Yoshlаr sotsiologiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI




YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI 
 
KIRISH 
Jamiyatning eng zehnli guruhi sifatida, yoshlar hayotning barcha sohalarida 
– iqtisod, siyosat va madaniyatda vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni aks 
ettiradi. Shu bilan bir qatorda, yoshlar faoliyat subʼekti hisoblanadi va sharoitga 
qarab, ishlab chiqaruvchi va mehnat sohasida, ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda 
va oilada turli darajadagi faollikni namoyon eta oladilar. Yoshlarni tushunish har 
doim kelajakni tushunish uchun kalit izlash bilan muvofiqlashib kelgan. Boshqa 
yoshdagi guruhlarga nisbatan yoshlar “vaqt idrokini” yaxshiroq tushunadilar. 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev yoshlar haqida gapirganida 
qoʼyidagilarni taʼkidlaydi. “Oʼzlarining mynosib oʼrinlarini topishlari uchun 
yoshlarni qoʼllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. 
Yoshlarning qonuniy huquqlarini va qiziqishlarini taʼminlash, ularning 
intilishlarini va umidlarini, qobiliyatlarini va imkoniyatlarini amalga oshirish ham 
asosiy yoʼnalishdir”. 
Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining markazida yoshlarni 
qoʼllab-quvvatlash, ularning sogʼligʼini saqlash uchun, taʼlim olishlari uchun 
optimal sharoitlar yaratish, ularning ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish turadi. 
Yoshlar ijtimoiy guruh sifatida har xil pozitsiya va qarashlarda koʼrib 
chiqiladi. Tarixan, yoshlar xaqidagi tushuncha ijtimoy muammolar majmui 
doirasida vujudga kelgan. Ijtimoiy jihatdan, yoshlarning rivojlanishiga jamiyatning 
taʼsiri ikki tomondan koʼrib chiqiladi. 
Hozirda yoshlar sotsiologiyasi mustaqil akademik va taʼlim statusini 
(huquqiy holatini) kasb etmoqda, lekin bir vaqtning oʼzida sotsiologik ilm-fanning 
boshqa sohalari bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy tadqiqotlar jabhasi boʼlib qolayapti. 
Ijtimoiy tadqiqotlarning alohida jabhasi sifatida yoshlar sotsiologiyasi har xil 
yoshdagi odamlardan iborat mustahkam toʼdaning demografik boʼlinishi asosida 
vujudga kelgan va rivojlanayapti, yoshlarni alohida ijtimoiy-demografik guruh 
sifatida oʼrganishga eʼtiborni yoʼnaltiradi. 
Sotsiologlarning fikricha, bir tomondan, makromuhitning oʼzgaruvchan 
obʼektiv va subʼektiv sharoitlari yoshlarni jamiyatning ijtimoiy strukturasiga 
mansub deyishni namoyon etadi. Pirovardida, buning barchasi ham yosh avlodning 
ijtimoiy qiyofasining shakllanishida, ham ijtimoiy tuzilmaning rivojlanishi va 
vujudga kelishida namoyon boʼladi. Boshqa tomondan, yoshlar ongida aks etgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar ularning ehtiyojlariga, qiziqishlariga, 
qadryatlardan xabardor boʼlishlariga taʼsir etadi. 
Yoshlar 
oʼzlarini 
mustaqil 
ijtimoiy-demografik 
guruh 
sifatida 
shakllantiradigan ijtimoiy munosabatlar va shakllari bilan ajralib turadi. Yoshlar 
obʼektiv mazmun-mohiyatdan kelib chiqadigan bir qator xususiyatlarga ega. 
Yoshlarning ijtimoiy xususyatlari ijtimoiy tuzilmaning tashkil topishi jarayonlarida 
oʼziga xos oʼrin egallaydi, shuningdek, qobiliyatni meros qilib olibgina qolmay, 



balki vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni ham oʼzgartira oladilar. Ushbu 
jarayonlarda vujudga kelgan qarama-qarshiliklar yoshlarning butun kompleks 
muammolari tagida yotadi. 
«Yoshlar sotsiologiyasi» oʼquv qoʼllanmasi ijtimoiy ishni, sotsiologiyani 
oʼrganuvchi talabalar, yoshlar markazining, Yoshlar ittifoqining amaliyotchi-
xodimlar, toʼgaraklar rahbarlari, maktablarda yoshlar yetakchilari bilan 
shugʼullanuvchi oʼqituvchilar uchun tuzilgan. Oʼquv qoʼllanma yoshlar va ularning 
muammolari haqidagi tasavvurlarni bir xil shaklga keltiradi. Oʼquv qoʼllanmaning 
mazmuni rang-barangdir, u yoshlar bilan avval ishlamagan va yoshlar bilan uzoq 
vaqt ishlab kelayotgan mutaxassislar uchun ham qiziq. 
Yoshlar sotsiologiyasi ijtimoiy-demografik guruh, shaxs va sotsializatsiya, 
madaniyat, oila zaifligi va har xil yoshdagi avlodlar almashinuvi kabi tadqiqot 
segmentlari bilan uzviy bogʼliq. 
Ushbu oʼquv qoʼllanmada yoshlarni ijtimoiy jihatdan oʼrganish yoshlar 
sotsiologiyasi, ularning ijtimoiy statusidagi muammolari, yoshlar sotsializatsiyasi, 
oʼz mavqelarini va taqdirlarini oʼzlari belgilashga qaratilgan. Yoshlarning hayot 
yoʼli ularning hayot faoliyatidagi muhim jabhalarni tizimli va tahliliy koʼrib 
chiqish bilan ajralib turadi. Yoshlar ahloqidagi muammolar: taʼlim, alkogolizm va 
giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, jinoyatchilik, siyosatdagi ishtirok, moda, 
musiqa va hokazolar “yoshlar” degan kontseptsiyada uchrab turar edi. Аlohida 
mavzular qadriyatlarga, bandlik va mehnat sohasida koʼrsatmalar va yoshlarning 
xulq-atvori, taʼlim tizimiga, nikoh va oila, jinsiy munosabatlarga, jamiyatning 
siyosiy hayotiga, diniy sohaga bagʼishlangan. Kitobda yoshlar madaniyatining 
almashinuvi, ular oʼrtasida ogʼishgan xulq muammolar majmui muhim oʼrin 
egallagan. Yoshlarning maʼnaviy dunyosiga bagʼishlangan mavzu kitobni 
yakunlab bergan. Kitobning birinchi bobi “yoshlar” tushunchasi va umuman, 
“yoshlik” soʼzi nimani anglatishiga bagʼishlangan. Keyinroq esa yoshlar siyosati, 
ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, Oʼzbekiston Respublikasida yoshlar bilan 
ishlashning huquqiy asoslariga bagʼishlangan mavzular yoritilgan. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling