Yoshlаr sotsiologiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

Аmaliy vazifa 
Rolь oʼyinlari: “Yoshlar submadaniyati”. Jamiyat bir xil emas. Har bir 
inson – bu soʼzining qiziqishlariga, muammolariga, tashvishlariga ega 
mikrodunyodir. Lekin shu bilan birga koʼp insonlarning qiziqishlari va talablari 


74 
oʼxshash. Baʼzida ularni qondirish uchun boshqa bir inson bilan birlashish zarur, 
birgalikda maqsadga erishish oson. Ijtimoiy submadaniyat taʼlimining ijtimoiy 
mexanizmi 
shunday 
– qiziqishlariga qarab insonlarning birlashishi. 
Submadaniyatlar kerak boʼlgani uchun yuzaga keladi: ular yoshlar va oʼsmirlarga 
oʼzlarini ijodiy tomondan namoyon qilishlariga, hayotda oʼz oʼrinlarini aniqlab 
olishga, doʼstlar orttirishga imkon beradi. Yoshlar submadaniyati shaxs 
sotsializatsiyasi uchun kerak. Got, pank, metallist, emoga aylanib yosh inson hulq-
atvor normalarini, muloqot qoidalarini, ijtimoiy rolini oʼzlashtiradi. Аmaliyotning 
oʼquv maqsadi: yoshlar muhitida ularni samarali muloqotga tayyorlash; ijtimoiy 
muammolar, ijtimoiy tadqiqotlar usullarining amaliyotda qoʼllanilish sohasidagi 
koʼnikma va qobiliyatlarni singdirish. Praktikum (amaliyot) stsenariysi. Praktikum 
kichik guruhlar usuli bilan talabaning mustaqil ishini koʼzda tutadi. Аuditoriya 
mashgʼuloti boshlangunga qadar oʼqituvchi ishtirokchilarni ular mustaqil holda 
bajarishi kerak boʼlgan vazifalar va oʼyin shartlari bilan tanishtiradi. Oʼyin 
ishtirokchilari bir necha guruhlarga boʼlinadilar (3 tadan 5 tagacha). Ishtirokchilar 
Rossiya yoshlarining ijtimoiy guruhlarga boʼlinganligini, ularning siyosiy, ijtimoiy 
qiziqishlarini namoyon etadigan kuchlarni taqlidqilgan (oʼynagan) holda ishtirok 
etishlari mumkin, endi ular oʼzlarining real submadaniyati, tashkiloti, partiyasi 
yoki shaxsan oʼzining pozitsiyasidan kelib chiqib oʼynashlari mumkin.
Ishtirokchilar oʼzlariga haqiqiy, oʼxshash yoki shartli ismlar tanlashlari 
mumkin. 
Har bir rol oʼynovchi guruh oʼzlarining pozitsiyasi haqida chiqish (15 
daqiqalik) tayyorlaydilar. 
Chiqishning oʼzgarmas tarkibiy lahzalari: 

Submadaniyatning nomi; 

Xarkteristikasi: falsafasi, dasturiy fikrlari, guruh ongining oʼziga xos 
xususiyatlari, aʼzolarning ierarxiyasi va hokazo; 

Belgili-ramziy xarakteristikasi: kiyim-kechaklari, soch turmagi, 
bezaklari va hokazo; 

Submadaniyatning tugʼilish asoslari, avlodlar oʼrtasidagi qarama-
qarshiliklar; 

Mavjudligining muddati; 

Tarixda va madaniyatda yuzaga kelishining oqibatlari. 
Guruhlar tayyorlanish va chiqish jarayonlarida oʼquv texnik vositalardan va 
koʼrgazmali qurollardan foydalanishlari kerak. Yuqoridagi reja asosida 
tayyorlangan chiqishlar auditoriyadagi munozaralar va ekspertlarning ishlashlari 
uchun yagona kenglik yaratib beradilar. Ekspertlar tayinlanadi: - boshlovchi – 
tashkillashtiradi, oʼyin jarayonini boshqaradi, tartibni saqlaydi, soʼz uchun 
navbatni eʼlon qiladi, - “”optimist barcha ijobiy holatlarni belgilab boradi. 
Masalan, submadaniyat shakllari orqali yoshlarning maʼlum qismi uchun 
sotsiallikni oʼzlashtirishga yoʼl ochiladi, - “pessimist” – barcha salbiy holatlarni 
belgilab boradi. Masalan: submadaniyatlarning baʼzilari yoshlar muhitida salbiy 
tendentsiyalarning rivojlanishiga asos boʼladi (narkomaniya muammolari, 


75 
zoʼravonlik va hokazo). Ekspertlar (“optimist” va “pessimist”) har bir guruhga oʼz 
savollarini beradilar va chiqishlarning rolь bilan mosligini qisqacha sharhlab 
oʼtadi. Mashgʼulot soʼnggida guruh chiqishlarini birgalashib muhokama qilib, 
ekspertlar submadaniyatlar toʼgʼri taʼriflanganligi yoki unday emasligi haqidagi 
oʼzlarining fikrlarini aytadilar. Bu bahs-munozaralarda oʼqituvchi fikr qarashlarini 
emas, balki taqdim etilgan yoshlar submadaniyatlar dusturini va mafkura 
mohiyatini tushunishdagi professionalizmni bagʼolaydigan kuzatuvchi (“spiker”) 
sifatida ishtirok etadi. Mashgʼulotdan oldin oʼqituvchi submadaniyatlarning guruh-
namoyondalari va ekspertlar bilan individual va guruh boʼlib konsulьtatsiya 
oʼtkazadi. U chiqish mazmunining toʼgʼri va izchil tahlili metodikasini tushuntirib 
oʼtadi. U seminar ishtirokchilarining savollariga javob berishga tayyor turish 
lozimligini taʼkidlab oʼtadi. Oʼqituvchi barcha talabalarga savol berishga tayyor 
turishni va oʼzlarining pozitsiyalarini argument asosida aytib oʼtishlarini tavsiya 
qiladi. Oxirida rolь oʼyinlariga yakun yasaladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling