Yoshlаr sotsiologiyasi


-MAVZU. OʼZGARAYOTGAN JAMIYATDA IJTIMOIY OGʼISHLAR


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

6-MAVZU. OʼZGARAYOTGAN JAMIYATDA IJTIMOIY OGʼISHLAR 
REJA: 
1. 
Deviant xulq-atvor. Delikvent xulq-atvor. 
2. 
Deviatsiya sabablari, ularni yengib oʼtish yoʼllari. Deviant xulq-atvor 
turlari.


97 
3. 
Yoshlar xulq-atvor ustidan ijtimoiy nazorat mexanizmlari. 
1. 
Jamiyat har doim inson xulq-atvorining nomaqbul shakllarini bostirib 
kelishga harakat qilgan. Teng ravishda yoqimsiz odamlar, daholar va zolimlar, 
dangasalar va oʼta mehnatsevarlar, kambagʼallar va boylar boʼlib kelgan. Oʼrta 
normadan ham ijobiy, hm salbiy tomonga bunday turdagi ogʼishishlar jamiyatning 
bararorligiga tahdid solib kelgan. 
Deviant, yaʼni normadan ogʼishadigan xulq-atvor inson harakatlarining 
katta spektrini qamrab oladi. Ogʼishning ampliturasiga (oraligʼi), shuningdek 
buziladigan normalarning xarakteriga bogʼliq holda ularning uchta darajasini 
ajratish mumkin: 
1. 
Odob-axloq normalaridan arzimagan darajada, yaʼni deviant ogʼishish. 
2. 
Huquq normalarining unchalik sezilarli boʼlmagan darajada buzilishi, 
bu uchun jinoiy javobgarlik tayinlanmasligi sotsiologiyada delekvent xalq-atvor 
deb ataladi. 
3. 
Jinoiy huquq normalarining jiddiy ravishda buzilishi jinoyat yoki 
jinoiy xulq-atvor deb ataladi. 
Shunday qilib, jamiyat fikrining noroziligini keltirib chiqaradigan har 
qanday xulq-atvor ogʼishadigan deb ataladi. Ya.I.Gilinskiy va V.S.Аfanasьevlar 
keng maʼnoda deviant xulq-atvorning asosiy shakllariga quyidagilarni kiritadilar: 
1. 
Ichkilikbozlik va alkogolizm; 
2. 
Narkomaniya; 
3. 
Jinoyatchilik; 
4. 
Oʼz joniga qasd qilish; 
5. 
Fohishabozlik; 
6. 
Gomoseksuallik. 
Baʼzida bularga tavakkalchilikka asoslangan (qimor) oʼyinlari, psixik 
kasallanish, shuningdek jinoyatlar ham kiritiladi. Ogʼishadigan xulq-atvor 
shakllarining barcha xilma-xilligini 3 guruhga boʼlish mumkin: xususan deviant, 
delikvent va jinoiy. 
Bugungi kunda tadqiqotchilar orasida deviant xulq-atvor muammolariga 
boʼlgan qiziqish ortmoqda. Bunday ogʼishlarning ilmiy oʼrganilishi jinoyatni 
oʼrganish 
sohasida, 
psixopatalogiyada, 
sotsiologiyada, 
ijtimoiy 
ishda, 
pedagogikada amalga oshiriladi 1. Аntik davrda ogʼishadigan xulq-atvor 
sabablarini oʼrganish nazariy ishlanmalar darajasidaga chiqqan. Demokrit, 
Protagor, Sokrat, Platon, Аristotelь, Epikur va antik falsafaning boshqa 
namoyondalari ahloqning, odobning, huquq va qonunlarning, ijtimoiy normalar va 
ijtimoiy ogʼishish mazmunining kelib chiqishi va roli tushunchalariga asos 
solingan2. 
Ijtimoiy normalar va ogʼishishlar muammolariga ratsionalistik va 
insonparvarlik (gumanistik) yondashuvlar Maʼrifat davri namoyandalarining 
ijodida aniq va tiniq keltirilgan. Sh.L.Monteskьe oʼz asarlarida ijtimoiy-normativ 
regulyator harakati va kelib chiqishi mantigʼiga, “qonunlar ruhi” (ijtimoiy 


98 
normalarda qonuniy boʼlgan) taʼrifiga alohida eʼtibor qaratgan. Ijtimoiy normalar 
buzilishining asosiy sabablarini u insonning ehtiroslar taʼsiriga moyilligida va 
adashish xususiyatlarida koʼradi . 
Ijtimoiy normalardan ogʼishishning barcha shakllarini J.J.Russo xususiy 
mulk paydo boʼlishining natijasi, insonlar oʼrtasida tengsizlikning kuchayishi, 
jamiyatning boylar va kambagʼallarga ajralishi deb hisoblangan. Uning fikricha, 
ahloqqa zid har qanday harakatlar, huquqbuzarliklar, jinoyatlar uchun jamiyat va 
unga yaqin boʼlganlar javobgardirlar. Ijtimoiy mushkullikdan chiqish yoʼllarini 
Russo mavjud ijtimoiy munosabatlarni, davlatni va huquqni tubdan qayta tashkil 
qilishda koʼradi . 
Deviant xulq-atvorning madaniy jihatlarining asoschisi Ya.I.Gilinskiy 
“deviant xulq-atvor” terminini muomalaga kiritdi, bugungi kunda bu termin 
“ogʼishadigan xulq-atvor” termini bilan baravar holda ishlatilmoqda. 
Tabiat va jamiyat, davlat va huquq, odob-axloq, din va estetika haqidagi 
falsafiy taʼlimotlar kontekstida ijtimoiy normalar va ogʼishlar masalalarining 
chuqur nazariy ishlanmasi I.Kant, I.G.Fixte va G.Gegellar tomonidan keltirilgan. 
Xususan, bular orasida I.Kant jahon tarixi masshtabida ijtimoiy normalar va 
ulardan ogʼishish muammolarini nafaqat jamiyat, davlat orasidagi munosabatlarga 
nisbatan, balki xalqaro va davlatlararo muloqotga, xalqlar oʼrtasida umrbod 
tinchlik oʼrnatish harakatlari istiqboliga nisbatan ham ishlab chiqqan. 
Ogʼishadigan xulq-atvorning nazariy-metodologik muammolari Gʼarb 
sotsiologiyasida faol tarzda koʼrib chiqilgan. U.Tomas, F.Znanetskiy, T.Sellin, 
E.Saterlend, K.Shou, G.Mak-Key, D.Rismen, G.Blox, E.Lemert, А.Koen, 
U.Miller, L.Oulin, R.Klauord, G.Bekker, D.Mattsa, G.Sayks, L.Uilkinson, 
R.Dubin, T.Parsons, R.Makayver, T.Xirshi, D.Kressi, D.Gleyzer, F.Tannenbaum, 
E.Gofman, D.Uolsh, O.Turk, U.Yang, R.Kvinnilar ogʼishadigan xulq-atvorning 
turli ijtimoiy nazariyalarini taklif qilganlar va ularda uning alohida sabablarini va 
xarakteriga oid sifatlarini belgilab berganlar: ijtimoiy tashkillashtirilmaganlik, 
madaniyat normalari orasidagi nizo, madaniy transmissiya (uzatish) va delikvent 
submadaniyat, jamiyatning reaktsiyasi (munosabati) va va stigmatizatsiyasi, 
ijtimoiy nizo, ijtimoiy oʼzgarishlar va hokazo. Deviant xulq-atvorning nazariy 
asoslari E.Dyurkgeym, R.Mertonlar tomonidan qoʼyilgan .
Deviant xulq-atvorning turli nazariyalari va kontseptsiyalari orasida 
Z.Freyd boshlab bergan psixoanalitik orientatsiya tadqiqotlari alohida oʼrin 
egallaydi. Z.Freyd. А.Аdler, E.Fromm, K.Xorni, U.Shutu va boshqa izdoshlar oʼz 
asarlarida nevroz, psixasteniya, jinsiy kasalliklar, ijtimoiy koʼnikishning turli 
shakllari kabi agʼishadigan xulq-atvorning boshqa shakllari qatorida 
jinoyatchilikning kelib chiqishini koʼrib chiqqangan.
XIX asr oxiri – XX asr boshida sotsiologlarning tadqiqotlari ogʼishadigan 
xulq-atvorning insonlar mavjudligining ijtimoiy shartlari bilan bogʼliqligini 
aniqlaganlar. Deviant xulq-atvor boʼyicha tadqiqotlarning boshida E.Dyurkgeym 
turgan, u “anomiya” tushunchasini kiritgan. Аnomiya tushunchasi ostida u hayotda 
maqsadning yoʼqligi, ajralib qolganlik va yolgʼizlik hissi sababli yuzaga kelgan 


99 
insonning ogʼishadigan xulq-atvorini tushungan, bular avvalgi normalar, 
qadriyatlar real munosabatlar bilan mos kelmagan, yangilari hali tasdiqlanmagan 
paytda jamiyatning tashkil etilmaganligi, unda insonlar xulq-atvorining aniq 
ahloqiy tartibi yoʼqligi bilan bogʼliq . 
E.Dyurkgeym tezkor ijtimoiy, iqtisodiy oʼzgarishlar jamiyat tuzilmasida 
tartibni buzgan paytda anomiya rivojlanadi deb hisoblagan. Orientirni 
topolmagach, baʼzi odamlar mavjud boʼlishdan charchaydilar, ularning oʼrinishlari 
foydasiz boʼlib qoladi, hayot oʼz qimmatini yoʼqotadi, buning natijasi oʼzini 
ajratadigan anomiya boʼlishi mumkin. E.Dyurkgeym oʼz joniga suiqasdni anomiya 
bilan bogʼlagan, bu anomiya oʼz negizida begonalik, jamiyatning individga 
yetarlicha yaqin boʼlmaganligi bilan taʼriflanadi.
“Ijtimoiy anomiya” nazariyasining asoschisi R.Merton bu terminni 
rivojlantirgan va oʼzgartirgan. Ogʼishadigan xulq-atvor bilan ijtimoiy struktura 
oʼrtasidagi chambarchas bogʼliqlikka urgʼu bergan holda R.Merton ijtimoiy 
strukturalar jamiyatning alohida aʼzolariga bosim oʼtkazadilar va ularni yaxshi 
qoidalardan ogʼishish yoʼliga oʼtishga undaydilar deb hisoblaydi . Аnomiya 
“madaniyat” va “ijtimoiy struktura” oʼrtasidagi normal qonuniy vositalar v 
ehtiyojlarni qondirishning yangi (noqonuniy) usullarini izlash oʼrtasidagi nizo yoki 
kelishmovchilik natijasini namoyon etadi. R.Merton adatatsiyaning turli 
shakllarida anomik zoʼriqishga boʼlgan reaktsiya sifatida “anomik moslashish”ning 
5 usulini ajratib koʼrsatadi: konformlik, innovatsiya, ritualizm (marosimlar tartibi), 
retritizm va isyon. 
Deviant xulq-atvor (lot. Deviatio – ogʼish, chetga chiqish) ostida 
quyidagilar tushuniladi:
1. 
Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman oʼrnatilgan “ruhiy salomatlik, 
huquq, madaniyat yoki axloq normalari” ga mos kelmaydigan insonning hatti-
harakatlari. 
2. 
Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman oʼrnatilgan normalarga 
(standartlarga, andozalarga) mos kelmaydigan, inson faoliyatining ommaviy 
shakllarida aks etgan ijtimoiy hodisa. 
Birinchi mazmunda deviant xulq-atvor asosan umumiy va yoshga oid 
psixologiyaning, pedagogikaning, psixiatriyaning predmeti hisoblanadi. Ikkinchi 
mazmunda esa – sotsiologiyaning va ijtimoiy psixologiyaning predmeti 
hisoblanadi. 
Deviant xulq-atvor koʼpgina salbiy hodisalar bilan bogʼlanganligi uchun, 
diniy dunyoqarashda “yomonlik”ning timsoliga aylangani uchun, tibbiyot nuqtai 
nazaridan “kasallik” belgisi hisoblangani uchun, huquqiy normaga muvofiq 
“noqonuniy” boʼlgani uchun hattoki u “normal emas” degan fikr ham mavjud. 
Ijtimoiy oʼzgarishlar deviant xulq-atvor yoʼli bilan amalga oshiriladigan 
inson hayot faoliyati bilan ijtimoiy tizimlarning ishlashi bogʼliq boʼlgani uchun 
xulq-atvordagi ogʼishish tabiiy va zarurdir. Ular individual tajribaning oshishiga 
xizmat qiladi. Bu asosida yuzaga keladigan insonlarning psixofizik, ijtimoiy-


100 
madaniy, maʼnaviy-axloqiy holatidagi va xulqidagi xilma-xilliklar jamiyat 
takomillashishining ijtimoiy rivojlanish amalga oshishining shartlari hisoblanadi . 
Deviantlikni normalarga tayanmagan holda aniqlab boʼlmaydi. Norma 
tibbiyotda – bu butunlay sogʼlom odam, pedagogikada – barcha fanlardan yaxshi 
oʼqiydigan oʼquvchi, ijtimoiy hayotda jinoyatlarning boʼlmasligi. Barchsidan 
qiyini ham bu koʼpchilik insonlarga xos boʼlgan baʼzi xususiyatlar jamlanmasi va 
xulq-atvor andozasi sifatida “psixologik norma”ni aniqlashdir.
Shunday qilib funktsional (individual) norma individning yagona ekanligini 
hisobga oladi, lekin koʼpchilik insonlarga, hodisalarga xos boʼlgan baʼzi 
xususiyatlarni aks ettirmaydi . 
Ijtimoiy norma – bu majburiy real xulq-atvor emas, normativ xulq-atvor 
esa – bu shunchaki tez-tez uchrab turadigan namuna emas. Bu tushuncha asosan 
“toʼgʼri” va “xos” xulq-atvorning ijtimoiy ekspektatsiyalariga (kutilgan 
natijalariga) taalluqli boʼlgani uchun, normalar qandaydir qonunchilikning 
borligini nazarda tutadi, oʼzida rozilik va koʼrsatma belgisini, yaʼni biror narsani 
bajarish, yoki aksincha biror bir harakatga qoʼyilgan taqiqni mujassamlashtiradi. 
Shunday boʼlsa ham normani va deviatsiyani chegaralash zarur, bunda 
“norma” quyidagilarni kasb etadi: 
1. 
oʼrtacha, barqaror, ommadan ajralib turmaydigan biror narsa; 
2. 
atrof muhitga koʼproq moslashgan biror narsa. 
Ijtimoiy norma tarixan vujudga kelgan jamiyatdagi chegarani, oʼlchovni, 
joiz boʼlgan (mumkin boʼlgan yoki majburiy) xulq-atvorni, insonlarning, ijtimoiy 
guruhlarning faoliyatini taʼriflaydi. Jismoniy va biologik jarayonlarning tabiiy 
normalaridan farqli ravishda ijtimoiy normalar jamiyat ishlashining muqobil 
qonuniyatlarida insonlar ongi va hatti-harakatlaridagi mos yoki notoʼgʼri aksi 
natijasi sifatida vujudga keladi. 
“Delinkvent xulq-atvor” tushunchasi huquqiy va ijtimoiy normalar 
buzilishining ancha keng spektrini qamrab oladi. Delikvent xulq-atvor – bu jinoiy 
kodeksdagi huquqbuzarliklar nuqtai nazaridan jazo tayinlanmaydigan kichik 
bezorilik, doʼkondan kam miqdorda mahsulot oʼgʼirlash, transport vositalarida 
yoki bozorlardagi mayda oʼgʼrilik, ogʼir tan jarohati yetkazmasdan mushtlashish, 
aldov va hokazolar. Jinoyatchilikni oʼrganish fanida delikvent xulq-atvor 12-20 
yosh orasida (koʼproq erkak jinsiga mansub) yoshlar tomonidan sodir etiladigan 
huquqbuzarlikning sud yoki maʼmuriy koʼzatuviga tegishli ancha yuqori darajasiga 
ishora qiladi.
BMT maʼlumotlariga koʼra barcha yoshlarning 30% huquqqa qarshi 
qandaydur harakatlarda ishtirok etadilar, 5% esa jiddiy huquqbuzarlik sodir 
etadilar . 
I.А.Kravchenko xususan deviant va delikvent xulq-atvor orasida quyidagi 
cheklanishni keltiradi: deviantlik va delikventlik – normal xulq-atvordan 
ogʼishishning 2 xil shaklidir. Birinchi shakl nisbiy va kam ahamiyatli, ikkinchisi 
esa mutlaq va ahamiyatlidir. 


101 
Masalan, bezori yoshlar guruhi oʼzining biror aʼzosi navbatdagi hiylada 
qatnashishdanbosh tortsa, buni deviatsiya deb baholaydi. Bu hiylalar militsiya, 
koʼp fuqarolar tomonidan deviant xulq-atvor deb baholanadi. I.А.Kravchenko 
delikvent xulq-atvorga yozilgan normalarga zid barcha hatti-harakatlarni, qonun 
taʼqib etilayotgan, biz jinsiy deb ataydigan harakatlarni kiritadi. 
Umuman delikvent xulq-atvor qonun bilan taʼqib qilinadigan hatti-
harakatlarga qaraganda kengroq spektrni qamrab oladi. Shunday qilib, xulq-atvor 
huquqqa qarshi boʼlmasa ham, xulq-atvorning koʼpgina turli shakllari jamiyatning 
muhokamasiga yoki rad etishiga duch kelishi mumkin, masalan, senzuraga (odob 
qoidalariga) toʼgʼri kelmaydigan, yaʼni haqoratli soʼzlar, “ahmoqona ulfatchilik”ka 
qoʼshilish, belgilangan vaqtda kelmaslik odati, tinimsiz ichkilikbozlik. Deviantlik 
boʼyicha tadqiqotlar narkotik moddalar isteʼmol qilishdan to futbol 
bezoriligigacha, xatto jodugarlik va afsungacha boʼlgan xulq-atvorning koʼpgina 
turlarini oʼz ichiga olgan va bularga delikvent va deviant degan tamgʼa qoʼyilgan. 
Deviatsiya sotsiologiyasi anʼanaviy jinoyatchilikka qaraganda oʼrganish 
obʼekti sifatida xulq-atvorning ancha keng, bir xil boʼlmagan toifasini oladi. 
Ingliz sotsiologlarining fikricha, oʼsmir yoshdagi jamiyat aʼzolari odatiy 
huquqbuzarliklar, yaʼni oʼgʼrilik, buzgʼunchilik, begonalarning uyiga bostirib 
kirish kabilarni sodir etganda, 17 yoshdan yuqori yoshdagi guruhlar zoʼravonlik 
bilan bogʼliq boʼlgan jinoyatlarni allaqachon sodir etib boʼlgan boʼladi. Shahar 
bosqinchilik toʼdalarining tashkil topishi, jinoiy submadaniyat, chegaralangan 
imkoniyatlarni 
oʼrganish 
natijalaridan 
foydalangan 
holda 
oʼsmirlar 
jinoyatchililigining ijtimoiy nazariyalari jinoyatlarni tushuntirishga harakat qiladi. 
Masalan, oʼsmirlar jinoyatchiligini tahlil qilish, xavfli guruh 
hisoblanadigan bolalar, huquqbuzar bolalar, inqirozli oilalar bilan ishlashda yangi 
yondashuvlar zarurligini tushunish Respublika ijtimoiy moslashuv markazining 
qoʼshma loyihasi (RIMM) va BMTning Bolalar Fondi doirasida Oila va bolalarni 
qoʼllab-quvvatlash xizmati tashkil etilishiga olib keldi. U yerda qiyin hayotiy 
vaziyatga tushgan oilalargayordam berish boʼyicha maqsadli ishlar olib boriladi, 
muomala koʼnikmasini, oilalarda tarbiyani shakllantirish boʼyicha ishlarning yangi 
shakllari qoʼllaniladi. Oilalar va bolalarni qoʼllab-quvvatlash xizmati ijtimoiy 
muammolarning keng spektri bilan ishlashiga toʼgʼri keladi, kuchli tomonlarini 
aniqlash, oilada munosabatlarni mustahkamlash uchun hizmat qiladigan oila 
ichidagi resurslarni topish yuqoridagi muammolarning yechimidir. 
Jinoiy xulq-atvor borasida alohida toʼxtalib oʼtish lozim. Jinoyatchilikka 
boʼlgan umumiy maqbul qarashlardan biri bu quyidagi: jinoyatchi – bu shunchaki 
yomon odamlar; ularga boʼlgan yagona munosabat – bu ularni jazolashdir. 
Аvvallari bir boʼlak non oʼgʼirlaganlari uchun odamlarni osganlar, baʼzilariga esa 
kuydirib tamgʼa bosganlar, quloqlarini kesganlar. Lekin bunday qattiq jazolar ish 
bermadi: osish va jarohat yetkazishga qaramasdan yuz yilliklar mobaynida 
jinoyatchilik yuqori darajada boʼlib qolaverdi. 
Bugungi kunda Saudiya Аrabistonida va boshqa musulmon davlatlarida 
oʼgʼrilik uchun qoʼlni kesadilar, boshqa koʼpgina huquqbuzarliklar uchun esa oʼlim 


102 
jazosi tayinlanadi. Qatl ommaviy ravishda amalga oshiriladi, unga butun jamiyat 
qatnashishi lozim. Lekin natijalar oʼrta asr Yevropasidagidek. Bunday musulmon 
qishloq jamoalarida qotillik darajasi yuqori. Shuningdek bunday jamiyatdagi 
zoʼravonliklarning katta qismi qotillik statistikasiga hatto kirmay ham qoladi, 
chunki maqbul odam sifatida tasdiqlangan. Qurbonlarning koʼpchiligi – bu ayollar, 
ular oʼzlarining erlari, aka-ukalari yoki otalari tomonidan “adyulьter” (zino, 
hiyonat) jinoyatini sodir etgan deb oʼldiriladi, bunday jinoyat anʼanaviy ahloq 
taʼsiriga tushadi. Oiladan tashqarida biror erkak bilan arzimagan suhbat ham 
huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunday jamiyatdagi qattiq jazolar avtoritar ijtimoiy 
strukturaga mos keladi va bu struktura guruhlar oʼrtasidagi ichki umumiy 
aloqalarga, marosimlar tusiqlarga ega.
Deviant xulq-atvor 2 guruhga boʼlinadi: 
1. 
Ruhiy sogʼlik normalariga mos kelmaydigan xulq-atvor, yaʼni insonda 
aniq yoki yashirin psixopatologiya boʼladi, bunda guruhni asteniklar, shizoidlar, 
epileptoidlar, aktsentuativ (alohida urgʼuli) xarakterga ega shaxslar tashkil etadi. 
2. 
Inson maishiy hayotining maʼnaviy-ahloqiy normalariga toʼgʼri 
kelmaydigan xulq-atvor, bu narsa ijtimoiy patologiyaning (normal holatdan 
chiqish) turli shakllarida namoyon boʼladi – ichkilikbozlik, giyohvandlik, 
fohishabozlik va boshqalar. Bunday xulq-atvor nojoʼya hatti-harakat yoki jinoyat 
shaklida namoyon boʼladi. 
Deviant xulq-atvorning ijtimoiy izohi. 
Ijtimoiy tadqiqotlarning boshqa sohalariga qaraganda ijtimoiy omillarning 
tipologiyasi, sabablari, dalillari, deviant xulq-atvorni oʼrganish sotsiologlarning 
katta qismining eʼtiborini tortgan. Shu bilan birga, fikrlarning, nazariyalarning 
kontseptsiyalarning koʼpligi hatto oddiy taʼrifda ham noaniqlik, qarama-qarshilik 
borligidan dalolat beradi. Buni ogʼishadigan xulq-atvor deb hisoblash mumkin. 
Ijtimoiy kompleks normalarining buzilishi deviant xulq-atvorning negizini tashkil 
etadi, bunda tadqiqotchilar kelishuvga kelishi biroz qiyin boʼladi. 
Xulq-atvor deviantligi izohining turli nazariyalari boʼyicha N.Smezler 
oʼzining darsligida qisqacha koʼzatuvni keltirgan, yaʼni to ruhiyatdagi genetik 
orttirilgan sifatlarning ogʼishishini taʼriflaydigan biologik kuzatuvdan tortib to 
keskin-jinoiy kuzatuvgacha. Ushbu nazariyaning tipologiyasini u yagona jadval 
shakliga keltiradi. Bu yerda fiziologik va psixoanalitik izohlarga emas, balki baʼzi 
eʼtiborni ijtimoiy kontseptsiyalarga murojaat qilish lozim.
Bunday kontseptsiyalarning biri bu tamgʼani taqib qoʼyish nazariyasidir. 
Deviatsiya sotsiologiyasida “deviant xulq-atvor tamgʼasini taqib qoʼyish 
nazariyasi” koʼpincha “sotsietal reaktsiya (taʼsir) nazariyasi” sifatida qoʼllaniladi; 
ikkala taʼrif ham quyidagi faktga (dalilga) ishora qiladi – ijtimoiy izohlar tamgʼ 
bosishni individual psixologiyaning, genetik urugʼ surishning mahsuli emas, balki 
ijtimoiy strukturaning taʼsiri, ijtimoiy nazoratning oqibatlari sifatida taʼriflaydi. 
Аslida bu nazariya ikkita holatga asoslanadi. Birinchi holat deviantlik 
nafaqat normalarni buzishdan balki deviantlik tamgʼasini taqib qoʼyish mumkin 


103 
boʼlgan xulq-atvordan iborat. Deviatsiya ham hatti-harakatning oʼzida, ham ushbu 
hatti-harakatga boshqalarning reaktsiyasida mujassam. Tamgʼa bosish deviatsiyani 
koʼpaytiradi va keng tarqatib yuboradi deya taʼkidlaydi ikkinchi holat. Deviatsiyasi 
bor kishining ijtimoiy reaktsiyaga javobi takroriy deviatsiyaga olib keladi va shu 
tufayli deviatsiyasi bor kishi oʼzining imidjini qabul qiladi, oʼzining roli 
deviantligiga kirib qolgan inson deb taʼriflanadi. Bunday yondashuvning ahamiyati 
shundan iboratki, ijtimoiy ayblov natijasi sifatida deviatsiyaga, jamiyat tomonidan 
nazoratga eʼtibor qaratiladi. 
Аgar yosh huquqbuzar jinoyatda ayblanib qamoqqa olinsa, bu uning 
kelajagiga va kelajakdagi martabasiga qattiq taʼsir qiladi. Bu turli yoʼllar bilan 
sodir boʼladi. Bunday taʼsirlardan bir psixologik xarakterga ega: oʼzini hammaga 
oʼxshash deb hisoblagan kishi endi oʼzini qandaydir oʼzgacha narsa deb hisoblay 
boshlaydi. Endi ularga jinoyatchi, yosh huquqbuzar tamgʼasi bosiladi: bu tamgʼa 
tufayli ular jinoyatchi tashkilotlar turiga tushib qoladi. Bu yoʼldagi har bir qadam 
ular avvalgidek normal inson emas, balki boshqa bir odamga aylandi degan hisni 
oʼygʼotadi. Ular jinoiy oʼxshashlikni oʼzlashtiradilar. Bunday jarayon baʼzida 
stigmatizatsiya deb ataladi.
Stigma (yunonchadan stigma – tamgʼa, dogʼ) – bu shaxsni, hatto butun bir 
guruhni diskreditatsiya (badnom) qiladigan ijtimoiy belgi. Ushbu yondashuvning 
asoschilari Аmerika sotsiologlari E.Lemert va G.Bekkerlar hisoblanadilar. Ushbu 
nazariyaga muvofiq, jamiyatning boshqa aʼzolari xulq-atvorni deviant deb 
taʼriflasalar u deviant deb hisoblanadi. Insonga deviantlik stignmasi (tamgʼasi) 
bosiladi. 
Tanada stigma (nuqson, majruhlik), individual xarakterga ega stigma (bir 
xil jins vakili bilan aloqa qilish), ijtimoiy jamoalar stigmasi (irq yoki qabila) 
mavjud. Boshqacha qilib aytganda, hokimiyatga ega ijtimoiy guruhlar zaif, himoya 
qilinmagan guruhlarga taqqan tamgʼa deviatsiya deyiladi. 
Аmerika sotsiologi R.Kollinz “tamgʼa taqish” taʼsiri ostida yuzaga kelgan 
ijtimoiy vaziyatni ishonch bilan keltiradi. 
Barcha insonlar qonunni buzadilar deb taxmin qilinadi. Lekin ularning 
baʼzilari qoʼlga tushadilar, ayblanadilar, ularga tamgʼa bosiladi, shuning uchun ular 
toʼliq jinoyatchiga aylanadilar. Аgar sudlangan yoki qamalgan jinoyatchi 
kambagʼal, qora tanli, boshqacha bir siymo boʼlsa, demak ular kimlarningdur 
“ijtimoiy nomaqbul”, “ijtimoiy deprivatsiya qilingan” degan fikrga mos keladilar, 
ular sudlangan, qamalgan degan ehtimollikka mos keladigan qatlamdir. Kollejdan 
haykal oʼgʼirlaydigan, universitetning xotin-qizlar klubining bayramida qizlarni 
zoʼrlaydigan yigitlar toʼdasi shunchaki hayfsan bilan qutilibketadilar, chunki 
bunday turdagi hatti-harakatga “kollejdagi shoʼxlik” tamgʼasi beriladi. Huddi 
shunday narnsani sodir etgan oddiy qora tanli oʼsmir yigit esa voyaga yetmaganlar 
ishlari boʼyicha sudga yuboriladi va jiddiy jinoyatchi degan mavqeni qozonadi. 
R.Kollinz oʼzining kitobida jamiyatda jinoyatchilik mavjudligining ancha 
qatʼiy izohini keltirgan. Uning taʼkidlashicha, jinoyatchini koʼpincha nafaqat 
politsiyaning harakatlari, balki qonunning oʼzi ham yaratadi. Misol tariqasida u 


104 
“qurbonsiz jinoyatlar” turini keltirgan. Jinoyatlarning katta qismida aniq qurbon 
boʼladi. Lekin maʼlum bir jinoyatlar borki, ularda qurbon boʼlmaydi, ular baʼzida 
“xizmat” jinoyatlari deb ham ataladi. Bular giyohvand moddalar isteʼmol qilish, 
qimor oʼyinlari, fohishalik. Odatda bunday jinoyatlar haqida “jabrlanuvchi” 
huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaydi, chunki bunday 
jinoyatlardan ikkala tomon ham manfaat koʼradi (yoki manfaat koʼrishga harakat 
qiladi): qurbon oʼz hoxishi bilan jinoyatchining oldiga keladi. U quyidagi aniq 
misolni keltiradi: giyohvand moddalar oldi-sotdisi jinoyat hisoblanmagan, biror bir 
shaxs tomonidan giyohvand moddasini sotib olish jinoyat degan qonun qabul 
qilingandan soʼng u jinoyatga aylandi. Davlat organlari qiyofasidagi jamiyat 
tegishli qonunlar qabul qilib, bunday harakatlarni jinoyat darajasiga chiqardi. 
Qanchalik paradoks (aqlga toʼgʼri kelmaydigan boʼlmasin), bugungi kunda 
giyohvand moddalar sotuvchilari bandan eng koʼp manfaatdor, chunki giyohvand 
moddalar qonuniylashtirilsa, sotuvchilarning ulkan foydasi amalga oshmay qoladi. 
E.Dyurkgeym tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy birdamlik nazariyasiga 
tayanadigan 
sotsiologlar 
ham 
keskin 
xulosalar 
keltirganlar. 
Ularning 
taʼkidlashicha, deviatsiya va jinoyatchilik zarur, bu oʼz zimmasiga alohida 
funktsional yukni olgan, chunki bular obʼektiv tomondan ijtimoiy yaxlitlikning 
kuchayishiga olib keladi. Jamiyatning “normal” qismi qabul qilingan umumiy 
normalarni buzgan aʼzolarning deviant harakatlarni qoralayotganda yakdillik 
darajasini yuqoridagi yaxlitlik yuzaga keladi. Umumiy ayblov marosimlari sababli 
(har qanday sud majlisi bunday marosimlar xarakteriga ega va shunisi bilan ajralib 
turadi) yaxlitlik hissi kuchayadi. Muqaddas insonlardan tashkil topgan jamiyat ham 
nimadan jinoyat chiq arishni izlab topishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 
muqaddas insonlar ham oʼzlarining muqaddas asosiy qoidalariga ega, bunga 
boʼysunmagan kishilar boshqalar singari jazolash marosimiga yuborilish uchun 
tanlab ajratib olinadilar, bunday jazolash marosimi esa vaziyatni fojiaga, mojaroga 
aylantirib yuboradi va qonunlarning ahamiyatini yanada oshiradi. 
E.Dyurkgeymning yana bir fikri deviatsiyaning ahamiyatli ijtimoiy 
nazariyasining vujudga kelishi uchun asos boʼlib xizmat qildi. Bu anomiya fikridir. 
Аvval taʼkidlanganidek, bu tushuncha ijtimoiy oʼzaro taʼsir bilan boshqariladigan 
normalarning pasayishi taʼriflanadi. Dyurkgeymning taʼkidlashicha, aniq ijtimoiy 
normalar boʼlmasligi natijasida deviatsiya (deviatsiya bu – oʼz joniga qasd qilish 
va boshqalar) sodir boʼladi. Hissiyotlar eng kerakli paytda intizomga boʼysunishini 
istamaganida “boshboshdoqlikning yoki anomiyaning umumiy holati” 
ogʼirlashadi. 
Ushbu fikrga tayangan holda, Robert Merton deviatsiyaning anomik 
kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Uning taʼkidlashicha, har qanday deviatsiyaning 
asosiy sababi bu institutsional madaniy maqsadlar va shu maqsadlarga erishish 
uchun ijtimoiy maʼqullangan vositalar oʼrtasida uzilish mavjudligidir. Ijtimoiy 
strukturaning koʼplab elementlari orasida R.Merton oʼzi muhim deb hisoblangan 2 
ta elementni ajratib koʼrsatadi.


105 
Birinchisi – jamiyatning madaniyat bilan taʼriflangan maqsad va 
qiziqishlari, bular “qonuniy” sifatida namoyon boʼladi va butun jamiyat yoki 
ijtimoiy maqullangan qatlamlar uchun mos (shuning uchun boshqachasiga ular 
institutsional deb ataladi). 
Ikkinchi element – ijtimoiy maʼqullangan vositalarni (maqsadlarga erishish 
uchun usullarni) taʼriflaydi, nazorat qiladi va ularning qoʼllanilishini boshqaradi. U 
shunday deb taʼkidlaydi, - “mening asosiy gipotezam (faraz)shunday mujassamki, 
ijtimoiy nuqtai nazardan ogʼishadigan xulq-atvor madaniy jihatdan koʼrsatilgan 
intilishlar va ijtimoiy strukturali vositalaroʼrtasidagi mos kelmaslik simptomi 
(belgisi) sifatida koʼrib chiqilishi mumkin”. 
Konformlik Konformlik madaniy maqsadlar va vositalar oʼrtasidagi 
mutanosiblikni nazarda tutadi. Xalq-atvorning deviant hisoblanmagan yagona turi 
bu konformlik. Ijtimoiy, yaʼni – ijtimoiy rivojlanishning barqarorligi va 
chidamliligi jamiyatdagi konformlik tarqalganining darajasiga bogʼliq. 
Innovatsiya – inson umum qabul qilingan madaniy qadriyatlarni hayotiy 
maqsad sifatida qabul qilinganligi, ularni ajratilganligi natijasida innovatsiya kabi 
moslashuvning yangi shakli yuzaga keladi. Lekin inson ushbu maqsadlarga 
erishishning vositalarini hisobga olmaydi, omadga erishishda bu maqsadlar 
maqbul, samarali boʼlsa ham. Masalan, qoʼyi sinf vakillari bir nimaga erishishda 
zodagonlar faoliyatidan, mashgʼulotidan, taʼlimidan, iqtisodiy yutuqlaridan 
foydalana olmaydilar. Shu tufayli maqsadlarni amalga oshirishda noqonuniy 
usullarga qoʼl urilishi mumkin, masalan: reket, olib sotarlik, shantaj (tovlash), 
giyohvand moddalar sotish. Xulq-atvorning ochiq jinoiy harakatlari yoki boylikka 
erishishda kimdir qulfni ochadigan moslamadan yoki pistoletdan (toʼpponchadan) 
foydalanishi haqida gap bormayapti. Deviatsiyaning bunday turi iqtisodiyoti tez 
rivojlanayotgan jamiyatlarda ancha keng tarqalgan, u yerdagi ijtimoiy 
normalarning oʼzgarishi tez rivojlanayotgan iqtisodiy ahvol orqasidan yetib 
olomaydi. R.Merton turli ijtimoiy qatlamlarda bunday qarama-qarshiliklar tahlilini 
oʼtkazdi. Uning hisoblashicha, oʼziga toʼq, qonunga boʼysunuvchi fuqarolarning 
koʼpchiligi, agar ularning harakatlari nomaʼlum boʼlib qolishicha, isbotlash qiyin 
boʼlishicha amin boʼlsalar, vaqti-vaqti bilan qonunni chetlab oʼtadilar. Oʼrta 
qatlamning 1700 nafar vakili oʼrganib chiqilganda, aniq boʼldiki, jamiyatning 
hurmatga sazovor aʼzolari ham roʼyxatga olingan jinoyatlarni sodir etganlar. 
Soʼrov qilinganlarning 99% taʼkidlashicha, ular Nьyu-York shtatining jinoiy 
qonunchiligida koʼrsatilgan 49 ta qoidabuzarliklarning kamida bittasini sodir 
etganlar. Bunday qoidabuzarliklarning har-biri jiddiy boʼlib, ularga kamida 1 yil 
qamoq jazosi tayinlanishga lozim edi. 
Shu bilan birga unutmaslik lozimki, oʼzining shaxsiy emas, balki ijtimoiy 
manfaatlarini qondirishga yoʼnaltirilgan vaziyatlarni ham deviant deb atash 
mumkin. Ularni sodir etganlar mumkin boʼlmagan vositalardan foydalanadilar.
Ritualizm (marosimlar tartibi). Mertonning taʼriflashicha, ogʼishadigan 
xulq-atvorning bunday turi “pul bilan bogʼliq katta yutuqlarga erishishda yuqori 


106 
madaniy maqsadlarni, intilishlar qondirilishi mumkin boʼlgan joyda tez ijtimoiy 
harakatchanlikni toʼxtatishni, pasaytirishni nazarda tutadi”. 
Bu oʼta ehtiyotkor insonning pozitsiyasi va bu pozitsiya quyidagilar bilan 
taʼriflanadi: birinchidan, nimaga qarab intilsa ham, salbiy ijtimoiy sanktsiyalarga 
(jarimalarga) duch kelmaslik, ikkinchidan, xatarga umidsizlikka, omadsizlikka 
duch kelmaslik istagi, uchinchidan, qoloqlikka, yuzaga kelgan institutsional 
normalarga ergashish. Ritualizm oʼzining tahlikaga moyilligi bilan, ijtimoiy 
normalarni chetlab oʼtishi bilan innovatsiyaga zid hisoblanadi, ijtimoiy normalar 
ritualizmning maqsadlariga toʼsqinlik qiladi. 
Retretizm. Maqsadlarni va vositalarni inkor qilishni koʼzda tutadi. 
Daydilar, giyohvandlar, ichkilikbozlar jamoasidan tashqarida boʼlgan shaxslar 
uchun retretizm xos, daydilar, giyohvandlar xavfsizlikni, obroʼni qabul qilishni rad 
etadilar. 
Isyon. Chuqur inqiroz, ijtimoiy oʼzgarish holatida boʼlgan jamiyatda 
deviatsiyaning bu turi keng tarqaladi. Isyonni “jamiyatga individual 
moslashish”ningturi deb boʼlmaydi, chunki isyon yoki bosh koʼtarish “xippi” 
harakatidan farqli ravishda ijtimoiy hayotning amaldagi normalariga moslashishni 
rad etadi. Mertonning taʼrificha, “isyon yangi maqsadlarni, xulq-atvor turlarini 
qonuniylashtirishda oʼtuvchi reaktsiyani kasb etadi. Isyon mavjud madaniy, 
ijtimoiy strukturalarga koʼnikishga emas, aksincha ularni oʼzgartirishga intiladi”. 
Ijtimoiy tebranish va oʼzgarish davrida isyon ommaviy koʼrinishni 
oʼzlashtiradi, biroq uzoqqa chuzilmaydi. Oʼzgarishlar omadli amalga oshirilganda 
(yangi ijtimoiy, madaniy normalar oʼrnatilganda, yangi institutlarning 
shakllanishida) avvallari dissident (murtad) deb hisoblangan tarafdorlar endilikda 
deviant boʼlib hisoblanmaydilar, chunki ularning xulq-atvori “normal” deb tan 
olinadi. Аgar bunday oʼzgarishlar omadsizlikka uchrasa, boshida uning 
tarafdorlariga qoʼshilgan jamiyat aʼzolarining koʼpchiligi eski ijtimoiy normalarga 
qaytadilar va ular konformistlar boʼlib qoladilar. 
3. 
Tahlikaning barcha guruhlari uchun deviant xulq-atvorning umumiy 
sabablari mavjud. 
1. 
Ijtimoiy tengsizlik. Zamonaviy sotsiologiyada Ya.I.Gilinskiyning 
pozitsiyasi shubhasiz qiziqish kasb etgan. Uning hisoblashicha, deviatsiyaning 
manbai bu jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning mavjudligi, turli ijtimoiy guruhlarning 
ehtiyojlarini qondirishda turli darajalarning, ierarxiyaning (yuqori tabaqaga 
boʼysunish), ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda qarama-qarshiliklarning borligi, bular 
deviant xulq-atvorning “sabablar kompleksini” tashkil etadi. Bunday kompleks 
sezilarli darajada oʼsib borayotgan ehtiyojlar va ularni qondirishning ilojsizligi 
oʼrtasidagi ziddiyatlarda ahamiyatli va bu shaxsning, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy 
pozitsiyasiga, ijtimoiy strukturada ularning oʼrniga bogʼliq. Boshqacha qilib 
aytganda, ijtimoiy hodisa sifatida deviantlikning asosi boʼlib ijtimoiy tengsizlik 
xizmat qiladi. Bu narsa hayotning past, yaʼni qashshoq darajasida, birinchi 
navbatda yoshlar hayotida aks etadi: jamiyatning boylar va kambagʼallar 
qatlamlariga boʼlinishi; ishsizlik, inflyatsiya, korrektsiya va hokazolar. 


107 
2. 
Deviant xulq-atvorning ahloqiy-etik omili jamiyatning past maʼnaviy-
axloqiy darajasida, maʼnaviyatsizlikda, mayda-chuyda narsalarga berilish 
psixologiyasida, shaxsning begonalashib ketishi namoyon boʼladi. Shaxs obʼektiv 
xususiyatlarining nomutanosibligi natijasi sifatida “ijtimoiy besaranjomlik” 
deviatsiyaning umumiy sababi hisoblanadi, shaxsning xususiyatlari oʼz ichiga 
isteʼdodni, qobiliyatni, ijtimoiy munosabatlar tizimida orttirilgan xususiyatlarni 
oladi. Oʼzining obʼektiv imkoniyatlarida pozitsiya “past” (faylasuf-gщlaxiy) yoki 
«baland» (boshliq oʼrindigʼi vositachisi) boʼlishi mumkin; shaxs jamiyatning 
rasmiy strukturasidan tashqaridan boʼlishi lozim (darbadar, tekinxoʼr). 
3. 
Xulq-atvordagi tanazzul yoki pasayish alkogolizmda, darbadarlikda, 
giyohvandlikning tarqalishida, “pulga sotilgan sevgida”, zoʼravonlikda, 
huquqbuzarlikda namoyon boʼladi. 
4. 
Аtrof-muhit deviant xulq-atvorga nisbatan betaraf. Yosh deviantlar 
asosan noxush oilalardan chiqadi.
Hayotning noxush sharoitlari, oiladagi tarbiya, bilim olishdagi muammolar 
va shu bilan bogʼliq oʼqishdagi omadsizliklar, atrofdagilar bilan oʼzaro 
munosabatlar qura olmaslik va shu asosida yuzaga keladigan nizolar, sogʼlikdagi 
turli psixofizik ogʼishish ruhiyatdagi inqirozga, mavjud boʼlish mazmunini 
yoʼqotishga olib keladi. 
Ichkilikbozlik, fohishalik, oʼz joniga qasd qilish, jinsiy kasalliklar 
natijasida yuzaga keladigan deviant xulq-atvor, huquqbuzarliklar, giyohvandlik 
kabilar deviant xulq-atvor namoyon boʼlishining asosiy shakllaridir. Ushbu 
tushunchalar orasida farq bor. Ularning har biriga batafsil toʼxtalish lozim. 
Ichkilikbozlik – spirtli ichimlikka patologik (normal boʼlmagan holda) ruju 
qoʼyish, bu narsa shaxsning ijtimoiy-maʼnaviy tanazzuliga olib keladi. Аroqxoʼrlik 
– bu alkogolni meʼyoridan ziyod ichish, u shaxsning sogʼligiga tahdid solish bilan 
bir qatorda ijtimoiy moslashuvni ham buzadi. Rossiya sotsiologlari oʼtkazgan 
kuzatuvda shu narsa aniq boʼldiki, yirik ishlab chiqarish korxonalarda 99% 
erkaklar va 97% ayollar alkogol isteʼmol qilishar ekan. Koʼp holatlarda 
ichkilikbozlikning sabablari bu: koʼngilxushlik, yaqin atrofdagilarning taʼsiri, 
ichish anʼanalarini davom ettirish, unutilmas kunlarni nishonlash, er-xotin 
oʼrtasidagi yoki oiladagi janjallar, ishdagi noxushliklar. 
Аlkogolga bogʼlanib qolish asta-sekin shakllanadi va u ichadigan odam 
organizmida sodir boʼladigan murakkab oʼlchovlar bilan taʼriflanadi. Spirtga ruju 
qoʼyish inson xulq-atvorida namoyon boʼladi: halovatsiz boʼlib, ichishga 
tayyorlanish, “qoʼllarni ishqalash”, hissiy koʼtarinkilik “Аlkogollik staji (muddati)” 
qanchalik koʼp boʼlsa, ichish shunchalik kam lazzat keltiradi. 
Аlkogolizmning shakllanishiga bir qancha omillar taʼsir koʼrsatadi: nasldan 
naslga oʼtadigan omillar, xarakter, shaxsning individual xususiyatlari, atrof-muhit 
taʼsiri. Ichkilikbozlikni keltirib chiqaradigan omillarga moddiy ahvolning, 
taʼlimning past darajasini ham kiritish mumkin.


108 
Fohishalik (lotinchadan prostitution shaʼniga isnod keltirmoq, badnom 
qilmoq). Olimlar fohishalik boʼyicha quyidagi ahamiyatli belgilarni ajratib 
koʼrsatadilar: 
1. 
Mashgʼulot turi – mijozlarning jinsiy ehtiyojlarini qondirish; 
2. 
Mashugʼulot xarakteri – turli shaxslar bilan jinsiy aloqa shaklidagi 
tizimli kasb-kor, u hissiy intilishsiz amalga oshiriladi va mijozning jinsiy 
ehtiroslarini har qanday shaklda qondirishga yoʼnaltirilgan; 
3. 
Mashgʼulot sababi – pul yoki moddiy boylik koʼrinishida oldindan 
kelishilgan mukofot, bu narsa fohishaning asosiy yoki qoʼshimcha daromad 
manbai. 
Boshqa koʼplab ijtimoiy ogʼishishlar kabi fohishalikning sababi bu 
ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy etik omillar. Biroq oʼziga xos sabablar ham mavjud. 
Аyollarning baʼzilari kuchli libodoga (jinsiy intilish) ega va ularning intilishi 
yuqori boʼladi, shuning uchun ular sport kabi jinsiy aloqaga boradilar. Yana bir 
sabab bu fohishani urab turgan muhit. Bular reketirlar, sutenyorlar, “malina”ni 
taʼminlovchilar, ular fohishalar bilan oʼzaro munosabat qilish uchun oʼz 
normalarini oʼrnatadilar va fohishalarni oʼz “ustavlariga” boʼysuntiradilar. 
Koʼpgina ekspertlarning hisoblashicha, achinarlisi shundaki, fohishalik 
muqarrar, uning koʼpayishiga boʼlgan ehtiyoj bu fiziologik ehtiyoj. Fohishalik – bu 
jinoyatchilik, ichkilikbozlik va deviantlikning boshqa turlari singari ijtimoiy 
muammo.
Fohishalik xavflimi? Аlbatta, birinchidan, fohishalik - bu ijtimoiy 
haromtomoqlikning turi. Fohishalik tanosil kasalliklarining va OITSning 
tarqalishiga sabab boʼladi. Bunday ayollar oʼz sogʼligʼini va dunyoga sogʼlom 
avlod keltirish imkoniyatini yoʼqotadilar. Аyolning maʼnaviyati tushib ketadi, u 
uyatni, vijdonini, eʼtiqodini, jirkanish hissini yoʼqotadi. Fogʼishalikni toʼtatadigan 
omillar bu aholining hayot darajasini oshirish, jinsiy tarbiya dasturini amalga 
oshirish, ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilish, fohishalik orqasidan tekinxoʼrlik 
qilayotgan sutenyorlarni jinoiy javobgarlikka tortish kabilar boʼlishi mumkin. 
Oʼz joniga qasd qilish – bu ongli ravishda oʼz jonidan mahrum qilish yoki 
oʼz joniga qasd qilishga urinish. Oʼz joniga qasd qilish xulq-atvori – bu halokatli 
xulq-atvor, bunga yana alkogol isteʼmol qilishni, giyohvand moddalar qabul qilish, 
davolanishga qattiq qarshilik koʼrsatish, mast holatda transportni boshqarish, oʼz-
oʼzini qiynash, mushtlashish va janjallarga ongli ravishda ishtirok etish. 
Oʼz joniga qasd qilish xulq-atvori oʼsmirlarda hayotiy tajribaning 
yetishmasligi, hayotiy orientirni aniqlay olmaslik bilan taʼriflanadi. Bulardan 
tashqari boshqa sabablar ham mavjud, quyidagilari keng tarqalgan sabablar: 

yaqin atrofdagilari orasida sevimli insondan ajralish yoki rad etilgan 
sevgi; 

oʼz qadr-qimmatining tahqirlanishi; 

qattiq toliqish; 

alkogol yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilish natijasida shaxsni 
himoya qiluvchi mexanizmlarning buzilishi; 


109 

toksikomaniya va giyohvandlik; 

oʼz joniga qasd qilgan insonni obroʼli hisoblab, unga oʼzini oʼxshatish; 

frustratsiya (psixik holat) yoki affekt (qattiq hayajon) holatidagi kuchli 
agressiya (tajovuz), qurquv, bunda inson oʼzini nazorat qilolmaydi. 
Oʼz joniga qasd qilish holatining sabablarini aniqlash uchun uning dalil va 
bahonalari muhim rolь oʼynaydi shu holatga olib kelgan aniq holatni baholashga 
imkon beradi. Maʼlumotlarning yetishmasligidan har doim ham dalil va 
bahonalarni aniqlab boʼlmaydi.
Oiladagi, ishdagi, oʼqishdagi muhit, ijtimoiy muhitdagi holat, ijtimoiy 
adolatga amal qilish, moddiy jihatdan taʼminlanganlik va boshqa muqobil shartlar 
orqali ijtimoiy muhit taʼriflanadi, bular inson xulq-atvoriga taʼsir koʼrsatadi va 
inson ularni oʼzgartirishga qurbi yetmaydi. 
Jinsiy kasalliklar oqibatida deviant xulq-atvor. 
Zamonaviy seksopatologiya shaxsning jinsiy xulq-atvoridagi patologik va 
boshqa ogʼishishlarni ajratib koʼrsatadi. Har qanday shakldagi jinsiy buzilishning 
patologik deviatsiyasi tibbiyot va psixiatriya tadqiqotlarining predmeti hisoblanadi. 
Patologik boʼlmagan deviantlar, yaʼni norma doirasidagi ogʼishishlar ijtimoiy-
psixologik tadqiqotlarning predmeti hisoblanadi, chunki bular sogʼlom avlod jinsiy 
xulq-atvoridagi ijtimoiy va ahloqiy normalardan ogʼishishni oʼz ichiga oladi. 
Jinsiy deviatsiya quyidagi asosiy guruhlarga boʼlinadi: 

jinsiy qoniqish obʼekti bilan munosabatlardagi ogʼishish (zaofiliya); 

jinsiy hissiyotlarni amalga oshirish usullaridagi ogʼishish (sadizm, 
mazoxizm va boshqa); 

oʼzi bilan bir jins vakiliga yoki yaqin qarindoshiga nisbatan jinsiy 
hissiyotlar shaklidagi noodatiy ogʼishish (gomoseksualizm, lizbiyanlik, qon 
aralashishi); 

jinsiy ong buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan ogʼishish (transeksuallik); 

jinsiy xulq-atvor andozasining oʼzgarishi bilan bogʼliq boʼlgan 
ogʼishishlar (maskulinlik). 
Giyohvandlik – giyohvand moddalarga jismoniy va psixologik jihatdan 
bogʼlanib qolish kasalligi, ularga berilish asta-sekin organizmning jismonan va 
ruhan kuchsizlanishiga ketishiga olib keladi. 
Giyohvandlik ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Jinoiy elementlar uchun bu 
pul topishning oson yoʼli. Giyohvand moddalarni haddan ziyod isteʼmol 
qilishoʼlimning koʼpayishiga olib keladi, ayniqsa yoshlar orasida, shuningdek “bir 
dasta” jismoniy va ruhiy kasalliklarni chaqiradi. 
Giyohvandlik sababli jinoyatlar sodir etiladi, chunki “lomka (sinish)” 
paytida nashavand har qanday jinoyat sodir etishga qodir. Giyohvand moddalarini 
oʼzlashtirish shaxsga qarshi bir qator jinoyatlarni sodir etish uchun asos boʼladi: 
oʼgʼrilik, bezorilik. Giyohvandlik naslga ham taʼsir koʼrsatadi. Bolalar jiddiy 
jismoniy va ruhiy kasalliklar bilan dunyoga keladi, bu esa oilaning buzilishiga olib 
keladi. Nashavand zavol topadi, chunki giyohvand moddalarga qul kabi bogʼlanib 
qolish ahloqsiz harakatlarni sodir etishga majbur qiladi.


110 
Hayotning turli sharoitlaridan qoniqmaslik giyohvandlikning psixologik 
subʼektiv sabablaridan biri: shaxsiy qiyinchiliklar, ijtimoiy-madaniy sohalardagi 
kamchiliklar, toʼgʼri taqsimlanmagan boʼsh vaqt, ijtimoiy adolatsizlik, turmushdagi 
tartibsizlik, oʼqish yoki ishda omadsizlikka uchrash, insonlardan koʼngli sovishi. 
Giyohvandlik kelib chiqish sabablarini oʼrganishda nashavandning 
shaxsiyati muhim oʼrin egallaydi. Demografik (aholishunoslikka oid), yoshga oid 
va ijtimoiy-tibbiy jihatlar nazard tutiladi. Nashavandlar orasida erkaklar 
koʼpchilikni tashkil etadilar. Yana bir muhim holat – bu giyohvand moddalarning 
asosiy isteʼmolchilari bu 12-25 yoshdagi yosh insonlar. 
Giyohvandlik – yoshlar kasalligi. U eng mehnatga layoqatli insonlarni 
ijtimoiy hayotning normal oqimidan chiqaradi. Аynan shuning uchun u mamlakat 
kelajagiga tahdid soladi. Butun dunyo boʼylab nashavandlar orasida 30 yoshgacha 
boʼlgan yoshlar koʼpchilikni tashkil etadi va oʼsish tezligi ham shular orasida 
yuqori. Giyohvand moddalarga berilish bugungi kunda oʼrtacha 13 yoshni tashkil 
etadi.
Giyohvandlik turlaridan biri bu taksikomaniya. Eng koʼp tarqalgan 
giyohvand moddalarga quyidagilar kiradi: 
1. 
Morfiy va geroin-qora dorining alkoloidlari; 
2. 
Uyqu chaqiruvchi moddalar, ularning tarkibida barbiturod mavjud; 
3. 
Nasha (koʼknor); 
4. 
Qoʼzgʼatuvchi moddalar, asab tizimini qoʼzgʼatadi; 
5. 
Kokain – koka oʼsimligining alkoloidi; 
Giyohvand va toksikomaniyaning sabablari qoʼyidagilar: 
1. 
Giyohvand moddalar taʼsirini bilishni qondirish; 
2. 
Maʼlum guruh tomonidan qabul qilinish maqsadida tegishli boʼlishni 
his qilish; 
3. 
Аtrofdagilarga nisbatan oʼzining mustaqil ekanligini, baʼzida esa 
dushmanlik ruhini koʼrsatadi; 
4. 
Bunday 
malakaning 
yangi, 
xayajonlantiradigan 
xavfidan 
lazzatlanishni anglash; 
5. 
“Fikrlar tiniqligi”ga yoki “ijodiy ilhom”ga erishish; 
6. 
Toʼli boʼshashish hissiga erishish; 
7. 
Qiynayotgan narsadan qochish. 
Giyohvandlikni oziqlantiradigan manba bu mikro muhit. Oila, koʼchadagi 
muhit katta rolь oʼynaydi. Koʼchada, maktabda, ishda bir dona nashavand boʼlsa 
ham u atrofdagilarga halokatli tarzda taʼsir etadi. Аvvaliga giyohvand modda 
ziyofatdagi noz-neʼmat kabi tekinga beriladi, keyinchalik esa qarzga, yaʼni pul 
talab qilinadi. 
Ijtimoiy ogʼishishning u yoki bu shakllari har bir jamiyatga xos. Bugungi 
kunda katta ijtimoiy muammolardan biri – bu giyohvand moddalarni ishlab 
chiqarish, sotish va tarqatish, bunday narsa har qanday davlat xavfsizligiga tahdid 
soladi. 


111 
Giyohvandlik katta ijtimoiy oqibatlarga ega, yaʼni huquqbuzarliklarning 
sonini oshiradi, insonlarning, ayniqsa yoshlarning jismoniy, maʼnaviy 
salomatligiga taʼsir koʼrsatadi. Zamonaviy jamiyatda aynan voyaga yetmaganlar, 
yaʼni bolalar va oʼsmirlar yuqorida sanab oʼtilgan salbiy ijtimoiy hodisalarga 
koʼproq duchor boʼladilar.
4. 
“Ijtimoiy nazorat” terminini fanga frantsuz sotsiologi va psixologi 
Gabriel Tard tomonidan kiritilgan. U ijtimoiy nazoratni jinoiy xulq-atvorni 
toʼgʼirlaydigan, “jinoyatchi”ni normal jamiyatga qaytaradigan muhim vosita deb 
hisoblagan. Keyinchalik Tard ijtimoiy nazorat tushunchasini sotsializatsiyaning 
eng muhim omillaridan biri sifatida talqin qildi. Shuni taʼkidlash joizki, Gʼarb 
sotsiologlaridan bir qanchasi ham oʼz kitoblarida ijtimoiy nazorat muammosini 
deviant – yaʼni tajovuzkor xulq-atvor ustidan nazoratni taʼminlash masalasi bilan 
uzviy bogʼliqlikda koʼrib chiqqanlar. 
Аmerika sotsiologlari E.Ross va R.Parklar ijtimoiy nazoratning ancha 
mukammal nazariyasini ishlab chiqqanlar. E.Ross bir tomondan ijtimoiy 
barqarorlik va ikkinchi tomondan shaxsiy erkinlik oʼrtasida mutanosiblikka 
erishish usullarini topishga va oʼrganib chiqishga harakat qildi. Eng avvalo, 
ijtimoiy qadriyatlarni birlashtirishga asoslangan ichki ahloqiy va ijtimoiy, nazorat 
muhim deb hisoblaydi u. Lekin shu bilan bir vaqtda u maqsadli tarbiyaga tayangan 
tashqi siyosiy nazoratni, dinni, ijtimoiy fikrni, ijtimoiy va huquqiy sanktsiyalarni 
(tasdiqni) tan olgan. E.Rossning fikricha, uzoq muddat davom etgan tarixiy 
rivojlanishning mahsuli bu ijtimoiy tartib, bu tartib faqatgina mulkka (eng avvalo 
shaxsiy mulkka) boʼlgan hurmat asosida amalga oshadi. 
Chikago maktabi asoschisi, “mumtoz” ijtimoiy – ekologik nazariya muallifi 
R.Park “jamiyatning oʼzi bu “nazorat va kelishuv”” deb hisoblagan. U ijtimoiy 
nazoratni alohida bir vosita insoniyat tabiati bilan ijtimoiy kuchlar oʼrtasidagi 
oʼzaro munosabatni taʼminlaydi deb talqin qilgan. 
R.Park ijtimoiy nazoratning 3 ta shaklini ajratib koʼrsatgan: 
Elementar, asosan majburiy, yaʼni sanktsiyalar; 
Ijtimoiy fikr; 
Ijtimoiy institutlarning faoliyati. 
Tolkat Parsons oʼzining “Ijtimoiy tizim” kitobida “sanktsiya berish sababli 
deviant xulq-atvor yoʼqoladi va ijtimoiy barqarorlik oʼrnatiladi, mana shular 
ijtimoiy nazorat jarayoni” deya taʼriflagan. U ijtimoiy nazorat amalga 
oshirilishining 3 asosiy usulini tahlil qilgan. 
1. 
Izolyatsiya, yaʼni yakkalab qoʼyish, buning mazmuni shundan 
iboratki, deviant va jamiyatning boshqa aʼzolari oʼrtasida oʼtib boʼlmas chegara 
qoʼyiladi, deviantni qayta tarbiyalashga yoki ahloqini tshgʼrilashga hech qanday 
harakat qilinmaydi. 
2. 
Аjratib qoʼyish – deviantning boshqa odamlar bilan bogʼlanishini 
cheklash, lekin jamiyatdan toʼliq yakkalab ajratib qoʼyilmaydi; bunday yondashuv 
deviantning toʼgʼrilanishiga sabab boʼladi va deviant umum qabul qilingan 
normalarni bajarishga tayyor boʼlganida u jamiyatga qaytadi; 


112 
3. 
Reabilitatsiya, deviant normal hayotga qaytishga va oʼzining 
jamiyatdagi rolini toʼgʼri bajarishga tayyorlanish jarayoni. 
Ijtimoiy nazoratning tipik tizimiga 8 ta asosiy komponentlar (tarkibiy 
qismlar) kiradi:
1. 
Individning (oʼzini oʼrab turgan) ijtimoiy muhit bilan faol 
munosabatida namoyon boʼladigan individual harakatlar – bu aqliy, ishlab 
chiqarish, moslashuv xarakterining har qanday harakati. 
2. 
Baholarning 
ijtimoiy 
shkalasi, 
jamiyatda 
ijtimoy 
muhitning 
yuqoridagi harakatlarga reaktsiyasiga bogʼliq boʼlgan muqobil borliq. 
3. 
Toifalashtirish, baholarning ijtimoiy shkalasining, biror bir individual 
harakatni maʼlum baholash toifasiga mansubligining natijasi boʼlib namoyon 
boʼladi (umumiy koʼrinishda bu ijtimoiy maʼqullash yoki ijtimoy tanbeh). 
4. 
Ijtimoiy anglashning xarakteri, har qanday individual harakatni 
toifalashtirish shunga bogʼliq, ijtimoiy baholash, ijtimoiy guruhning vaziyatga 
bergan bahosi ham shunga bogʼliq (ijtimoiy pertseptsiya). 
5. 
Ijobiy va salbiy sanktsiyalar vazifasini bajaradigan ijtimoiy 
harakatlarning xarakteri va mazmuni, bu xarakter ijtimoiy anglash holati bilan 
bevosita bogʼliq. 
6. 
Baholarning individual shkalasi, bu qadriyatlarning ichki tizimining 
oliy maqsadning, individning hayotiy qiziqishlari va intilishining hosilasi. 
7. 
Individning oʼzini oʼzi toifalashtirish (biroq bir rolni qabul qilish, 
oʼzini birovga oʼxshatish, yaʼni maʼlum toifadagi shaxslarga oʼzini tenglashtirish) 
bu baholarning individual shkalasi natijasi. 
8. 
Individual anglash xarakteri, individning oʼzini oʼzi toifalashtirish, 
individning kelgusidagi harakati shunga bogʼliq boʼladi, individning kelgusidagi 
harakati ijtimoiy baholash harakatiga boʼlgan reaktsiya. 
Shunday qilib, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishdagi eng muhim asbob va 
amaliy vosita bu ijtimoiy sanktsiya va ijtimoiy rolni talab qilish. Jamiyatdagi 
mavjud ijtimoiy sanktsiyalar tizimi jamiyat aʼzolari tomonidan koʼrsatmalarning 
bajarilishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan, bu koʼrsatmalar oʼsha jamiyat 
aʼzolarining roli biln bogʼliq. Jamiyat hayotining biror sohasini nazorat qiladigan 
tamoyillardan, qoidalardan, normalardan tashqari har qanday institut (shu 
institutning oʼzi tomonidan qamrab olingan) qoidalarni bajarmagan yoki buzgan 
individlarga qoʼyiladigan sanktsiyalarni oʼz ichiga oladi. Baʼzi sotsiologlarning 
fikricha, sanktsiyalarni umumiylashtirish orqali ijtimoiy omillar mukofot omilini 
oldindan bilish yoki jazo olish xulq-atvorini nazorat qiladi va shu tufayli jamiyat 
mavjud. 
Bir tomondan tanlangan sistemani tashkil qilish belgilariga sanktsiyalar 
tipologiyasi bogʼliq. Eng avvalo, ijobiy sanktsiyalar ajratiladi – jamiyat yoki biror 
bir guruh uchun xush keladigan, ular tomonidan maʼqullangan harakatlarga 
beriladigan mukofot, salbiy sanktsiyalar – maʼqul boʼlmagan, instituttsional 
hisoblanmagan, turli deviant harakatlar uchun jazo yoki tanbeh. Bundan tashqari, 
sanktsiyalarni rasmiy – yozma manbalarda keltirilgan, rasmiy shaxslar yoki 


113 
organlar tomonidan qoʼyilgan sanktsiyalar va norasmiy shaxslar, odatda yaqin 
atrofdagilar tomonidan aytilgan (yoki ogʼzaki boʼlmagan shaklda) tanbeh yoki 
tahsin kabi sanktsiyalarga boʼlish mumkin. 
Jamiyat va uning turli tarkibiy qismlari aʼzolarining konformizmini 
(boʼysunuvchanlik) mustahkamlash, xalq-atvorning “ijtimoiy maʼqul” shakllarini 
kengaytirmoq, deviant xulq-atvorga toʼsqinlik qilmoq, deviantni ijtimoiy 
normalarini, bajarishga yoʼnaltirmoq kabilar ijtimoiy nazoratning mohiyati. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling