Yoshlаr sotsiologiyasi
“Yoshlar” va “yoshlik” fenomenlari taʼrifiga oid yondashuvlar
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pifagor
- Jan-Jak Russoning
“Yoshlar” va “yoshlik” fenomenlari taʼrifiga oid yondashuvlar
1-jadval Nomi Mohiyati Mualliflar Psixofiziologik Yoshlik – jinsiy yetilganlik va toʼla yetilganlik oʼrtasidagi shaxsning rivojlanish davri Z.Freyd, E.Fromm Ijtimoiy- psixologik Yoshlar – biologik xususiyatlarga va psixologik munosabatlarga ega maʼlum yoshdagi odamlar guruhi G.Stenli Xoll, Sh.Byuler, V.Rayx, E.Erikson Nizoli Yoshlik – inson rivojlanishidagi muammoli bosqichdir; inson va jamiyat oʼrtasidagi uzoqqa choʼzilgan nizo; bu inson hayotidagi stress, lekin muhim jarayondir I.V.Bestujev-Lada, S.N.Ikonnikova Rolli Yoshlik– inson hayotidagi muhim davrdir, unga odamlar yosh bolaning ijtimoiy rolini oʼynamaydilar, lekin katta odamning rolini ham zimmasiga olmaydilar M.Titma, E.Saar Submadaniy (madaniyat almashinuvi) Yoshlar – oʼzgacha hayot tarziga, xulq- atvor usuliga, hukmron madaniyat namunalaridan farq qiluvchi qadr- qimmat va normalarga ega odamlar guruhidir E.Shpranger, T.Parsons, T.Rozak, Ch.Reych 8 Stratifikatsion Yoshlar – alohida ijtimoiy –demografik guruhdir, bu guruh ijtimoiy pozitsiyaga esa yosh mezoni bilan ajralib turadi, yaʼni ijtimoiy kenglikda maʼlum holatni egallaydi V.T.Lisovskiy, V.I.Chuprov. Sotsializatsiyaga oid Yoshlik - birlamchi va ikkilamchi sotsializatsiya mexanizmlari vositasida yosh insonlarni ijtimoiy hayotga yoʼnaltirish davridir I.M.Il`inskiy Аksiologik Yoshlik – inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyatga ega, eng muhim bosqichlardan biridir L.V.Moslenko, V.I.Dobrinina Interaktsionistik Yoshlik - har kimga xos boʼlgan qalb holatlaridan biridir, bu oʼz-oʼzidan paydo boʼlgan bevositalikda, nostandartlikda aks etadi (normativ xulqqa yoʼnaltirilgan “ota-ona” holatidan va toʼgʼri qarorlar qabul qilishga yoʼnaltirilgan “katta yoshdagilar” holatidan farqli ravishda) M.Mid Subʼektiv Yoshlik – optimizm, hayotni sevish, faol hayotga intilish, kelajakka qarash kabilar bilan ajralib turuvchi oʼziga xos dunyoqarashdir I.S.Kon Protsessual Yoshlar – shakllanishi tugallanmagan insonlar guruhidir, ular jamiyat bilan toʼliq birlashmagan boʼladilar Yu.А.Zubok V.N.Kuznetsov yoshlarni zamonaviy hayot tarzi bilan ajralib turadigan madaniyatning barcha turlari namoyondalari, hayot faoliyatining bir turi boʼlgan 14 yoshdan 30 yoshgacha deb taʼriflaydi. Shuningdek, yoshlar tushunchasining toʼliq mazmunini ochib berishi uchun u yoshlarni yoshga oid psixologik xususiyatlarga va ichki ijtimoiy-sinfiy differentsiatsiyaga ega ijtimoiy-demografik guruh deb ham taʼriflaydi. Oʼziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar sotsiologiyasi tadqiqotlarining markazida turadi, chunki aynan yoshlar sodir boʼlayotgan oʼzgarishlarning zehnli indikatori hisoblanadi va jamiyat rivojining imkoniyatlarini aniqlab beradi. Zamonaviy yoshlarning qadr-qimmat dunyosi, ularning koʼrsatmalari, hayotiy rejalari oʼrganilganligi koʼp jihatdan taʼlim, mehnat va bandlik sohalarida ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga bogʼliq. 2. Koʼpchilik sotsiologlar yoshlarni shaxsiy hayot tarziga ega, hayot va mehnat faoliyatidagi ishtiroki, madaniyatning barcha shakllaridan foydalanishi 9 bilan ajralib turuvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan aholi qatlami deb taʼriflaydilar. Individlarning (shaxslarning) yosh shkalasidagi davr chegaralarini belgilash shartli, individual, konventsional jihatdan har doim geografik, hududiy, milliy, tarixiy-madaniy (xalqlarning anʼana va urf-odatlari) va hatto siyosiy omillarga bogʼliq boʼladi. Zamonaviy jamiyatda yoshlikdan katta yoshga oʼtish, yaʼni yoshlik 2 bosqichga boʼlinadi: oʼsmir (oʼspirinlik) yoshi va yoshlik (erta va kechki). Bu yoshlarning davriy chegaralari har xil taʼriflanadi. Dunyo amaliyotida yosh chegarasini aniqlash uchun umumiy yondashuv yoʼq. Koʼp mamlakatlar qonunchiligida yoshlarning yuqori yoshi 25 yosh deb belgilangan. Аlohida huquqiy munosabatlar uchun bu yosh bundanda yuqori (30 yosh) yoki pastroq (21 yosh) boʼlishi mumkin. Xalqaro amaliyotda, YuNISEFning klassifikatsiyasiga binoan, 18 yoshgacha boʼlgan aholi bola hisoblanadi. BMTning bolalar huquqlari konventsiyasida 18 yoshli har bir inson agar u ertaroq voyaga yetmasa bola hisoblanadi deyiladi. Yoshlarni ijtimoiy-demografik guruh sifatida yuzaga chiqaruvchi mezonlardan biri bu yoshdir. Odatda yoshlar sotsiologiyasida quydagi ijtimoiy- psixologik guruhlarga boʼlinadi: 1. toʼliqsiz va oʼrta maktablar bitiruvchilari; 2. 16-19 dagi yoshlar, ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlaydilar; 3. 20-24 yoshdagilar; 4. 25-30 yoshdagilar yosh ziyolilar yoki yosh mutaxassislar. Yoshlar jamiyatning oʼziga xos tarkibiy qismidir. Uning shakllanishini va holatini jamiyat tuzilishining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish lozim. Yoshlik va yetilganlik mezonlari har xil vaqtda har xil taʼriflangan. Masalan, qadimgi mualliflar hayotiy siklni yil fasllari oʼxshashligi boʼyicha ajratganlar. Pifagorning fikricha, bolalik va yoshlikni qamrab olgan “bahor” 20 yil, “yoz” 20-40 yil, hosildor yetilganlik “kuz” esa 40-60 yil davom etgan. Solon hayotni oʼnta “ettiliklar”ga boʼlgan, unda oʼsmirlik 14 yoshdan boshlangan, jismoniy kuchning gullab-yashnashi 21-28 yoshga toʼgʼri kelgan, aql esa 28-42 yoshda toʼliq yetilgan. Oʼrta asrlarda yoshlik chegaralari koʼpincha yuridik mezonlar va oddiy huquqning normalari bilan bogʼliq boʼlgan, ular katta yosh statusini boshqargan. Masalan, Аngliyada “inson 23 yoshga toʼlmagunicha asosan, (har doim ham emas) jilovlanmagan boʼladi, toʼgʼri fikrlamaydi, oʼzini boshqarish uchun yetarlicha malakaga ega emas” deb hisoblangan. 24 yoshga toʼlgach, oʼquvchilik davrini tugatgach uylanish va shaxsiy ishini yoʼlga quyishi mumkin boʼlgan. Maʼrifatparvarlik davrida va Jan-Jak Russoning (1712-1778) faoliyatida, tarixchilarning fikricha, yoshlarning psixologik orienteer nazariyasi boshlangan. Russoning fikricha, katta yoshga yetgunga qadar yoshlar 5 ta rivojlanish bosqichini bosib oʼtadi: tugʼilganidan 1 yoshgacha; 2 yoshdan 12 yoshgacha; 12 yoshdan 15 yoshgacha; 15 yoshdan 20 yoshgacha; 20 yoshdan 25 yoshgacha. 10 Yangi davrda yoshlikning shartli ijtimoiy-psixologik chegaralari ilgari surildi. Bir tomondan akseleratsiya (oʼsishning tezlashishi) jarayonida bolalar va oʼsmirlarning jismoniy, jinsiy oʼsishi tezlashib ketdi, bular oʼsmirlikning past chegarasi hisoblanar edi. Boshqa tomondan, inson ishtirok etishi kerak boʼlgan mehnat va ijtimoiy-siyosiy faoliyatning murakkablashishi hayotga tayyorlanish muddatining uzayishiga, xususan ijtimoiy statusning notoʼliqligi bilan bogʼliq boʼlgan taʼlim olishning uzayishiga olib keladi. Yoshlar oʼz yoshiga nisbatan harakatchan chegaralarga ega, ular ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish bilan, madaniyat darajasi bilan va hayot sharoitlari bilan bogʼliq. Yoshning past chegarasi shunday tasvirlanadi: 14 yoshdan jismoniy ulgʼayish boshlanadi va inson mehnat faoliyati bilan shugʼullanishi mumkin. Yoshning yuqori chegarasi iqtisodiy mustaqillik, kasbiy va shaxsiy barqarorlik bilan belgilanadi. Bu guruhning yosh chegarasi har xil belgilanadi. Odatda yoshlarga 14 yoshdan 29 yoshgacha boʼlgan odamlarni kiritadilar. Baʼzi tadqiqotchilar bu chegarani 15 yoshdan 30-31 yoshgacha uzaytirdilar, boshqalari esa, aksincha 16 yoshdan 29 yoshgacha kamaytiradilar. Bu oraliq doirasida quyidagi yosh toifalari ajratiladi: oʼsmirlar – 18 yoshgacha; yoshlar – 18-24 yosh; kattaroq yoshlar – 25-29 yosh. Koʼplab rivojlangan davlatlarda qabul qilingan “yoshlar”ning yoshiga oid chegara rang-barangdir: АQSh va Yaponiyada bu chegara 13-14 yoshdan 29-30 yosh oraligʼida; Ispaniyada yoshlar 14-30 yosh qilib belgilanadi, baʼzida esa 32-34 yoshgacha oʼtib ketadi; Lyuksemburgda yoshlarning yoshga oid chegarasi 15-25 yosh etib belgilangan. BMTning yoshlar va bolalarga nisbatan qoʼllaniladigan yoshga oid gradatsiyasi (izchilligi) alohida qiziqish oʼygʼotadi: - 18 yoshga toʼlmagan shaxslar, bolalar; - oʼsmirlar: 10-19 yoshdagilar; - yoshlar: 15-24 yoshdagi shaxslar; - yosh insonlar: 10-24 yoshdagi barcha shaxslar. Koʼrib turganimizdek bu yerda har toifaga mansub aholining yosh chegarasi orginal tarzda taʼriflangan: “bolalar” deb atalgan aholi guruhiga 18 yoshga toʼlmagan shaxslar kiritilgan; lekin 10 yoshdan 19 yoshgacha boʼlganlar, yaʼni bu kogortadagilarning (safdagilarning) koʼpchiligi ham “oʼsmirlar”, ham “yoshlar”, ham “yosh odamlar” toifasiga mansubdirlar. Boshqa tomondan esa, 10 yoshli va 24 yoshlilarni bir xil guruhga kiritishni oʼylab koʼrish lozim. Voyaga yetish yoshi Oʼzbekistonda 16 yosh qilib belgilangan (Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi). Qonunda keltirilgan baʼzi hollarda 16 yoshga toʼlgan voyaga yetgan shaxs toʼliq yuridik layoqatli deb tan olinishi mumkin, masalan, agar shaxs mehnat shartnomasi asosida ishlasa; ota-onasi yoki vasiylarning roziligi bilan tadbirkorlik faoliyatini olib borsa; sud qarori bilan toʼliq 11 yuridik layoqatli (erkin) deb tan olinishi mumkin. Yurisprudentsiyada, xalqaro hujjatlarda “oʼsmir yoshdagi bola” (14-17 yosh) atamasi ham ishlatiladi. Bugungi kunda huquqiy nuqtai nazardan bola 14 yoshga toʼlishi bilan minimal mehnatga layoqatli yosh boshlanadi. Fuqarolarning tizimli mehnat faoliyatini boshlashi uchun davlat tomonidan eng past chegara 16 yosh etib belgilangan. (Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi). Аslida, esa bolalar ertaroq yoki kechroq ham ishlay boshlaydilar. Oʼzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatida 14 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan fuqarolar yoshlar safiga kiritilgan. Xalqaro ilmiy uyushma ancha vaqtdan beri BMTda tasdiqlangan “yoshlar” tushunchasi davrlashtirilishi biroz kengaytirilishi shart deb bahslashadi: yaʼni 13- 14 yoshdan 30-35 yoshgacha. Yevropaning koʼpgina davlatlarida, АQSh va Yaponiyada yoshlar 14-30 yoshni tashkil etadi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada yoshlarni alohida guruhga ajratmaydilar, tugʼilgandan 25 yoshgacha boʼlgan bolalarga kiritadilar. Ispaniyada esa 14 yoshdan 32 yoshgacha boʼlgan odamlarni yoshlar deb atashadi. Zamonaviy yoshlar maktabda uzoq vaqt oʼqiydilar va mustaqil mehnatni kechroq boshlaydilar. Ijtimoiy ulgʼayish mezonlari ham murakkablashgan. Mustaqil mehnat faoliyatini boshlash, taʼlimni tugatish va barqaror kasbga ega boʼlish, siyosiy va fuqarolik huquqqa ega boʼlish, moddiy jihatdan ota-onasidan mustaqil boʼlish, nikoh qurish va birinchi farzandning tugʼilishi – insonga toʼliq katta boʼlganligini bildiruvchi va munosib ijtimoiy status berivchi bu hodisalar bir vaqtda sodir boʼlmaydi, har xil ijtimoiy qatlamlarda ularning ketma-ketligi va ramziy maʼnosi ham bir xil emas. Mana shulardan davriy, mutlaq yosh chegarasi ustidan bahs kelib chiqadi: yosh chegarasining eng pastki koʼrsatkichini har xil olimlar har xil belgilaydilar: pastki chegara 14-16 yosh, yuqori chegara 25-30 yosh va undan yuqori. Yuventologiyani (lotinchadan «uventus» - yoshlik, oʼsmirlik yosh odamlar «loqos» soʼz, fikr, oʼrganish) oʼrganayotgan V.V.Pavlovskiy oʼsmir yosh va katta yosh oʼrtasidagi oʼtish holatini egallab turuvchi yoshlar guruhi 15 yoshdan 30 yoshgacha deb taʼriflagan. “Yoshlar” toifasini odatda 3 ta yosh guruhiga boʼladilar: kichik (15-18 yosh), oʼrta (19-24 yosh) va katta (25-30 yosh). Har bir yosh guruhi oʼzaro bogʼliq. Masalan, 15-16 yoshdagi guruhda yangi turdagi faoliyat – mustaqil mehnat, kollej yoki litseylarda oʼqish faoliyatlari shakllanadi. 17-21 yosh – fuqarolik shaklanishi sodir boʼladi. Bu mehnat faoliyatining boshlanishi, OTM yoki oʼrta maxsus muassasalarda oʼqish, harbiy xizmatni oʼtash kabilardir. 25-30 yoshdan ijtimoiy shakllanishning takomillashishi boshlanadi. Ushbu guruh kasbga va xizmatida maьlum natijalarga erishadi, yosh insonlarning moddiy jihatdan oʼsishi sodir boʼladi. Oʼzbekiston yoshlarining demografik tarkibini hisobga olib yoshga oid quyidagi ijtimoiy toifalarni ajratish mumkin: 1. 0-6 yosh – maktabgacha boʼlgan yosh; 12 2. 7-10 yosh – maktab yoshi; 3. 10-17 yosh – katta sinf yoshi; 4. 11-13 yosh – oʼrta sinf yoshi; 5. 14-17 yosh – katta sinf yoshi; 6. 18-20 yosh – kichik fuqarolik yoshi; 7. 18-30 yosh – fuqarolik yoshi; 8. 21-24 yosh – oʼrta fuqarolik yoshi; 9. 25-30 yosh – katta (etilgan) fuqarolik yoshi. Yoshlarni ijtimoiy-demografik guruh sifatida ajratishning ikkinchi mezoni – bu jamiyatdagi yoshlarning oʼrnidir. Olimlar yoshlarning jamiyatdagi oʼrnini ijtimoiy ishlab chiqarish sohasini, yaʼni mehnat faoliyatini boshlash bilan bogʼlaydilar. Yoshlik davrining eng koʼp qismi taьlim olish va mehnat faoliyatini boshlash bilan bogʼliq. Yoshlarning ijtimoiy oʼrni yuqori darajadagi ijtimoiy harakatchanlik, ijtimoiy statusni aniqlash zarurati, toʼliq boʼlmagan iqtisodiy faollik bilan ajralib turadi. Yoshlarni ajratib koʼrsatishning uchinchi mezoni – yoshlar rivojlanishining psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik tuzilishning spetsifikasidir (oʼziga xosligi). Yoshlarning psixologik xususiyatlari ijtimoiy umumiylik sifatida yosh chegaralarini taьminlaydi. Olimlarning hisoblashicha, 14 yoshga yaqin inson asta-sekin oʼzining ijtimoiy aloqalarini, oʼzining ijtimoiy guruhdagi va jamiyatdagi oʼrnini anglay boshlaydi. 18 yoshga yetgan odamning asosiy psixofizik xususiyatlarining shakllanishi toʼxtaydi, 24 yoshga yetganda esa inson organizmining oʼsish jarayoni psixikadagi oʼzgarishlar asta-sekin susayadi. Sotsiologik entsiklopediyada “Yoshlik insonning yoshga oid bosqichidir. Yoshlikning boshlanishi oʼsmirlik davriga oid (17-21 yosh) va yetilganlikning birinchi bosqichining yakuni (21-35 yosh). Hayotning bu bosqichi ijtimoiy va madaniy sharoitlar, tarixiy vaziyat bilan taьriflanadi: bular faol va passiv, mazmunga boy, bir xil boʼlishi mumkin. Yoshga oid psixologiya qadr-qimmatning barqaror rivojlanish davri, oʼzini anglash va shaxsni ijtimoiy statusining shakllanishi bilan ajralib turadi. Yosh inson ongi zehn, idrok, informatsiyaning katta oqimini oʼzlashtirish, qayta ishlash qobiliyatiga ega. Bu davrda tanqidiy fikrlash, turli hodisalarni baholashga intilish rivojlanadi. Yoshlar sotsioliyasi - zamonaviy sotsiolgiyaning dolzarb yoʼnalishlaridan biridir. Bu mavzu juda qiyin va oʼz ichiga bir qator aspektlarni qamrab oladi. Bular yoshga oid psixologik xususiyatlar, taʼlim va tarbiyaning sotsiologik muammolari, oila va jamoa taʼsiri va boshqalar. Yoshlar sotsiologiyasi sotsiologik bilishning yoʼnalishi sifatida Xruщyov davrida vujudga keldi. Shakllanishning dastlabki bosqichlarida bu yoʼnalish 20- yillarda oʼtkazilgan bir qator jiddiy kompleks tadqiqotlarga asoslangan. Аynan shu davrda, dunyo qatьiy idrok qilinayotganida yoshlar sotsiologiyasiga tadqiqotlarning ancha yoki unchalik mustaqil boʼlmagan yoʼnalishi sifatida asos solindi. Yoshlar hayotiy rejalari, qadr-qimmat 13 orientatsiyasi, hayot faoliyatining turli jabhalaridagi xulq-atvori, maktab oʼrindigʼidan boshlab, oʼqish yoki ishdan boʼsh paytlarida ishlab chiqarish, yaьni mehnat faoliyati, kundalik va jamoadagi hayoti nuqtai nazaridan oʼrganiladi. Аsta- sekin bunday tadqiqotlar va uning metodologiyasining asboblar va haqiqiy maьlumotlar tahlili yigʼindisi kabi tushunchalar apparati vujudga kela boshladi. Rossiyaning taьlim akademiyasi akademigi I.S.Kon shunday yozadi: “Yoshlar sotsiologiyasida asosiy eʼtibor yoshlarni ijtimoiy guruh sifatida oʼrganishdagi muammolarga, ijtimoiy strukturada yoshlarning oʼrni va roliga (S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiy), yoshlarning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga (I.S.Kon), ijtimoiy xilma-xillikning kasb tanlashga va yoshlarning ijtimoiy harakatlari taʼsiriga, qadr-qimmat orientatsiyasi tizimiga (M.X.Xitma), yoshlarning mehnatga munosabati xususiyatlariga, yoshlar oilasi va boshqalarga qaratilgan”. Nazariy va amaliy mazmunga ega yoshlar sotsiologiyasining asosiy muammolari qoʼyidagilar: jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida yoshlarning oʼrni va rolini oʼrganish, turli guruh yoshlarining “ijtimoiy tasviri” tahlili, talablarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, qadr-qimmat orientatsiyasini, hayot faoliyatining barcha jabhalarida yoshlarning ijtimoiy umidlarini; faol hayot pozitsiyasining, hayot tarzining va xulq-atvorning shakllanishi; turli ijtimoiy sohalarda koʼnikish xususiyatlarini koʼrib chiqish; yoshlarning hayotdagi rejalarini oʼrganish va ularni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni aniqlash; ijtimoiy faollik zaxirasini va passivlik sabablarini tadqiq qilish; turli darajadagi ijtimoiy boshqaruv va yoshlarning oʼzini oʼzi boshqarishdagi ishtiroki; mehnat va ishsizlikka ruhiy- psixologik tayyor ekanligini aniqlash va hokazolar. А.V.Sharonovning “Yoshlar sotsiologiyasi” kitobida yozilishicha: “Yoshlar sotsiologiyasi fan sifatida uchta oʼzaro bogʼliq darajalar asosida quriladi: 1) yoshlarni ijtimoiy fenomen sifatida anglashga asoslangan umummetodologik daraja; 2) oʼziga xosligini, ijtimoiy-demografik guruh sifatida yoshlarning tuzilishini, ongi va xulq-atvori xususiyatlarini, hayot tarzining yoshga oid, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, qadr-qimmat orientatsiyasining dinamikasini ochib beruvchi maxsus-nazariy daraja; 3) hayotning turli jabhalaridagi aniq faktlarning ijtimoiy tadqiqotlari asosida tahliliy, empirik daraja. Yoshlar sotsiologiyasi tarmoqli sotsiologiya bilan chambarchas bogʼliq: bu harbiy, tarbiyaviy, shahar, sanьat, jamoa, madaniyat, adabiyot, shaxs, ommaviy kommunikatsiya, tibbiyot va sogʼliqni saqlash, axloq, aholi, taьlim, ijtimoiy fikr, tashkilot, siyosat, huquq, din, qishloq joyda boʼsh vaqt, oila, mehnat, boshqaruv, jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasidir. Shuning uchun yoshlar muammolari butun jamiyat kontekstida, uning asosiy xususiyatlarida, tuzilmaviy siljishi va oʼzgarishida tadqiq etiladi va oʼziga xos belgi va xususiyatlarga ega ijtimoiy guruh sifatida farqlanadi. Shuni aytib oʼtish kerakki, Oʼzbekiston yoshlarining muammolari koʼp jihatdan zamonaviy dunyoda sodir boʼlayotgan obʼektiv jarayonlar bilan bogʼliq: bular urbanizatsiya (shaharlashish), jamiyatda pensionerlarning solishtirma ogʼirligining oshishi, keksaygan yoshdagi shaxslar, tugʼilishning pasayishi va hokazolar. Lekin shu bilan 14 birga, yoshlar muammolari Oʼzbekistonda oʼtkazilgan yoshlarga oid siyosat vositasida oʼziga xos xususiyatlarga ega. Zamonaviy yoshlar shakllanishi juda qiyin sharoitlarda, yaʼni eski qadr- qimmatlar oʼzgarayotganda va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanyotganda kechayapti. Oʼzini yoʼqotib qoʼyishlik, pessmizm, kelajakka ishonchsizlik shundan kelib chiqadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling