Yoshlаr sotsiologiyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʼzini oʼzi nazorat qilish uchun savollar.
Kalit soʼzlar: ijtimoiy norma, ijtimoiy xulq-atvor, anʼana, qadriyatlar,
sanktsiya, ogʼishish, anomiya, deviatsiya, delinkvent xulq-atvor, ijtimoiy birdamlik, konformlik, ritualizm, retretizm, yangilik kiritish, tamgʼa taqish nazariyasi, submadaniyat, innovatsiya, ijtimoiy nazorat. Oʼzini oʼzi nazorat qilish uchun savollar. 1. Norma va ogʼishishga taʼrif bering. 2. Ijtimoiy birdamlik salohiyatini qanday qilib rivojlantirish va saqlab qolish mumkin? 3. Аnomiyaga taʼrif bering? Аnomiya nimada oʼz aksini topadi? Jamiyatning anʼanaviy tarzdan zamonaviy tarzga oʼtish jarayonidagi qiyinchiliklarni aytib bering. 4. Zamonaviy oʼzbek jamiyatida anomiyaning oʼziga xos qirralarini taʼriflab bering. 5. E.Dyurkgeymning “oʼz joniga qasd qilish” kitobini tahlil qiling. Dyurkgeymning anomik jamiyatni va oʼz joniga qasd qilish sabablarini yengib oʼtish dasturiga oʼz munosabatingizni bildiring. 6. R.Mertonning anomiya nazariyasining holatlari va deviant xulq- atvorning umumiy nazariyasining asosiy holatlarini keltiring. 7. Аnomiyaning iqtisodiy, siyosiy institutlar bilan aloqasi haqida tasavvuringiz qanday? Sizningcha, bu institutlar anomiyaning destruktiv taʼsirini nega bartaraf eta olmaydilar? 8. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy nazoratni amalga oshirishning asosiy metodlari qanday taʼsir koʼrsatadilar? 9. Ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda sanktsiyalarning qaysi biri samarali? 10. Quyidagi sanab oʼtilgan sanktsiyalarning qaysilari ijobiy, qaysilari salbiyga kiradi? Sanktsiyalar: 1.maʼmuriy jazo; 2. Sud tomonidan taʼqib; 3. Аloqalarni uzish; 4. Mukofot. 11. R.Mertonning taʼkidlashicha “jinoyatchilik normal boʼlmagan sharoitga normal reaktsiyani kasb etadi”. Keltirilgan fikrni sharhlab bering? Oʼzingizning javobingizni guruhingizdagi oʼrtoqlaringiz javoblari bilan taqqoslang. 12. Futbol matchlari oʼtkazilganda baʼzida taʼqiqlangan usul qoʼllaniladi – raqib kamandaning eng yaxshi oʼyinchisiga shikasb yetkazish. Xulq-atvorning 114 bunday turi deviant hisoblanadimi? Shu holat uchun mos keladigan taʼrifni keltiring. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling