Yoshlаr sotsiologiyasi
Oʼqish maʼlumotlarining turlari va uni oʼzlashtirishning maqsadlari
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
Oʼqish maʼlumotlarining turlari va uni oʼzlashtirishning maqsadlari
2-jadval 85 Oʼqish maʼlumotlarining turlari Oʼzlashtirish maqsadlari Fakt, hodisa Xotirada mustahkamlash, tushuntirish, amaliyotda qoʼllash Jarayon Kechish xarakterini eslab qolish, tushuntirish. Oldindan aytish. Toʼxtatish uchun sharoitlar yaratish Qonun, qonuniyat Xotirada mustahkamlash, formulirovkani (aniq fikr) xotirlash. Ifoda qilishga misollar keltirish. Metod Nomini bilish, mohiyat. Tipologik vaziyatlarda qoʼllay olish, tipologik boʼlmagan vaziyatlarga oʼtkazish. Mustaqil ravishda yaratish Tushuncha Taʼrifni eslab qolish. Аhamiyatga molik zarur va yetarli belgilarni ajratib olishni bilish. Obʼektni oʼrganiladigan tushunchaga olib kelishni bilish. Mustaqil tarzda taʼrif bera olish. Oʼzlashtirilgan maʼlumotlarni qoʼllash imkoniyatlarining xilma-xilligi oʼqituvchiga har bir konkret oʼqish vaziyatlarida aniq maqsad qoʼyishga imkon beradi, biroq bu ishlarning asl holati yaxshilikka umid qilishdan boshqa narsani bermaydi. U yoki bu maʼruza, seminarning mavzusini ayta turib, oʼqituvchi ularning maqsadini aniqlashga biroz qiynaladilar. Hozirgi kunda oʼquvchilar tomonidan oʼrganilgan maʼlumot sifatining xarakteristikasi ajratib koʼrsatilayopti. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: oʼzlashtirish darajasi, oʼzlashtirilayotgan bilimlarning darajasi. Oʼqish elementi qoʼyidagi darajalarning birida oʼzlashtirilishi mumkin: - 1-tanishish; 2-xotirlash; 3-qobiliyat va koʼnikmalar; 4- ijodkorlik darajasi. Zamonaviy sharoitda OTM bitiruvchilarining ishga joylashish masalasi dolzarb boʼlib turibdi. OTMni tugatib, mehnat bozoriga kelayotgan yoshlar shubhasiz ish qidirish va mehnat adaptatsiyasi muammolariga duch keladilar. Taʼlim, kasb, mehnat bozori ehtiyojlari oʼrtasidagi koʼzatiladigan uzilish kasb tanlash holatini qiyinlashtiradi. Kadrlar tayyorlashning amaldagi tizimidagi ancha seziladigan kamchiliklariga uning demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarining talablariga mos kelmasligi, oʼquv jarayonida moddiy-texnik va maʼlumotlr bazasining yetishmasligi, malakali pedagogik kadrlarning kamligi, sifatli oʼquv-metodik, ilmiy adabiyotning didaktik materiallar bilan bir butun emasligi, taʼlim tizimi, ilf- fan va ishlab chiarish oʼrtasida mustahkam hamkorlik, oʼzaro yaxlitlikning yoʼqligi kabilarni kiritish mumkin. Struktura bilan oʼqish mazmuni, oʼqish jarayoni oʼrtasida uzviy bogʼliqlikni taʼminlash, yaʼni uzluksiz taʼlim tizimini tashkillashtirish muammolari 86 hal etilmagan. Mavjud taʼlim tizimi rivojlangan demokratik davlatlarda kadrlar tayyorlashga qoʼyiladigan talabga javob bermaydi. Taʼlim, tarbiya, kadrlar tayyorlash tizimi hayotda, jamiyatda olib borilayotgan islohotlar bilan bogʼliq emas, amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar talabiga javob bermaydi. 9-11 sinflarni oʼqib bitirgan oʼquvchilar keyinchalik nima qilish kerakligini bilmaydilar, ularda oʼzlariga boʼlgan ishonch yoʼqoladi. Oʼrta maktabning atiga 100 % bitiruvchilari OTMlarga kiradilar. 9 yillik majburiy va 11 yillik umumiy oʼrta taʼlim ilmiy asoslangan hisoblanmaydi, u zarur kasbiy orientatsiyani, oʼqishga amaliy yoʼnaltirilganlikni, mehnat faoliyatida mustaqil fikrlashni, koʼnikmani taʼminlab bermaydi. Har yili asosiy maktabning 100 mingga yaqin bitiruvchilari ishlab chiqarish va kelgusidagi kasbiy taʼlimda oʼzlariga ehtiyoj yoʼqligiga guvoh boʼladilar. Mavjud taʼlim tizimidagi umumtaʼlim va kasbiy dasturlar oʼrtasida izchillikning yoʼqligi natijasida asosiy va oʼrta maktab bitiruvchilarida zarur professional orientatsiya va mehnat faoliyatining koʼnikmalari shakllanmay qolyapti. Yosh yigit-qizlarning qobiliyatlariga, xohishlariga, ijodiy va mehnat moyilliklariga mos keladigan hayot yoʼlini tanlashda qiyinchiliklar yuzaga kelayapti. Oʼquv jarayoni oʼrtacha bilim drajasiga ega oʼquvchilarga yoʼnaltirilgan, ayniqsa qobiliyatli yoshlarga oid individual oʼqish dasturi boʼyicha taʼlim mexanizmlari sust ishlayapti. Oʼqish dasturlari hali toʼligʼicha mavkuraviy booʼliqlikdan ozod boʼlgan emas, ularda ahloq va maʼnaviyat asoslariga oʼrgatadigan, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlar beradigan ilmlarga yetarlicha oʼrin ajratilmayapti. Professional tayyorgarlik tizimi kesimida mamlakatda yuzaga kelayotgan vaziyat taʼlim xizmatlarining keng bozorini taqdim etadi. Sifat va son jihatidan bugungi kunda har qanday taʼlimni olish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar dinamikasi sharoitida mehnat bozorida raqobatbardoshlikni, muvaffaqiyatli ish maqeini taʼminlovchi kasbiy-shaxsiy sifatlar roli oshadi. Lekin baribir mutaxassis shaxsini rivojlantirish, uni professional faoliyatga tayyorlash kayui masalalar har doim ham kutilgandek hal etilmayapti, bu narsa OTMni bitirgandan keyin ishga joylashish qiyinchiliklarini kuchaytirib yuboradi. Taʼlim darajasi aqliy, aqliy kapital, bandlik, shaxsning qadriyatlar orientatsiyasi oʼrtasidagi aloqalarning buzilishi zamonaviy yoshlarning qaror qabul qilishlariga va mehnat motivatsiyasiga sezilarli taʼsir koʼrsatayapti. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojining ustuvor masalalari bilan bogʼliq holda kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan koʼrib chiqish, xalqaro standart darajasidagi oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha kerakli sharoitlarni yaratish maqsadida 2017 yilning 20 aprelida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-2909 sonli “Oliy taʼlim tizimini kelgusida rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori chiqdi. 87 Ushbu qaror asosida 2017-2021 yillarga moʼljallangan oliy taʼlim darajasini sifatli va tubdan yaxshilash, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy oʼquv, ilmiy laboratoriyalar, informatsion kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlash boʼyicha oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Shu bilan birga, zarur mutaxassisliklarda iqtisodiyot va boshqa sohalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali mutaxassislarni oʼz vaqtida tayyorlash, bevosita korxona va mutaxassislarda ishlab chiqarish, texnik va texnologik munosabatlar va istiqbolli rivojlanish dasturi bilan bogʼliq holda oliy taʼlim mazmunini shakllantirish, mutaxassislik va kasb bilan bogʼliq holda ishga joylashish kabi bir qator dolzarb masalalar hali toʼligʼicha hal etilmagan. Bitiruvchilarning ishga joylashishi mehnat bozorida ularga talab borligining asosiy koʼrsatkichlaridan biri. Gap shundaki, ushbu koʼrsatkich uch tarmoqli “OTM – ish beruvchi – talaba” oʼzaro hamkorlikning bir qator bosqichlarini qamrab olgan. Koʼp jihatdan bitiruvchilarning raqobatbardosh ustunligi va shaxsiy ekspektatsiyalari ularning muvaffaqiyatli ishga joylanishini aniqlab beradi. Yaqin davrgacha yoshlarning bandligi koʼp jihatdan tasodifiy, tizimlashmagan xarakterga ega boʼlgan boʼlsa, hozirgi kunga kelib yosh insonlar koʼproq oʼzlarining ongli kasbiy faoliyatini amalga oshirayaptilar. Koʼp tomondan “Z” zamonaviy avlodning troektoriyasini OTM taqdim etadigan imkoniyatlar spektri aniqlab beradi. Tahlillar shuni koʼrsatadiki, Oʼzbekiston Respublikasioliy professional taʼlimi tizimi oldida murakkab masala turadi, bu masala nafaqat Yevropa va jahon taʼlim kengligiga kirishdan, uning toʼlaqonli hamkori boʼlishdan, balki milliy taʼlim tizimi nufuzini saqlab qolishdan iborat. Oliy taʼlim sifatini taʼminlaydigan davlat tizimining faoliyati quyidagilarni oʼz ichiga oladi: ishtirok etuvchi organ va muassasalar javobgarligini aniqlash; ichki baho, tashqi tahlil, taʼlim faoliyatini baholashda, taʼlimni boshqarishda talabalarning ishtiroki; baholash natijalarini maʼlum qilish; akkreditatsiya, sertifikatsiya tizimi; xalqaro hamkorlik, xalqaro faoliyatda ishtirok etish; talabalarning va oʼqituvchilarning harakatchanligini oshirish; OTMda taʼlim sifatini baholash tizimini yaratish. Taʼlim sifatining asosiy koʼrsatkichlaridan biri bu oliy maktab taʼlim dasturining mazmunidir, faqatgina tarkibiy tayyorgarlik mazmunining tahlili taʼlim dasturlarining butunligi va ustunligi haqidagi; oʼqish intizomining parchalangan va qismlarga ajratilmaganligi haqidagi; turli oʼquv markazlari qurilishining asosi sifatida rivojlangan siklik strukturaning mavjudligi haqidagi xulosani asoslab beradi. Taʼlimning mazmuni taʼlim, professional, fundamental (asosiy), amaliy tarkibiy qismlar haqidagi tasavvurlarni; davlat va hududiy komponentlarning oʼzaro bogʼliqligining ixtisoslikning tarmoqli tizimini tanlash boʼyicha bosqichlar mavjudligini koʼrsatadi. 88 Bugungi kunda 2 ta xilma-xillikning hududiy standartlari mavjud, bu standartlar davlat standartining kasblar roʼyxatiga kirmaydigan kasblar boʼyicha hududiy xususiyatlari va original ishlanmalarga davlat standartlarining moslashuvi bilan bogʼliq. Taʼlim standartining hududiy komponenti hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqboli, hududda vujudga kelgan maktablar va jamoalarni hisobga olish asosida mutaxassislar tayyorlash mazmuniga boʼlgan bir qator normativ talablarni kasb etadi. Taʼlimning hududiy komponentlari ilgarilab ketuvchi xarakterga ega boʼlishi kerak, OTM taʼminoti uchun boshlangʼich maʼlumot hisoblangan hudud rivoji tendentsiyasining aksida namoyon boʼladi. Variativ modulьni, professionallik modulьni shakllantiradigan profilь differentsiatsiyasi (xilma-xilligi) tamoyili asosida hududiy komponent qoʼriladi. Bundan tashqari, mutaxassislarni tayyorlashdagi egiluvchanlik (moslashish) tanlash asosidagi fan moduli orqali amalga oshiriladi. Mehnat bozorining turli sohalarida normal ishlash boʼyicha masalalarning bajarilishi koʼp tomondan davlat tasarrufiga tushadi. Bundan tashqari ularning bajarilishi ish beruvchi va yoshlarning oʼzi yordamida koʼzatib borilishi lozim. Masalan, kelajakdagi kasbni tanlash talabaning oʼziga tegishli, bu narsa davlatda yoshlarga boʼlgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Har bir kishi oldindan oʼz kelajagi va ishdagi martabasi haqida oʼylashi shart. Oʼz navbatida, ish beruvchilar yoshlarga oʼzlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlarni taqdim etishlari kerak, chunki Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ahvoli aholining aynan shu guruhiga bogʼliq. Yoshlar mehnat bozorining asosiy masalalari. Bozorda talab va taklifning optimal oʼzaro munosabatiga erishish, u 1rdamida aholining asosiy qismining hayot darajasini oshirishni taʼminlab beradi, shuningdek uning samarali ragʼbati saqlanib qoladi. Davlatda mehnat resurslarining – taʼlim va geografik resurslarning optimal harakatchanlik shakllangan boʼlishi kerak. Davlatning bozor iqtisodiyoti sohalari ushbu masalani toʼgʼridan-toʼgʼri hal qilishga bogʼliq. Boshqa davlatlar singari Oʼzbekiston Respublikasi ishlab chiqarish raqobatbardoshligini olib borishi lozim, shu bilan birga turli muassasalarda boʼsh ish oʼrinlari soni oshadi. Davlatda ishlab chiqarishning yosh mutaxassislarni professional tayyorgarlik bilan bogʼliqligiga erishish lozim. Yoshlar mehnat bozori va uning xarakteristikasi: Yosh mutaxassislar bozorning xarakteristikasi aholining boshqa guruhlari mehnat bozoridan ancha farq qiladi. Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi yoshlar mehnat bozori quyidagilarni taʼriflaydi: -Bozorda talab va taklifning balansi yoʼqligi. Ish tajribasi boʼlmasa bitiruvchilar uchun boʼsh vakansiyalar boʼyicha takliflarni deyarli topib boʼlmaydi. 89 -Yosh mutaxassislarni davlat miqyosida qoʼllab-quvvatlash. Bu ham zarur holatda qayta tayyorlash uchun yordam, ham fuqarolarning baʼzi toifalariga ish oʼrinlarini taqdim etishdir. -Muntazam oʼsib borayotgan ishsizlik. Bu narsa nafaqat boʼsh ish oʼrinlarining yoʼqligi, balki yoshlarning katta boʼlmagan toʼlov uchun ishlashni rad etishlari bilan bogʼliq. -Yosh insonlar uchun ishchi oʼrinlarining kamligi. -Koʼpchilik talabalar olayotgan kasblarga talab yoʼqligi. -Istiqbolli ishchilarda zarur tajriba va stajning yoʼqligi. Davlat professional tayyorgarlik hamda qayta tayyorgarlik tizimini rivojlantirish va kengaytirishga har qanaqasiga taʼsir koʼrsatadi. Ushbu dastur ishtirokida ish beruvchilarning ragʼbati zarur. Shu bilan birga, nafaqat davlat oʼquv dasturlari yordamida, balki bevosita tashkilotning oʼzida ham yangi kasbni oʼzlashtirish yoki qayta tayyorgarlikni oʼtashi mumkin. Аholining kam himoyalangan qatlamini davlat miqyosida himoya qilish. Ular qatoriga yoshlar ham kiradi. Ular uchun davlat ish oʼrinlarini yaratish, yangi kasblarga oʼrgatishni nazarda tutadi, shuningdek, ishga olishda va boʼshatishda qoʼshimcha himoyani kafolatlaydi. Yangi ish oʼrinlarini yaratishga taʼsir qiladigan jamoat ishlari. Bunday sharoitda yoshlarning ijtimoiy rivojlanish muammolarini tahlil qilib, Yu.А.Zubok quyidagilarni taʼkidlaydi. “Yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarni meros qilib olgan va qaytargan holda, har bir yangi avlod jamiyatning butunligini saqlashni taʼminlab beradi va oʼzining innovatsion salohiyati asosida uni yaxshilashda va isloh qilishda ishtirok etadi. Shu bilan birga ham yoshlarning, ham butun jamiyatning rivoji amalga oshadi”. Oʼzi maktab yillarida kasb haqida oʼylab, yosh insonlar taʼlim yoʼnalishini (tabiiy, gumanitar yoʼnalishlar va boshqalar) aniqlab oladilar, mehnat harakterini tanlashda esa aqliy, jismoniy, boshqaruv, ijro etuvchi kabi tamoyillarni boshqaradi. Bu narsa nafaqat oliy professional taʼlim, balki mehnat bozorining rivojlanish tendentsiyalari va istiqboli haqidagi iqtisodiy, aqliy munosabatlarning rivojlanishi, xabardorlik darajasi bilan bogʼliq tashqi omillarning faol taʼsiri ostida roʼy beradi. Yoshlar mehnat bozori va uning oʼziga xosligi: Mehnat resurslarining boshqa bozorlari singari, yosh mutaxassislar bozori oʼziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, taklif va talabning oʼrtasidagi barqaror boʼlmagan bogʼliqlik.eng avvalo, bu yoshlarning kasb borasida aniq fikrga kelolmasligi, ularning istagan orientatsiyasidagi doimiy oʼzgarishlar bilan bogʼliq. Ikkinchidan, oxirgi yillarda bizning davlatimizda band yoki oʼqishda boʼlgan yosh insonlar sonining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Ishsizlar va hech qaerda oʼqimaydigan yoshlar soni oʼsayapti. Uchinchidan, tajribasi boʼlmagan kadrlarga boʼlgan talab pasayishi tendentsiyasiga ega. Ish beruvchilar oʼz kompaniyalarining salohiyatli xodimlari sifatida erkak jinsiga mansub yoshlarni maʼqul koʼradilar. 90 Va beshinchidan, yosh insonlar oʼrganayotgan kasblarga talab yoʼqligi. Shuning uchun yoshlar dastlab egallagan kasblaridan oʼzoq boʼlgan kasbni egallashlariga va qayta tayyorgarlikni oʼtashlariga toʼgʼri keladi. Juda koʼp hollarda bu yoshlarning egallab turgan mansablaridan qoniqmasliklari bilan bogʼliq. Shu sabab juda koʼp yosh kadrlar oʼz ish joylaridan boʼshaydilar va ularning ehtiyojlariga toʼgʼri keladigan yangi ish izlashni boshlaydilar. Oliy taʼlimning oʼzaro bogʼliqlik tizimida uzilishlar mavjud ilm-fan – ishlab chiqarish, ularning bogʼliqligi taʼminlanmagan, zamonaviy mehnat bozorining asosiy muammolari biznes, OTMlar, oliy maʼlumot olgan yoshlar qiziqishlarining mos kelmasligiga borib taqaladi. Biznesning ehtiyojlari bitiruvchilarning mos keladigan kompetentsiyalari, davlat taʼlim standartlari bilan OTM shakllantiradigan kompetentsiyalar roʼyxati oʼrtasida proportsiyaning buzilishi mavjud. Bu vaziyat talabalarning asosiy qismida oʼzlarining kelajakdagi kasbini rivojlantirishga maqsadli koʼrsatmalar yoʼqligi bilan kuchayadi. Bu borada mualliflar “biznesga bitta kompetentsiya kerak, OTM boshqasini taqdim etadi, talab esa oʼziga nima kerak ekanligini umuman bilmaydi”, deb taʼkidlaydilar. Ilmiy-tadqiqot institutlari kerakli darajada oliy taʼlimda kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb etilmagan, ilmiy tadqiqotlar iqtisod sohasining asl ehtiyojlarini hisobga olmagan holda amalga oshirilmayapti. Maslakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlash tizimining yoʼqligi OTMlarning ilmiy salohiyatining pasayishiga olib keladi. 2018 yili “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʼrganish markazi tomonidan oʼtkazilgan ijtimoiy soʼrovnoma natijalari qiziqish oʼygʼotdi. Oʼzbekiston Respublikasining 1500 respondentlari (soʼrov qilinganlar tanlov majmuini tashkil etdilar. Jami 1100 kishida soʼrovnoma oʼtkazildi, shu jumladan 559 kishi (50,8%) – shahar aholisi va 541 kishi (49,2%) tuman aholisi, 556 kishi (50,5) – erkaklar, 544 kishi (49,5) - ayollar). Soʼrov qilingan yoshlarning strukturasi: 14-15 yosh – 11,3%, 16-17 yosh – 12,9%, 18-19-yosh – 13,8%, 20-24 yosh – 31,9%, 25-29 yosh – 30,1%. Soʼrov qilinganlarning taʼlim darajasi: toʼliq boʼlmagan oʼrta maʼlumot – 25,6%, oʼrta maʼlumot – 11,5%, oʼrta maxsus – 53,8%, tugallanmagan oliy-3,4%, oliy – 5,7%. 2016-2017 yildagi soʼrovnoma natijalaribilan solishtirganda oliy maʼlumot olishni xohlovchilar va yaqin yillarda OTMga kirishga intiluvchilar soni yana pasaygan (77,7%-2016 yil, 89%-2017 yil, 80,4% - 2018 yil). Umumiy soʼrov qilinganlar orasida ushbu koʼrsatkich Qoraqalpogʼiston Respublikasi (58,8%) va Sirdaryo viloyatiga (66,6%) toʼgʼri keladi. Yosh oʼzbekistonliklar oliy taʼlimda egallashni xohlagan, ularni jalb qiladigan kasblar orasida birinchi oʼrinda pedagogika ilmi (52,1) turgan, biznes, xizmat koʼrsatish va ishlab chiqarish sohalari (22,0%), meditsina mutaxassisliklari (8,6%), harbiy mutaxassislik va sport sohasi (3,7%) maʼqul bilishgan. Soʼrov qilinganlarning 3,4% madaniyat sohasida oliy maʼlumot olish istagini bildirganlar. Bor yoʼgʼi1,4% yoshlar oʼzlarini fermerlikka a qishloq xoʼjalik sohasiga bagʼishlashga tayyor ekanligini 91 bildirganlar. 2,9% soʼrov qilinganlar mutaxassislik tanlashda savolga aniq javob bera olmaganlar. Shuni aytib oʼtish joizki, avvalgidek yoshlar texnika ixtisosliklarini egallash boʼyicha motivatsiya yoʼqligi aniqlangan, bu narsa yoshlarning professional orientatsiyasini texnika maʼlumotiga qaratish kun tartibiga qoʼyilgan. Shunday qilib, oʼzlarining maʼlumot darajasini va oliy maʼlumotning ijtimoiy qadriyatlarini oshirishda mamlakatimiz yoshlarining yuqori motivatsiyasining saqlangan tendentsiyasini tadqiqotlardan koʼrish mumkin. Mehnat sohasida yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorini oʼrganish yoshlarning ishga joylashishi va mehnat bozorining shakllanishi bilan bogʼliq holda jamiyatning inson potentsialidan foydalanishni baholash uchun muhim hisoblanadi. Mehnat sohasida yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorining tahlili yoshlarning bandlik darajasini va bandlikning oʼziga tortadigan turlarining yuzaga chiqishig imkon beradi. Yoshlarning uchdan bir qismi (30,7 %) bugungi kund mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Koʼp yillar mobaynid oʼtkazilgan soʼrovnomalarda mehnat faoliyatini olib borayotganlarning barqaror soni kiritilgan (2-jadval). Ishlamaydigan yoshlarning yoshga oid xarakteristikasini tahlil qilib shuni taʼkidlash lozimki, eng koʼp mehnat faolligini 20-29 yoshdagi (45,7%) yosh insonlar amalga oshirmoqdalar. 19 yoshdagi yoshlar va oʼsmirlarning bandlik koʼrsatmalarining biroz pasayganligi koʼzatilmoqda. Soʼrovnoma shuni koʼrsatadiki, yoshlarning mehnat bandligi darajasi taʼlimga bogʼliq. Shunday qilib, soʼrov qilinganlarning 62% oliy maʼlumotga ega va mehnat faoliyati bilan band, oʼrta va oʼrta maxsus maʼlumotga ega mehnat qilayotgan yoshlar 32,5% va 37,7% tashkil qiladilar. Mehnat faoliyatida yoshlarning band boʼlmasliklarining asosiy sabablari quyidagilar: a) maktab, kollej, litseyda oʼqish – 48,7%; b) yosh xotin-qizlarning 17,3% uy xoʼjaligini yuritish va bola tarbiyalash bilan band; v) 14,8% shaxsiy sabablarga koʼra mehnat faoliyati vaqtincha olib bormayotganlarini taʼkidlaganlar. 2017 yildagi tadqiqotlarning natijasiga qaraganda yoshlar faoliyatining asosiy sohalari oʼzgargan. 2018 yilda yoshlarning mehnat faoliyatining asosiy sohalari: biznes, xizmat koʼrsatish, ishlab chiqarish (54,1%), ilm-fan va taʼlim (22,1%). Soʼrovnoma boʼyicha yoshlar olgan maʼlumoti boʼyicha bandlik sohasida ishlaydiganlar koʼrsatkichi pasaygan – 50,6% - 2018 yil, 53,5% - 2017 yil, 46,6% - 2016 yil, 58% - 2015 yil (2-jadval). 2017 yildagi tadqiqotlarning natijasiga koʼra, shahar va qishloq yoshlarining oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlash koʼrsatkichlari deyarli bir xil belgilangan (55,5% va 51,5%). 2018 yilda qishloq aholisining yoshlari – 57,5% oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlash koʼrsatkichi oʼsdi (shahar yoshlari – 44,4%). 92 Genderlik (ayollarning teng huquqliligi) kesimida oʼz mutaxassisliklari bilan band boʼlgan xotin-qizlar yosh erkaklarga nisbatan yuqori (62,7% va 43,4%). “Sizning mehnat bandligingiz oʼz maʼlumotingiz va kasbingiz mutaxassisligiga mos keladimi?” degan savolga hududlar boʼyicha % da javoblarning taqsimoti. Hududlar Javob variantlari Ha, mos keladi Yoʼq, mos kelmaydi Javob berishga qiynalaman 2017 2018 2017 2018 2017 2018 Jami 53,5 45,5 38,1 54,5 8,4 - Toshkent shahri 48,0 37,5 36,0 58,3 16,0 4,2 Qoraqalpogʼiston Respublikasi 81,7 53,4 18,3 33,3 - 13,3 Аndijon 62,2 51,9 32,4 44,4 5,4 3,7 Buxoro 61,1 56,6 11,1 39,1 27,8 4,3 Jizzax 72,2 50,0 22,2 45,5 5,6 4,5 Qashqadaryo 52,0 66,6 32,0 29,2 16,0 4,2 Navoiy 66,7 60,0 33,3 40,0 - - Namangan 43,5 27,0 52,2 73,0 4,3 - Samarqand 46,2 39,2 44,2 54,9 9,6 5,9 Surxandaryo 56,5 100,0 30,4 - 13,0 - Sirdaryo 55,6 81,3 44,4 6,2 - 12,5 Toshkent viloyati 40,6 72,0 56,2 24,0 3,1 4,0 Fargʼona 41,7 36,7 52,8 60,0 5,6 3,3 Xorazm 62,5 50,6 37,5 45,3 - 4,1 Yoshlarning bandligi ularning maʼlumoti va ixtisosliklariga mos kelishi ularning maʼlumoti darajasiga bogʼliq. Soʼrov qilinganlarning katta qismini oliy maʼlumotga ega va oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlaydigan yoshlar tashkil etdi, yaʼni 82,3% (2017 yil 92,1%, 2016 yil- 89,1%). Oʼrta (36,6%) va oʼrta maxsus (45,8%) maʼlumotga ega yoshlarda ushbu koʼrsatkich ancha past. Soʼrovnomaning natijasiga koʼra yosh oʼzbekistonliklar avvalgidek ishdagi oʼsishga intiladilar. Soʼrov qilinganlarning yarimdan koʼpi, yaʼni 53,6% (2017 yil 57,2%) ishda martabaga erishishni xohlashlarini bildirganlar, soʼrov qilingan yosh oʼzbekistonliklarning 27,8% inkor javobini berganlar (2017 yil 24,9%). Shahar yoshlari (61,8%) qishloq yoshlariga (44,4%) nisbatan ishda martabaga koʼproq intiladilar. Jinsiy yosh kesimida 2018 yil yoshlarda ishda martabaga intilish koʼrsatkichi tenglashgan. Tadqiqotlarning oldingi natijalaribilan solishtirganda, yosh qizlarning ishdagi martabaga erishishda faollikning oʼsganligi koʼzatilyapti. 93 Taʼlim kesimida – kelajakdagi martaba koʼproq oliy maʼlumotga ega yoshlarni jalb qiladi, yaʼni 71,0% (2017 yil 76,3% va 2016 yil 87,2%). Soʼrovnomaga koʼra, koʼra qilinganlarning 32,1% ishda martabaga erishishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Soʼrov qilingan yosh insonlar qariyb yarmi ishda oʼsishda muammolarga duch kelmaydilar. Qishloq yoshlariga qaraganda shaharda yashovchilar martaba zinapoyasida koʼproq oldinlab ketadilar (38,2% va 22,5%). Soʼrovnomada asosan oʼrta va oʼrta maxsus maʼlumotga ega yoshlar ishda oʼsishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Yoshlarning ishda martabaga intilishi oʼzlarining kasbiy malakalarini oshirishda namoyon boʼladi. Shunday qilib, soʼrov qilinganlarning yarmidan koʼpi, yaʼni 52,7% oʼz mutaxassisliklari boʼyicha bilimlarini tizimli ravishda yangilab borishga intiladilar (2017 yil 58,6%, 2016 yil 57,6%). Yigitlarga qaraganda yosh xotin-qizlar oʼz malakalarini oshirishga koʼproq intiladilar (58,7% va 49,1%). Taʼlim kesimida oliy maʼlumotga ega – 83,8% yoshlar oʼz malakalarini faol ravishda oshiradilar (2017 yil 81,6%, 2016 yil 87,3%). Ushbu soʼrovnomaga koʼra, soʼrov qilinganlarning 38,2% oʼz mutaxassisliklari boʼyicha malaka oshirishni ishtashlarini bildirganlar. Ishlab chiqarishning funktsiyalari va vazifalarida kadrlar tayyorlash boʼyicha Milliy dasturdan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash tizimi quyidagilar bilan taʼriflanadi: - turli daraja va malakaga ega mutaxassislarga ehtiyoj shakllanadi; - uzluksiz taʼlim tizimiga taʼsir koʼrsatadi, uning tarkibida mavjud taʼlim, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boʼlgan moddiy-texnik, moddiy, kadrlarga oid va boshqa manbalarni taqdim etadi; taʼsis etuvchi (tuzuvchi), vasiy, donor, hamkor sifatida ham alohida mutaxassis va guruhlarning, ham har xil turdagi va darajadagi taʼlim muassasalarining maqsadli tayyorgarligini moliyaviy tomondan taʼminlashda ishtirok etadi; - turli shakllarda (vaqtinchalik ijodiy jamoalar, taʼlimiy-ilmiy ishlab chiqarish komplekslar, markazlar, texnoparklar, texnopoliklar) taʼlim bilan ilm- fanning oʼzaro bogʼliqligini rivojlantiradi. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarishning rolini kuchaytirish qoʼyidagi yoʼllar bilan taʼminlanadi: - xususan ishlab chiqarish amaliyotida, korxonlarda ishlab chiqarish mehnati bilan taʼlimning birlashishi asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; - kadrlar tayyorlashda va hamkorlikdagi ilmiy-texnologik ishlanmalarni oʼtkazishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; - mehnat jamoalarida oʼquvchilarni tarbiyalash (mehnatga oid, ahloqiy va jismoniy tarbiya); - ishlab chiqarish ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnika va texnologiyalarni rivojlantirishdagi yangi yoʼnalishlar boʼyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish amalga oshiriladi; 94 - ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologik muammolarini yechish uchun OTMlarning va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb qiladi; - bevosita ishlab chiqarishda ilgari texnologiyalar sohasida pedagogik kadrlarning malakasini tizimli oshirish; - taʼlim jarayoniga va pedagogik faoliyatga yuqori malakali kadrlarni jalb etish; - ishlab chiqarish malakasini oʼtash uchun taʼlim oluvchilarni ish joyi bilan taʼminlash; - birlashgan taʼlim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparaturalar va asboblar bilan jihozlash. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim asoslari quyidagilar: - demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish yoʼlida respublikaning jadallik bilan siljishi; - davlat iqtisodiyotida keskin oʼzgarishlarni amalga oshirish, respublika xoʼjaligini asosan xom-ashyo yoʼnalishidan yakuniy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga aylantirish, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish; - shaxs qiziqishlari ustunligini va davlat ijtimoiy siyosatidagi oʼzgarishlarni tasdiqlash; - milliy oʼzlikni anglashning oʼsishi, vatanparvarlikning shakllanishi, oʼz vataniga nisbatan faxr hissining yuzaga kelishi, milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga, xalqning intellektual merosiga boʼlgan hurmat; - Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatiga qoʼshilishi, dunyoda respublikamizning pozitsiyasini va mavqeini mustahkamlash. Ijtimoiy – mehnat sohasida davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlarini hisobga olgan holda, hudud rivoji natijalarini aniqlab beradigan omillar sifatida mehnat bozori samarali ishlashining metodologik holati quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: - teng mehnat uchun moddiy mukofotning teng sharoitlarini yaratish; - mehnatga layoqatli aholining barcha guruhlarini ijtimoiy himoya qilish tizimining kafolati asosida aholi – hayot taʼminotini shakllantirishning va rivojlantirishning sifatli strategiyalarini ilgari surish; - mehnat bozori rivojini rejalashtirish jarayonlarga, yaʼni omillarning taʼsiriga, yuzaga kelgan tendentsiyalarga (intilishlarga) bogʼliq holda korrektirovkali (toʼgʼrilash) interfaol rejalashtirishga yoʼnaltiriladi. - mehnat bozori ishlashining samaradorligi aholining hayot darajasi va sifatining muqobil-boshqaruv kursatkichlari bilan baholanadi. Shuni taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy mehnat bozori sharoitida OTM bitiruvchilarining kasbiy koʼnikmalarini takomillashtirish jarayonida “Muvaffaqiyat kunlari” yoki “Boʼsh ish oʼrinlar yarmarkasi” oʼtkaziladi, u yerda talabalar ish beruvchilar va ularning nomzodlarga qoʼyadigan talablari, mavjud ish oʼrinlari bilan tanishadilar. 95 Oʼzbekiston Respublikasida OTM bitiruvchilarining mehnat bozori infrastrukturasini tashkillashtirish shakllari bu bitiruvchilarning mehnat orientatsiyasi va ularning ishga joylashishiga koʼmaklashish boʼyicha maxsus xizmatlarni tashkil etish, shuningdek ish beruvchilar maʼlum talabi boʼyicha oʼqitilayotgan fanlarni tanlash va ularning mazmuni nuqtai nazardan oʼquv jarayoniga qoʼshilish kabilardir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling