Yoshlаr sotsiologiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

birinchidan, 2017-2021 yillar uchun tuzilgan Oʼzbekiston Respublikasini 
rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida bolalar va yoshlarni ijtimoiy 
himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosiy bugʼin sifatida kelgan va 
bular yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ijodiy va ilmiy imkoniyatlarini amalga 
oshirish uchun ularga sharoit yaratish kabilarni talab sifatida qoʼyadi. Harakatlar 
strategiyasi – bu oʼzbek xalqining kelajagini qurish uchun vosita. Bizning xalqimiz 
va jamiyatimizning doimiy, maqsadli va barqaror rivojlanishi uchun bu narsa juda 
zarurdir. Harakatlar strategiyasida bu davlat va jamiyat tomonidan amalga 
oshirilayotgan harakatlarni birlashtirishga yoʼnaltirilgan ustuvor yoʼnalishlardan 
biridir. 
Ijtimoiy sohada asosiy yoʼnalishlardan bu xalqning ijtimoiy ximoyasini 
taʼminlash. Xalqning yordamga muxtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish, xalqqa 
ijtimoiy xizmat koʼrsatishdir. Kelajakda rejalashtirilayotgan kompleks chora-
tadbirlar bu oilalarning sogʼligini saqlash, bolalik va onalikni asrash, maktabgacha 
taʼlim muassasalar tarmogʼini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning 
aqliy, estetik, jismoniy rivojlanishlari uchun har tomonlama va tubdan 
yaxshilashdir. 
Ikkinchidan, shaxs sotsializatsiyasi jarayonining oʼta qiyinligi uni amalga 
oshiruvchi vositalarni doimiy takomillashtirishni talab qiladi. 


18 
Uchinchidan, sotsiumning yordamga muhtoj qatlami sifatida yoshlar 
davlat va fuqarolik jamiyati tomonidan alohida eʼtibor talab qiladi va ular ijtimoiy 
eʼtiborning asosiy eʼtiboriga aylanishlari shart. Shu bios ushbu sohani tubdan 
takomillashtirish, yangi bosqichga koʼtarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Yoshlarga oid davlat siyosatinining samaradorligini 
oshirish va Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyatini qoʼllash toʼgʼrisida”gi 
Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʼra yoshlarga oid siyosatini davomli va samarali amalga 
oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlarini va 
qonuniy qiziqishlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 
Oʼzbekistonning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati oʼrnida “Oʼzbekiston yoshlar 
ittifoqi” tashkil etildi. 2020 yilda Yoshlar ittifoqi negizida yoshlar masalalari 
boʼyicha Аgentlik tashkil etiladi. Аgentlik Prezident Аdministratsiyasi qoshida 
tashkil etiladi. Bosh vazirga, Prezident maslahatchisiga va Yoshlar ittifoqi 
rahbariyatiga bir oy ichida isloh qilish boʼyicha hujjatlarni ishlab chiqish vazifasi 
yuklatildi. 
Har bir davlat yoshlar bilan ishlash boʼyicha tarixiy rivojlanishga va 
umumiy tizimga bogʼliq boʼlgan tasavvurlarga ega. Masalan, haqiqatdan ham 
yoshlar sohasi haqidagi tasavvurlar madaniyat, din, taʼlim yoki boshqa bir soha 
taʼsiri ostida rivojlangan ekan. 
Yevropa ittifoqining yoshlar masalalar boʼyicha rezolyutsiyasiga binoan 
umumiylashtirib shuni aytish mumkinki, yoshlar masalalari norasmiy va maʼlumot 
beruvchi taʼlimga asoslanadi, rasmiy taʼlimdan tashqari olib boriladi, yoshlar va 
yoshlar masalalari boʼyicha mutaxassislar hamkorligida amalga oshiriladi. 
Oxirgi paytlarda “Yoshlarga oid davlat siyosati” termini tez-tez 
jaranglamoqda. Uning taʼrifi “Yoshlarga oid davlat siyosati” Qonunining yangi 
tahririda keltirilgan. Bu yoshlarga boʼlgan eʼtiborning yorqin namunasidir. Bu 
eʼtibor yoshlarning ijtimoiy rivojlanishi, aqliy, ijodiy va boshqa imkoniyatlarini 
yuzaga chiqarishni koʼzda tutadigan davlat tomonidan amalga oshirilayotgan 
tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlardir. 
Ushbu huquqiy hujjat 1991 yildan buyon amal qilib kelayotgan qonun va 
“Sogʼlom ona va bola” Davlat dasturi muvofiqligida ishlab chiqilgan va yoshlarga 
oid siyosatni amalga oshirish va shakllantirish mexanizmlarini kelgusida yanada 
takomillashtirishni koʼzda tutadi. Bu yagona huquqiy hujjat va unda yaxlit talqin 
qilish va normalarning toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir qilishi maqsadida “yoshlar”, “yosh 
oila”, “yosh mutaxassis”, “yoshlar tadbirkorligi” kabi tushunchalar mustahkamlab 
qoʼyilgan. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga 
yoʼnaltirilgan mexanizmlar ham keltirilgan. Unda yoshlarning davlat kafolatlari 
oʼrnatilgan. 
Yuqori texnologiyalarning dinamik rivojlanishi, globallashuvning oʼsib 
borayotgan daʼvati, bizning davlatimizning dunyo iqtisodiyoti bilan integratsiyasi 
bizning oldimizga yosh kadrlarni tayyorlash va ularning sifatini oshirish, ularning 
huquqiy madaniyatini oshirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, 


19 
imkoniyatlarini amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish kabi 
masalalarni qoʼyadi. Bu esa oʼz navbatida yoshlarga oid davlat siyosatining 
huquqiy asosini takomillashtirish zarurligini buyuradi. Shuning uchun “Sogʼlom 
ona va bola” Davlat dasturi doirasidagi yuqorida aytib oʼtilgan qonun ishlab 
chiqilib hamda qabul qilingan edi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoev tomonidan ushbu qonunni imzolangan kunning ertasi kuni kuchga 
kirdi. 
Huquqiy asosni kelgusida takomillashtirish, qonun chiqarish tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, yoshlar siyosatini amalga oshirish, 
qonunning toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsirini taʼminlash qonunning maqsadi hisoblanadi. 
Eng avvalo Yoshlarga oid davlat siyosati huquqiy asosni kelgusida 
takomillashtirish, asosiy holatlarning toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsirini yagona qonun 
chiqarish hujjatida tizimlashtirish, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, 
yoshlar siyosatini amalga oshirish maqsadida kerak. 
Yoshlarga oid davlat siyosati qonunda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy 
chora-tadbirlar tizimi sifatida taʼriflangan va ular davlat tomonidan amalga 
oshiriladi, yoshlarning ijtimoiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishni, ularning 
aqliy, ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishni koʼzda tutadi. 
Qonunni amalga oshirishda yoshlarning ishtiroki, shaffoflik, yoshlar 
tashabbuslari ragʼbatlantirish va qoʼllab-quvvatlash, maʼnaviy, axloqiy, madaniy 
qadr-qimmatlarning ustivorligi, yoshlarni tahqirlashga yoʼl qoʼymaslik-yoshlarga 
oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari hisoblanadi. 
1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasida 
Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʼgʼrida”gi Qonundan farqli oʼlaroq, 
yangi qonun bir qator yangi holatlar koʼzda tutilgan.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling