Yoshlаr sotsiologiyasi


-MAVZU: YOSHLAR IJTIMOIY-DEMOGRAFIK GURUH SIFATIDA


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

1-MAVZU: YOSHLAR IJTIMOIY-DEMOGRAFIK GURUH SIFATIDA 
 
REJА: 
1. Yoshlar ijtimoiy guruh sifatida. Yoshga oid guruh sifatida yoshlarning 
oʼziga xos xususiyatlari. 
2. Yoshga oid chegaralarning ijtimoiy tabiati. Oʼsmirlik yoshi. Yoshlik 
(erta va kechki). 
3. Yoshlar sotsiologiyasi sotsiologiyaning tarmoq sohasi sifatida. 
1. Oʼzbek jamiyatining ijtimoiy tuzilmasida yoshlar aholining boshqa turli 
guruhlari oʼrtasida eng ilmli, harakatchan, ijtimoiy faol hisoblanadi. Hayot 
faoliyatining turli jabhalarida oʼzbek yoshlarining imkoniyatlarini roʼyobga 
chiqarish uchun kerakli va yaxshi sharoitlarni yaratib berishda Oʼzbekiston 



Respublikasi Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari bu ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlardir. Yuqoridagilar 
shuningdek, yoshlar va bolalarni ijtimoiy himoya qilishga, ularning kasbiy 
shakllanishiga, ijtimoiy faollikni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan. 
Yoshlar turli kanallar, yaʼni mikro va makroinstitutlarsiz oʼzlarining 
ijtimoiy orientatsiyalarini amalga oshira olmaydilar va ularni hayotga tadbiq eta 
olmaydilar. Masalan, taʼlim tizimining turli muassasalar oʼsib kelayotgan avlodga 
nafaqat bilimlar hajmini beradi yoki mehnatga layoqatli qilib tarbiyalaydi, balki 
qadr-qimmatni, 
taʼlim olishni davom ettirishni, kasbiy tayyorgarlikni 
shakllantiradi, ijtimoiy pozitsiyasini aniqlashga yordam beradi, tayyor boʼlgan 
mutaxassis qaysi pozitsiyaga tegishli ekanligini biladi. Shuning uchun, ijtimoiy 
orientatsiyani oʼrganish va yoshlarning hayot yoʼli dolzarb boʼlib bormokda. 
Zamonaviy sharoitda sotsializatsiya jarayoni maʼnaviy qiyofaga, 
yoshlarning iymoni va harakatlariga yangi talablar qoʼyadi. Bu qoʼyidagilarda 
yuzaga keladi: 
- birinchidan, shuni aytib oʼtish kerakki, 2017-2021 yillarga moʼljallangan 
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari, yaʼni 
Harakatlar ctrategiyasi fuqarolik jamiyati va demokratik davlat qurish jarayonida 
yoshlar faolligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalarni belgilab 
beradi; 
- ikkinchidan, shaxs sotsializatsiyasi jarayoni favqulotda murakkabligi uni 
amalga oshiruvchi vositalarni doim takomillashtirib turishni talab etadi; 
- uchinchidan shaxs sotsializatsiyasi ijtimoiy muammolarni yechishning 
ajralmas qismi hisoblanadi. 
Аdaptatsiya yoshlar sotsializatsiyasi, ijtimoiy foallik, taʼlim-tarbiya, 
fuqaroviy va kasbiy shakllanish masalalari hayot faoliyatining real shartlari nuqtai 
nazaridan koʼrib chiqilishi zarur. Shu bilan birga, turli guruh yoshlarining xarakteri 
va intilishlari turlicha. Turli belgilarga qarab yoshlar har xil mustaqil guruhlarga 
ajraladi: yoshga, jinsga, taʼlimga, kasbga, moddiy, siyosiy, madaniy va boshqa 
belgilar. 
Hozirgi zamon yoshlarining qadr-qimmatiga boʼlgan munosabati, 
intilishlari, hayotiy rejalari, ijtimoiy-siyosiy foalligi koʼp tomondan taʼlim, mehnat 
va ishlab chiqarish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalardagi tadbirlarga bogʼliq. 
Bugungi kunda olimlar yoshlarni u yoki boshqa ijtimoiy-psixologik 
xarakteristika, ijtimoiy xususiyatlari bilan ajralib turuvchi ijtimoiy-demografik 
guruh sifatida tasvirlaydilar. Yuqoridagilar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish, 
sotsoalizatsiya darajalari bilan shakllanadi. 
Yoshlik – bu shunday davrki, unda har kim oʼzining taqdirini, omadga 
eltuvchi toʼgʼri yoʼlni oʼzi tanlashi va qobiliyatlarini, isteʼdodlarini amalga 
oshirishi kerak. Bu jarayon oʼzining “Men”i bilan bogʼliq boʼlgan qiyin davrdir. 
Midda bu shunday tasvirlangan: “Ulgʼaygach, yoshlarni sotsializatsiya jarayonida 
ularni tayyorlashgan dunyoga tushmaydilar. Kattalarning malakasi asqotmaydi. 
Yoshlarni ijtimoiy tuzilmada biror bir pozitsiyani egallashga tayyorlashadi, tuzilma 



esa allaqachon boshqa va unda oʼsha pozitsiya yoʼq. “Insonga oʼzining 
imkoniyatlari chegarasini aniqlashi, oʼzi nimalarga qodir ekanligini tushunishi, 
jamiyatda oʼzini oʼrnatishi kabi narsalar zarurdir. Shu bilan bir qatorda, unga 
atrofidagi dunyo haqidagi chin tasavvurlar, qadr-qimmatlar orientatsiyasi, siyosiy 
tasavvurlar, estetik dunyoqarashlar ham kerak. 
Bizningcha, yoshlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikaga, ijtimoiy 
xususiyatlarga ega ijtimoiy-demografik guruh sifatida shakllantirish mumkin”. 
Yoshlarning kelajagiga gʼamxoʼrlik qilib, mamlakatimiz Prezidenti 
Sh.Mirziyoev quyidagilarni aytib oʼtdi: “Davlat va jamiyat yoshlarimiz zamonaviy 
bilim va kasb egallashlari uchun, hayotda mustahkam oʼrinini topish uchun, baxtli 
boʼlishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarini yoʼnaltiradi”. 
Ilmiy kategoriya sifatida “yoshlar” ijtimoiy-pedagogik kontseptsiyaning 
alohida aspekti, yoshidagi mustaqil nazariyalarni vujudga keltirish kabi yoʼllarni 
bosib oʼtdilar. Oʼsmirlikning koʼpgina qirralari tarixan bir-birining oʼrnini 
bosuvchi ijtimoiy-falsafiy kontseptsiyalar doirasida shakllangan. Ijtimoiy-
demografik guruh sifatida “yoshlar” tushunchasi XVIII asr oxiri - XIX asr 
boshlarida vujudga kelgan. Unga qadar yoshlarni alohida ijtimoiy guruh sifatida 
tan olishmas edi. XIX asr oxirigacha yoshlar masalasi shaxsning rivojlanishi tarixi, 
maʼlum jamiyatda fuqaroni tarbiyalash muammolari vositasida oʼrganilgan. 
Bularning ilmiy shakli falsafada, pedagogikada, Oʼygʼonish davri, Yangi davr, 
XVII-XVIII asr Gʼarb falsafasi psixologiyasida aks ettirilgan. Yoshlarni nazariy 
jihatdan oʼrganish, ular uchun mustaqil kontseptsiya yaratish XX asr boshlariga 
kelib dolzarb tus oldi. Soʼnggi paytlarda chop etilgan umumlashtiruvchi ishlarda va 
ilmiy maqolalar toʼplamlarida yoshlar ijtimoiy hayotining yangi aspektlarini, 
maʼlumotlarni anglash taqdim etilgan. V.G.Fedotovning taьkidlashicha, yangi 
avlod duch kelayotgan xatarlar, yoshlar madaniyatining almashinuvi, hayotning 
yangi va eski usullari oʼrtasidagi raqobatda rolь oʼynash “muammoning asablari” 
hisoblanadi. Yoshlar orasida turli ogʼishishlar, ekstremizmni namoyon qilish
giyoxvandlikka kirish tadqiqotchilarning eьtiborini tortmoqda. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling