Yoshlаr sotsiologiyasi
-MAVZU: YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
2-MAVZU: YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
REJА: 1) Yoshlarga oid siyosat: mazmuni va tipologiyasi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari. 2) Bolalar va yoshlarni himoya qilishning normativ-huquqiy asoslari. 3) Yoshlarning ijtimoiy faolligi. 1. Hozirda qadr-qimmatga ortiqcha baho berish, insonlar orientatsiyasining ruhiy-maьnaviy oʼzgarishi, ijtimoiy ongning oʼzgarishi kabi murakkab jarayonlar sodir boʼlmoqda. Demokratik davlat qurish –boshqaruv namoyondalari va butun jamiyatdan katta kuch talab qiluvchi uzoq va qiyin jarayondir. Oʼzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda oʼzgarishlar sodir boʼlayapti. Jamiyatning boshqa, yaʼni taьlim sohasida, ijtimoiy taьminot tizimlarida ham oʼzgarishlar boʼlib utdi. Oʼzbekiston Respublikasi amalga oshirilayotgan global siyosiy va ijtimoiy oʼzgarishlar yoshlarga oid xisoblanadi. Shubhasiz, yangi iqtisodiy ongning istiqbolli roli yoshlarga tegishli boʼlishi lozim. Shuning uchun davlat jamiyat oldiga aniq, konkret maqsadlarni qoʼydi, aynan: - mulkning koʼp qirrali shakllariga va ijtimoiy munosabatlarga yoshlarni ruhan va psixologik tayyorlash, oʼzgarayotgan sharoitlarga koʼnikishni taьminlash; - hayotning har qanday sohasida oʼzini erkin namoyon qilish va aqliy salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish; - ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va tashkiliy biriktirilgan mexanizmlar, shuningdek “yosh avlodning qiziqishlarini taьminlashga qaratilgan amaldagi qonun xujjatlarini koʼrib chiqish” yoʼli bilan yoshlarning huquqiy himoyasini taьminlash. 17 Buning hammasi “18 yosh boʼlgan yoshlar 10 million 360 ming kishi yoki umumiy aholi sonining 40% ni, 30 yoshgacha boʼlganlar esa 17 million 20 ming, yaʼni umumiy aholi sonining 64% ni tashkil etgan”. Oʼzbekiston sharoitida bu juda muhim xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti yoʼli bilan, oʼzbek jamiyatining kelgusidagi rivoji, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning oʼzgarishi albatta yangi ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning vujudga kelish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Bunga ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy stratifikatsiya, turli:yoshga oid, taʼlim, kasbiy, siyosiy, madaniy va hokazo belgilar boʼyicha yoshlarning mustaqil guruhlarga ajralishi sabab boʼladi. 2. Oʼzbek jamiyatining ijtimoiy tuzilishida eng ilmli, ziyrak, harakatchan, ijtimoiy faol guruh sifatida yoshlar alohida oʼrin tutadi. Hayot faoliyatining turli sohalarda oʼzbek yoshlariga imkoniyatlar ochish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish Oʼzbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi sifatida namoyon boʼladi. Bolalar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar yoshlarning fuqarolik va kasbiy shakllanishga, ijtimoiy faolligining rivojlanishiga sabab boʼladi. Shuning uchun hamma toifadagi yoshlarni ijtimoiy himoya qilish shaxs sifatida va kasbiy shakllanishida ularni qoʼllab-quvvatlash Oʼzbekiston Respublikasi davlat eʼtiborining obʼektidir. Oʼz oldilarida turgan muhim ijtimoiy masalalarni hal qilishda yoshlar maʼlum ijtimoiy yordamga muhtoj. Zamonaviy sharoitda sotsializatsiya jarayoni maʼnaviy qiyofaga, ishonch va harakatlariga yangi talablar taqdim etadi. Bu qoʼyidagilar bilan bogʼliq, Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling