Yoshlаr sotsiologiyasi


Yoshlar sotsiologiyasida tahlikali kontseptsiya


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

Yoshlar sotsiologiyasida tahlikali kontseptsiya U.Bek, E.Giddens, 
M.Duglas, S.Lash, Lumanlarning tahlikali taʼsiri yordamida shakllangan. Ushbu 
kontseptsiya yoshlar xarakteristikasi mohiyatining muhim yoʼnalishlaridan biridir 
va u xatarni sharxlash bilan bogʼliq. Bir tomondan, tahlika yoshlarning hayot 
faoliyatidagi muhim sharti sifatida koʼrib chiqiladi, boshqa tomondan esa yoshlar 
oʼzining oʼrnini topish uchun omil boʼlishi mumkin. 
Birinchidan, yoshlar tahlikali vaziyatlarga oʼzlarining ishtirokisiz ham 
tushib qolishlari mumkin. Tahlikali vaziyatlar jamiyatda kechayotgan dinamik 
jarayonlar bilan bogʼliq. Yoshlar ijtimoiy jarayonlardan masofada boʼla 
olmaydilar. Shuning uchun tahlikaga duch keladilar. 
Ikkinchidan, yoshlar oʼzlari tahlikali faoliyat subʼekti boʼlib qoladilar, 
chunki uni ijod, innovatsiya, ijtimoiy intilishlarni amalga oshirish vositasida 
yuzaga keltiradilar. 
Tahlikali kontseptsiyada yoshlarni oʼrganishda asosiy kontseptsiya 
tahlikaning oʼzidir, shuning uchun yoshlar tahlikali jarayon yoki noaniqlik jarayoni 
sifatida koʼrib chiqiladi. 
Tahlikali kontseptsiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarida noaniqlik 
tabiati ulgʼayishining biologik jarayoni bilan bogʼliqdir va bu narsa yoshlarning 
ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar katta hayotda aniqlik va barqarorlikka 
erishishga olib kelishi kerak. 
Madaniy - maʼrifiy kontseptsiya. 1960-1970 yillar mutafakkirlari 
tomonidan strukturali-funktsional kontseptsiyaning muqobili sifatida faol ishlab 
chiqila 
boshladi. 
Madaniy-maʼrifiy 
kontseptsiya P.Berger, T.Lukman, 
А.Shyutslarning fikrlariga asoslanadi. Ushbu kontseptsiya doirasida tadqiqotchilar 
yoshlar dunyosini aniq fikrlar, obrazlar, tasavvurlar, dalillar, yoshlar xulqining 
maqsadlari nisbatida oʼrganadilar va yuqoridagilarni aniq ijtimoiy–madaniy 
maydonga kiritadilar. Shuningdek, yoshlarga butunligicha jamiyat madaniyatining 
natijasi va elementi sifatida qaraladi. Yosh avlod vakillarining maʼlum hatti-
harakatlari ijtimoiy jarayonlarning maqbul oqibatlari sifatida oʼrganiladi va bular 



madaniyatning aniq turiga ega boʼlgan konkret jamiyatda sodir boʼladi. 
Yoshlarning ijtimoiy muammolari nafaqat psixik tuzilishning xususiyatlari bilan, 
balki ijtimoiy tajriba bilan ham bogʼliq boʼladi. Ushbu kontseptsiyaning muhim 
tushunchasi bu “avlod” tushunchasidir. 
Yoshlarni oʼrganishda ushbu yondashuvlarni qoʼllash uchun K.Manngeym 
va M.Midlarning asarlari klassik namuna hisoblanadi. 
“Yoshlar” haqidagi tushuncha birinchilardan boʼlib 1968 yilda 
V.T.Lisovskiy tomonidan ilgari surilgan edi: “Yoshlar - bu sotsializatsiya 
bosqichini bosib oʼtayotgan, oʼrganayotgan, ancha ulgʼaygan yoshda esa taʼlimga, 
kasbga oid, madaniy va boshqa ijtimoiy funktsiyalarni oʼrganib olgan avlod 
vakillaridir; konkret tarixiy shartlariga bogʼliq boʼlgan hamda yoshga doir 
mezonlar 16 yoshdan 30 yoshgacha tebranishi mumkin. 
V.N.Boryazning fikricha “Yoshlar bu – 1. Har doim katta oʼziga xos guruh 
boʼlib namoyon boʼluvchi obʼektiv ijtimoiy hodisadir; 2. Yoshlarning biologik va 
ijtimoiy tabiati, mohiyati tarixiy harakatlarning har qanday bosqichida, yaʼni 
jamiyatning konkret-tarixiy, umumiy subʼekti boʼlgan insoniyatning bosqichlarida 
mujassam boʼladi; 3. Tabiatni va insoniyat bosqichlarining mohiyatini oʼrganish 
jarayoni yoshlar tomonidan ijtimoiy hayotni aks ettirish qonuni, meʼyorsizlik 
qonuni va bosqichma-bosqich rivojlanish qonuni bilan bogʼliq hamda amalga 
oshiraladi; 4. Yoshlar tomonidan tabiatni va insoniyat bosqichlari mohiyatining 
toʼliq oʼrganilish holati, bu esa yoshlarni ijtimoiy harakatning toʼlaqonli va koʼp 
qirrali obʼekti va subʼekti sifatida namoyon qilish fursatidir, shu bilan bir qatorda 
yoshlar oʼzini rad etadi; 5. Yosh chegarasi rivojlanish bosqichining davomiyligini 
taʼminlaydi, ushbu chegara doirasida yosh gradatsiyasi (izchilligi) esa 
rivojlanishning alohida bosqichlarining davomiyligini taʼminlaydi. 
Ushbu taʼrifda yoshlarga oldingi avloddan farq qiluvchi va oʼzgarmas 
“biologik” boʼlib qoluvchi guruhdan farq qiluvchi oʼziga xos ijtimoiy guruh deya 
taʼrif berilgan. Jamiyat rivojlanishining uchta qonuni va yoshlarning shakllanishi 
oʼrtasidagi bogʼliqlikni ham aytib oʼtish joiz. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling