Yoshlаr sotsiologiyasi
Yoshlarning zamonaviy ijtimoiy konsepsiyalari
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strukturaviy-funktsional kontseptsiya
Yoshlarning zamonaviy ijtimoiy konsepsiyalari.
Psixoanalitik kontseptsiya: Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasi isbotsiz qoidaga asoslanib Z.Freydning oʼquvchilari (R.Benedikt, L.Foyer L.Sheleff, E.Erikson) va rivojlangan neofreydistlar (G.S.Sallivan, K.Xorni, E.Fromm) tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarning hayot yoʼli nazariyasi bilan bogʼliq. Insondagi 3 ta, yaʼni: biologik, ijtimoiy va psixologik mohiyatning uygʼunligi psixoanolitik kontseptsiyaning asosi boʼlib hisoblanadi. Uch mohiyat fikri yoshlar rivojiga taʼsir koʼrsatadi. Tadqiqotlarning asosiy mavzulari yoshlik tabiati, yosh insonlarning oʼsish jarayoni, turli avlod vakillari oʼrtasidagi kelishmovchiliklar, yosh insonlarning genderlik xulqi, mavjud ijtimoiy tuzumga yoshlarning agressiv munosabati kabilardir. 5 Strukturaviy-funktsional kontseptsiya: D.Bel, G.Markuze, R.Merton, T.Parsons, V.Rayx, А.Radkliff-Braun, E.Fromm nazariyalarini birlashtiradi. Ushbu mualliflar nazariyalari yoshlarni ijtimoiy-demografik guruh sifatida tahlil qiladi. Psixoanlizning diqqat markazida yoshlar hayoti davrlarining xususuyatlari va muammolari turadi, tuzilmaviy-funktsional yoʼnalish yoshlarni tuzilmaviy tahlil qilish kontseptsiyalari, ularning ijtimoiy qatlami va guruhlarini aniqlash (ijtimoiy- kasbiy), ijtimoiy strukturada ularning funktsiyalarini ajratish kabilarni birlashtiradi. Yoshlar shaxs bilan boyitiladigan pozitsiyalar tizimi sifatida koʼrib chiqiladi, yoshlar uchun bu ijtimoiy statusga erishishni va maʼlum ijtimoiy rolni bajarishni anglatadi (T.Parsons, Sh.Eyzenshadt). Maktabni bitirish, kasb tanlash mehnat bozoriga chiqish, ota-ona uyidan tashqarida mustaqil hayot boshlash, oila qurish, toʼlaqonli fuqarolik statusga erishish kabilar yoshlardagi iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy xilma-xillikni shakllantiradi. Turli guruh yoshlarini ijtimoiy tuzilmaga kirgizish uchun bunday yondashuvning oʼrni katta boʼldi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling