Yoshlаr sotsiologiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

Toʼrtinchidan, yoshlarni himoya qilish va qoʼllab-quvvatlash boʼyicha 
amaldagi chora-tadbirlar mustahkamlab qoʼyilgan: 
- huquqiy va ijtimoiy kafolatlar – huquq va erkinliklarni taʼminlash, bepul 
tibbiy xizmat va umumiy taʼlim, davlat granti meʼyorida oliy maʼlumot 
olish kafolati, bandlik, mehnat sohasida imtiyozlarning taqdim etilishi, 
qurilish va uy sotib olish uchun imtiyozli kreditlarning ajratilishi, kam 
taʼminlangan yosh oilalarga moddiy yordam, boʼsh vaqt va dam olish 
tizimini rivojlantirish va boshqalar. 
- iqtidorli yoshlarning davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi – mukofot, 
stipendiyalar, taʼlim grantlarining taqdim etilishi, sport maktablarining, 
tanlov, bellashuv, koʼrgazmalar, konferentsiyalar, seminarlarning tashkil 
etilishi, yosh olimlar va mutaxassislarga sharoitlar yaratish va boshqalar. 
Bu qonunning qabul qilinishi Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlarga oid 
davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yoʼnalishlarini aniqlashga imkon beradi. 
Bular kompleks tashkiliy-huquqiy va institutsional choralarni qabul qilish uchun, 
amalga oshirish uchun yoʼnalish va asos boʼladi. Yangi qonun yoshlar siyosati 
sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan va ushbu jarayonda 
ishtirok etuvchi har bir subʼektning vakolatlarini mustahkamlab beradi. Qabul 
qilingan qonun davlat qoʼshimcha kafolatlarini oʼrnatdi va kengaytirdi, bu 
kafolatlar Oʼzbekistonda yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga turtki boʼladi 
va davlatning iqtisodiy oʼsishiga lokomativ boʼladigan xususiy tadbirkorlikka jalb 
qiladi. 
Qonunda markazda va joylarda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishda ishtirok etadigan organlar va tashkilotlar vazifalari, vakolatlari, 
javobgarliklari belgilab qoʼyilgan. Bu organlarga taʼlim, sogʼliqni saqlash, 
madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda, yoshlarning huquq va qonuniy 
qiziqishlarini amalga oshirish, huquqiy savodxonlikni amalga oshirish, yoshlar 
oʼrtasida huquqbuzarlik profilaktikasi, ijtimoiy institutlar bilan munosabatlarini 
taʼminlash vazifalari yuklatilgan. 
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga oid qonun hujjatlari 
ijtimoiy institutlarning, oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining, OАVning rolini va 
oʼrnini kuchaytirishga yoʼnaltirilgan. Davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab 
chiqish va bajarishda fuqarolik jamiyati institutlarining majburiy ishtirokining 
huquqiy mexanizmlari, sogʼlom va rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash boʼyicha 


21 
tadbirlarni takomillashtirish va oʼtkazish, ijtimoiy hayotda yoshlarning roli va 
faolligini oshirish, shu sohada qonun chiqarish va davlat dasturlari talablari 
bajarilishining ustidan ijtimoiy nazorat taʼriflangan. 
Yoshlar siyosati qonunining “Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari” bobida yoshlar siyosatining shaffofligi toʼgʼrisida gapirilgan. 
Maʼlumki, 2017-2021 yillarga moʼjallangan Oʼzbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasining toʼrtinchi, Ijtimoiy 
sohani rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishida Yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirishga alohida urgʼu berilgan. Jumladan: 
jismonan sogʼlom, maʼnaviy, aqliy rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, 
qatʼiy hayotiy qarashlarga ega Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabilar ham tilga olingan; 
oʼrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini 
xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish va ishga joylashtirish; 
yosh avlodni ijodiy va intellektual salohiyatini qoʼllab-quvvatlash va 
amalga oshirish, bolalar va yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini 
shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; 
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va 
ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish; 
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi va 
hokimiyat, taʼlim muassasalari, yoshlar institutlari va boshqa institutlar faoliyatini 
samarali takomillashtirish; 
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; 
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning ishtiroki. 
Yoshlar – bu aholining eng tashkilotchi ijtimoiy faol qatlamlaridan biridir. 
Ular yangi fikrlarning generatori, jamiyatning hayotiy kuchi va energiyasi 
hisoblanadilar. Yoshlar mamlakatning nafaqat kelajagi, balki buguni hamdir. 
Yoshlar muammolariga eʼtiborning kuchayishi uning ijtimoiy ishlab 
chiqarishdagi alohida roli bilan talqin qilinadi. Yoshlar har doim jamiyatning 
barcha jabhalarida oʼzlarini namoyon etadigan eng faol va dinamik ijtimoiy guruh 
boʼlgan va boʼlib kelmoqda. Ular hayot faoliyatining barcha: siyosiy, ijtimoiy, 
madaniy, iqtisodiy sohalarda namoyon etadilar. Ushbu ijtimoiy-demografik guruh 
boshqalarga nisbatan oʼzlarining ijtimoiy statusini oshirishni va yangi rollarni 
oʼzlashtirishni maqsad qiladilar. 
Oʼzbekiston aholisining katta qismini, yaʼni – 64% yoki 17 milliondan 
ziyod yoshlar tashkil qiladi, ulardan 10 million 400 mingtasi, yaʼni yurtimiz 
aholisining 30 % ni 18 yoshga toʼlmagan yigit va qizlar tashkil qiladi. 
Bugungi yoshlar juda murakkab va joʼshqin davrda mustaqil hayotga 
qadam qoʼymokda. Mamlakatimizning siyosiy hayotida keskin oʼzgarishlar roʼy 
berdi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari rivojlanmoqda, xususiy mulkchilik 
tiklandi va keng tarqalmoqda, mehnat bozori kengaymoqda, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sodir boʼlmoqda, jamiyatning ijtimoiy differentsiatsiyasi (tabaqalanish) 


22 
oʼsib bormoqda, ommaviy kommunikatsiyalar va kompьyuterlashtirish tizimi misli 
koʼrilmagan surʼatlar bilan rivojlanmoqda. 
Yoshlar ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni, markaziy va mahalliy ijro 
etuvchi 
hokimiyat 
organlarga 
murojaatlarni 
amalga 
oshirish, 
yoshlar 
institutlarining ushbu organlar bilan oʼzaro munosabatlari, shuningdek, 
Oʼzbekiston Republikasi qonunlarida taʼqiqlanmagan boshqa koʼrinishlar orqali 
Oʼzbekiston Republikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirish va 
amalga oshirishda ishtirok etadilar. 
Yoshlar yoshlar institutlari tomonidan davlat organlariga Yoshlarga oid 
davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha takliflar davlat organlari tomonidan oʼz 
vakolatlari doirasida va Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi tartibida koʼrib 
chiqiladi. 
Davlat organlari Oʼzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat 
siyosatini amalga oshirish va shakllantirish sohasiga yoshlar institutlarini ularning 
roziligi bilan maslahat va harakatlarni muvofiqlashtirish huquqiga ega. 
Shuningdek, yoshlar institutlari maʼlum ishlarni bajarish, Yoshlarga oid davlat 
siyosati sohasida davlat va hududiy dasturlar doirasida xizmatlar koʼrsatish 
maqsadida davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar, ularning vakillari esa 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda maslahat kengashi tarkibida 
boʼlishlari mumkin. 
Yoshlarga oid davlat siyosati jarayonida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi ishtirokini takomillashtirish kuchaydi. 
Ushbu maqsadni amalga oshirish Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlarga oid 
davlat siyosatining quyidagi ustuvor yoʼnalishlarini nazarda tutadi: 
 Yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish ularning ahloqiy va 
maʼnaviy rivoji; 
 Mehnat, taʼlim va sogʼliqni saqlash sohalarida yoshlarning ijtimoiy 
huquqlarini taьminlash; 
 Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini amalga oshirish uchun 
sharoitlar yaratish; 
 Yoshlarning aqliy va jismoniy rivojlanishlari uchun sharoitlar yaratish; 
 Yoshlarning ijobiy tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish; 
 Yosh ishchilardan tashkil topgan kadrlarning haqiqiy zaxirasini yaratish. 
2. Bolalarning huquqini belgilash Inson huquqlari boʼyicha umumjahon 
deklaratsiyasining asosiy gʼoyalaridan kelib chiqadi. Uning alohida moddasi 
bolalarga bagʼishlangan. Unda ,,Onalik va bolalik alohida gʼamxoʼrlik va yordam 
olish huquqini beradi” deb taьkidlangan. Shunday qilib, deklaratsiyada keltirilgan 
bolalarning teng huquqlari va erkinliklarini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat 
bolalarga qoʼshimcha ijtimoiy yordam kerakligini tasdiqlaydi. Inson huquqlari 
kontseptsiyasining rivojlanishi bolalar huquqlarining alohida toifaga ajralishiga 
olib keldi. Bolalarning salomatligi va ularning huquqlarini himoya qilishni qonuniy 
ravishda taʼminlash zarurati Millatlar Ligasini 1924 yilda Jeneva Bolalar 
deklaratsiyasini qabul qilishga undadi. Keyingi muhim qadamlardan biri BMTning 


23 
1959 yilda Bolalar huquqlari boʼyicha Deklaratsiyani qabul qilgani boʼldi, unda 
bolalarning farovonligi va himoyasiga oid ijtimoiy va huquqiy tamoyillari 
keltirilgan. Unda «Jismoniy, aqliy jihatdan voyaga yetmaganligini hisobga olib, 
bolalar tugʼilguniga qadar va tugʼilganidan soʼng tegishli huquqiy himoyaga, 
ijtimoiy gʼamxoʼrlikka muhtoj» deb taʼkidlangan. Ushbu hujjat 10 ta holatdan 
(Deklaratsiyada bu holatlar tamoyil deb yuritilgan) tashkil topgan, ularning tan 
olinishi va ularga amal qilish «bolalarga baxtli bolalikni taʼminlashi” kerak. 
Oʼzbekiston Respublikasida bolalar huquqlari quyidagi qonun hujjatlari 
bilan tartibga solinadi: 

Oʼzbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi; 

Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksi; 

Oʼzbekiston Respublikasida bolalar huquqlarining asosiy kafolatlari 
toʼgʼrisidagi qonun; 

Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni; 

Oʼzbekiston 
Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish 
toʼgʼrisidagi qonun; 

Oʼzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʼgʼrisida”gi qonuni. 
Fuqarolarning subektiv huquqlari va manfaatlarini himoya qilish nafaqat 
javobgar tashkilotlarning normalarni qoʼllash bilan amalga oshirilishi mumkin, 
balki shaxs tomonidan ham uning huquqlarini toʼgʼridan-toʼgʼri oʼzi himoya 
qilishiga ruxsat etiladi. Konstitutsiyada keltirilgan fuqarolarning asosiy huquq va 
erkinliklariga qoʼyidagilar kiradi: 

Yashash huquqi – bu asosiy, ajralmas (tugʼilgandan boshlab tegishli) va 
shaxsning ixtiyoridagi huquqdir. Bu huquq shaxs va jamiyatning asosiy, 
yaʼni inson hayoti, undan asossiz mahrum qilish kabilarni himoya qiladi va 
kafolatlaydi.

Shaxs qadr-qimmatini himoya qilish huquqi. Shaxsning qadr-qimmatini 
asrash madaniy jamiyatning asosiy belgisidir. Hech narsa insonning shaʼni 
va qadr-qimmatini kamsitishga asos boʼlolmaydi. Bundan tashqari, 
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hech kim qiynoqqa solinishi, 
zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan 
muomala va jazoga tortilishi mumkin emasligi taʼkidlangan. Shuningdek, 
hech kim oʼz roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribaga duchor etilishi 
mumkin emas. 

Shaxsiy dahlsizlik va erkinlik huquqi shaxsning erkinligini majburiy tarzda 
cheklash mumkin emasligini, oʼzining harakatlarini oʼzi bajarishni, erkin 
harakatlanishni anglatadi. Faqatgina sud qaroriga binoan odam hibsga yoki 
qamoqqa olinishi mumkin. Sud qaroriga qadar shaxsni 48 soat ushlab turish 
mumkin. Erkinlik huquqi inson oʼzining vaqtini oʼzi erkin boshqarishini, 
oʼz huquqlaridan erkin foydalanishini, qonun doirasida oʼzini xohlaganicha 
tutishini anglatadi. 


24 

Har kim tadbirkorlikda oʼz imkoniyatlaridan va mulkidan erkin foydalanish 
huquqi (har bir shaxs qonun doirasida tadbirkorlik bilan erkin 
shugʼullanishi, individual tadbirkor boʼlish, tijorat faoliyati bilan 
shugʼullanuvchi yuridik shaxsni barpo etish huquqiga ega). 

Mehnat sohasida oʼz imkoniyatlaridan erkin foydalanishi, kasb va faoliyat 
turini erkin tanlash (Oʼzbekistonda majburiy mehnat taʼqiqlangan). 

Shaxsiy hayot, sirlarning dahlsizligi huquqi, oʼz nomi va obroʼ-eʼtiborini 
himoya qilish huquqi. Аdolatli mehnat sharoitlarida ishlash (oʼz navbatida 
ish beruvchi maxsus huquqiy hujjatda biriktirilgan va davlat tomonidan 
oʼrnatiladigan, talabga javob beradigan havfsizlik va gigiena sharoitlari 
bilan taʼminlashga majbur). 

Hech qanday kamsitishlarsiz mehnati uchun mukofotlanish va qonun bilan 
belgilangan mehnatga haq toʼlashning minimal hajmda mukofot olish 
huquqi. 

Dam olish huquqi. 

Qonun bilan belgilangan yosh boʼyicha, kasallik, nogironlik, boquvchisini 
yoʼqotganlik holatlarida, bolani parvarishlash boʼyicha ijtimoiy taʼminot 
olish huquqi. 

Uy-joyga ega boʼlish huquqi (hech kim asossiz uy-joyidan mahrum 
qilinmaydi). Davlat tomonidan uy-joy dahlsizligi kafolatlanadi,

Sogʼliqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi (davlat va munitsipal 
tibbiyot tashkilotlarida bepul tibbiy yordam koʼrsatiladi). 

Maqbul atrof-muhit, uning ahvoli haqida ishonchli maʼlumotlarga ega 
boʼlish va ekologik huquqbuzarlik oqibatida sogʼliqqa yetkazilgan zararni 
qoplash huquqi. 

Taʼlim olish huquqi (davlat va munitsipal taʼlim muassasalarida hammabop 
bepul maktabgacha, umumiy, oʼrta maxsus taʼlimni olish kafolatlanadi). 

Madaniy hayotda ishtirok etish, madaniyat muassasalaridan foydalanish, 
madaniy boyliklardan foydalanish huquqi (barcha madaniy boyliklar, 
yodgorliklar fuqarolarning erkin kirishlari uchun ochiq. Fuqarolarning 
ayrim toifalari-talabalar, aspirantlar, maktab oʼquvchilari muzeylarga, 
teatrlarga, boshqa madaniy muassasalarga tashrif buyurishlari uchun 
imtiyozlar mavjud). 
Konstitutsiyada keltirilgan asosiy vazifalarda muhim talablar –shaxsning 
jamiyat oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi javobgarligi, davlat va jamiyat 
manfaatlariga fuqarolarning kerakli munosabati, bu manfaatlarni asrashga ularning 
taʼsiri aks etgan. Аsosiy vazifalarga amal qilish huquqiy va ijtimoiy munosabat 
bilan taʼminlanadi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga binoan, bola ham oʼz huquqi va 
qonuniy qiziqishlarini himoya qilishga haqqi bor. Аlbatta, bola huquqning alohida 
subʼekti sifatida oʼz huquqlarini mustaqil holda himoya qilishga qurbi yetmaydi. 
Lekin shunday boʼlsa ham, Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida bolaga 


25 
vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish imkoniyati taqdim etilgan, 14 
yoshga toʼlganida esa ota-onasi, boshqa qonuniy vakillari tomonidan uning huquq 
va qiziqishlari buzilsa, ota-onasi, ota-onalik huquqlarini suisteʼmol qilsalar yoki 
oʼz vazifalarini toʼliq bajarmasalar bola sudga murojaat etish huquqiga ega. 
Boladagi toʼliq boʼlmagan layoqatlilikning oʼrnini toʼldirish maqsadida 
qonun bolaning huquq va qiziqishlarini himoya qilishi kerak boʼlgan institutlarni 
ishga soladi. Vakillik instituti bir shaxsning oʼz vakolatlari chegarasida boshqa bir 
shaxs nomidan va qiziqishlaridan kelib chiqib yuridik ahamiyatga ega harakatlarni 
oshirishi doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Jarayonda qonuniy vakilning 
ishtiroki chegarasi va darajasi bolaning yoshi, bola va qonuniy vakil oʼrtasidagi 
aloqaning turi va bolaning huquqiy holatiga bogʼliq. 
Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksi bolaning huquq va qiziqishlarini 
himoya qilish masʼuliyatini uning ota-onasiga yuklaydi: «Ota-ona oʼz farzandining 
qonuniy vakilidirlar, bolaning har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan 
munosabatida ota-ona huquq va qiziqishlarini sudning aralashuvisiz maxsus 
vakolatsiz himoya qiladi”. 
Ota-ona bolaning Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida belgilangan 
ham kengroq huquqlarini himoya qiladi. Bular quyidagilar: bolaning uy-joy 
huquqi, merosxoʼrlik huquqi, uning sogʼligʼini va hayotini himoya qilish huquqi, 
ijtimoiy yordam olish huquqi, obroʼyini va qadrini himoya qilish huquqi va 
boshqalar. 
Biroq, bu vazifa aytib oʼtilgan shaxsga nisbatan qandaydir sanktsiya 
qoʼllash imkoniyati bilan mustahkamlanmagan, buni bolalar va jamiyatning huquq 
va qiziqishlarini himoya qilish doirasida kerakli hulqning mustahkamlanishi 
sifatida koʼrib chiqish lozim. 
Bolalar huquqlarini himoya qilish ham Inson huquqlari boʼyicha vakil, ham 
bolalar huquqlari boʼyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi. 
Ombudsmanning vazifasi – bolalar huquqlari himoyasi taʼminlash va 
ularning buzilgan huquqlarini tiklashdir. 
Mamlakatimizda ichki ishlar organlarini tubdan oʼzgartirish va yaxshilash 
borasida sezilarli ishlar olib borildi. Ular jazolovchi organdan oddiy xalqning 
huquq 
va 
manfaatlarini 
himoya 
qiladigan, 
fuqarolarning 
xavfsizligini 
taʼminlaydigan, huquqbuzarlikning oldini oladigan, jinoyatchilik bilan 
kurashadigan, mahalla va joylarda jamoat tartibini saqlaydigan organga aylandilar. 
Oxirgi 7 yilning oʼzida jazoning kuchaytirilishiga emas, aksincha 
ogohlantirishga, jinoyatchilikning oldini olishga, korruptsiyaga qarshi kurashishga, 
aholining tinchligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonun 
hujjatlari qabul qilindi. Xususan, “Voyaga yetmaganlar orasida nazoratsizlik va 
huquqbuzarlikning oldini olish toʼgʼrisida”, «Ichki ishlar organlari toʼgʼrisida” va 
boshqa huquqiy asoslarni mustahkamlaydigan, ichki ishlar organlarining 
faoliyatini, vazifalarini, huquqlarini belgilaydigan, ichki ishlar xodimlarining 
ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ushbu 
qonun hujjatlari doirasida qabul qilingan tizimli chora-tadbirlar ichki ishlar 


26 
xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirdi, fuqarolarning tinch va osoyishta 
hayotini taʼminladi, mamlakatda jinoyatchilikning oʼsishi oldini oldi. 
Shu bilan birga, ichki ishlar organlari sohasida huquqni qoʼllash 
amaliyotining holatini oʼrganish, ushbu organ faoliyati boʼyicha fuqarolarning 
murojaatlari shuni koʼrsatadiki, oʼz yechimini kutayotgan bir qator muammo va 
masalalar bor, bugungi kun talabi bilan ularning faoliyatini tubdan yaxshilash va 
jiddiy koʼrib chiqish lozim. Bu asosan quyidagi masalalarga tegishli: ichki ishlar 
organlari tashkiliy-shtat strukturalarini kelgusida yaxshilash; aholi bilan yaqindan 
suhbatlashishni yoʼlga qoʼyish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda 
harakat 
qilmoq; 
jamiyat, 
parlament, 
deputatlik 
nazoratining 
samarali 
mexanizmlarini joriy qilmoq; huquqbuzarlikning erta oldini olish va ogohlantirish, 
chuqur tahlil, jinoyat sodir etilishining sabablarini va sharoitlarini aniqlash. 
3. 
Davlat 
va 
ijtimoiy 
insititutlar 
yoshlar 
siyosatining 
asosiy 
yoʼnalishlaridagi yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni qoʼllab-
quvvatlaydi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri 
Oʼzbekiston Respublikasi yoshlarining fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va 
qoʼllashdir. 
Faol fuqarolik pozitsiya jamoat ishlariga qiziqish boʼlishini, tashabbusni, 
bajaruvchanlikni, oʼzining ahamiyatli ekanligini anglashni, tashkilotchilik 
qobiliyatining boʼlishini koʼzda tutadi. Yoshlarning turli, ahamiyatli faoliyat turlari 
bilan shugʼullanishi sezilarli darajada ijtimoiy muloqot sohasini, ijtimoiy qadr-
qimmatni oʼzlashtirishni, shaxsning ahloqiy sifatlarini shakllantirishni 
kengaytiradi. 
Shaxs 
qiziqishlarining 
va 
hayot 
faoliyatining 
qaysi 
sohalariga 
yoʼnalganligiga, oʼzini qaysi shakllarda va qanchalik shaxs sifatida namoyon 
qilishiga qarab shaxsning fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilishning ijtimoiy 
ahamiyati haqida gapirish mumkin. 
Faol fuqarolik pozitsiya faqatgina fuqarolik, ijtimoiy faollik kabi tuzilmalar 
yigʼindisi bilan aniqlanadi. 
D.V.Olьshanskiy , G.N.Filonova larning asarlariga tayanib, “fuqarolik” 
terminini yoshlarning davlatdagi umumiy ishlarga aloqador ekanligini tushunish, 
qatʼiy ishonch bilan jamiyatning ishlari va muammolarini hal qila olishini aniqlash 
mumkin. Jamiyatning moddiy va maʼnaviy oʼzgarishlariga, islohotlariga 
yoʼnaltirilgan ongli harakatlar asosida ijtimoiy faollik aniqlanadi. 
Faol fuqarolik pozitsiya – bu shaxsga berilgan tavsifdir. U bilimlarning 
chuqurligini va hajmini, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatda ishtirok etishga 
tayyorligini, fuqarolik, huquqiy va ahloqiy sifatlarning shakllanishini, ijtimoiy 
ahamiyatga ega xulq va faoliyatda tajribaning borligini, oʼziga, faoliyatga, 
dunyoga, jamiyat hayotiga nisbatan toʼgʼri munosabatni taʼriflaydi. 
Faol fuqarolik pozitsiyasi – bu orttirilgan sifatdir va u insonning butun 
hayot faoliyati mobaynida rivojlanadi va takomillashib boradi. U butun umrga 
orttirilgan sifat boʼlib qolmaydi, inson tushgan sharoitlariga qarab oʼzgarib boradi. 


27 
Ijtimoiy ishtirokda ehtiyojlarning amalga oshishiga qarab ijtimoiy faollik 
muammolari inson ehtiyojlari oshishining va insonning akmeologik oʼsishining bir 
qismi 
hisoblanadi. 
А.V.Brushlinskiy, 
B.Elьkonina, 
G.M.Аndreeva, 
А.V.Petrovskiy, D.I.Felьtshteyn asarlarida ijtimoiy faollik faollikning darajasi, 
jamiyatning aʼzosi sifatida insonning imkoniyatlarining va qobiliyatlarining 
namoyon boʼlishi, insonning jamiyatga nisbatan faol munosabati taьriflanadi va 
insonning ijtimoiy harakatning va ijtimoiy munosabatlarning subʼektiga 
aylanishini aks ettiradi. Falsafiy, ijtimoiy, psixologik adabiyotlarda ijtimoiy faollik 
turlicha taʼriflangan: jamiyatda faoliyatning oʼziga xos oʼlchovi; faoliyatning 
yoʼnaltirilganligi 
oʼlchovi, 
faoliyatning 
oʼzi; 
subʼektning 
faoliyatdagi 
munosabatlarning xilma-xilligidagi, obʼektiv voqelikdagi qobiliyatlari majmui. 
S.А.Potapova ijtimoiy faollikni «ijtimoiy-psixologik, qadr-qimmatli, kasbiy 
koʼrsatma” deya taʼriflagan. D.Djerri ijtimoiy faollikni quyidagicha taʼriflagan: 
«yoshlarning oʼzgaradigan ijtimoiy faoliyati ijtimoiy ehtiyojlar bilan aniqlanadigan 
maqsadlarga, ichki harakatlarni anglashga asoslanadi». Ehtiyojlar ijtimoiy 
faollikning asosiy strukturalaridan biri hisoblanadi. Bu, eng avvalo ehtiyoj nimani 
tushuntirishi, nega inson faollikni namoyon qilishni hoxlashi bilan bogʼliq. 
Koʼplab tadqiqotchilarning fikricha, ijtimoiy faollikning asosiy 
komponentlari bu ijtimoiy ahamiyatga ega muvaffaqiyatda shaxsning mustaqilligi, 
javobgarligi, 
tashabbuskorligidir. 
Shaxsning 
bunday 
sifatlari 
qatoriga 
tashabbuslarni amalga oshirishda aniq harakatlar qilish qobiliyati, yaʼni 
uddaburonlikni kiritish muhimdir. Oʼz qadr-qimmati hissi, egalik hissi, dahldorlik 
hissi, millatning birdamligi, vatanparvarlik sifatlari qatorida uddaburonlik sifati 
shaxsning ijtimoiy faolligini taʼminlaydi. 
Ijtimoiy faollik komponentlari sifatida tashabbuskorlik, javobgarlik, 
uddaburonlik muhokamasi ushbu sifatlarning tuzilishini va ijtimoiy yoʼnalishini 
koʼzda tutadi. Destruktiv va assotsial orientatsiyada shaxs ijobiy oʼzgarishlar 
dvigatelidan oʼsha yoʼldagi tormozga aylanadi. Ijtimoiy faollik tushunchasida 
individual va jamoaviy bogʼliqlik muhim rolь oʼynaydi. Shaxs ijtimoiy 
umumiylikka qadam quyayotganida maksimal demokratik yoʼl bilan ularning har 
birining individualligi jamoaviy qadr-qimmatni aks etadi. 
Zamonaviy jamiyat hayotining yangi sharoitlariga oʼtishi munosabati bilan 
ijtimoiy ong va munosabatlarda sezilarli oʼzgarishlar roʼy berdi. Koʼplab ilmiy 
tushunchalar ham bunday oʼzgarishlarga duch keldi. Zamonaviy jamiyat uchun 
«ijtimoiy faollik» tushunchasi, yoshlarda bunday tushunchaning shakllanishi 
dolzarb boʼlib bormoqda. 
Zamonaviy davrda ushbu termin yangi mazmun bilan tuldirilmoqda. 
Jamiyat modernizatsiyasi fuqarolarning faolligi va ishtiroki va eng avvalo 
yoshlardagi ijtimoiy faollik masalalarini yana kun tartibiga qoʼydi. Bir tomondan, 
ijtimoiy faollik norozilik yoʼnalishi va ijtimoiy beqarorlik sifatida talqin qilingan, 
yoshlar ortiqcha faollikka ega guruh sifatida har doim namoyon boʼlib kelgan va u 
alohida tarzda nazorat qilinishi kerak. Boshqa tomondan, yoshlar ijtimoiy 
munosabatlarni taʼminlaydi va ijtimoiy innovatsiyalar tashuvchisi hisoblanadi. 


28 
Shuning uchun, inqiroz davrida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi ijtimoiy 
qurilmada yangi shakllarni qidirishning shartlaridan biri hisoblanadi. 
Ijtimoiy faollikdagi asosiy tushuncha bu shaxsning ijtimoiyligi bilan 
munosabatidir. Shaxsning ijtimoiyligi uning ijtimoiy butunlik bilan aloqasidir. 
Ijtimoiy butunlik bu – jamiyat, ijtimoiy umumiylik, insoniylikdir. Ijtimoiylik 
faqatgina shaxsning turli umumiyliklar bilan: sinfiy, kasbiy, kuchmanchi, 
demografik, etnik, madaniy, statusga oid va boshqa umumiyliklar bilan aloqalari 
orqali ochib berilishi mumkin. Bu guruhlarning qiziqishlari, ehtiyojlari, qadr-
qimmati turli. Ijtimoiy faollik tushunchasi amalga oshish jarayonida ijtimoiyligi, 
darajasi, feʼli haqida tushuncha beradi. 
Shaxsning ijtimoiy faolligi – tizimli ijtimoiy sifatdir. Unga ijtimoiylik 
darajasining amalga oshishi, yaʼni shaxsning jamiyat bilan aloqasidagi chuqurligi 
va mukammalligi, shaxsning ijtimoiy munosabatlarning subʼektiga aylanishi 
darajasi aks ettiriladi. Ijtimoiy faollik shaxsning faoliyati yoki ongining bir 
lahzasiga taqalmaydi. Bu dastlabki ijtimoiy sifatdir. U jamiyatga va uning 
rivojlanish munosabatlariga nisbatan toʼliq, barqaror, faol munosabatlarni aks 
ettiradi, u shaxsning sifatga oid xususiyatlarini, faoliyatini, holatini taʼriflaydi. 
«Ijtimoiy faollik» tushunchasi insonga xos boʼlmagan hodisa sifatida 
qaraladi, u ochiq ijtimoiy harakatda namoyon boʼladigan qiymatga asoslangan 
motivatsiya, xarakatlar yigʼindisi va natijalarni oʼz ichiga oladi. Subʼekt statusining 
yoki ijtimoiy vaziyatning oʼzgarishi bilan ifodalanadi va ular shaxs ongida 
oʼsishini koʼzda tutadi. 
I.T.Frolov tahriri ostida chop etilgan falsafiy lugʼatda ijtimoiy faollik – 
jamiyatda shaxsning harakatini aks ettiruvchi tushuncha deb taʼriflangan va u 
qiziqishning harakatlar faktori, bilish, maqsad, borliqning oʼzgarishiga aylanishi 
bilan bogʼliq. Bular insonning faoliyati, tabiati, mavjudlik sharoitlari va shaxsning 
obʼektiv ehtiyojlari oʼrtasidagi qarama-qarshilikka sabab boʼladi, inson 
turmushining sharoitlari va ehtiyojlari oʼrtasidagi nomutanosiblikni, bartaraf 
qilishga yoʼnaltirilgan. Falsafiy, ijtimoiy, pedagogik tadqiqotlarda ijtimoiy va 
jamoaviy, faollik sinonim sifatida namoyon boʼladi (L.M.Аrxangelьskiy, 
B.Z.Vulьfov, T.N.Malьkovskaya, G.L.Smirnov, E.V.Strukov). 
V.F.Bexterev ijtimoiy faollik tushunchasini ijtimoiy ahamiyatga ega ongda 
va ushbu faoliyatga tayyor ekanligida, begʼaraz harakat qila olishda namoyon 
boʼladigan sifat deb taʼriflaydi. 
K.А.Аbulьxanovoy-Slavskoyning fikricha, shaxsning ijtimoiy faolligi 
ushbu faoliyatdagi munosabatlarda namoyon boʼladi, u yangi ijtimoiy ishlar va 
vazifalarni ilgari surish, javobgarlikni boʼyniga olish qobiliyatida tarkib topadi. 
V.F.Titov ijtimoiy faollikni yashirin imkoniyatlarning amalga oshishining, 
ijtimoiy-tabiiy muhitni oʼzgartirishning aniq natijalarida namoyon boʼladigan 
ijtimoiy foydali faoliyatda insonning petentsial imkoniyatlari, zaruriy kuchlari va 
qobiliyatlari qay darajada amalga oshirilayotganligi deya taʼriflaydi. 
V.G.Mordkovichning taʼkidlashicha ushbu tushunchaning mohiyatli 
tomoni shundaki, ijtimoiy faoliyat insonning muhim ijtimoiy sifati, uning 


29 
«faoliyatga oid ahamiyati» hisoblangan ijtimoiy faollikdan iborat. Tashabbuskorlik 
(erkin ongli, manfaatdor) sifatida namoyon boʼlishi, inson faoliyati, ijtimoiy 
faoliyat ijtimoiy voqelik fenomeni statusiga ega boʼladi. 
Shunday qilib, bu tadqiqotda ijtimoiy faollik yoshlarning murakkab yaxlit 
sifati, bu sifat tashabbuskorlikda, ijtimoiy umumiylik doirasida harakat qilishga 
tayyor ekanligida namoyon boʼladi. 
Ijtimoiy faollikning mazmuni ijobiy faoliyatda gavdalangan dunyoga ijodiy 
munosabatdan iborat. Koʼplab olimlar ushbu nuqtai nazarga qoʼshiladilar. 
Masalan, Ye.А.Аnufriev ijtimoiy faollikni hayotga boʼlgan ongli, ijodiy 
munosabat, shaxs oʼzini oʼzi chuqur va toʼliq namoyon qilishi deb taʼriflagan. 
Hayotga nisbatan ijodiy munosabat shaxsda yuqori madaniyat va ahloq, bilim va 
dunyoqarash boʼlishini koʼzda tutadi. 
Yo.А.Yakubning fikricha, ijtimoiy faollik ijtimoiy umumiylik funktsional 
xususiyatlarining amalga oshishining, uning ichki ehtiyojlari, jamiyat qadr-
qimmatini qabul qilish darajasini aks ettiradi. U shaxsdagi ijtimoiy, umumiy, 
alohida indivudual, obʼektiv, subʼektiv birlikni ifodalaydi. Ijtimoiy faollik shaxsiy 
va yuqori shakldagi faollik hisoblanadi. 
V.I.Ovchinnikovning taʼkidlashicha, ijtimoiy faollik asosida shaxsning 
ehtiyojlari yotadi, uning shakllanishidagi mexanizm va mazmunini ochib beradigan 
qolgan toifalar (qiziqishlar, maqsadlar, yoʼl-yoʼriq, orientatsiyalar, turtkilar, 
dalillar) ehtiyojlardan kelib chiqadi va ularni aks ettiradi. 
Ilmiy adabiyot tahlili ijtimoiy faollikni, oʼz ichiga 2 ta jihatni olgan 
shaxsning birlashgan, shaxsiy sifatdek koʼrib chiqishga imkon beradi. Bu jihatlar 
qoʼyidagilar: ijtimioiy jihat – ijtimoiy bilimlar va ijtimoiy qobiliyatlar, ijtimoiy 
ahamiyatga ega faoliyat yigʼindisi; shaxsga oid jihat – ehtiyojlarda, qiziqishlarda, 
dalillarda, hissiy kechinmalarda, reflektsiyada, javobgarlikda, ijtimoiy borliqqa 
nisbatan ijobiy munosabatda aks etadi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatning 
turli sohalariga yoʼnaltirilgan faoliyat orqali oʼzining ijtimoiyligini shakllantiradi. 
Ushbu jarayonda shaxsning shakllanishi sodir boʼladi. 
Ijtimoiy faollik oʼsib kelayotgan avlod oʼrtasida raqobatbardoshlikning 
oʼsishi diskursiga kiradi va bu hayot sifatining omili sifatida koʼrib chiqiladi. 
Yoshlar faolligi turli shakllarda mavjud va bu tushunchani nazariy jihatdan 
anglash vazifasi yuzaga keladi. Yoshlar faolligi odatda ijtimoiy harakatlarni 
oʼrganish doirasida tahlil qilinadi. Faollikni nazariy jihatdan tahlil qilishga ilk 
harakatlar psixoanalitik, aniqrogʼi psixodinamik yondashuv pozitsiyasida boʼlgan. 
Ushbu nuqtai nazar tarafdorlari ijtimoiy faollik anʼanaviy ijtimoiy 
institutlar, ayniqsa oila, taʼlim va cherkov doirasida insonning ichki nizosini hal 
qilish hisoblanadi. Yoshlar uchun ichki nizo bir xillik nizosiga, ijtimoiy rollarni 
oʼzlashtirishga, sirlilik va yakkalanib qolish nizosiga aylanadi. Oxirgi paytlarda 
yuzaga kelayotgan yoshlar faolligining genderlik jihatlari borasidagi muhokamalar 
ijtimoiy faollikni oʼrganishning psixodinamik yondashuviga qiziqish sezilarli 
darajada oshdi. Har holda, psixodinamik yondashuv alohida shaxsga va uning 


30 
muammolariga murojaat qiladi, alohida faollarni oʼrganish orqali ijtimoiy 
jarayonlarning mohiyatini tahlil qilishga oʼrinadi. 
Koʼproq Аmerika sotsiologik maktabiga xos boʼlgan jamoaviy xatti-
harakatlar paradigmasini anʼanaviy deb qabul qilish mumkin, u jamoaviy kelishuv 
boʼyicha J.Lokk, T.Gobbslarning gʼoyalariga borib taqaladi va jamiyatning 
avtonom subʼektlar birlashmasi sifatida koʼrib chiqishiga asoslangan. Ijtimoiy 
harakat ijtimoiy tanglik, norozilik, deprivatsiya oʼziga xos sharoitlarida 
shaxslarning oʼzaro munosabati natijasi sifatida, frustratsiyaning irratsional javobi 
sifatida, marginal guruhlar va shaxslarning psixologik tangligini yumshatish 
sifatida koʼrib chiqiladi. 
Ushbu paradigma doirasida umumiy va oʼziga xos harakatlarni ajratib olish 
mumkin, oʼz navbatida ularning oxirgilari ijtimioiy oʼzgarishlarga emas, aksincha, 
taʼsirli hulq-atvorga, mos ramzlar va marosimlarga yoʼnaltirilgan inqilobiy, 
islohotchilikka oid, taʼsirli boʼlishi mumkin. 
N.Smelzer shuningdek qadr-qimmatli – orientirlangan va norma – 
orietirlangan harakatlarni farqlaydi. Ijtimoiy harakatlar rivojlanishining har xil 
bosqichida ijtimoiy faol shaxs namunasi, yetakchi roli ijtimoiy bezovtalik 
bosqichida tashviqotchidan xarizmatik jangchiga, qahramonga, ijtimoiy hayajon 
bosqichida intellektual liderga, formalizatsiya bosqichida ijtimoiy arbobga, 
institutsional bosqichda administratorga aylanadi. Yetakchilarning dastlabki 2 ta 
turi safarbarlik vazifasini bajaradi, oxirgilari esa artikulyatsiya, insititutsional 
tuzilmalarga harakatlarni joriy qilish vazifalarini bajaradi. Shunday qilib, jamoaviy 
hulq-atvor paradigmasi ijtimoiy faollikning turli shakllarini tasvirlashga imkoniyat 
beradi. 
Jamoaviy harakatlar paradigmasi nuqtai nazaridan, yoshlarning ijtimoiy 
faolligi oʼziga xoslikka ega emas, aksincha boshqa bir harakat sifatida namoyon 
boʼladi (ekologik, antiharbiy, huquqni himoya qilish, maʼrifiy, siyosiy va boshqa 
yoʼnalishlar). 
Yoshlarning ijtimoiy faolligi ijtimoiy harakatlar, qoʼyilgan maqsadlarning 
amalga oshishi bilan bogʼliq yutuqlar, uning yetakchilarining bir yoki boshqa 
guruhda qonuniy vakil sifatida tan olinishi doirasida amalga oshiriladi. Yutuqqa 
erishgan yoki tashkilotda institutsiyalashgan harakat oʼzining vazifasini oʼtab 
boʼlgan harakat sifatida yoʼqolishi kerak, yoki yangi avlod yoshlari uchun 
imkoniyatlar kanali boʼlib xizmat qilishi kerak, qoʼlga kiritilgan gʼalabaning 
natijalaridan foydalanishi kerak, amaldagi tizimni qoʼllash va yaratilgan 
infrastrukturadan unumli foydalanish kerak. 
Koʼrinib turibdiki, ularning aksariyati uchun yoshlarning qiziqishlari endi 
shaxsiy qiziqishlari bilan mos kelmaydi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy oʼzgarishlar 
sharoitida yoshlarning oʼzgarib borayotgan talablari toʼgʼrisida soʼz yuritmasa ham 
boʼladi. Borgan sari ular oʼzlarini koʼproq rahbar sifatida emas, balki muayyan 
dasturlarni amalga oshiruvchi maʼmurlar, tadbirlarning tashkilotchisi, yaьni davlat 
yoki alohida siyosiy elitalar (masalan, partiyalar) kabi buyurtmachiga ishlaydigan 
tadbirkorlar deb hisoblaydilar. 


31 
Boshqa tomondan, ijtimoiy harakatlarni va buning natijasida ijtimoiy 
faoliyatning instrumental tushunchasi, tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati 
natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy faoliyat ham «zarur» harakatlar va 
tashkilotlarni maxsus tarzda tashkil qilish mumkin degan nuqtai nazarga undaydi. 
Ye.А.Zdravomыslovning fikriga koʼra, yangi harakatlar nafaqat yangi ramzlarni 
balki dunyoqarashning yangi tizimini ham barpo qiladi, ular modernizatsiya 
davrida shakllangan “davlat” va “fuqarolik jamiyati” kabi dixotomiyaga duch 
keladilar. 
Ilmiy adabiyotda yoshlarning ijtimoiy faolligi asosan yoki siyosiy faollik 
sifatida (saylovlarda ishtirok etish, ijtimoiy birlashmalarning aʼzosi boʼlish), yoki 
madaniy faollik (norasmiy yoshlar harakati, submadaniy uyushmalar tarkibida 
boʼlish) sifatida koʼrib chiqiladi. 
Ijtimoiy faollikda yangi, dolzarb sharoitda yoshlar tomonidan eski 
tajribadan foydalanish va uni oʼzlashtirish ehtiyoji asos boʼlib xizmat qiladi. 
Oʼzlashtirish jarayoni eski tajribani rad etish yoki u bilan nizoday koʼrinadi, lekin 
aslida oʼzlashtirish usuli haqida gap boradi. Yoshlarning ijtimoiy subʼekt ekanligi 
ijtimoiy faollikning asosidir. 
Ye.L.Omelьchenko va boshqa olimlarning fikriga koʼra, yoshlar faolligini 
birlashtiruvchi omillar bu - insonlarni va ushbu jamiyatning atmosferasini 
boshqalardan ajratib turuvchi hayot tarzining xususiyatlaridir. Yoshlarni turli 
yoshlar guruhlari faoliyatida ularning atrofidagi olamga va odamlarga taʼsir qilishi 
(haqiqiy yoki faqat hayoliy), oʼzining individualligini namoyon qilishni 
hoxlaydilar. Yoshlar uchun ijtimoiy faollik faoliyatining jozibadorligi ichki 
darajada yangi, gʼayrioddiy, yangi hissiyotlarni taqdim etadigan amaliyotning 
qoʼllanilishiga asoslanadi. Bu faoliyat odatiy holga aylanib, xuddi shu narsani 
takrorlash bilanoq, unga qiziqish yoʼqoladi. Faollik xulq-atvorining ajralmas qismi 
bu maqsaddir. Аniq maqsad oʼz-oʼzidan harakat qilish uchun turtki boʼladi, shu 
bilan birga faoliyat sohasi ahamiyatga ega emas, shuning uchun zamonaviy 
yoshlarning passivligi haqida gapirish nooʼrin, aksincha yoshlar madaniyatining 
yangi shakllarini izlash kerak. 
Shunday qilib, yoshlarning ijtimoiy faolligining hech qanday oʼziga xosligi 
topilmaydi, yaʼni, agar musiqiy didi, kiyinish uslubi va hokazolarda namoyon 
boʼladigan oʼziga xoslik shakllari haqida gapirish mumkin boʼlsa, qadr-qimmat, 
qarashlar mohiyati yoshlarning oʼziga xos faolligi haqida gapirishga yoʼl 
qoʼymaydi. 
Yoshlar faolligi – bu, avvalo, muayyan xatti-harakat, vaziyat, ijtimoiy 
amaliyotni yanada yorqin, oʼyinli, “tezkor”, qatʼiy shaklda sinab koʼrishdir. Ushbu 
nuqtai nazarni shakllantira turib, shuni aytish mumkinki, yoshlarning faolligi bu 
ijtimoiy koʼnikmalarni oʼrgatishning bir turi boʼlib, unda yoshlarning nima 
qilayotganligi muhim emas, balki buni qanday amalga oshirayotganligi va oʼzining 
harakatlariga qay darajada javobgar ekanliklari muhim. 


32 
Yoshlar faolligini oʼlchashda, faoliyat majburan tashqi tomondan 
belgilanmagan, balki shaxsning oʼz ehtiyojlaridan yuzaga kelgan omilni hisobga 
olish muhim. 
Ijtimoiy faollik darajasini subʼektlarning quyidagi xususiyatlarini 
taqqoslash orqali aniqlash mumkin. 
1. 
Harakatchanlik (yoshlarni eng ijtimoiy faol deb hisoblash). 
2. 
Har xil usullar va faoliyat sohalari (ijtimoiy faollik koʼproq ijtimoiy 
aloqada va umumiylikda boʼlgan shaxslar orasida yuqori boʼladi). 
3. 
Ijtimoiy 
ahamiyatga 
ega 
harakatlar 
xususiyatini 
orttiruvchi 
harakatlarni anglash. 
4. 
Boshqa subʼektlar tajribasidan foydalanib bu oʼzgaradigan 
faoliyatning hajmini kengaytiradi va tezligini kuchaytiradi. 
5. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega yutuqlarga erishish uchun boshqa subʼektlar 
kuchini jalb qilish. 
6. 
Tabiat va ijtimoiy munosabatlarni oʼzgarishning yangi usullarini 
yaratishni taʼminlovchi ijodiy salohiyat. 
Har qanday insonga xos sifatday, faollikni ongli ravishda turli rakursda 
koʼrib chiqish mumkin. Shuningdek, individuallik darajasi mezoni boʼyicha ham 
koʼrib chiqish mumkin, unda faollik ochib koʼrsatiladi: jismoniy, psixik, ijtimoiy 
faolliklar. Jismoniy va psixik faolliklarni chetga surib, diqqatni faqat ijtimoiy 
faollikka jamlab shuni aniqlash mumkinki, yoʼnalish mezoni boʼyicha u prosotsial, 
asotsial va antisotsial faollikka boʼlinadi. 
Ijtimoiy faollikni namoyon qilish shakli, inson va muhit oʼrtasidagi 
bogʼlovchi bugʼin bu ijtimoiy faoliyatdir, yaʼni ijtimoiy rivojlanish masalalari bilan 
birgalikda jamiyat va oʼzini oʼzgartirish boʼyicha insonning ongli, maqsadli turi 
ishda va harakatlarda amalga oshadi. Ilmiy adabiyotda ijtimoiy faollik toifasining 
shunga oʼxshash tushunchasi V.L.Xaykin tomonidan aytib oʼtilgan edi. Shaxsni 
ijtimoiy subʼekt sifatida talqin qilishda u faollikni shaxsning shaxsiy oʼsishi va 
uning sotsializatsiyasi bilan aloqasini taʼkidlab oʼtgan. Ushbu aloqada ijtimoiy 
faollik ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatga boʼlgan faol munosabatni, ijtimoiy 
ishtirokdagi ehtiyojning namoyon boʼlish shaklini taьriflaydigan shaxsning sintetik 
sifati deb koʼrib chiqilgan. Turli shaklda namoyon boʼladigan ijtimoiy faollik 
vositasida yoshlar jamiyat hayotida qatnashadi, jamiyatda hulq-atvor normalarini 
oʼzlashtiradilar, shunday yoʼl bilan yoshlarda oʼzini namoyon qilish imkoniyat 
boʼladi. Jamiyatda turli sohalar boʼlgani uchun (siyosiy, madaniyat, OАV va 
boshqalar) ijtimoiy faollikda qoʼyidagi shakllarni ajratib koʼrsatish mumkin: 
1. 
Ijtimoiy-siyosiy 
faollik. 
Ijtimoiy-siyosiy 
faollikning obʼektiv 
koʼrsatkichlariga qoʼyidagilar mansub: ijtimoiy va siyosiy uyushmalarda ishtirok 
etish (siyosiy partiyalar, yoshlar harakatlari, talabalar uyushmalari va boshqalar); 
saylovlarda ishtirok etish; ijtimoiy foydali faoliyatning bajarilishi; ijtimoiy 
faoliyatda tashabbuskorlikni namoyon qilish; ijtimoiy-siyosiy faoliyatda vaqtincha 
chiqimlar va hokazo. 


33 
• 
fuqarolik faollik – maqsadi ijtimoiy muammolarni hal qilish, 
hokimiyatni oʼzgartirish, fuqarolik sifatlarini namoyon qilishdan iborat boʼlgan 
harakatlardir (faoliyat shakli); 
• 
madaniy faollik – maʼnaviy va moddiy qadriyatlarni yaratish, 
rivojlantirish, saqlash, tarqatish va yanada riojlantirishni taʼminlaydigan shakl; 
• 
ijodiy faollik – sifat jihatidan yangi narsani yaratuvchi takrorlanmas, 
oʼziga xosligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turuvchi shakl; 
• 
mehnat faolligi – mehnat faoliyati jarayonida ishchi kuchning 
intellektual va jismoniy salohiyatini roʼyobga chiqarishda namoyon boʼluvchi 
shakldir. Mehnat faolligi haqida gap borganda, shaxs uchun mehnat jarayoni va 
natijasining muhimlik darajasini eʼtiborga olish muhim. Foyda olishga 
yoʼnaltirilgan faoliyat shaxsning mehnat jarayoniga qiziqishidan guvohlik 
bermaydi, u tashqi holatga bogʼliq boʼlishi va ichki motivatsiyaga ega boʼlmasligi 
mumkin. 
• 
kommunikatsion faollik – faoliyatni amalga oshirish uchun zarur 
boʼlgan aloqalarni, kontaktlarni qidirishga yoʼnaltirilgan shakl. 
• 
ish faolligi – kasb va lavozim sohasidagi intensiv (tezkor) faoliyat, 
«ish faolligi» termini boshqaruv, xoʼjalik va iqtisodiy faoliyatlarga nisbatan tez-tez 
qoʼllaniladi. 
• 
bilim faolligi insonning oʼz maqsadlarga erishish uchun zarur boʼlgan 
bilim, qobiliyat va koʼnikmalarni egallashga yoʼnaltirilgan faoliyat. Bu faollik ham 
taʼlim jarayonida, ham shaxsning bilim, qobiliyat va koʼnikmalarni egallashga 
yoʼnaltirilgan insonning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Bilim faoliyatining 
manbai bilimga ehtiyoj, oʼzini anglash, oʼzini namoyon qilish, eʼtirof, moddiy 
farovonlik va boshqalardir. 
Yoshlarning faoliyatlaridan biri bu valontyorlikdir (koʼngilli shaxs). 
Ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan koʼngilli faoliyatda ishtirok etish oʼz-oʼzidan 
shaxsdagi ijobiy oʼzgarishlarga olib kelishi mumkin. Shu sohada yoshlarning 
tashabbuskorligiga va faolligiga ijtimoiy ijobiy taʼrif berish ancha samaralidir, 
nafaqat maʼnaviy va ahloqiy gumanistik qadriyatlarni idrok etadigan, qabul qila 
oladigan insonni tarbiyalash, balki turli yoʼnalishdagi ijtimoiy ish uchun kelgusi 
mutaxassislarni va koʼngillilarni yetishtirish vazifasini hal qilish ham muhimdir. 
Oxirgi yillarda koʼngillilar sonining oshishi sababli yoshlarning koʼngillilar 
harakatida, tashkiliy shakllarda ishtirokini tahlil qiladigan tushuncha kengaydi. 
Volontyorlik – bu insonlarning yoshidan, irqidan, jinsidan, eʼtiqodidan 
qatʼiy nazar foyda olish bilan bogʼliq boʼlmagan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, 
ekologik muammolarni hal qilishga yoʼnaltirilgan tadbirlarda ishtiroki tushuniladi.
Oʼzbekistonda volontyorlikning namoyon boʼlish namunalarini keltirib 
oʼtish joiz.
BMTRD (rivojlantirish dasturi) va BMTK (BMTning koʼngillilar dasturi) 
va milliy hamkorlar bilan qabul qilingan «Ijtimoiy innovatsiyalar va Oʼzbekistonda 
volontyorlik» loyihasi davlatning rivojlanish jarayonida ishtirok etayotgan 
Oʼzbekiston yoshlarini qoʼllab-quvvatlashga va imkoniyatlarini kengaytirishga 


34 
qaratilgan. Boshqaruv boʼyicha tadbirlarni, treninglarning tashkil etilishini, faol 
odamlar guruhiga kichik grantlarning taqdim etilishi kabilarni umumiylashtirib 
shuni aytish mumkinki, inklyuziv, umumiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan 
ijtimoiy innovatsiyalar va volontyorlik rivojlanayapti. Loyiha koʼngilli 
tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy tadbirkorlik gʼoyalarini ilgari surish 
uchun qurol sifatida ijtimoiy innovatsiyalarga kontseptsiyalarni singdiradi. Ijtimoiy 
innovatsiyalar mahalliy rivojlanish loyihalarida asosiy «ijodiy» tarkib sifatida 
koʼrib chiqiladi va ular MDH davlatlarida keng qoʼllanilyapti. 
RIBF (Sen yolgʼiz emassan) faoliyati doirasida turli yoʼnalishlarda 
volontyorlik harakati amalga oshiriladi. Koʼngillilar fondning tayanchi hisoblanadi 
va ularsiz Mehribonlik uylarini, yetim bolalarni, qiyin hayotiy ahvolga tushgan 
bolalarni qoʼllab-quvvatlash kabi keng koʼlamli ishlarni olib borish qiyin. 
Volontyorlik faoliyatini bajara turib, inson oʼz navbatida yordamga muhtoj boʼlgan 
boshqa insonlar oldida oʼzining javobgarlik va masʼuliyatni his qiladi. 
Volontyorlar muloqotdan zavqlanishadilar – bolalardan qancha narsani bilib olish 
mumkin, chunki ular kattalarga qaraganda dunyoga butunlay boshqa koʼz bilan 
qaraydilar. 
Volontyorlikni yana bir namunasi «Bolalarga kulgu hadya et» aktsiyasidir. 
Unda vrachlar jamoasi – pediatr, oftalьmolog, plastik xirurglar, anesteziologlar, 
travmatologlar, exo-kardiologlar va kardio-jarrohlar 4 kun mobaynida 300 dan 
ziyod kam taʼminlangan oilalar farzandlarini tekshiruvdan oʼtkazib, diagnoz 
(tashhis) qoʼydilar. Jarrohlik aralashuvi zarur boʼlgan 30 ta bolada Xorazm 
viloyatining Xonqa tumanining tibbiyot birlashmasida jarrohlik amaliyotlari 
oʼtkazildi. 
Shu bilan birga ushbu aktsiya doirasida mahalliy jamoadoshlar bilan 
malaka almashinildi, yosh vrachlar va barcha tibbiyot xodimlari uchun yuqori 
texnologiyali operatsiyalar boʼyicha treninglar va taqdimotlar oʼtkazildi. 
Turli tadbirlarni tashkillashtirishda koʼp yillik tajribaga asoslanib, 2014 
yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining «Volontyorlar maktabi» 
loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. «Volontyorlar maktabi»ning asosiy 
maqsadi universitet ichida va uning tashqarisida ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan 
madaniy-maʼrifiy loyihalarni mustaqil ravishda amalga oshirish hamda 
talabalarning intellektual va kasbiy rivojilanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan 
resursni yaratishdan iborat. Koʼngilli yoshlar OTM (Oliy Taʼlim muassasa)ning 
turli tadbirlarida, xalqaro tashkilotlarda va davlat muassasalarida faol ishtirok 
etadilar. Shunday qilib, Koʼngillilar jamoasi Britaniya Kengashi va BMTning 
Oʼzbekistondagi tadbirlarida, masalan, TXVUdagi «Evropa tillari kuni», «United 
Nations Day» (Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni) kabi tadbirlarini Аlisher 
Navoiy nomidagi kutubxonada «Learn English Family» (ingliz oilasini oʼrgan) 
taʼlim kompaniyasini tashkil qilishda oʼzlarini namoyon qildilar; koʼngilli tarjimon 
sifatida ular erkin yunon-rim kurashi boʼyicha Jahon chempionatiga, BMTXTT 
(UNWTO) (BMTning Xalqaro Turistik Tashkiloti) Kengashining 99-sessiyasida, 


35 
Orol dengizining ekalogik muammolari boʼyicha Xalqaro konferentsiya doirasida 
seminarlar tashkil qilishda va boshqalarga jalb qilingan edilar. 
Oʼzbekiston Respublikasida volontyorlikka yana bir misol bu ijtimoiy 
tarmoqlarda internet-volontyorlik. U yerda ota-onasining qaramogʼisiz qolgan, 
kam taьminlangan oilalar, hayotning qiyin vaziyatlariga tushgan kasal bolalarga, 
qariyalarga, xotin-qizlarga yordam koʼrsatiladi. 
• 
“Bolalarga kulgu hadya et” - yetim bolalar va ota-onasining 
qaramogʼisiz qolgan bolalarga yordam; 
• 
“Yaxshilik qil, Oʼzbekiston» - qon saratoniga chalinganlarga yordam 
koʼrsatish uchun tuzilgan guruh; 
• 
“Oʼzbekiston volontyorlari” - oʼzlarining boʼsh vaqtlarini jamiyat 
foydasiga sarflaydigan odamlar. Ular mukofot kutmagan holda, begʼaraz 
oʼzlarining qobiliyatini, vaqtini, kuchini yaxshi ishlarga sarflaydi. 
• 
“Bolalarga yordam Toshkent” – qiyin hayotiy vaziyatga tushgan 
bolalarga, yetim bolalarga, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga, Mehribonlik 
uylari bitiruvchilariga va hokazolarga hayriya yordamini koʼrsatadilar; 
• 
«Mehr koʼrsat – Oʼzbekiston” – ehtiyojmand, qiyin hayotiy 
vaziyatlarga tushgan oilalarga, Mehribonlik uylariga, Urush va mehnat faxriylarga 
yordam koʼrsatadigan guruh. 
Bunday guruhlar aʼzolari odatda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar 
hisoblanadi. Shuning uchun koʼngillilarga muhtoj boʼlgan tashkilotlar yoshlarning 
motivatsiyasiga eʼtibor qaratishlari kerak. 
Yoshlar hayotiy faol pozitsiyasining asosiy taʼrifi quyidagilar: 

Volontyorlar boshqalarga yordam berib, oʼzlarining qobiliyatlariga 
ishonch hosil qiladilar; 

yangi koʼnikmalar va ijtimoiy aloqalar oʼzlashtiriladi; 

oʼzlarini topadilar, sogʼlom va mazmunli hayot kechirishga imkon 
beradigan odat va qadriyatlarni qabul qiladilar. 
Ijtimoiy faollikning ayrim turlari darajasining yuqorida koʼrsatilgan taʼrifi 
ijtimoiy faollikni toʼlaligicha taʼriflashga imkon beradi. Shu bilan birga, 
oʼrganilayotgan guruhga nisbatan u yoki bu turdagi faoliyatni hisobga olish kerak. 
Yoshlar yoshga oid taʼriflar majmui bilan, ijtimoiy ahvolining oʼziga xos 
xususiyatlari bilan, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadigan 
ijtimoiy-demografik guruh. Hayotiy siklning bosqichi alohida fazasi sifatida 
yoshlik biologik jihatdan universal, lekin uning yoshga oid doirasi va u bilan 
bogʼliq boʼlgan ijtimoiy status, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ijtimoiy-tarixiy 
tabiatga ega, bu esa ijtimoiy tuzumga, madaniyatga va shu jamiyatga oid 
sotsializatsiya qonuniyatlariga bogʼliq. Sotsiologik tadqiqot jamiyatning ijtimoiy-
sinfiy boʼlinishining tahlilini, tizimli-tarkibiy yondashuvlarini koʼzda tutadi, bu esa 
ishlab chiqarishning maʼlum usullari va keng tarixiy tahlil asosida ushbu 
jamiyatning yoshiga oid boshqa guruhlari qatorida yoshlarning ijtimoiy vazifalarini 
va holatining xususiyatlarini kuzatib turadi. 


36 
Yoshlar rolining sezilarli mazmunidan keyin uning ijtimoiy faolligining 
muhimligi turadi. Chunki, shaxsiy ehtiyojlari sababli yuzaga kelgan mustaqil, ongli 
faoliyatini amalga oshirgan holda kasbiy, madaniy darajalarga erishish, jamiyat 
oldida turgan masalalarni hal qilish, jamiyatning samarali rivojlanishini va uni 
kelgusida saqlab qolishni taʼminlashga erishish mumkin. Lekin shuni ham 
unutmaslik kerakki, yoshlarning ijtimoiy faolligi nafaqat ijobiy oʼzgarishlarga, 
balki ijtimoiy beqarorlikka ham olib kelishi mumkin. 
Shu bilan birga ijtimoiy faollikning uchta asosiy mezonini ajratib koʼrsatish 
mumkin. 
Birinchi mezon, shaxsning qadr-qimmatini, diapozonini, nafaqat tor 
ijtimoiy 
guruhlarning, 
balki 
butun 
jamiyat 
va 
insoniyatning 
keng 
umumiyliklarining qiziqishlariga yoʼnaltirilgan orientatsiya ijtimoiyligini namoyon 
qilishga imkon beradi. 
Zamonaviy 
sharoitlarda 
umuminsoniy 
qadriyatlar 
orietatsiyasining 
mazmuni oshmokda. Ijtimoiy faol shaxs uchun bular boshlangʼich va aniqlovchi 
hisoblanadi. Shunday qilib, birinchi mezon ijtimoiy faollik asosida turuvchi 
oʼygʼotuvchi kuchlar. Ehtiyojlar, qadriyatlar taʼrifini yuzaga keltiradi. 
Ikkinchi mezon qabul qilishning oʼlchamini, chuqurligini, qadriyatlarni 
oʼzlashtirishni taʼriflaydi. Ijtimoiy faollikni tushungan holda boshlangʼich 
metodologik tamoyilining uch tomonini ajratib koʼrsatish lozim: ratsional, hissiy-
emotsional, irodali. Shaxs hissiyotlar, kayfiyat, bilim, irodali intilishlari darajasida 
qadriyatlarni qabul qilishi mumkin. Odatda, hissiyotlar darajasida shaxs yorqin 
hissiyot shaklda boʼlsa ham qadriyatlarni yuzaki qabul qiladi. Bilim darajasida 
qadriyatlar chuqur va aniq qabul qilinadi. Irodali intilishlar darajasida ijtimoiy 
koʼrsatmalar, yaʼni harakatga ehtiyojlarni amalga oshirishga, qadriyatlarni qabul 
qilishga tayyorgarlik shakllanadi. Faqatgina birgalikda bu darajalar qadriyatlarni 
toʼliq va chuqur qabul qilish imkonini beradi. 
Ijtimoiy faollik yuqori darajalarining koʼrsatkichlari bu ijtimoiy hayotda 
ongli ravishda ishtirok etish, butun jamiyat va aniq umumiyliklar qiziqishlarining 
yuqori va shaxsiy ahamiyati, jamiyatda oʼzining oʼrnini anglash, unda boʼlayotgan 
jarayonlarga shaxsiy javobgarligi kabilar. 
Uchinchi mezon qadriyatlarining amalga oshishi xususiyatlarini ochib 
beradi. Uning koʼrsatkichlari darajasi bu feʼl-atvor, masshtab, natijalar, faoliyat 
shakli. 
Feʼl-atvorni tahlil qilishda qiziqishlar amalga oshayaptimi, rasmiy, 
standart, ijodiy ravishda ularning roli bajarilayaptimi, demak amalga oshish 
usullarida ijodning, yangiliklarning darajasi qanaqa kabilarni aniqlab olish juda 
muhim. Shaxsning qadr-qimmat orientatsiyasi amalga oshayotganda, vaziyatga oid 
motiv asosida boshqa qadriyatlar vujudga kelayotganda, bular bir-biriga zid 
emasmi degan savol tugʼiladi. Аmalga oshish jarayonining ichki birligi qadriyatlar 
orientatsiyasi, ijtimoiy koʼrsatmalar, shaxs faoliyati natijasida erishiladi. 
Mavjud amaliyotlar tahlili yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasining 
shakllanishi vazifalari bajarilishini ilgari suradi. Ular qoʼyidagilar: 


37 
1. 
Yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy, qadriyatga oid – mazmunli tarbiyasi – 
insonparvarlikning ustuvor qadriyatlarini, ahloqiy, shaxsiy obroʼsi hissini; ijtimoiy 
faollikni, javobgarlikni, oʼz hulq-atvorida odob-ahlqk normalariga amal qilishni, 
ularning buzilishiga chida olmaslikni shakllantirishga yoʼnaltirilgan. 
2. 
Tarixiy tarbiya – Vatani tarixi va uning qahramonona oʼtmishining 
asosiy hodisalari borasidagi bilimlarni, dunyo xaritasida Vatanining oʼrni haqidagi 
tasavvurlarni, Vatani halqlari tarixi borasidagi bilimni; qaxramonona oʼtmishiga 
nisbatan tarixiy xotirani, faxr hissini, dahldorlikni, oʼz hududi tarixining asosiy 
hodisalarini bilishni, oʼz oilasi, urugʼi Vatani tarixi oʼrtasidagi bogʼliqlikni, oʼz 
urugʼi, oilasi, shahri (qishlogʼi) bilan faxrlanish hissini shakllantiradi. 
3. 
Siyosiy-huquqiy tarbiya – mamlakatning siyosiy tuzilishi haqida 
shaxsda tasavvurlarni shakllantirishga; davlat ramzlariga, fuqaroning asosiy huquq 
va majburiyatlariga; mamlakatda va dunyoda sodir boʼlayotgan ijtimioy-siyosiy 
hodisalardan xabardorlikka qaratilgan. 
4. 
Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya – Vatanga mehr-muhabbat hissini oʼz 
xalqi namoyandasi boʼlishdan faxrlanish hissini, milliy ramzlariga, muqaddas 
qadamjolarga hurmatni, davlat bayramlarini bilishni va ularda ishtirok etishni, 
ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorgarlikni shakllantirishga qaratilgan; 
ijtimoiy umumiylik tarafdori boʼlish, uni muhim qadriyat deb qabul qilish hissi 
sifatida vatanparvarlik asosiy, oʼxshash mexanizm. 
5. 
Mehnatkashlik tarbiyasi – insonning oʼzgaruvchan mehnat faoliyati 
sifatida dunyo madaniyati manzarasini yaratadi; dunyodagi kasblar, ularning 
ijtimoiy ahamiyati va mazmuni bilan tanishtiradi; mehnatga nisbatan vijdonan va 
javobgar munosabatni, insonlar mehnatiga hurmatni, inson mehnati bilan 
yaratilgan moddiy va maʼnaviy madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyotkor 
munosabatni shakllantiradi. 
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganidek, bizni doimo 
tashvishlantiradigan muhim masalalardan biri – yoshlarimizning ahloqiy qiyofasi 
va ularning dunyoqarashidir. Bugun zamon shiddat bilan oʼzgarmoqda. Bu 
oʼzgarishlarni kim hammadan koʼp his qilmokda? Аlbatta yoshlar. Yoshlar zamon 
bilan hamnafas qadam tashlayversin, uning talablariga javob beraversin. Аmmo 
yoshlar milliy oʼziga xoslikni yoʼqotmasliklari lozim. Biz kim ekanligimiz, qanday 
buyuk ajdodlarning avlodi ekanligimiz haqidagi fikr har doim ularning yuragida 
aks sado berib turaversin va milliy oʼzlikka sodiq qolishga undayversin. Nima 
hisobidan bunga erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqatgina tarbiya tufayli. 
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla va butun jamoatchilikka katta masʼuliyat 
yuklaydi. Mamlakatimizda taʼlim va tarbiya sohasining barcha boʼgʼinlarini – 
maktabgacha taʼlim muassasalari, oʼrta maktab, oʼrta maxsus va oliy taʼlim 
tizimini takomillashtirish, yangi taʼlim muassasalarni bunyod qilish va 
mavjudlarini rekonstruktsiya qilish boʼyicha olib borilayotgan ishlar yosh 
avlodning kelgusida har tomonlama barkamol shaxs qilib shakllantirish ishlarida 
oʼz samarasini beradi. 


38 
Yana bir muhim yoʼnalishlardan biri – bu yoshlarning tashabbuslarlarini 
qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish. 
Yoshlarning jamoa tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, yoshlar va bolalar 
jamoa uyushmalarining yetakchi va rahbarlarini tayyorlash ishlariga katta eʼtibor 
qaratilgan. Respublikamiz yoshlari uchun oʼzlarining dunyoqarashi va 
qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyatlar yaratilgan. Bunday tizim 
zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh, nafaqat diplom va kasbiy bilimlarga 
ega boʼlgan odamlar, balki jamoat ishlarida ijobiy tajribaga ega ekanliklarini 
hisobga olgan holda jamoani tashkil qila oladigan, innovatsion qarorlarni qabul 
qila oladigan, loyihani himoya qila oladigan, oʼzini va gʼoyalarini takdim eta 
oladiganlardir. 
Oʼzbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy 
yoʼnalishlaridan biri bu ham milliy asosda, ham umuminsoniy qadriyatlar bilan 
uzviy bogʼliq holda oʼzlikni anglash, yoshlarni maʼnaviy-ahloqiy ruhda 
tarbiyalash, taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, talaba-oʼquvchilarning 
oʼqishga boʼlgan qiziqishni oshirish boʼyicha ishlarni shakllantirish. Аynan hozirgi 
vaqtda milliy-madaniy qadriyatlarni qayta tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida 
maʼnaviy-ahloqiy koʼrsatmalar davrining, yangi shaxsni shakllantirish davrining 
dolzarbligini kasb etadi. 
Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya bir vaqtning oʼzida zarur va murakkab muammo 
hisoblanadi. Jamiyat tarixida maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlar muammosi yangi emas, 
biroq har bir davr va tez oʼzgaradigan ijtimoiy dunyo unda yangi va murakkab 
jabhalarni ilgari suradi. 
Sharq va Gʼarb mutafakkirlari (Аvitsenna, Аbu Rayhon Beruniy, Аlisher 
Navoiy, Аl Farobiy, Аristotelʼ, Demokrit, Аflotun, Suqrot va boshqalar) oʼsib 
kelayotgan avlodning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasiga bagʼishlangan boy pedagogik 
meros qoldirganlar. Oʼtmishning koʼzga koʼringan olimlari, faylasuflari 
(N.А.Berdyaev, 
V.G.Belinskiy, 
S.N.Bulgakov, 
G.Gachev, 
А.N.Gertsen, 
L.N.Gumilyov, I.А.Ilьin, L.F.Kapterev, Ye.I.Rerix, V.S.Solovьyov, L.N.Tolstoy, 
K.D.Ushinskiy va boshqalar) oʼsib kelayotgan yosh avlod shaxsini shakllantirishda 
maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyatini ochib beradilar. 
Zamonaviy yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi muammolarining 
nazariy riojlanishi “maьnaviy-ahloqiy tarbiya» tushunchasining koʼplab taьrifi 
mavjud boʼlganligi sababli murakkablashadi. Maьnaviy-ahloqiy tushunchaning bir 
xil maʼnoga ega emasligi amalda ushbu jarayonning notoʼgʼri baholanishiga, 
zamonaviy taьlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonida va pedagogika 
nazariyasida uning toʼliq foydalanilmasligiga olib keldi. 
Maʼnaviy-maʼrifiy yetuklik insonning atrofidagi dunyoda yashab qolishini 
taʼminlaydigan va qadriyatlarga yoʼnaltirilgan tizimni shakllantirishga imkon 
beradigan moslashuvchan muhim xulq-atvor koʼnikmalarini shakllantiradi. 
Maʼnaviy-ahloqiy rivojlanish oilaviy tarbiyaning muhim vazifalaridandir. 
Ye.E.Basanovaning taʼkidlashicha «oila – bu asosiy ijtimoiy insititut, u orqali bola 


39 
ijtimoiy munosabatlarga kiradi, chunki bola oilada hulq-atvor qadriyatlarini va 
meʼyorlarini oʼzlashtiradi, hayot haqidagi oʼzining tasavvurlarini shakllantiradi». 
Tarbiyaning maʼnaviy tarkibiy qismi qadriyatlar tizimini tushunib yetishga 
va oʼzlashtirishga, ular asosida shaxsiy dunyoqarash pozitsiyasini shakllantirishga 
yordam beradi. Tarbiyaning ahloqiy tarkibi esa shaxsning ijtimoiy faoliyatidagi 
hayotiy pozitsiyasini aks ettiradigan his-tuygʼularni, hulq-atvorni, munosabatlarni 
rivojlantirishga yordam beradi. 
Umuman maьnaviy-ahloqiy tarbiya bu – ruhiy ongning maqsadli 
shakllanishi, ahloqiy tuygʼularning rivojlanishi va ahloqiy hulq-atvor 
koʼnikmalarining ishlab chiqilishdir. 
Maʼnaviy-ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi bu – jamiyatda yuksak 
maʼnaviyatni rivojlantirish, ijobiy qadriyatlarga va sifatlarga ega boʼlish, ularni 
viloyati va Vatani miqyosidagi bunyodkorlik jarayonida namoyon eta oladigan 
fuqarolarni shakllantirishdir. Ushbu maqsadni strategik va taktik masalalar hal 
qilish orqali amalga oshirish lozim. 
Strategik masalalar: 

oʼzining Vatani va xalqiga xizmat qilish; 

aholida umuminsoniy, diniy qadriyatlarni oʼygʼotish va shakllantirish; 

ijtimoiy faollikni rivojlantirish, xalq boyligiga nisbatan ongli 
munosabat ruhida tarbiyalash, milliy anʼanalarga boʼlgan hurmat; 

Vatan oʼtkinchi qadriyat emas ekanligini tushuntirish, oldingi avlod 
bilan aloqalar; 

oʼz tarixi mobaynida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan eng yaxshi 
ruhiy, ahloqiy tamoyillarni oʼzlashtirish; 

jamiyatning ahloqiy, madaniy, ilmiy qadriyatlarini saqlash va 
kengaytirish, aholi oʼrtasida bilimni targʼib qilish, aholining taʼlim va madaniy 
darajasini oshirish; 

har bir shaxsning hamohang maʼnan rivoji, ahloqning eng muhim 
tamoyillarini, yaʼni yaxshilikni, halollikni, yaqinlari haqida qaygʼurishga hoxishni, 
oilaviy rishtalarni mustahkamlashni, bolalarga mehr va kattalarga hurmatni 
singdirish; 

hayot va sogʼliqni himoya qilish zarurligini jamiyat ongida 
mustahkamlash; 
Taktik masalalar: 

ongli intizom, hulq-atvor madaniyati, javobgarlik, bajaruvchanlik 
ruhida tarbiyalash; 

oʼz taʼlimi, tarbiyasi, oʼzining ruhiy-irodali sifatlari ehtiyojini 
shakllantirish; vatanparvarlik, oʼz davlat tarixiga aloqadorlik ruhida tarbiyalash, 
oʼsib kelayotgan avlodda Vatanga sadoqatni shakllantirish, Vatanga va uning 
qurolli himoyasiga xizmat qilishga tayyor boʼlish hissini shakllantirish; 

oʼquvchilarning jismoniy, psixik, maʼnaviy va ahloqiy sogʼligini 
saqlashga sharoitlar yaratish; 

zararli odatlarga nisbatan salbiy munosabat ruhida tarbiyalash; 


40 

jismoniy madaniyat va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish; 

maktab oʼquvchilarida ajoyib, ijodiy fikrlash, badiiy qobiliyatlar 
hissini, estetik did, timsolni shakllantirish; 

har bir fuqaro hayotida sanʼatning ahamiyatli ekanligi tushunchasini 
shakllantirish; 

oʼqishga nisbatan ongli munosabat ruhida tarbiyalash, bilim faolligini 
rivojlantirish, maktab oʼquvchilarida kasbni ongli ravishda tanlash tayyorgarligini 
shakllantirish. 
Oʼzbekiston yoshlarining maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi va maʼrifati, tizimi 
tarbiya faoliyatining barcha, yaʼni oila, taʼlim muassasasi, mehnat va boshqa 
jamoadan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining yuqori organlarigacha 
boʼlgan darajalarni qamrab olgan. Bu tizim respublika, hududiy, mahalliy 
miqyosda 
maʼnaviy-ahloqiy 
yoʼnaltirilganlik 
sohasida 
tadbirlarni 
tashkillashtirishni, alohida shaxslar bilan individual-tarbiyaviy ishlarni olib 
borishni taqozo qiladi. 
Maʼnaviy-ahloqiy tarbiyada oila eng asosiy oʼrinni egallaydi. Jamiyatning 
asosiy bugʼini sifatida oila oʼzida anʼana, urf-odatlarni, shu jamiyatning xotirasini 
mujasamlashtiradi. Shaxsning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi jarayoni oilada 
boshlanadi va u kelgusida taʼlim-tarbiyada, mehnatda, turli jamoalarda, maʼdaniy-
maʼrifiy muassasalarda, ijtimoiy institutlarda davom etadi. 
Oilaning taʼlim imkoniyatlarini mustahkamlash – davlatda maʼnaviy-
ahloqiy muhitni sogʼlomlashtirishdagi muhim yoʼnalishlardan biridir. 
Oilada tarbiya salohiyatining asl holatini toʼligʼicha taqdim qilish talabi, 
uni dinamikada, qiyin va ziddiyatli jihatlarda koʼrish uning kelgusidagi 
yaxshilanish yoʼllarini aniq belgilab olishga, oilada yashiringan ulkan, 
ishlatilmagan zaxirani faol harakat qiladigan, shakllantiruvchi omilga aylantirishga 
imkon yaratadi. Shuning uchun, nafaqat oʼzbek jamiyati modernizatsiyasi 
sharoitida oilaning qanday ishlashini, balki oila etnomadaniy anʼanalarning 
tashuvchisi ekanligini, jamiyat rivoji jarayoniga, madaniy siyosatning oʼzgarishiga 
taʼsir etadigan muhim ijtimoiy vosita ekanligini koʼrish muhimdir. 
Аynan oilada ijtimoiy-madaniy oʼzgarishlar tugʼiladi, singdiriladi va 
rivojlanadi. 
Аlbatta, yosh insonlarni hayotga, mustaqil rivojlanishiga har tomonlama 
tayyorlash, turli mafkuraviy taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotiy muammolarni 
hal qila oladigan shaxs qilib yetishtirish yuqoridagi jarayonning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Hududdagi yoshlarga oid davlat siyosatining muhim infrastrukturali 
ahamiyati bu respublikamizning yosh fuqarolariga xizmatlar koʼrsatadigan, barcha 
shahar va tumanlarda faoliyat koʼrsatayotgan yoshlar ijtimoiy tarmogʼining 
yaratilganligidir. 
2018 yilning 12 iyulida davlatimiz rahbari deputatlar jamoasi oldiga 
qoʼygan masalalari bilan birgalikda Qonunchilik palatasida yoshlar bilan ishlash 
masalasiga, parlament faoliyatiga, qonunchilik jarayoniga qiziqadigan yosh 


41 
insonlar bilan doimiy; ishga oid aloqada boʼlishga eьtibor qaratilyapti. Qonunchilik 
palatasida deyarli har bir tadbir, fraktsiyalar, qoʼmitalar majlislari yoshlar 
ishtirokida oʼtadi. Bundan tashqari, mamlakatning yetakchi muassasalarida 
ishlovchi, zamonaviy fikrlovchi va kreativ gʼoyalarga ega yoshlar qoʼmitalar 
qoshida faoliyat koʼrsatayotgan komissiya tarkibiga kiritilganlar, yoshlarga bu 
qonun loyihasining dastlabki muhokamasida ishtirok etish, oʼzlarining fikrlarini, 
takliflarini, tavsiyalarini bildirishga imkon beradi. 
Yoshlar bilan hamkorlik shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlarning 
mazmuni va mohiyati bilan oʼz vaqtida tanishtirish imkonini yaratadi, bu yoshlar 
esa olgan maьlumotlarini kelgusida oʼzlarining tengdoshlari, doʼstlari va 
hamkasblari bilan boʼlishadilar. Bu jarayon esa butun aholining huquqiy 
madaniyati darajasining, parlament faoliyatidan xabardorligining oshishiga olib 
keladi. 
Deputatlar tadbirlari jarayonida nafaqat yosh insonlar hayotida belgilangan 
qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilgan, balki berilgan savollarning barchasiga 
javob berilgan. Shuningdek, qiziqarli samimiy suhbat formatida davlat tomonidan 
yoshlarni qoʼllab-quvvatlashning kelgusidagi istiqbollari, davlat va jamiyat hayoti 
faoliyatining barcha sohalarida yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish kabilar 
muhokama qilindi. 
Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor 
yoʼnalishlaridan biri bu – Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga 
oshirilishidir. 
Kalit soʼzlar: qadriyatlar, insonlarning maьnaviy-ahloqiy orientiri, 
jamoaviy 
ong, 
siyosiy 
va 
ijtimoiy 
oʼzgarishlar, 
yoshlar 
ijtimoiy 
stratifikatsiyasining aqliy salohiyati, ijtimoiy determinantlar, ijtimoiy-madaniy 
tavsiflar. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling