Yoshlаr sotsiologiyasi


-MAVZU. YOSHLAR MADANIYATI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

4-MAVZU. YOSHLAR MADANIYATI. 
REJA
1. 
Yoshlar madaniyatining metodik-nazariy asoslari. 
2. 
“Yoshlar madaniyati”, “yoshlar submadaniyati”, “yoshlar uchun 
madaniyat” tushunchasining oʼzaro bogʼliqligi. 
3. 
Sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar fenomeni sifatida ommaviy 
madaniyat va uning yoshlarga yoʼnaltirganligi. 
4. 
Yoshlar submadaniyatining asosiy elementlari. 
1. 
Yoshlar madaniyati mustaqil ijtimoiy makon bilan namoyon boʼlib, 
unda oilada, maktabda vakolatlaridan maxrum boʼlgan, kattalar tomonidan toʼliq 
nazorat qilinadigan yoshlar oʼziga xos xususiyatga ega boʼlishi mumkin. Bundan 
tashqari, zamonaviy sanoatlashgan jamiyatda oila oʼzining anʼanaviy taʼlim va 
professional funktsiyalarini yoʼqotishni boshlaydi. Oʼz tengdoshlari tomonidan 
qabul qilingan qadriyatlar va hulq-atvor orqali oʼsmirlar ota-onalar va kattalar 
jamiyatining professional rollaridan uzoqlashadi. Shunday qilib, kompaniyada 
qabul qilingan raqobatbardosh va instrumental texnikasi emotsional mustaqillik va 
xavfsizlik modellarini rivojlantirishga, “oʼzining” hududlarini oʼzlashtirishga, 
boshlangʼich (bolalik) sotsializatsiyasining rolь xususiyatlarining oʼzgarishiga 
yoshlar madaniyati yordam beradi, bular oʼsmirlarni katta pozitsiyani egallashga 
tayyorlaydi. 
Yoshlar va ularning birlashmalarini oʼrganishda ijtimoiy yondashuvlarning 
rivojlanishi uzoq tarixga ega. Yoshlarni maxsus ijtimoiy guruh sifatida 
taʼriflaydigan asosiy xorijiy tushunchalar asosi bu amerikalik psixolog S.Xollning 
oʼsmirlik fenomeniga bagʼishlangan tadqiqoti, K.Manngeyning avlodlarga oid 
yondashuvi, T.Parsonsning tarkibiy-fuktsional yondashuv doirasida yoshlar 
madaniyati tushunchasining taʼrifi, E.Erikson, L.Foyerning psixoanalitik 
tushunchalarini belgilab bergan. 
Yoshlar submadaniyati muammosi ilk bor 1920-1940 yillarda Chikago 
Unversiteti sotsiologlarini (F.Tresher, P.Kressi va boshqalar) qiziqtirgan edi, lekin 


60 
oʼsha davrda ular ham bu tushunchani ishlatmaganlar. Soʼnggi yillarda АQShda bu 
muammoga tarkibiy-funktsionalizm nazariyachilari R.Merton, А.Koen, R. 
Klouord, L. Olin va boshqalar murojaat qildilar. 
“Submadaniyat” terminidan qochgan holda, tadqiqotchilar “yoshlarning 
norasmiy uyushmalari” (YoNU) tushunchasini ishlatganlar. S.N.Ikonnikova, 
V.T.Lisovskiy, V.А.Lukovlarning asarlarida bunday uyushmalarning madaniy, 
ijtimoiy-madaniy jihatlari tadqiq qilingan. 1990 yillarda T.B.Щepanskaya, 
А.I.Shendrik, V.V.Kostyushev, V.А.Bobaxo, S.I.Levikova, Z.V.Sikevichlar 
yoshlar submadaniyatini oʼrganganlar. Ularning asarlarida yoshlarning turli 
amaliyotlariga alohida eʼtibor qaratilgan, yoshlar faolligining uzoq muddatli taʼlim 
olish muddati bilan bogʼliqligi, jamiyatning texnik modernizatsiyasi, yangi 
kapitalistik jamiyatda rivojlanayotgan bozor va isteʼmolchilar munosabatlari tahlil 
qilingan, ijtimoiy-madaniy adaptatsiyaning alohida shakli sifatida konformizm 
tadqiq qilingan. 
Rossiya yoshlari madaniyatning eng yangi tadqiqotlari orasida eng avvalo 
Ye.L.Omelьchenko, S.I.Levikova va А.А.Kozlovlarning asarini ajratib koʼrsatish 
lozim. 
Yoshlarning zamonaviy sharoitda adaptatsiya muammolari, yoshlar boʼsh 
vaqtining maʼnaviy-madaniy holati vatanimiz mualiflari O.B.Ota-Mirzaev, 
Z.R.Qodirova, U.Q.Qayumov, R.А.Ubaydullaevalarning asarlarida tahlil qilingan. 
M.X.Ganieva, А.Qahhorov, O.Shodmonqulovlarning asarlarida ijtimoiy 
stratifikatsiya masalalari ishlab chiqilgan, shu bilan birga aholi yosh guruhlarining 
ijtimoiy-demografik taʼrifi asoslab berilgan. 
Masalan, “Ijtimoiy fikr” Jamoat Markazida oʼtkaziladigan koʼplab ijtimoiy 
loyihalar 
rahbarlari 
R.А.Ubaydullaeva, 
O.Ota-Mirzaev, 
U.Q.Qayumovlar 
Oʼzbekiston yoshlarining jinsi, yoshi, millati, eʼtiqodi, yashash joyi va sharoitlari, 
ijtimoiy statusi, faoliyat turi ularning hulq-atvori, hayot tarzi, siyosiy va boshqa 
qadriyatlar orientatsiyasi normalari bilan bogʼliq holda koʼrib chiqadilar. 
2. 
“Yoshlar submadaniyati” tushunchasi va umuman submadaniyat 
ancha oldin, yaʼni XX asrning oxirida fanga kirib keldi. Gʼarbda bu hodisa dastlab 
“yoshlar kontrmadaniyati” deb atalgan. Kontrmadaniyat shunday submadaniyatni 
anglatadiki, u nafaqat asosiy madaniyatdan farq qiladi, balki asosiy tamoyillar va 
qadriyatlarda unga qarshi turadi. 
Submadaniyat – jamiyatning “rasmiy” tizimi, asosiy madaniyati ichidagi 
qisman madaniytizimdir, u hayot tarziga, qadriyatlar ierarxiyasiga, dunyoqarashga 
taʼrif beradi. 
Tor maʼnoda yoshlar submadaniyati – bu yoshlar yaratgan madaniyat. Shu 
bilan birga, bugungi kunda yoshlar submadaniyati oʼzlari yaratgan madaniyat 
doirasidan chiqayapti va yoshlar uchun yaratilgan, ommaviy madaniyatni oʼz 
ichiga oladi. Jamiyatning zamonaviy madaniy sanoatining asosiy qismi 
yoshlarning boʼsh vaqti, oʼyin-kulgu, moda, kiyim-kecha ishlab chiqarish, 
poyafzal, taqinchoqlarga oid yoshlarning talab va didini qoniqtirishga 
yoʼnaltirilgan. Bu yana shu bilan ham bogʼliqki, zamonaviy jamiyat aholisining 


61 
qariyb yarmini yoshlar tashkil etadi, ijtimoiy va madaniy hayotda ularning roli har 
doim oshib kelmoqda. Shu sababdan, hozirgi davrda butunlay yangi hodisa yuzaga 
keldi: agar avvallari yoshlar iloji boricha tezroq ulgʼayishga intilishgan va 
kattalarga oʼxshagisi kelgan boʼlsa, endilikda qarama-qarshi harakat paydo boʼldi, 
yaʼni yoshi kattalar yoshligi bilan ajralgilari kelmaydi, oʼzlarining yosh 
koʼrinishini saqlab qolgilari keladi, yoshlarning slengini (shevasini), modasini, 
hulq-atvor shaklini, ermaklari usullarini qabul qiladilar.
Submadaniyat kerak boʼlgani uchun u yuzaga keladi: u ayniqsa yoshlarga 
va oʼsmirlarga oʼzlarini ijodiy tomondan namoyon qilishlari uchun, hayotda oʼz 
oʼrinlarini aniqlab olishlari uchun, doʼstlar orttirish uchun imkoniyat yaratadi. 
Yoshlar submadaniyati shaxsning sotsializatsiyasi uchun kerak, - u bizning 
jamiyatdagi submadaniyatning eng asosiy roli. Masalan, got, pank, metallist yoki 
emo boʼlganidan keyin yosh inson halq-atvorning birinchi normalarini, muloqot 
qonunlarini, ijtimoiy rolьni, yoshlarning ijtimoiy yetukligini oʼzlashtiradilar, 
yoshlarning hayot yoʼlini tanlashlari shaxs hayot faoliyatining barcha asosiy 
sohalarida sodir boʼladi, bu taʼlim, tarbiya, katta avlodning tajribasini qabul qilish 
vositasida amalga oshiriladi. 
Ushbu jarayonning asosiy ijtimoiy-madaniy regulyatori (tartibga soluvchi) 
va bir vaqtning oʼzida yoshlarning jamiyatdagi, rivojlanishning tarixiy jarayoni 
tuzilmasidagi holati koʼrsatkichlari sifatida qadriyatlar orientatsiyasi, ijtimoiy 
normalari, koʼrsatmalari ishtirok etadilar. Ular yoshlarning ong turini, faoliyat 
harakterini, 
muammolarning 
xususiyatlarini, 
ehtiyojlarini, 
qiziqishlarini, 
umidlarini, hulq-atvorining tipik namunasini taʼriflaydi. 
Yoshlar muhitida madaniyatni tushunishda yangi tendentsiyalar paydo 
boʼldi. Tarixiy-madaniy qadriyatlarning obʼektiv mavjudligini, milliy madaniy 
anʼanalarni tan olib, yoshlar bularni oʼzlashtirishda faollik koʼrsatmaydilar. 
Yoshlar ularni real ijtimoiy-siyosiy, tarixiy kontekstda amaliy ahamiyatga ega 
emas, ikkinchi darajali deb hisoblaydilar, yoshlar chuqur madaniy asosga ega 
boʼlmagan imidj (tashqi koʼrinish) texnologiyasiga koʼproq eʼtibor qaratadilar. 
Madaniyat – odob – ahloq bilan, uning tarkibi esa – shakl bilan almashtiriladi. 
“Yoshlar submadaniyati” tushunchasining etimologik mazmuni 2 ta 
tarkibiy qismdan tashkil topgan: “sub”, “madaniyat”. “Sub” tarkibiy qismi bilan 
birgalikda madaniyat soʼzi butunlay yangi maʼno kasb etadi. Yoshlar 
submadaniyati yoshlar madaniyatining innovatsion kuchini mujassamlashtirgan 
nimadir sifatida, jamiyat madaniyatining kelgusidagi progressiv rivoji sifatida 
koʼrib chiqiladi. 
S.N.Ikonnikova 
submadaniyatga 
qoʼyidagicha 
taʼrif 
bergan: 
“Submadaniyat – bu madaniyat ichidagi madaniyatdir, u oʼzining aniq 
chegaralariga ega. U ijtimoiy guruhlarga oid va uni aʼzolarga taqsimlaydigan 
bilimlarni, eʼtiqodni, maqsad va qadriyatlarni, mulohaza va baholashni, feʼl-atvor 
va didni, jargon va hulq-atvor usullarini, xurofot va notoʼgʼri fikrlarni oʼz ichiga 
oladi”. Ushbu taʼrifda sifatga oid xarakteristika keltirilgan, umumiy madaniyatdan 


62 
farq qiladigan belgi sifatida submadaniyatni tashkil etadigan elementlar belgilab 
qoʼyilgan. 
Jamiyatning koʼplab aʼzolarini boshqaradigan qadriyatlar, eʼtiqod, anʼana 
va urf-odatlar majmui ustun madaniyat deyiladi. Jamiyat koʼplab guruhlarga 
milliy, demografik, ijtimoiy, professional guruhlarga boʼlingani uchun, ularning 
har birida asta-sekinlik bilan shaxsiy madaniyat, yaʼni qadriyatlar, hulq-atvor 
qoidalari tizimi shakllanadi.
Kichik madaniy dunyo submadaniyat deb ataladi. 
Submadaniyat – katta ijtimoiy guruhga mansub boʼlgan umumiy 
madaniyatning bir qismi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlardir. Yoshlar 
submadaniyati, yoshi ulgʼayganlar submadaniyati, mayda millatlar submadaniyati, 
professional submadaniyat, jismoniy submadaniyatlar haqida gap boradi. 
Submadaniyat hukmron madaniyatdan tili, qarashlari, hulq-atvor usuli, soch 
turmagi, kiyim-kechagi, urf-odatlari bilan farq qiladi. 
Yoshlar submadaniyati – qadriyatlar, hulq-atvor, qarashlar tizimi, muloqot 
shaklidir, u kattalar madaniyatidan farq qiladi va oʼsmirlar, 10 yoshdan 20 
yoshgacha boʼlgan yoshlarni taʼriflaydi. 
Madaniy oʼzgarishlar jarayoni. 
1. 
Madaniyatda oʼzini rivojlantirish bilan booʼliq jarayonlar guruhi: 
tabiiy va kutilmagan rivojlanish (xalq soʼzlashuv tilining yaratilishi). 

Sinash va xatolar usuli bilan rivojlanish (solishtirish, tenglashtirish) 
2. 
Madaniy kontaktlari, oʼzaro aloqadorligi bilan bogʼliq madaniyatlar 
oʼzgarishi: 

Oʼzlashtirish. Bu ixtiyoriy (savdo-sotiq), majburiy (migratsiya) va 
zoʼravonlik bilan amalga oshirilgan boʼladi (bosib olish). Bu shakllar odatda 
individual yaratuvchilar bilan bogʼliq va ular har doim keng ijtimoiy oʼzgarishlar 
kontekstiga kiritiladi. 
Madaniyatda har doim oʼz-oʼzidan sodir boʼlgan va rejalashtirilgan 
oʼzgarishlar qoʼshiladi. Yoshlar submadaniyati fenomen sifatida 50 yildan buyon 
mavjud. Shu vaqt mobaynida uni oʼrganishda ishlatiladigan maxsus terminalogiya 
va tushunchalar paydo boʼldi. Fenomenning oʼzini aniqlashda muammo borligicha 
qolmoqda: biz nima bilan ish koʼrayapmiz – yoshlar submadaniyati bilanmi yoki 
madaniyat bilanmi? Uloarni odatda sinonim sifatida ishlatadilar, lekin vaqti-vaqti 
bilan yoshlar submadaniyatning tarkibiy qismi deb tushunib, ularni ajratishga ham 
harakat qilishadi. Masalan, “yoshlar madaniyati” tushunchasi koʼp maʼnoga ega va 
koʼp sinonimlari bor. Shuning uchun ushbu tushuncha orqasida turgan mafkuraviy 
yoʼnaltirilganlikka bogʼliq holda “yoshlar madaniyati”, “yoshlarning shaxsiy 
madaniyati” va hattoki “kontrmadaniyat” haqida gapiriladi. 
А.Ya.Flierning fikricha, “submadaniyatlar – bu biror holatning (yoki 
hislatlar kompleksi) maʼlum hududiy xususiyati bilan farq qiladigan yaxlit hududiy 
madaniyatning (etnik, milliy, ijtimoiy) yirik segmentlaridir”1. 
Uning fikricha, “har qanday madaniyat koʼplab elementlardan tashkil 
topgan, bu elementlar uning xususiyatidir (til, din, urf-odatlar, feʼl, sanʼat, xoʼjalik 


63 
tuzilmasi va boshqalar), submadaniyat boʼlsa ushbu elementlarning asosiy 
yigʼindisiga koʼra, tayanch madaniyatga juda yaqin, faqatgina bir-ikki hislatlari 
bilan farq qiladi”. Shuningdek, u har qanday submadaniyatda 2 ta qarama-qarshi 
tendentsiyalarning borligini taʼkidlaydi: tayanch madaniyat bilan yaqinligi yoki 
undan ajratilganligi. А.Ya.Flier submadaniyatni tipologizatsiya (turlash) qilish 
uchun qisqa asoslar keltiradi. U asosiy madaniyatdan biror bir etnik, lingvistik yoki 
konfessional belgilari bilan farq qiluvchi submadaniyatlarni ajratib koʼrsatadi. 
Bulardan tashqari, ijtimoiy, yoshga oid yoki biror boshqa xususiyatiga asoslangan 
“koʼplab submadaniyatlar mavjud. Masalan, yoshlar submadaniyati, pensionerlar 
va 
katta 
yoshdagi 
insonlar 
submadaniyati, 
nogironlar 
submadaniyati, 
gomoseksuallar submadaniyati va boshqalar”2. 
Shuningdek, L.Saulenko submadaniyatlar maʼlum belgilarga ega deya 
taʼkidlaydi. Ularda qattiq ichki qoida bor, “oʼzgacha fikrlovchi”larni guruhdan 
chiqarib tashlash madaniy mexanizmi amal qiladi. Submadaniyatlar hoxishiy 
uyushmalar atrofida shakllanadi va ularning eng yuqori pogʼonasi hisoblanadi . 
N.V.Ivanova boshqacha talqinni keltiradi. Uning nuqtai nazarida, 
submadaniyat – bu oʼziga xos ijtimoiy-psixologik belgilarning (normalar, 
qadriyatlar, andoza, didlar va boshqalar) majmuidir va u maʼlum nominal, real 
insonlar guruhining yashash tarziga, fikrlashiga taʼsir koʼrsatadi, ular oʼzlarini 
“Ular” dan farq qiladigan “Biz” sifatida oʼrnatishlariga va anglab yetishlariga 
imkon beradi . 
T.B.Щepanskayaning talqin qilishicha, submadaniyat mustaqil butunlikni 
kasb etmaydi, u madaniyatning kichik tizimidir. Boshqa tadqiqotchilar izidan u 
submadaniyatning farqini quyidagicha izohlaydi: “submadaniyat toʼliq mustaqil 
boʼlishga qodir emas, u oʼz madaniyati kodidan foydalanadi, bu kod esa 
ramzlardan tashkil topgan”1. 
T.B.Щepanskaya submadaniyatni vositalarni (belgilar va ramzlar), 
kommunikatsiya (aloqa) kanallarining maʼlum konfiguratsiyasini oʼz ichiga olgan 
kommunikativ tizim sifatida talqin qiladi, “madaniyatning ancha keng tizimi 
doirasida mustaqil boʼla oladigan belgili va normativ tizim” sifatida taʼriflaydi . 
T.B.Щepanskaya tomonidan tasvirlangan submadaniyat kontseptsiyasidagi 
eng katta qiziqish shaxslararo aloqalarning hududiy, jipslashishi sifatida 
submadaniy hamjamiyatning u tomonidan submadaniyatdan ajratib qoʼyishni kasb 
etadi. Uning fikriga qoʼshilgan holda aytish mumkinki, “submadaniyat” sifatida 
umumiy ramzlarga ega hamjamiyat submadaniyat bilan tenglashtiriladi, lekin 
ularning chegaralari har doim ham mos kelmaydi. “Biror bir subamadaniy 
anʼanalari, yaʼni belgilar va normalar asosida koʼplab turli hamjamiyatlar yuzaga 
kelishi mumkin, anʼanalarning uzatilishi esa koʼpincha guruhlararo darajada sodir 
boʼladi” . 
Submadaniyat vujudga kelgan va mavjud boʼlishidan toʼxtagan, lekin 
oʼzining hissasini uning anʼanalariga qoʼshgan hamjamiyatlarni tashkil qiladi. 
Ushbu tadqiqotda oʼxshash taqsimot qoʼllab-quvvatlanadi: submadaniy 
hamjamiyat ostida belgilar, qadriyatlar, shaxslararo aloqa turi, muloqot shakli, 


64 
tashqi atributika (oʼziga xos xususiyat) til va hokazolar tizimi sifatida 
submadaniyat tashuvchilarini tushunish mumkin. 
1. 
Jamiyatning maʼlum qatlami madaniyati sifatida ish yuritadigan, baʼzi 
salbiy talqin qilingan normalar va qadriyatlar majmui. 
2. 
Oʼzingizga kerakli narsalarni topa olmayapsizmi? Аdabiyotlarni 
tanlab olish xizmatidan foydalanib koʼring. 
3. 
Odamlar tashkilotining (koʼpincha yoshlar) alohida shakli, hukm 
surayotgan madaniyatning mustaqil toʼliq shakllanishi, u uni tashib 
yuruvchilarining hayot tarzini taʼriflaydi, oʼzining urf-odatlari, normalari, 
anʼanaviy madaniyatning qadriyatlari kompleksi bilan farq qiladi, oʼziga xos 
dunyoqarash tusini olgan. 
Koʼpgina olimlar yoshlar submadaniyatining paydo boʼlishini XX asrning 
ikkinchi yarmida kuzatilgan demografik portlash deya talqin qiladilar. Аholi 
tarkibida yoshlar ulushi sezilarli darajada oʼsdi, bu bilan infrastruktura katta 
oʼzgarishlarni koʼrmadi. 1960 yillarda koʼplab yosh insonlar taʼlim olish 
imkoniyatining yoʼqligiga, ish topish, yuqori ijtimoiy statusga erishishda 
qiyinchilikka duch keldilar. Shu bilan bogʼliq holda ular shu xulosaga keldilarki, 
qadriyatlarning oldingi (otalarining madaniyati) tizimi ularning ehtiyojlarini 
qondira olomayapti, shuning uchun amaldagi madaniyatni rad etadigan oʼzlarining 
madaniyatini yaratish lozim. 
Yoshlar submadaniyatiga koʼpincha 13-17 yoshdagi oʼsmirlar kiradilar. 
Muammo shundaki, kattalar koʼpincha oʼtish davrining toʼliq ahamiyatini 
tushunmaydilar. Mana shu yerdan oʼsmirga nisbatan ochiq hurmatsizlik (kattalar 
uning oʼrniga oʼzini qoʼyib koʼrishni hoxlamaydilar) boshlanadi, qabul qilingan 
doiraga, umuman kattalar hulq-atvoriga mos kelmaydigan har qanday hul-atvorni 
kesib oʼtishga agressiv, faol intilish boshlanadi. 
Yoshlarning submadaniy faolligi bir qator omillarga bogʼliq: 

Taʼlim darajasiga. Taʼlimning pastroq darajasidagi shaxslarda bu 
faollik biroz yuqori. 

Yoshga. Faollikning choʼqqisiga 16-17 yosh, 21-22 yoshga kelib esa u 
sezilarli darajada pasayadi. 

Yashash joyiga. Norasmiylarning harakatlari qishloqqa nisbatan 
shaharga koʼproq xos, aynan shahar ijtimoiy aloqalarning koʼpligi bilan 
qadriyatlarni tanlash va hulq-atvor shakliga imkon beradi. 
Yoshlar submadaniyatining zamonaviy jamiyatda keng tarqalishining 
sabablari: 

Submadaniy hamjamiyatda oʼsmir oʼzi uchun referent boʼlgan 
tengdoshlari guruhiga kirishiga imkoniyat yaraladi, ularning har birining 
psixologik ahamiyati darajasini koʼtaradigan “biz” umumiylashtiradigan his paydo 
boʼladi; 

Submadaniyat yoshlarga oʼzining mustaqilligini xis qilishga va 
namoyon qilishga imkon beradi; 


65 

Submadaniyat katta dunyosi bilan, hukmron jamiyatdagi madaniyat 
bilan yuzaga kelgan nizolarning ogʼir yukidan tqutilishga yordam beradi. 
Yoshlar submadaniyatining yagona boʼshligʼi doirasida hukmron 
madaniyatga munosabati boʼyicha, usuli, asosiy orientatsiyasi boʼyicha farq 
qiladigan koʼp turdagi submadaniyatlarni ajratib koʼrsatish mumkin. 
Psixologik-tipologik adabiyotda yoshlar submadaniyatining tipologiyasini 
uchratish mumkin: 

Romantik-eskapit submadaniyat (xippi, indeanistlar, tolkienistlar, 
mashhur izoh bilan baykerlar); 

Gedonistik-koʼngilochar (majorlar, reyverlar, reperlar va boshqalar); 

Jinoiy («gopniklar», «lyuberlar»); 

Аnarx-nigilistik (panklar, ekstremistiik «chaplar» va «oʼnglar» 
submadaniyat oqimlari), shuningdek, ular radikal-destruktiv deb ham ataladi. 
Shuningdek, 1990 yillarda paydo boʼlgan va musiqali (rokerlar, feyverlar, 
reperlar va hokazolar) submadaniyatni ham qoʼshib qoʼyish mumkin. 
Ularga boʼlgan munosabat bir maʼnoli emas. Yoʼnaltirilganligiga qarab, 
ular tashkil etilgan jamoalarning toʼldiruvchisi hamda ularning antipodlari boʼlishi 
mumkin.
Oʼz faoliyatiga ega uyushmalar atrof-muhitni ifloslanishdan va yooʼq 
qilishdan saqlaydilar, madaniyat yodgorliklarini qutqaradilar, ularni restavratsiya 
qilishga begʼaraz yordam beradilar, nogironlar va qari insonlarga gʼamxoʼrlik 
qiladilar. Tabiiy ravishda paydo boʼlayotgan yoshlar guruhlari norasmiylar, 
havaskorlar, oʼz faoliyatiga ega deb ataladilar. Birinchidan, ularning barchasi oʼz 
xohishi tamoyili asosida shakllanadi va tashkiliy jihatdan mustaqil hisoblanadilar; 
ikkinchidan, ular faoliyatning maʼlum bir turi bilan mashgʼul. Shuning uchun 
dastlab ishlatilgan “norasmiy” termini unchalik aniq emas va “xippi”, “panklar”, 
“metallistlar” kabi guruh va uyushmalarga nisbatan ishlatilishi mumkin. Bularga 
koʼpincha oʼz-oʼzidan tashkil topgan, tashkilotchi boʼlmagan, beqaror kabi taʼriflar 
xos.
Shuni aytib oʼtish kerakki, yurtimizdagi yoshlar submadaniyati 
rivojlanishida gʼarb madaniyati anʼanalari xususiyatlaridan namuna olingan. 
Yoshlar submadaniyati yoshga oid psixologiya xususiyatlariga borib 
taqalmaydigan hodisalarni kasb etadi. Uning kelib chiqishi bir qator obʼektiv 
sabablarga bogʼliq va madaniyat xarakteri, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy 
aloqadorligi, oʼz doirasida yoshlarning oʼrni va rolidagi printsipial oʼzgarishlar 
bilan taʼminlanadi.
Madaniy universallar va madaniy shakllarning xilma-xilligi. 
Madaniy universallar (Dj.Merdok) hamma madaniyatga xos boʼlgan 
umumiy hislatlardir. Ularga qoʼyidagilar mansub: hamkorlikdagi mehnat, sport, 
taʼlim, marosimlarning mavjudligi, qarindoshlik tizimi, jinslarning aloqadorligi 
qoidalari, til va hokazolar. 
Bunday 
universiallarning 
kelib 
chiqishi 
inson 
ehtiyojlari 
va 
umumiyliklarga bogʼliq. Madaniy universiallar madaniyatning aniq varianti xilma-


66 
xilligi bilan namoyon boʼladi. Ularni “Sharq” – “Gʼarb” supertizimning mavjudligi 
bilan, milliy madaniyat bilan, kichik tizim (submadaniyat), yaʼni elitar, xalq, 
ommaviy madaniyat bilan solishtirish mumkin. Madaniy shakllarning xilma-xilligi 
bunday shakllarning solishtirish muammosini qoʼyadi. 
Etnotsentrizm va reletivizm – madaniy shakllar xilma-xilligini tadqiq 
qilishdagi keskin nuqtai nazardir. 
Reletivizm: har bir madaniyatni uning normalaridan va qadriyatlaridan 
kelib chiqqan holda qabul qilish kerak. Etnotsentrizm: “Mening madaniyatim – eng 
zoʼr, qolganlari esa – shunchaki ... boʼladi”. Insoniyat masshtabida milliy 
madaniyat, “Sharq-Gʼarb” kabi tushunchalar farqlangan. Аlohida jamiyat 
masshtabida esa: elitar madaniyat, xalq madaniyati, ommaviy madaniyatlar 
farqlangan. Madaniyatni uning elementlariga, madaniy universallarning namoyon 
boʼlishiga koʼra taqqoslash mumkin. 
Elitar madaniyat – uning elementlari professionallar tomonidan yaratiladi 
va maʼlum, tayyor auditoriyaga yoʼnaltirilgan boʼladi. 
Xalq madaniyati – nomaʼlum, anonim bunyodkorlik tomonidan yaratiladi. 
Uning yaratilishi va faoliyati kundalik va amaliy hayotdan ajralmasdir.
3. Ommaviy, umumiy madaniyat oliy tabaqa zodagonlarining didini yoki 
xalqlarning maʼnaviy qidiruvini aks ettirmaydi. Uning paydo boʼlish vaqti XX 
asrning oʼrtasi, yaʼni OАV (radio, matbuot, televidenie, magnitafon) dunyoning 
koʼplab mamlakatlariga kirib borgan va barcha ijtimoiy qatlam vakillariga 
tushunarli boʼlgan davr. Ommaviy madaniyat xalqaro va milliy boʼlishi mumkin. 
Mashhur estrada musiqalari, sirk-ommaviy madaniyatga misoldir. Ular taʼlim 
darajasidan qatʼiy nazar aholining barcha yoshdagi barcha qatlamlariga tushunarli. 
Shunday qilib, jamiyat madaniyati insonlar va ularning guruhlarining 
amaliy faoliyatidagi natijalarda, mazmunida, uslubida, tarixida namoyon boʼladi. 
Jamiyat madaniyati ijtimoiy harakat va aloqadorlikning tartibga solinishida, uning 
nazorat qilinishida, butunligini, barqarorligini taʼminlashda hal qiluvchi rolьni 
oʼynaydi, avval aytib oʼtilganiday ijtimoiy qadriyatlar va normalar tizimi 
madaniyatning asosini tashkil qiladi. 
“Yoshlar madaniyati” va “yoshlar submadaniyati” tushunchalarini 
ajratishga urinishlar XX asrning 90-yillarida qabul qilingan edi. 1996 yilda 
quyidagilar taʼkidlangan edi: “Yoshlar madaniyati” tushunchasi keng maʼnoda 
“yoshlar submadaniyati”, “yoshlar kontrmadaniyati” fenomenlarini belgilashda 
jamlanma sifatida ishlatilgan. Tor maʼnoda esa – jamiyatning tayanch, asosiy 
madaniyati ichida qisman, kogerent kichik tizimdir, u xususan yoshlar 
qadriyatlarining, 
normalarining, 
hulq-atvor 
normalarining, 
modaga 
munosabatining tizimini yetishtiradi.
Oʼziga xos hodisa sifatida, yoshlar madaniyati yosh insonlarning jismoniy 
akseleratsiyasi bilan bogʼliq holda yuzaga keladi va ular sotsializatsiyasi davri 
davomiyligining keskin koʼtarilishi bilan hamrohlikda yuradi (30 yoshgacha), bular 
davr talabiga mos keladigan taʼlim va professional tayyorgarlikka vaqt ajratish 
zaruriyatini chaqiradi. Bugungi kunda oʼsmir bolalikdan erta chiqib ketyapti 


67 
(oʼzining psixofiziologik rivojlanishi boʼyicha), lekin ijtimoiy status jihatidan uzoq 
muddat kattalar dunyosiga mansub boʼla olmayapti. Oʼsmirlik yoshi – bu iqtisodiy 
faollik va mustaqillik toʼla hajmda oʼzlashtirilmagan davrdir. Yoshlar psixologik 
jihatdan kattalar dunyosiga mansub, ijtimoiy jihatdan esa – Oʼsmirlik davriga 
mansub. Yetarlicha bilim olish jihatdan inson ancha erta voyaga yetadi, 
jamiyatdagi holati, imkoniyati maʼnosida esa – insonning yetukligi suriladi deyish 
mumkin. Industrial jamiyatda tugʼilgan fenomen va ijtimoiy toifa sifatida 
“yoshlar” kattalar institutida ishtirok etmaydigan, psixologik yetilgan shaxs deya 
taʼriflanadi. 
Yoshlar submadaniyati – umumiy madaniyat tizimi ichidagi qisman 
kongerent tizimdir. Uning kelib chiqishi yoshlar ijtimoiy rolining noaniqligi, 
oʼzining ijtimoiy statusiga ishonchsizlik hissi bilan bogʼliq. Ontogenetik sohada 
yoshlar submadaniyati har bir odam bosib oʼtishi shart boʼlgan rivojlanish davri 
sifatida taqdim etilgan. Uning mohiyati – ijtimoiy statusni qidirishdir. Uning 
vositasida yoshlar kelajakda kattalar dunyosida oʼynashi kerak boʼlgan rollarni 
“mashq qiladi”. 
Fikrlar jihatidan yoshlar submadaniyati oʼziga xosdir, u shaxsning ijtimoiy 
jihatdan oʼzini anglashga sabab boʼladigan shaxsiy normalarni, qadriyatlarni, hulq-
atvor usullarini ilgari suradi1. Yoshlar submadaniyati yoshga oid, kasbiy faoliyatga 
oid, ijtimoiy asoslarga koʼra shakllanadi. Submadaniyatning muhim farqli 
belgilaridan biri bu qadriyatlar tizimidir. U umuminsoniy qadriyatlar, oiladagi 
oʼzlashtirilgan qadriyatlar asosida shakllanadi. Qadriyatlar oʼtishi mumkinligini 
ham taʼkidlash lozim. Shuning uchun yoshlarda tez-tez oson pul topishga, 
goʼzallikka, har xil xarakterdagi sarguzashtlarga intilish, shaxsiy qiziqishlrning 
ustunligi koʼzatiladi1. 
4. 
Zamonaviy yoshlarning dam olish va boʼsh vaqti – hayot faoliyatining 
eng asosiy shaklidir. Boʼsh vaqtidan qoniqish butun hayotidan qoniqish bilan 
bogʼliq. Yoshlar submadaniyatida madaniy xulq-atvordagi tanlov boʼlmaydi, 
maʼlum andoza va guruh konformizmi (rozilik) ustun boʼladi. 
Yoshlar submadaniyati oʼzining tiliga, modasiga, sanʼatiga, hulq-atvor 
uslubiga ega. Borgan sayin u norasmiy madaniyatga aylanib bormoqda, norasmiy 
oʼsmirlar guruhi uning tashuvchilari sifatida namoyon boʼladilar. Yoshlar 
submadaniyati sunʼiy xarakterga ega – u real qadriyatlarning sunʼiy, oʼrnini 
bosuvchi elementlarga toʼla. Haqiqatdan qochish, kattalarga oʼxshashga intilishni 
amalga oshirishning usullaridan biri bu narkotik moddalarni qabul qilish. 
Yoshlarning aniq ishi uchun ijtimoiy maydon bu ularning boʼsh vaqti, unda 
oʼz mustaqilligini: qaror qabul qilish va boshqarish qobiliyatlarini, 
tashkilotchiligini namoyon qila oladilar. Boʼsh vaqt – bu nafaqat muloqot, balki 
oʼz oʼrnida ijtimoiy oʼyin hamdir. Oʼsmirlikda bunday oʼyinlar koʼnikmasining 
boʼlmasligi inson katta yoshda ham majburiyatlardan ozod deb hisoblashga olib 
keladi. 
Oʼsha davr OАVida quloqqa chalinadigan nomlari bilan: metallistlar, 
roggerlar, pank, tizimli bolalar, breykerlar, xayflayfchilar kabi guruhlar, 


68 
uyushmalar norasmiy ehtiroslari joʼsh urar edi, jurnalistlar ularni keng omma 
uchun “ochib berar edilar” va kuchli reklama qilar edilar. Bunday yoshlar 
muhitining nonkonformizmi barcha narsalarda namoyon boʼlar edi: hulq-atvorida, 
kiyimida, mashgʼulotlarida, hatto ekstremistik shaklga aylanayotgan jargonlarida. 
Ikkinchi toifani “lyuberlar”, “gopniklar” tashkil etadi. Ular qattiq intizom, 
tashkilotchiligi, jizzakiligi, “jismoniy kuch siymosi”ga eʼtiqod qilishlari bilan 
ajralib turadilar, bular jinoiy yoʼnaltirilganlik, koʼp holatlarda esa – jinoyat dunyosi 
bilan aloqadorlikda boʼladi. Ularning “mafkurasi” “jinoiy romantika” bilan 
boʼyalgan ijtimoiy ideallarga tayanadi. Bunday guruhlar faoliyatining asosini 
mayda reket va savdogarlik tashkil qiladi. 
S.S.Frolov submadaniyatning qoʼyidagi tipologiyasini taqdim etadi: 
Romantik – eskapistik submadaniyat – real hayotdan uzoqlashishiga, 
oʼzlarining falsafiy tizimini qurishga yoʼnaltirilgan (xippi, tolkienistlar, 
indianistlar, baykerlar). 
Аnarx – nigilistik guruhlar – maʼqul standartlarni rad etadilar, hayotning 
koʼp hodisalariga tanqidiy munosabat bildiradilar (anarxistlar, panklar). 
Koʼngilochar – gedonistik – boʼsh vaqtni taʼminlash yoʼnaltirilgan (“oltin 
yoshlar”, reyverlar, snoubordistlar, repperlar). 
Jinoiy submadaniyat – qonunga va huquq tartibotiga qarshi chiqishga 
yoʼnaltirilgan (gotlar, skinxedlar, bandlar, gopniklar, lyuberlar). 
Rossiya 
yoshlarining 
zamonaviy 
submadaniyatining 
oʼxshash 
klassifikatsiyasi S.А.Sergeevыm tomonidan taqdim etilgan1. U qoʼyidagilarni 
ajratib koʼrsatadi: romantik-ekapistik submadaniyat (xippi, indeanistlar, 
tolkinistlar, mashhur izoh bilan baykerlar); 
• 
gedonistik – koʼngilochar (reyverlar, repperlar, rollerlar); jinoiy 
(gopniklar, lyuberlar); 
• 
anarxik-inglistik yoki radikal-destruktiv (panklar, chap va oʼng 
oqimning ekstremistik siyosiylashgan submadaniyati). 
L.I.Mixaylova ijtimoiy-huquqiy belgilarga koʼra yoshlar submadaniyatini 
ajratishni taklif qiladi: - prosotsial-faoliyatning ijtimoiy faol, ijtimoiy 
yoʼnaltirilganligi (ekologik, hoxishiy, professional intilishga ega yoshlar 
uyushmalari); - asotsial – ijtimoiy – sust (musiqaga oid submadaniyat, muxlislar, 
baykerlar va boshqalar); antisotsial gʼ davlat va uning aʼzolariga qarshi 
yoʼnaltirilgan (natsistlar, skinxedlar va boshqalar)2. 
Z.V.Sinkevich guruhga oid belgilarga koʼra yoshlar submadaniyatini ajratib 
koʼrsatishni taklif qildi: Hayot tarzi asosida – “sistemniklar” (xakerlar, blogerlar, 
geymerlar); vaqtini oʼtkazishi usuli asosida; ijtimoiy pozitsiyasi asosida – 
“yashillar”, yoshlar siyosiy harakati; ijodiy yoʼnalganlik (rassomlar, shoirlar, 
musiqachilar). 
Gʼarb tadqiqotchisi M.Breyk3 yoshlar submadaniyatini deviantlik nuqtai 
nazaridan koʼrib chiqadi (sotsiologlar va psixologlar ushbu tushunchani hulq-
atvorning qabul qilingan normalaridan ogʼishi sifatida talqin qiladilar). U yoshlar 
submadaniyatining toʼrtta asosiy turini ajratib koʼrsatadi: normal (oʼzlarining 


69 
ijtimoiy muammolarini hal etishda maxsus submadaniyatga ehtiyoj boʼlmagan 
yoshlar guruhi); delinkvent (huquqqa qarshi harakatlarni amalga oshirishga qodir 
kishilarni birlashtiradigan guruh); madaniyatli isyonkorlar (oʼrta sinfdan chiqqan, 
oliy maʼlumotga ega kishilar, ular ekologik harakatdan tortib toʼgʼridan-toʼgʼri 
siyosiy harakatlarni amalga oshiradilar). Ushbu tipologiya shaxsning psixologik 
xarakteristikasini, jamiyatda oʼzini nmoyon qilishini hisobga oladi.
Аlohida submadaniyatlar xarakteristikasi. 
Xippilar. Xippilarning ijtimoiy tarkibi bir xil emas, lekin birinchi oʼrinda 
ular ijodkor yoshlardir: yosh shoirlar, rassomlar, musiqachilar. 
Ularning tashqi koʼrinishi, kiyinish shakli: oʼrtadan farq ochib tekis qilib 
taralgan uzun sochlar, boshi atrofida maxsus lenta (“xayratnik” ingliz tilidagi Hair 
- soʼzidan), qoʼllarida “fenechka”, yaʼni qoʼlda yasalgan bilaguzuk, mayda 
munchoqdan, yogʼochdan, teridan yasalgan munchoq, oʼzlariga katta oʼlchamdagi 
toʼqilgan sviter, mayda munchoq yoki katta nusxada tikilgan, boʼyniga taqadigan, 
ichida pul yoki hujjatlarni saqlaydigan djinsi xaltacha (“ksivnik”: ksiva – hujjat 
soʼzidan, oʼgʼrilar jargoni), kiyimlari rangi odatda och rangda boʼladi, koʼzga 
tashlanmaydi (malakali xippilar hech qachon qora kiyim kiymaydilar). 
Xippilarning oxirgi avlodlari mayda ryukzak, quloqlarida, odatda 
burunlarida 3-4 ta xalqalar (pirsing). Musiqiy uslubi: gʼarb musiqasidan xippilar 
psixodelik rokni maʼqul koʼradilar, “Doors” guruhini yaxshi koʼradilar. 
Tili, jargoni: ingliz tilidan kirib kelgan koʼplab soʼzlar, “bolt” – shisha 
idish, “vayn” – vino, “flet” – kvartira, “xayr” – soch, “pipl” – odamlar (keng 
tarqalgan murojaat), “ringushnik” – qaydlar daftarchasi (ingliz tilidan Ring – 
qoʼngʼiroq). Faqat xippilarga xos tushunchalarni taʼriflash uchun adabiy tilda 
oʼxshashi yoʼq kichraytiruvchi soʼzlarni ishlatilishi (masalan, «fenechka», 
«ksivnik»). Koʼngilochar mashgʼulotlari: alkogol ichimliklaridan xippilar vino va 
portveynni maʼqul koʼradilar. Narkotiklar (odatda yengillari) isteʼmol qilishlari 
tez-tez koʼzatiladi. 
Xippilar mafkurasining bir qismi bu barcha kelib chiqishi mumkin boʼlgan 
oqibatlari bilan “erkin sevgi”. Xippilar jangari emas, ular patsifist (tinchlik 
tarafdori). Birinchi shiori «Make love, not war» (sev, jang qilma). Mafkurasi: 
xippilarning oʼzlari uni tez-tez quyidagi “Tinchlik, doʼstlik, saqich” soʼzlari bilan 
ifodalaydilar. Pul, qimmatbaho narsalarga eʼtiborsizlik ularga xosdir. Kimdir arzon 
narsa oʼrniga qimmatlarini olsa, xippilar gʼazablanadilar. Sharqning ommabop 
dinlari va taʼlimotlari orasida Dja oqimiga eʼtiqod qiluvchi rastomanlar. 
Uchrashish joylari: 90-yillarning birinchi yarmida xippilar oʼyin-kulgulari uchun 
Moskvadagi eng sevimli joylari “Gogolь” xiyoboni. Hozirda ularning yagona bir 
joylari yoʼq yoki muallif bu haqda xabardor emas.
90-yillarda yoshlar madaniyatida tolkienistik harakat va uning asosida 
yaralgan tolkienistik submadaniyatlar hosil boʼladi. Tolkienistlarning oʼzi 
roleviklardir (rol oʼyinlarini sevuvchilar). Dastlab ular xippilar submadaniyatining 
bir qismi edilar, lekin oxirgi paytlarda ularning harakatlari shu qadar kengayib 
ketdiki, ular oʼz qatorlariga xippi boʼlmaganlarni ham qoʼshdilar. Tolkienistlar – 


70 
mashhur ingliz tilchisiva yozuvchisi Djona Ronalьda Ruela Tolkien (tolkienistlar 
shevasida - professor) muxlislaridir, u 1892 yilda tugʼilib, 1975 yilda vafot etgan. 
Dj.R.R.Tolkienning “Uzuklar hukmdori”, “Silьmarion” va boshqalar fantasy – 
ertak fantastikasi janriga mansub. Mujizaviy mavjudotlar makoni boʼlgan Oʼrta asr 
sehrli dunyosini yaratdi, ularning bittasi boshqa turli xalqlar folьkloridan olingan 
(elьflar, trollar, gnomlar va boshqalar) boshqalari esa yozuvchi tomonidan oʼylab 
topilgan (masalan, xobbitlar, inson va quyon chatishmasi), bularning har biri 
oʼzining tarixiga, geografiyasiga va hattoki oʼzlarining yasama tiliga ega. 
Tolkienistlar bu dunyoga oʼzlarini uning yashovchilari sifatida atab kiradilar. 
Kundalik hayotdagi noanʼanaviy modellar kelib chiqadi. Shunday qilib, 
tolkienistlar oʼzlarini elьf deb hisoblaydilar, oʼzini har bir elьf oʼzini shunday 
tutgan boʼlar edi qabilida oʼzini tutadi. Oʼynayotganda (tolkienistlar jargonida 
«xichek») yoshlar guruhi oʼrmonga boradilar, oʼsha yerda rollar taqsimlanib, 
Dj.R.R.Tolkien asarlaridan parchalar saxnalashtiradilar. Oʼzlarining ichlarida 
harakatlarni 2 ta yoʼnalishga boʼladilar: birinchisining vakillari syujetda hech 
narsani oʼzgartirmagan holatda kitobdan sahnalar oʼynashni maʼqul koʼradilar, 
ikkinchisining tarafdorlari faqatgina koʼrsatilgan maʼlumotlarni (qaxramonlarning 
ismi va xarakteri, vaqt, makon, harakatlar maqsadi) oladilar va haqiqiy bellashuv, 
“Zarnitsa” yoʼinidagi kabi yugurish, sakrash, suzish, qilichbozlik, hududga 
yoʼnalganlik kabilarni oʼtkazadilar. 
Panklar (inglizchadan Punk – chiqindi, chirindi, keraksiz narsa) qandaydir 
darajada antagonistik xippi hisoblandilar va u bilan koʼplab oʼxshashliklari bor. 
Ijtimoiy tarkibi: yuqori tabaqa xippilaridan farqli oʼlaroq, panklarning katta qismi 
ishchi hudud bolalari, mustasno holatlar ham bor. Tashqi koʼrinishi, kiyim-kechak 
shakli: panklarning standart soch turmagi «irokez» - soch olingan boshda vertikal 
holatda turgan uzun soch chizigʼi, shuningdek, qirilgan bosh va qisman uzun soch 
yoki ikki yoni qirib tashlangan va uzun soch. Panklar yirtilgan, kir kiyimni maʼqul 
koʼrdilar. Panklarni tez-tez ketma-ket teshilgan chiziqlar, bu chiziqlar tuyragich 
yoki zanjir bilan birlashtirib qoʼyilgan jinsi kiyadilar (umuman panklar ingliz 
tuyragichlarini juda yaxshi koʼradilar va ularni hamma joyga – ustki kiyimiga, 
maykalariga, djinsilariga va hatto quloqlariga qadaydilar). Panklar asosan baland 
armiya oyoq kiyimlarni kiyadilar. Musiqaga oid uslubi: pank – madaniyatning 
asoschisi ingliz guruhi «Sex pistols»dir. Bulardan tashqari «Ramones» va «Dead 
Kenedies»lar hamdir. Tili, jargon: oʼgʼrilar jargonidagi soʼzlarni ishlatish xosdir 
(«maza», «xavatь», «labatь») va marginal ravishda “aqlli” soʼzlar ham ishlatiladi 
(«parallel» «menga baribir» maʼnosida, «qiziqish» «befarq» maʼnosida). 
Koʼngilochar mashgʼulotlari: xippilardan farqli oʼlaroq panklar spirtli 
ichimliklardan aroqni maʼqul koʼradilar, jon deb narkotik isteʼmol qiladilar. 
Ularning yana bir qiziq ovunchogʼi “Nishtyakka bormoq”, yaʼni kimdur oxirigacha 
yemagan ovqatini terib yeyish va sigaret qoldiqlarini terib chekish. 
Eng “qattiq” submadaniyatlardan yana biri Gʼarbda baykerlar hisoblangan 
(inglizchadan Bike-velosiped, mototsikl), sovet targʼibotida ularni “rokerlar” deb 
ataganlar. Biroq rokning barcha muxlislari oʼzlarini roker deb hisoblaydilar- 


71 
panklar, metallistlar va boshqalar. Tashqi koʼrinishi: aynigan Gʼarb aks ettirilgan 
sovet filьmlarida ular keng yoritilgan. Shu koʼrinishda ular Rossiyaga kirib keldi 
va shu yerda sezilarli oʼzgarishlarni boshidan kechirdi: orqaga taralgan uzun 
sochlar, qoida boʼyicha bitta qilib qistirilgan, boshida roʼmol (“bandan”, 
“bandana” yoki “badanno”) soqol, qiya molniyali (zamok) charm kurtka, charm 
shim, kovboylar etigi («kazak»). Musiqa uslubi: ogʼir rok.
Tafakkuri: baykerlar tafakkuridagi asosiy tushuncha – mototsikl. Butun 
dunyo unda harakatlarnuvchilarga va boshqa har qanday usulni maʼqul 
koʼruvchilarga boʼlinadi, ikkinchi shaxslar baykerlarda hech qanday qiziqish 
oʼygʼotmaydilar. Uchrashuv joylari: baykerlar biror motoklub aʼzosi yoki yakka 
holda boʼladilar.
Tashqi belgilarga koʼra bugungi kun yoshlar submadaniyatining eng 
mashhurlaridan 
biri 
metallistlar 
yoki 
metallerlar 
baykerlarga 
yaqin 
(metallistlarning oʼzlari bu terminga qarshi uni “metal” musiqiy uslub deb 
hisoblaydilar). Ularning fikricha “metallning” kamida 3 ta asosiy yoʼnalishi 
mavjud (aslida ancha koʼp): tresh, dum i ded (inglizchadan thrash – urmoq, doom 
taqdir va dead – oʼlgan odam). Shunday ekan tresherlar, dumerlar va ded – 
metallistlar. Tashqi koʼrinishi: xuddi baykerlarnikiday. Hamma rangdan ham 
koʼproq qora rangni maʼqul koʼradilar. 80-yillar oxiri – 90 yillar boshidagi 
metallistlarga kiyimlarida koʼplab metall parchinlar va zanjirlar taqib yurish xos, 
bugungi asosan “pioner”lar shunday kiyinadilar. Mafkurasi: barcha harakatlarga 
qaraganda metallistlar kamroq mafkuraviydir. 
Xakerlar (komtьyuter ishqibozlari) – shakllanish jarayonida boʼlgan 
yoshlar submadaniyati. Xakerlar soni hali koʼp emas – ular asosan texnika 
universitetlari talabalari, fizika-matematika fanlari chuqur oʼrgatiladigan 
maktablarning katta sinf oʼquvchilari. Ularning sonini aniqlashning mushkulligi 
shundaki, xakerlar asosan kompьyuter tarmoqlari vositasida muloqot qiladilar. 
Bundan tashqari, kompьyuter ishqibozlarining hammasi ham oʼzlarini 
kadriyatlarga, normalarga, oʼziga xos uslublarga ega umumiylik deb hisoblaydilar. 
Bu kelajak ishi. 
Yoshlarning jinoiy submadaniyati. Uyushgan jinoyatchilik tuzilmasiga 
aylangan yoshlar guruhlari harakat sohalarini boʼlib olganlar va ommaviy 
mushtlashuvsiz munosabatlarini aniqlab olishni maʼqul koʼradilar. Ularning 
hisoblashib olishlari koʼpincha buyurtirilgan qotillik bilan amalga oshirilgan. 
Futbol ishqibozlari. Jinoiy submadaniyatga yaqin boʼlgan guruhni futbol 
jamoalari ishqibozlari (fanatlar) tashkil etadi. Futbol ishqibozlari –tashkil topishi 
boʼyicha murakkab uyushmadir. Moskvaning “Spartak” klubi ishqibozlari orasida 
«Red-uayt xuligans», «Gladiatorlar», «Sharqiy front», «Gʼarbiy front» va 
boshqalar. Butun jamiyat ustidan nazoratni ushlab turuvchilar – bu “oʼnglar”. 
Oʼnglarga asosan harbiy xizmatni oʼtab kelgan yoshlar kiradi. “Oʼnglar” 
jamoaning barcha matchlarida ishtirok etadilar, ularning asosiy vazifasi – stadionni 
jonlantirish, ishqibozlarning reaktsiyasini tashkil qilish (“toʼlqin”ni), shuningdek, 
“harbiy harakatlarni” boshqarish – dushman jamoaning ishqibozlari va militsiya 


72 
bilan kurashish. Boshqa shaharga borish ularning tez-tez mushtlashishi bilan 
yakunlanadi, yana vokzal maydonining oʼzida. Xullas, ular rahbar tomonidan 
yaxshi boshqariladigan “oʼnglar”dan boʼlgan bezori yoshlardir. 
Rolik, konьkini xush koʼruvchilarni rollerlar deb ataydilar. Ular yorqin 
rangli sport kiyimini maʼqul koʼradilar: shuningdek ularni tizzalaridagi rang-
barang shippakchasidan ajratib olish mumkin. Rollerlar mafkurasi baykerlarnikiga 
oʼxshash, farqi shundaki, faqatgina mototsikl rolikka almashtirilgan. Аsosan 
rollerlar – bu katta sinf oʼquvchilaridir (13-16 yosh), lekin talabalar, kichik sinf 
oʼquvchilari ham uchrab turadilar. Qizigʼi shundaki, rollerlar guruhlarini qizlar 
boshqaradilar. Odatda rollerlar oʼziga toʼq oila farzandlari, aniqki bu roliklarning 
narxlari 50 dollardan 150 dollargacha, baʼzan undan ham qimmatroqligi bilan 
bogʼliq. 
Skeytbordda yurishni xoʼsh koʼruvchi skeytbordistlar submadaniyati 
(gʼildirakli doska). Mafkurasi va tashqi koʼrinishi rollernikiga oʼxshash. 
Repp submadaniyati. Repp – bu qora amerikaliklar musiqasidir. Rossiya 
repperlari qora amerikalik repperlarga oʼxshab kiyinadilar (asosan yorqin ranglarda 
sport kiyimi), ulardan koʼp soʼzlarni olganlar va baʼzida hatto faqat 
afroamerikaliklarga xos soch turmagini qiladilar. Repp submadaniyati koʼp 
jihatdan rollerlar va skeytbordistlar submadaniyati bilan kesishadi. Chunki 
koʼpgina rollerlar va skeytbordistlar repp tinglaydilar, repperlar esa rolik va 
skeytbord minadilar. 
Rivojlangan jamiyatda madaniyatning muqobil shakllari yuzaga kelishidan 
qochib boʼlmaydi, ular ijtimoiy rivojlangan munosabatlarda tugʼiladi. Bu jarayon 
normalar sogʼlomdir. Har qanday, ayniqsa demokratik jamiyatning madaniyati 
oʼziga yuqoridagi tarmoqlarni singdirishi, assimilyatsiya qilishi, fikrlab koʼrishi 
kerak. Ularni taʼqiqlash, yoʼq qilish harakatlari bundanda xunuk shakllarning 
yuzaga kelishiga olib keladi, masalan: inkor etuvchi, jizzaki, fashistik shakllar. 
Madaniyatning muqobil shakllari mavjud boshqa madaniyatlarning boyishiga, 
yosharishiga olib keladi. 
Yoshlar submadaniyatining turli usullarini tahlil qilish shuni koʼrsatadiki, 
bu hodisalar dinamik va rivojlanayotgan, koʼplab boshqa shakllar orqali namoyon 
boʼladigan hodisalardir. Ular oʼzlarining kelib chiqishiga va ichki tuzilishiga koʼra 
farqlanadi. Har xil tarixiy davrlarda biri boshqasiga qaraganda koʼproq 
dolzarblikni aks ettirgan. Oʼzlariga oʼxshashini izlab, yoshlar bir vaqtning oʼzida 
bir necha submadaniyatga mansub boʼlishlari mumkin, ularning namoyandalari 
bilan profilaktik, pedagogik toʼgʼrilash ishlarini olib borishda yuqoridagilarni 
hisobga olish muhim. Submadaniyat tipologiyasining va klassifikatsiyasining katta 
xilma-xilligi yoshlar submadaniyati fenomenining koʼp qirrali ekanligini 
koʼrsatadi, u tipologiyaning biror bir pozitsiyasi nuqtai nazaridan oʼrganilishi 
mumkin. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling