You tobe tarmog’ida biologiya online maktab deb qidiring va Bepul ta’lim oling

Download 1.78 Mb.
bet13/28
Sana09.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1472417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
11 sinf toliq 44ta mavzu

19 TABIIY EKOSISTEMALAR

1.Quyidagilardan biomlarni ajrating.

1.Kontinental shelflar 2-okeanlar 3- Arktika tundrasi 4- alp tundrasi 5-Shimoliy ignabargli o`rmonlar 6.Sun`iy archazorlar 7. dashtlar 8.Bog`lar
A)1,2,3,4,5 B)3,4,5 C)2,3,4,7,8 D)3,4,5,7

2.Tundra biomi uchun mos keluvchi to`g`ri javoblarni aniqlang.

1.shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. 2.Tundra (iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 3°C 3.Daraxtlar, sekin o‘suvchi lishayniklar, yo‘sinlar (sporali o‘simliklar), past bo‘yli butalar hukmronlik qiladi 4.Bir necha haftalik qisqa yoz davomida yerning muzdan erishi bir metrdan oshmaydi. 5.Yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol bug‘usi uchraydi 6.qushlardan ukki va boyqush uchraydi.
A)1,2,3,4 B)1,4,5 C)2,3,4,6 D)2,4,5,6

3. Ignabargli o‘rmon (tayga) uchun mos keluvchi javoblarni ajrating.

1.shimoliy yarimsharda tundradan shimolroqda joylashgan.2. Yevrosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o‘z ichiga oladi. 3.Qishi uzoq va sovuq, yog‘ingarchilik miqdori ko‘p va asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi. 4.Daraxtlar uchramaydi 5.Doimiy yashil ignabargli daraxtlar hukmronlik qiladi (pixta, kedr, qarag‘ay).6. Yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol bug‘usi uchraydi7.yirik tuyoqli sutemizuvchi hayvonlar (los, kabarga) uchraydi 8.Qushlardan qutb boyqushi uchraydi
A)1,3,5,6 B)2,4,5,7 C)2,3,5,7 D)1,3,4,6,8

7.Ushbu xususiyatlar qaysi biom uchun mos keladi?

Mayda o‘simlikxo‘r sutemizuvchilar (qunduz, olmaxon), yirtqich sutemizuvchilar (ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri, norka)dan iborat. Bu biomlarda botqoqliklar va ko‘llar uchraydi.
A)Tundra B)tayga
C) Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari
D) Dasht

8.Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlarida ignabargli daraxtlarda suvni kam bug`latish uchunqanday moslanish paydo bo`lgan?

A) barglarini to‘kadi B)Barg yuzasi kichraygan
C) barglari qalin mumdan iborat kutikula bilan qoplangan.
D)Hech qanday moslanish mavjud emas

9. Dasht biomi uchun xos bo`lmagan xususiyatlarni ajrating.

1. Yirik bargli daraxtlar (buk, lipa, eman, zarang, shumtol) , butalar va o‘tlar o‘sadi.2. Asosan o‘tlar, qisman buta va daraxtlar o‘sadi3. gepard, giyena itlari uchraydi 4. Hayvonot orasida sutemizuvchilardan los, ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri uchraydi 5. Muzlagan tuproq orqali daraxtlar suvni o‘zlashtirishi qiyin bo‘ladi, suv bug‘latish natijasida yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldira olmay qoladi, shu sababli ayrim daraxtlar barglarini to‘kadi 6. tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq nosoroglar uchraydi.
A)1,4,3 B)2,4,6 C)1,3,5 D)1,4,5

10.Quyidagi ekosistemalarning qaysi birida hayvonlardan hasharotlar ko`p uchraydi?

A)Dasht B)O`rmon C)o`tloq D)Tundra

11.O`tloqlar qaysi hududlarni o`z ichiga oladi?

A)Adir va to`qaylarni
B) Pasttekisliklar, daryo qirg‘og‘idagi yerlarni
C)Tog`li hududlarni va cho`llarni
D)Pasttekisliklar,cho`llar va tog`li hududlarni

12.Tabiiy ekosistemalar nechta tipga bo`linadi?

A)2 B)3 C)4 D)6

13.Kserofitlar o‘t o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydigan biomni aniqlang.

A)Sahrolar B)tropik o`rmonlar B)tayga D)Dasht

14.Tropik o‘rmonlar uchun mos keluvchi javoblarni ajrating.

1.Turlar soni ko‘pligi bilan ajralib turadi. 2. Kserofitlar o‘t o‘simliklar, qisman butalar, efemerlar ko‘p uchraydi 3.harorat va yillik yog‘in miqdori yuqori darajada bo‘lgan, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun barcha sharoit yetarli bo‘lgan hududlarda (Janubiy Amerika shimoli, Markaziy Amerika, Shimoliy Afrika, Hind va Tinch okeanidagi orollar) uchratish mumkin.
4. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 200–250 mm. 5.O‘simlik turlari ham juda ko‘p,daraxtlar yarus bo‘ylab zich joylashgan.6. daraxtlarda o‘sadigan epifitlar, ildizi tuproqlarda bo‘lib, o‘zi daraxtlarga chirmashib to ularning eng yuqori qismlariga yetib boruvchi lianalar ko‘p uchraydi. 7. tuyoqli hayvonlardan bizon, antilopa, sayg‘oq, kenguru, jirafa, zebra, oq nosoroglar uchraydi.
8.sutemizivchilar (maymunlar, yalqovlar)uchraydi.
A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,3,5,6,8 D)3,4,5,6,7

15.Quyidagi biomlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlar bilan juftlang.

a-Tayga b-Dasht c-o`tloq d-Sahro e-Tropik o`rmon f-Mo`tadil iqlim mintaqasining keng bargli o`rmonlari
1.Yirtqichlardan bo`ri,sher,qoplon,gepard,giyena itlari uchraydi.2.Bu biogeotsenozlarda asosan boshoqli va boshqa gulli o`simliklar o`sadi. 3.Hayvonlar orasida hasharotlar ko`p uchraydi.4.Doimiy yashil ignabargli daraxtlar hukmronlik qiladi(pixta,kedr,qarag`ay) 5.Yirik bargli daraxtlar buk,lipa,eman,zarang,shumtol o`sadi 6.Kserofit o`t o`simliklar ,qisman butalar efemerlar ko`p uchraydi 7.Daraxtlar yarus bo`ylab zich joylashgan,epifitlar va lianalar ko`p uchraydi.
A)a-1,b-3,c-2,d-6,e-7,f-5 B)a-4,b-1,c-2,3,d-6,e-7,f-5
C) a-1,b-3,c-2,d-5,e-6,f-4 D) a-4,b-1,c-2,d-5,e-7,f-6

16…….da yonma-yon o‘suvchi bir turga mansub o‘simliklarni uchratish mushkul. Odatda bu biogeotsenozlarda har xil turga mansub o‘simliklar yonma-yon o‘sadi.Hozirgi kunda o‘rmon biogeotsenozlari keskin kamayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida biosferaga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.

A) Tayga B) o`tloq C) Sahro D) Tropik o`rmon

17.Chuchuk suv ekosistemalaridagi cheklovchi omilni aniqlang.

A)Haroratning pastligi B)Oziq yetishmasligi
C) Suv tarkibida erigan gazlar, kislorod va karbonat angidridning miqdori o‘zgaruvchan
D)Suv tarkibidagi har xil zararli moddalarning ko`pligi

18.Chuchuk suvda yashaydigan organizmlar hayot shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi?

A)Produtsent,konsument,redutsent
B) bentos, plankton, nekton
C)Faol va nofaol
D)Qisqa kun,uzun kun,neytral

19.Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini qaysi abiotik omillar belgilaydi?

A)Harorat,yorug`lik B)Yorug`lik,Namlik
C)Harorat va yog`in miqdori D)Namlik,yog`in miqdori

20.Tabiiy (a) va sun’iy (b) ekosistemarni aniqlang.

1) suv omborlari 2) oq saksovullarning rivojlanishi 3) ignabargli o’rmonlar 4) dam olish oromgohi 5) o’tloqlarda sanoat korxonalari qurilishi 6) limanlar
A) a-1,3,5 b-2,6 B) a-2,3; b-4,5 C) a-2,6; b-3,5 D) a-1,6; b-4,5,6

21. Ekosistemalar nimasiga ko’ra tabiiy va sun’iy xillarga ajratiladi?

A) tuzilishiga ko’ra B) joylashishiga ko’ra C) tabiat bilan bog’liqligiga ko’ra D) kelib chiqishiga ko’ra

22. Quruqlik ekosistemalari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) kam hududlarni egallagan 2) yer sharining 70 % ni egallagan 3) uning tarkibiga limanlar kiradi 4) gazlarning miqdori o’zgaruvchanligi cheklovchi omil hisoblanadi 5) namlik cheklovchi omil hisoblanadi 6) uning tarkibiga biomlar kiradi 7) yer yuzidagi barcha tirik organizmlar uchun zarur 8) suvning doimiy aylanishi kuzatiladi 9) harorati doimiy ravishda o’zgarib turadi
A) 1,4,7 B) 2,3,8 C) 5,6,9 D) 2,5,7

23.Chuchuk suv ekosistemalari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) kam hududlarni egallagan 2) yer sharining 70 % ni egallagan 3) uning tarkibiga limanlar kiradi 4) gazlarning miqdori o’zgaruvchanligi cheklovchi omil hisoblanadi 5) namlik cheklovchi omil hisoblanadi 6) uning tarkibiga biomlar kiradi 7) yer yuzidagi barcha tirik organizmlar uchun zarur 8) suvning doimiy aylanishi kuzatiladi 9) harorati doimiy ravishda o’zgarib turadi
A) 1,4,7 B) 2,3,8 C) 5,6,9 D) 2,5,7

24. Dengiz ekosistemalari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.

1) kam hududlarni egallagan 2) yer sharining 70 % ni egallagan 3) uning tarkibiga limanlar kiradi 4) gazlarning miqdori o’zgaruvchanligi cheklovchi omil hisoblanadi 5) namlik cheklovchi omil hisoblanadi 6) uning tarkibiga biomlar kiradi 7) yer yuzidagi barcha tirik organizmlar uchun zarur 8) suvning doimiy aylanishi kuzatiladi 9) harorati doimiy ravishda o’zgarib turadi
A) 1,4,7 B) 2,3,8 C) 5,6,9 D) 2,5,7

25. Faqat quruqlikda mavjud bo’lgan ekosistemalar yig’indisining qanday turlari bor?

1) tropik o’rmonlar 2) chuchuk suv 3) alp tundrasi 4) sahrolar 5) dengiz 6) limanlar 7) continental shelflar 8) dashtlar 9) ko’rfazlar 10) tayga
A) 1,3,5,7 B) 2,4,8,9 C) 1,4,9,10 D) 1,2,3,4

26. Tayga biomi uchun xos bo’lgan o’simliklar (a) va hayvonlar (b) ni toping.

1-qunduz 2-qarag’ay 3-kedr 4-cladoniya 6-funariya 7-eman 8-norka 9-qulon 10-qandim 11-silovsin 12-qutb boyqushi 13-los 14-efemerlar 15-lipa 16-bo’ri
A) a-2,3; b-1,8,13 B) a-4,5; b-12 C) a-7,15; b-11,13 D)a-10, b-9,16

27. Tundra biomi uchun xos bo’lgan o’simliklar (a) va hayvonlar (b) ni toping.

1-qunduz 2-qarag’ay 3-kedr 4-cladoniya 6-funariya 7-eman 8-norka 9-qulon 10-qandim 11-silovsin 12-qutb boyqushi 13-los 14-efemerlar 15-lipa 16-bo’ri
A) a-2,3; b-1,8,13 B) a-4,5; b-12 C) a-7,15; b-11,13 D)a-10, b-9,16

28. Sahro biomi uchun xos bo’lgan o’simliklar (a) va hayvonlar (b) ni toping.

1-qunduz 2-qarag’ay 3-kedr 4-cladoniya 6-funariya 7-eman 8-norka 9-qulon 10-qandim 11-silovsin 12-qutb boyqushi 13-los 14-efemerlar 15-lipa 16-bo’ri
A) a-2,3; b-1,8,13 B) a-4,5; b-12 C) a-7,15; b-11,13 D)a-10, b-9,16

29. Mo’tadil iqlimli o’rmon biomi uchun xos bo’lgan o’simliklar (a) va hayvonlar (b) ni toping.

1-qunduz 2-qarag’ay 3-kedr 4-cladoniya 6-funariya 7-eman 8-norka 9-qulon 10-qandim 11-silovsin 12-qutb boyqushi 13-los 14-efemerlar 15-lipa 16-bo’ri
A) a-2,3; b-1,8,13 B) a-4,5; b-12 C) a-7,15; b-11,13 D)a-10, b-9,16

30. Tundra uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

1) qishki harorat 0 ° C dan past 2) asosan o’tlar, qisman daraxt va butalar o’sadi 3) hayvonlardan oq nosorog, bizonlar uchraydi 4) yevroosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o’z ichiga oladi 5) yillik harorat 0 ° C dan past 6) daraxtlar umuman uchramaydi 7) o’simliklardan buk, lipa, emanlar uchraydi 8) hayvonlarida qishki uyqu, migratsiya holatlari uchraydi 9) qishi uzoq va sovuq, yog’ingarchilik ko’p 10) botqoqliklar va ko’llar uchraydi 11) sporali o’simliklar, lishayniklar tarqalgan
A) 1,2,3 B) 4,10,9 C) 5,6,11 D) 1,7,8

31. Igna bargli o’rmon uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

1) qishki harorat 0 ° C dan past 2) asosan o’tlar, qisman daraxt va butalar o’sadi 3) hayvonlardan oq nosorog, bizonlar uchraydi 4) yevroosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o’z ichiga oladi 5) yillik harorat 0 ° C dan past 6) daraxtlar umuman uchramaydi 7) o’simliklardan buk, lipa, emanlar uchraydi 8) hayvonlarida qishki uyqu, migratsiya holatlari uchraydi 9) qishi uzoq va sovuq, yog’ingarchilik ko’p 10) botqoqliklar va ko’llar uchraydi 11) sporali o’simliklar, lishayniklar tarqalgan
A) 1,2,3 B) 4,10,9 C) 5,6,11 D) 1,7,8
32. Mo’tadil iqlim mintaqasining keng bargli o’rmonlari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.
1) qishki harorat 0 ° C dan past 2) asosan o’tlar, qisman daraxt va butalar o’sadi 3) hayvonlardan oq nosorog, bizonlar uchraydi 4) yevroosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o’z ichiga oladi 5) yillik harorat 0 ° C dan past 6) daraxtlar umuman uchramaydi 7) o’simliklardan buk, lipa, emanlar uchraydi 8) hayvonlarida qishki uyqu, migratsiya holatlari uchraydi 9) qishi uzoq va sovuq, yog’ingarchilik ko’p 10) botqoqliklar va ko’llar uchraydi 11) sporali o’simliklar, lishayniklar tarqalgan
A) 1,2,3 B) 4,10,9 C) 5,6,11 D) 1,7,8

33. dasht biomi uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

1) qishki harorat 0 ° C dan past 2) asosan o’tlar, qisman daraxt va butalar o’sadi 3) hayvonlardan oq nosorog, bizonlar uchraydi 4) yevroosiyoning shimoliy qismlari va Shimoliy Amerikani o’z ichiga oladi 5) yillik harorat 0 ° C dan past 6) daraxtlar umuman uchramaydi 7) o’simliklardan buk, lipa, emanlar uchraydi 8) hayvonlarida qishki uyqu, migratsiya holatlari uchraydi 9) qishi uzoq va sovuq, yog’ingarchilik ko’p 10) botqoqliklar va ko’llar uchraydi 11) sporali o’simliklar, lishayniklar tarqalgan
A) 1,2,3 B) 4,10,9 C) 5,6,11 D) 1,7,8

34. O’tloqlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

1) turlar soni ko’pligi bilan ajralib turadi 2) o’simliklari asosan o’tlardan iborat 3) daraxtlari yarus bo’ylab zich joylashgan 4) efemerlar ko’p uchraydi 5) kunlari juda issiq, tunlari esa sovuq 6) epifitlar va lianalar ko’p uchraydi 7) o’simliklari yetarli darajada namlikni talab qiladi 8) asosan boshoqli va gulli o’simliklar o’sadi 9) hayvonlarining ko’pchiligi tunda faollashadi 10) sutemizuvchilardan maymunlar va yalqovlar uchraydi 11) kemiruvchilardan tovushqon va yumronqoziqlar uchraydi 12) hayvonlar orasida hasharotlar ko’p uchraydi
A) 1,3,6,10 B) 2,7,8,12 C) 3,5,9,10 D) 4,5,9,11

35. Sahrolar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

36. Tropik o’rmonlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni toping.

1) turlar soni ko’pligi bilan ajralib turadi 2) o’simliklari asosan o’tlardan iborat 3) daraxtlari yarus bo’ylab zich joylashgan 4) efemerlar ko’p uchraydi 5) kunlari juda issiq, tunlari esa sovuq 6) epifitlar va lianalar ko’p uchraydi 7) o’simliklari yetarli darajada namlikni talab qiladi 8) asosan boshoqli va gulli o’simliklar o’sadi 9) hayvonlarining ko’pchiligi tunda faollashadi 10) sutemizuvchilardan maymunlar va yalqovlar uchraydi 11) kemiruvchilardan tovushqon va yumronqoziqlar uchraydi 12) hayvonlar orasida hasharotlar ko’p uchraydi
A) 1,3,6,10 B) 2,7,8,12 C) 3,5,9,10 D) 4,5,9,11

37. Epifitlar (a) va lianalar (b) uchun xos bo’lgan xususiyatni toping.

A) a-suvsizlikka chidamli, kserofit o’simlik; b-tropik o’rmonlarda ko’plab uchraydi B) a-ildizi tuproqda, o’zi esa daraxtga chirmashib o’sadi; b-ildizi tuproqqa yetib bormaydi, daraxtda o’sadi C) a- ildizi tuproqqa yetib bormaydi, daraxtda o’sadi; b-ildizi tuproqda, o’zi esa daraxtga chirmashib o’sadi D) a-ildizi bo’lmaydigan parazit o’simlik; b-boshqa o’simlik shirasi bilan oziqlanadi
38. Chuchuk suv ekosistemasi uchun cheklovchi omil nima? A) suvning sho’rlanish darajasi B) suv tarkibida erigan gazlar, kislorod, karbonat angidridning miqdori o’zgaruvchanligi C) suv tarkibida erigan gazlar, kislorod, karbonat angidridning miqdori juda kamligi D) boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududni egallaganligi

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling