Yoshlаrdа tаrbiya jаrаyoni, tаrbiya tаmoyillаrining muhim аsoslаri


Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


Download 20.04 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1637376
1   2   3
Bog'liq
Ашуров

Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qoʼyilgan maqsad va vazifalarga muvofiq oʼquvchilar tomonidan oʼzlashtirilishi lozim boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qoʼyiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat boʼlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi gʼoyalari asosida belgilanadi.
Tarbiya maqsadining aniqligi. Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Respublikada, amalga oshirilishi koʼzda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonuni, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» gʼoyalariga koʼra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi boʼlgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yoʼlidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, yaʼni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. Oʼqituvchilarning bolalar bilan maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy meʼyor va qadriyatlarini aniqlash, oʼquvchining tarbiya jarayonidagi faolligini taʼminlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali toʼla-toʼkis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy taʼsir kuchiga ega.
Oʼz-oʼzini anglash. Tarbiya insonda eʼtiqod, Demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri - bu insonning hayotiy oʼz-oʼzini anglashning oʼz shaxsiy hayoti va faoliyatining subekti sifatida eʼtirof etilishi bilan tavsiflanadi. Oʼzbekistonda fuqarolik, kasbiy va axloqiy oʼz-oʼzini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaning shaxsga yoʼnaltirilganligi. Mazkur gʼoya taʼlim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas, balki oʼquvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, oʼziga xos xarakteri, oʼz qadr-qimmatini anglash tuygʼulari rivojlantirilib borilishi zarur.
Jamoa yoʼnalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni hartomonlama oʼz yurti, dunyoni anglash, uni toʼlaqonli talqin etish, insonparvarlik va oʼzaro hamkorlik tugʼyularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-gʼoyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining oʼzigina kam samara beradi. Oʼquvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiyayoʼnalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi oʼringa qoʼyilmoqda. Yuqorida qayd etilgan gʼoyalar toʼgʼri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim. Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur oʼrganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat oʼrtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon boʼladi. Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obʼektiv ravishda mavjud boʼladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning oʼziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bolgʼiqdir. Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obʼektiv va subʼektiv omillariga bogʼliqligidir. Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi, oʼzaro aloqadorligi va bogʼliqligidir. Аyni chogʼda tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga ham bogʼliq. Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini, shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Tarbiyachi (oʼqituvchi) tarbiyalanuvchi (oʼquvchi) shaxsni har tomonlama oʼrganishi va shu asosida unga toʼgʼri psixologik tavsif berishi hamda taʼsir koʼrsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday tarbiyaviy taʼsir bir tomonlama yoki tasodifiy boʼlib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy taʼsirlarga mos boʼlmay qoladi. Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini eʼtirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbayi boʼlib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat oʼrtasidagi munosabat oqilona boʼlsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali boʼladi. Tarbiyaning toʼrtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning oʼzaro tarbiyaviy taʼsirga ega ekanliklari, ularning oʼzaro munosabatlari hamda faoliyatlari oʼrtasidagi bogʼlanishning mavjudligi sanaladi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham oʼziga xos bir qator muhim qoidalari boʼlib, ular quyidagilar:
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bogʼliq hodisa deb bilish;
- shaxsning jamoada tarbiyalashga oid oʼrni;
-tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan boʼlishi va uning shaxsini hurmat qilish;
-tarbiyalanuvchi (oʼquvchi)ning tarbiya jarayonida yoshi va oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga eʼtibor.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʼra ish koʼrilayotganligiga ham bogʼliq. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʼor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini taʼminlaydi.
Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
• tarbiyaning maqsadga yoʼnaltirilganligi va gʼoyaviyligi;
• tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʼoyalarining ustunligi;
• tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
• tarbiyada izchillik va tizimlilik;
• tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʼshib olib borish;
• tarbiyani mehnat bilan bogʼlash;
• tarbiyalanuvchi shaxsni hurmat qilish;
• tarbiyada oʼquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
• jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
•tarbiyada oʼquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʼqotish.
Tarbiyaning maqsadga yoʼnaltirilganligi va gʼoyaviyligi - oʼqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. Yosh avlodni yuksak gʼoyaviylik ruhida tarbiyalash - ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʼlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Oʼqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʼqituvchi - tarbiyachining maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʼlishi lozim. Аna shunda mazkur tamoyil oʼz vazifasini bajargan boʼladi.



Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling