You tobe tarmog’ida biologiya online maktab deb qidiring va Bepul ta’lim oling
-MAVZU:YORUG’LIK – MUHITNING EKOLOGIK OMILI
Download 1.78 Mb.
|
11 sinf toliq 44ta mavzu
8-MAVZU:YORUG’LIK – MUHITNING EKOLOGIK OMILI
1.. Tirik organizmlarga ta’siri to’lqin uzunligi va miqdoriga bog’liq(a), tana qoplami orqali suv bug’lanishini kuchaytiradigan(b), bakteriyalarni nobud qilish(c) xususiyatiga ega bo’lgan nurlar A) a-ultrabinafsha, b-infraqizil, c-ultrabinafsha B)a-ko’rinadigan, b- infraqizil, c- ultrabinafsha C) a- ultrabinafsha, b- infraqizil, c- ko’rinadigan D) a- ko’rinadigan, b- ultrabinafsha, c- infraqizil 2. Ozon ekranidan o’tmaydigan ultrabinafsha nurlarning to’lqin uzunligi(a) va issiqlik manbai hisoblanadigan nurlarning to’lqin uzunligi(b) A) a-400 nm, b-750 nm B) a-290 nm, b-750 nm C) a-750nm, b-380nm D) a-290 nm, b-380 nm 3. To’lqin uzunligi 290nmdan ko’p bo’lgan va 380nm dan oshmaydigan nurlar ta’sirida qanday jarayonlar amalga oshadi? A) fototropizm va fotonastiya B) barg og’izchasi orqali CO2 ni yutilishi C) melanin, ko’z to’r pardasi pigmenti, D vitamin sintezi D) fototaksis, fototropizm, fotonastiya 4.. Qaysi omil ta’sirida o’simliklar organlarning fazo joylashuvini o’zgartirish xususiyatiga ega bo’ladi? A) shamol B) harorat C) namlik D) yorug’lik 5.. Yorug’lik ochilib, kun botganda yopiladigan(a), kun botganda ochilib, tongda yopiladigan(b) o’simliklarni belgilang. A) a-lola, qoqi o’t, b-namozshomgul B) a-namozshomgul, b-lola, sachratqi C) a-lola, sachratqi, b-qoqio;t, namozshomgul D) a-qoqio’t, sachratqi, b-lola 6. Fototropizm(a), fotonastiya(b) va fototaksisga(c) xos xususiyatlarni to’g’ri juftlang. 1-qoqio’tning kun botganda yopilishi; 2-namozshomgulning tong otganda yopilishi; 3-yorug’lik tomonga o’sih orqali amalga oshadigan jarayon; 4-xlomidomanadaning yorug’lik ta’siri yo’nalishi bo’ylab harakatlanishi; 5-novdaning yorug’lik tushadigan tomonga burilib o’sishi; 6-yashil evglenaning yorug’lik ta’siri yo’nalishi bo’ylab harakatlanishi A) a-1,2, b-3,5; c-4,6 B) a-3,5; b-2,1; c-4,6 C) a-4,6; b-3,5; c-1,2 D) a-3,6,5; b-1,2; c-4 7. Yorug’lik spektiri tarkibini farqlaydigan sinf vakillari uchun xos bo’lmagan xususiyat berilgan javobni toping. A) sutemizuvchilar hayvonlarda issiqqonlikni paydo bo’lishiga sabab bo’lgan organlar sistemasi soddalashgan B) ayirish organi tuzilishi oq planariyaning jinsiy organi tuzlishiga o’xshaydi C) ayirish organining tuzilishi, qorinoyoqlilari ikki shoxli bo’lgan hayvondan farq qilmaydi D) yuragida oziq moddaga boy qon mavjud 8. Qorong’uda ham bemalol harakatlanadigan va ov qiladigan organizm uchun xos belgilar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang; 1-mezoderma qavati rivojlangan; 2-chap aorta ravog’iga ega; 3-o’ng aorta ravog’iga ega; 4-diafragma rivojlangan; 5-gastrulyatsiya qat-qat joylashib amalga oshadi; 6-ko’z qorachig’i keng ochiladi A) 1,2,5,6 B) 1,4,5,6 C) 2,3,4 D) 1,3,5,6 9. Issiqlik nurlarini maxsus organlari yordamida sezish qobiliyatiga ega bo’lgan hayvonlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi? A) boshoyoqli mollyuskalar, sudralib yuruvchilar B) ikki pallalilar, sudralib yuruvchilar C) qorinoyoqli mollyuskalar, reptiliyalar D) amfibiyalar, reptiliyalar 10. Yorug’likning ekologik omil sifatida ta’siri qaysi jarayonga bog’liq? A) fiziologik jarayonlarning ritmik o’zgarishiga B) yerning Quyosh atrofida aylanishiga C) yil fasllarining almashinuviga D) Yorug’likning mavsumiy o’zgarishiga 11. Organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil nima? A) harorat B) kun uzunligi C) yorug’lik D) namlik 12. Kun uzunligi o’simliklar(a) va hayvonlarda(b) qaysi jarayonlarga ta’sir qiladi? 1-urug’ning unib chiqishi; 2-xazonrezgilik; 3-tinim davriga o’tishi; 4-tullashi; 5-o’sishi; 6-meva tugishi; 7-mevaning pishib yetilishi; 8-ko’payishi; 9-migratsiya A) a-2,3,5,6, b-4,8,9 B) a-1,2,3,5,7,6, b-4,8,9 C) a-4,8,9, b-2,3,5,6,7,1 D) a-2,3,7, b-4,8,9 13. Ko’p miqdorda quyosh energiyasini qabul qiladigan madaniy(a) va yovvoyi(b) o’simliklarni aniqlang: 1-saksovul; 2-qayrag’och; 3-zubturum; 4-qayin; 5-g’umay; 6-tikan daraxti; 7-sorgo; 8-nastarin; 9-baqlajon; 10-jo’ka; 11-makkajo’xori; 12-shakarqamish A) a-7,9,4,12, b-1,3,6 B) a-9,7,11,12, b-1,2,3,10,4 C) a-7,11,12, b-1,6,3,4 D) a-5,11,12,2, b-8,9,10,3,4 14. Kuchli yorug’likni yoqtirmaydigan o’simliklar qaysi qatorda berilgan? A) qirqquloq, lipa, qulupnay, plaun B) moxlar, qo’ng’ir suvo’tlar, yo’sinlar C) lipa, qizil suvo’tlar, plaun, nastarin D) qarag’ay, binafsha, lipa, qirqquloq 15. Hayot faoliyati sutkaning yorug’ vaqtida faol kechadigan umurtqasiz(a), yunda oziq izlaydigan umurtqali(b) hayvonlarni aniqlang. A) a-kolibri, asalari, b-primatlar, to’tiqushlar B) a-suvarak, asalari, b-bo’ri, ukki C) a-suvarak, chirildoq, b-qaldirg’och, quyon D) a-asalari, b-bo’ri, ukki 16. Rangni ajrata oladigan o’ng aorta ravog’iga ega(a), rang ajrata olmaydigan chap aorta ravog’iga ega(b) organizmlar 1-qirg’iy, 2-gorilla; 3-orangutan; 4-to’tiqushlar; 5-kolibri; 6-tulki; 7-oq ayiq; 8-qunduz; 9-martishka A) a-1,4,5, b-6,7,8,9 B) a-2,3,9; b-1,4,5 C) a-5,4; b-6,7,8 D) a-2,3,4,5, b-6,7,8 17. To’g’ri fikrni aniqlang: A) Ekvatorda kun uzunligi yil davomida taxminan 14 soat B) Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi issiqlikka qarab farqlanadi C) Giatsint va manstera yorug’likning yetishmovchiligiga bardosh bera oladigan manzarali o’simlik D) Fotoperiodizm yorug’likning intensivligiga bog’liq emas 18. Kun uzunligi 11 soat bo’lganda o’sishda davom etadigan lekin gullamaydigan o’simliklarni aniqlang. 1-pomidor; 2-baqlajon; 3-rediska;4-no’xat; 5-g’o’za; 6-sabzi; 7-piyoz; 8-karam; 9-kartoshkagul; 10-kartoshka; 11-bodring; 12-sholg’om A) 6,7,8,10,12,3 B) 1,2,9,11,4,5 C) 2,4,9,11,6 D) 3,4,5,6,7,9,12 19. Gullashi kun uzunligiga bo’g’liq bo’lmagan o’simliklarning oilalari uchun xos bo’lgan umumiy xususiyat A) meva turi, gulning tuzilishi B) poya kambiyli, yo’g’onlasha oladi C) guldagi erkin changchilar soni D) mevasining bir tutam popuklar orqali tarqalishi 20. Bahor va kuz oylarida gullaydigan(a) va yoz oylarida gullaydigan(b) o’simliklar qaysi mintaqalarda o’sadi? A) a-tropik va suptropik; b-mo’tadil B) a-mo’tadil va tropik, b-subtropik C) a-tropik, b-mo’tadil, subtropik D) a-mo’tadil, b- tropik va suptropik 21. Bahor va kuz oylarida gullaydigan gajak to’pgulli o’simliklarni aniqlang. A) bodring, xrizantema B) kartoshkagul, baqlajon, pomidor C) no’xat, qalampir, kartoshka D) qalampir, baqlajon, pomidor 22.. Organizmdagi mavsumiy o’zgarishlarni va boshqa biologik jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmni belgilang. A) kun uzunligi B) molekulyar soat C) biologik soat D) yer soati 23. Tirik organizmlardagi qaysi jarayonlar kun uzunligiga bog’liq ravishda ritmik o’zgaradi? A) morfologik, fiziologik, biokimyoviy B) morfologik, immunologik, fiziologik C) immunologik, fiziologik, biokimyoviy D) morfofiziologik, immunologik, biokimyoviy 24. O’z faoliyatini quyosh botgan g’ira-shirada boshlaydigan umurtqali va sutkaning yorug’ vaqtida faol hayot kechiradigan chap aorta ravog’iga ega organizmlar uchun xos bo’lgan to’g’ri ma’lumotni toping. A) bitta kenja tip va bitta turkumga mansub B) bitta sinf, lekin har xil turkumlarga mansub C) bitta tip, lekin har xil kenja tipga mansub D) bitta turkumga kiruvchi har xil turlar 25. Barg plastinkalari qalin, sirti mum bilan qoplangan, barg og’izchalari ko’p bo’ladigan madaniy o’simliklar berilgan qatorni aniqlang. A) qulupnay, giatsinf, monster B) anturium, binafsha, sorgo C) makkajo’xori, oqjo’xori, shakarqamish D) qayin, shumtol, saksovul 26.. Organizmlarda amalga oshadigan hayotiy jarayonlar yashash jarayoning qaysi ko’rsatkichlarini o’zgarishiga sabab bo’ladi? A) havo tarkibi, gazlar konsentratsiyasi, suvning tarkibi B)suvning tarkibi, gazlar konsentratsiyasi C) havo tarkibi, tuproq sutrukturasi, suvning tozalik darajasi D) suvning tozalik darajasi, suvning tarkibi, atmosfera bosimi 27.Atmosferaning yuqori chegarasida quyosh nurlanishining quvvati qancha? A) 1680 W/m2 B) 1380 W/m2 C) 200-300 mµ D) 2670 W/m2 28.Nurlarning kam qismigina ozon ekranidan o’tib, yer yuziga yetib keladigan nurning tirik organizmlarga ta’siri nimaga bog’liq A)to’lqin uzunligi va miqdoriga B)to’lqin uzunligi va yorug’likga C)tabiatiga D)yorug’lik va tabiatga 29.Sutkaning yorug’ va qorong’u vaqti almashishi bilan bog’liq harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladigan jarayonga misol bo’ladigan organizmlarni belgilang. A)boychechak, qoqio’t, binafsha B)binafsha, namozshomgul C)qoqio’t, atirgul D) qoqio’t, lola, namozshomgul 30. Kalmar, shaqildoqning maxsus organlar yordamida sezish qobiliyatiga ega bo’lgan nur qaysi va ularga qanday imkoniyat beradi? A)infraqizil nurlar, ov qilish imkonini beradi B)ultrabinafsha nurlar, hech qanday imkon bermaydi C)ko’rinadigan nurlar, tunda harakatlanish D)bu hayvonlar hech qanday nurni sezmaydi 31. Fotoperiod qanday omil hisoblanadi? A)yorug’likni belgilovchi omil B)organizmdagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilaydi. C)Fiziologik jarayonni belgilaydi D)ekologik omil 32. Harorat katta rol o’ynaydigan jarayonlar? 1)tirik organizm yer shari bo’ylab tarqalishi; 2)ularning xulq-atvori, hatti-harakati namoyon bo’lishi ; 3)oziqlanishi; 4)yashash muhiti A)3,4,1,2 B) 1,4,3 C) 4,2 D)2,1 33.Qisqa kun o’simliklari qanday mintaqada o’sadi? A) mo’tadil, subtropik B) tropik, subtropik C) ekvotarial, mo’tadil D) mo’tadil 34. Fototaksis qobiliyatiga ega organizmlarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)yorug’lik sezuvchi tuzilmalarga ega; 2)erkin harakatlana olmaydi; 3)faqat fotosintez usulida oziqlanadi; 4)geteratrof oziqlanadi; 5)harakatlanish organoidlari mavjud; 6)harakat yo’nalishi ta’sir yo’nalishiga bog’liq; A)1,3,6 B)2,3,5 C)4,5,6 D)1,2,6 35. Fotoperiodizm hodisasi haqidagi to’g’ri fikrlarni aniqlang. 1) yorug’lik ta’sirida o’simliklarning yorug’lik yo’nalishiga bog’liq holda harakatlanishi fotoperiodizm deyiladi; 2) o’simliklar hayot faoliyatining yil mavsumlari bilan sinxronlashishi fotoperiodizm deyiladi; 3)o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi kun uzunligiga bog’liqligi fotoperiodizm deyiladi; 4)tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug’ kun uzunligiga bog’liqligi fotoperiodizm deyiladi; 5) fotoperiodizm hodisasini tajribada o’simlik va hayvonlarda yoritishni sun’iy o’zgartirib kuzatish mumkin; 6) fotoperiodizm asosida o’simlik va hayvonlarda evolutsiya davomida maxsus davriy takrorlanib turuvchi biologik ritmlar paydo bo’lgan; 7)o’simliklar ko’rinadigan nurlarni fotopigmentlar orqali o’zlashtirilishi fotoperiodizm deyiladi. A)1,2,3,4 B)1,5,6,7 C)2,3,4,7 D)3,4,5,6 36. Infraqizil nuri uchun xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang. a)eng ko’p to’lqin uzunlikka ega; b)odamni ko’zi ilg’amaydi; c)yerga yetib keladigan quyosh nurini foiz jihatdan ko’rinadigan nurdan yuqori hisoblanadi; d)uning ko’p yoki kam bo’lishi quyosh nurini qay holatda tushishiga bog’liq; e)to’lqin uzunligi 750 nm dan 100 nmga yetadi. A)a,b,c B)e,a,b,d C)e,c D)d,a,b 37.Yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining 1%ini tashkil etuvchi spektrga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni aniqlang. a)to’lqin uzunligi 0,39 mkm bo’lishi mumkin; b)yuksak biologik faollikka ega; c)to’lqin uzunligi 0,38 mkm bo’lishi mumkin; d)ayrim hujayralarni jarohatlab, ba’zi hujayralarni hosil qiladi; e)teri pigmentini hosil qiladi; f)uning yetishmasligi tuz almashinishi buzilishiga sabab bo’ladi; h)to’lqin uzunligi 0,3mkm<…<0,4mkm; i)to’lqin uzunligi 0,4mkm<…<0,3mkm A)b,c,e,f,h B)b,c,e,f,i C)b,d,h D)c,d,e,f,h 38.Sorgo bu ….. A) zubturum bilan bir turga mansub B)madaniy o’simlik emas C)qayin kabi hayotiy shaklga ega D)makkajo’xori bilan bir oilaga mansub 39. Ateriumning qaysi qismi yuraksimon shaklga ega? A)guli B)bargi C)mevasi D)poyasi 40.To’qimalar va organlarda issiqlik almashinuvini tezlashtiradigan nur uchun quyidagilarning nechtasi xos emas? 1)740nm; 2)fototaksis; 3)kamayishi raxitga sabab; 4)510nm; 5)Yerga 3 % i keladi; 6)shaqildoqqa ov qilish imkonini beradi; A)1 ta B)2 ta C)4 ta D)5 ta 41.Giasint uchun xos bo’lgan xususiyatlani ajrating. v)soyasevar; z)manzarali; x)madaniy; u)bargi ildiz bo’g’zidan chiqadi; s)to’pgul hosil qilmaydi; p)yorug’sevar A)u, p B)z,s C)v,x D)v,u 42. Qisqa kun, manzarali (I) va uzun kun, madaniy (II) o’simliklarga ajrating. f)pomidor; k)kartoshka; j)no’xat; m)g’oza; n)karam; l)shoyigul; o)piyoz; p)xrizantema; q)sabzi; r)kartoshkagul A)I-k,q,f; II-p,r,m B)I-l, p,j; II-f,o,n C)I-r,p; II-n,q,o D)I-p,l,r; II-k,o,q 43.Fotoperiodizm yorug’likning intensivligiga emas , balki …. bog’liq? A)sutkaning yorug’ va qorong’u vaqtlarining almashishi davriyligiga B)tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarga C)tirik orgaznizmlarning yorug’lik ta’siriga javob reaksiyalariga D)ekvatordan qutblarga brogan sari kun uzunligi yil fasllarga qarab farqlanishiga 44.To’lqin uzunligi 400-750 nm bo’lgan nurlar uchun quyidagilarning nechtasi xos? m)bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ega; n)kalsiy va fosfor lamshinuvida ahamiyatli; o)yerga yetib keladigan nurlarning yarmini tashkil etadi; p)anorganik moddalardan organic moddalar sintezlanishida ahamiyatga ega; q)issilik manabyi emas; r)halokatli ta’sir ko’rsataishi mumkin;s) yetib keluvchi nurlarning 5 %ga yaqin qisminini tashkil etadi; t)CO2 gazini yutilishida ahamiyatli; A)2 ta B)3 ta C)6 ta D) 5 ta 45.O’simliklarning o’sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga o’tish kabi muhim biologic jarayonlarni boshqaruvchi omil? A)fotonastiya B)fotoperiod C)fototropizm D)fotosintez 46.Sutkaning yorug’ va qorong’u vaqtining almashinishi bilan bog’liq harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladigan jarayon? A)fotonastiya B)fotoperiod C)fototropizm D)fototaksis 47.12 soatdan kam sharoitda o’sadigan o’simliklar qaysi mintaqada tarqalgan? A) tropic va mo’tadil B)ekvotorial va subtropik C)tropic va ekvotarial D)tropic va subtropik 48.Lola va qoqio’t… A)bir sinf vakili B)bir oila vakili D)yorug’likka javob reaksiyasi bir xil E)namlikka bo’lgan talabi bir xil 49.Organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. A)infraqizil nurlar B)kun uzunligi C)harorat D)suv Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling