtiyoj. Hozirda “zet”larning koʼpchiligi oʼqiydi, lekin 
baʼzilari ijtimoiy harakatlarda ishtirok etadilar, shaxsiy startaplarini va ijtimiy 
loyihalarini amalga oshiradilar, kompaniyalarda malaka oshiradilar. Z avlod 
milleniallar kabi korporativ dunyoni tebratishi kutilmoqda. 
Nimani qadrlaydilar? “Zetlar” – pragmatik avlod. Mehnatning qulay 
sharoitlarni va yaxshi maoshni – asosan ishdan shuni kutadilar. Kompaniyaning 
qadriyatlari Z avlodning shaxsiy qadriyatlariga mos kelishi muhim, dunyoni yaxshi 
tomonga oʼzgartirish esa, milleniallar kabi “zetlar” uchun ham ishdagi asosiy 
mezondir. 
Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? “Zetlar” uchun 
obroʼ deyarli mavjud emas, barcha maʼlumotlarni ular internetdan tekshiradilar. 
Shuning uchun sizning ekspert statusingiz ular uchun muhim emas. Ochiqlikni, 
qayta aloqani berish va olishni, xatolarni tan olishni, yangi yondashuvlar bilan 
almashinishni qadrlaydilar. 
Yangi X avlod xarakteristikasi. 
1. 
Tez oʼrganadilar, maʼlumotni tezlik bilan qayta ishlaydilar, 
faoliyatning bir turidan ikkinchisiga bir lahzada oʼta oladilar, koʼp vaziyatlar 
sharoitida ishlay oladilar. Maʼlumotni qidirish va olish yoshlarda oʼziga boʼlgan 
ishonchni, oʼz kuchiga ishonish hissini, nuqtai nazarni shakllantiradi. 
2. 
Mulohazaning klipligi, yaʼni qisqa, yorqin obrazlar va xatlar orqali 
dunyoni qabul qilish, masalan, teleyangiliklar lentasi, kichik maqolalar, qisqa 
videokliplar orqali. 
3. 
Qatʼiy ishonganlar. Ushbu avlodga xos boʼlgan qirralardan biri – bu 
barqarorlik, u isteʼmolchilik istagiga ham taʼsir etadi. Ushbu holatda riteylerlar 
uchun orientir bu Z odamlarning yangi narsalar uchun ochiqligi va 
individuallikning ustunligi (bu yerda narsalarning kastolizatsiyasi haqida 
unutmaslik lozim). Ular oʼz takliflari bilan vaqtida chiqishlari uchun, ularning 
qiziqishlarini va umidlarini tushunish muhim. 
4. 
Qiziquvchilar. Virtual haqiqatga shoʼngʼib ketganliklari ularning 
dunyoning toʼliq uzilib qolganini anglatmaydi. Ular ikkala dunyoda bir bir 
vaqtning oʼzida mavjud. Tovar (mol) bilan “shaxsiy aloqa” ular uchun muhim. 
Internetda koʼrib, oʼrganib, keyin haqiqiy doʼkondan sotib olish – bu algoritmni 
koʼpchilik maʼqul koʼradi. 
5. 
X avlod vakillari matn oʼrniga butchalarni, smayliklarni, rasmchalarni 
koʼrishni xohlaydilar. Katta avlod vakillari oʼqigan koʼp tomli badiiy mumtoz 
asarlar zamonaviy yoshlarning oʼqishlari uchun qiyinchilik qiladi. Tezis 


152 
mazmunga ega adabiyotlar (chek-listlar, layfxak, qadamma-qadam algoritm, 
kundaliklar, komikslar) ular orasida keng tarqalgan. 
6. 
Yoshlar uzoq muddatli kasbiy martabaga, 8-soatlik ish kuni va 
mehnatga shoʼngʼib ketishni xohlamaydilar. Z avlod cheksiz va tez oʼzgarayotgan 
maʼlumotlar oqimida, ijtimoiy tarmoqlar va reklama ichida yashaydi, bular hayotni 
“shu yerda va hozir” tamoyiliga chorlaydilar. 
7. 
А.V.Gavrilova guruhdan mustaqil boʼlish, beqarorlik, individuallik 
kabi ijtimoiy-psixologik xarakteristikalar xos boʼlgan mentallikning innovatsion 
turi “raqamli avlod” ustun ekanligini aniqladi. 
8. 
Jalb qilinganlar. Ularning uyi – virtual kenglik, ular yuqori darajali 
texnologiyalar bilan tillasha oladilar.gadjetlar – ularning kundalik hayotining 
odatiy qismi. Internetgacha boʼlgan hayot davri ular uchun noʼmalum. Tarmoq 
vositasida ular maʼlumot oladilar, muloqot qiladilar, narsalar sotib oladilar, oʼyin 
oʼynaydilar. Internetning mavjudligi ular uchun xuddi nafas olish kabi tabiiy hol. 
Bular 1995 yildan keyin dunyoga kelgan Z avlodning birinchi vakillari. 
Аvlodlar nazariyasi – insonlar bilan ishlash boʼyicha barcha savollarga 
javob bera oladigan panatseya (dori vositasi) emas. Bizning qadriyatlarimiz 
shakllnishiga nima taʼsir qilganligini va bu narsa ishga qanday taʼsir koʼrsatishini 
yaxshi tushunish uchun yordam va koʼrsatma beradi. Va eng muhimi – avlodlar 
nazariyasi shuni koʼrsatdiki, bir guruh uchun maʼqul boʼlgan narsa ikkinchi guruh 
uchun maʼqul boʼlishi shart emas. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling