INSHO YOZISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA
YORDAM BERADIGAN TOPSHIRIQLAR
Quyida o‘quvchilar tomonidan yaratilgan matnlardan ayrim
namunalar keltirildi. Bu matnlar 5-15 daqiqa oralig‘ida dars
boshlanishida tuzilgan.
17
TAYANCH SO‘ZLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN
Tayanch so‘zlar: sharshara, 1-para, Prezident, jazirama,
mukofot.
Yoz. Jazirama kunlar boshlangan. Ammo sharqiroq soylar,
sharshara salqini jazirama hovurini bosayotganday go‘yo. Shunday
paytda kollejda dars boshlandi. Birinchi para – huquqshunoslik
darsi. Bu darsda o‘qituvchimiz bilan Prezidentimiz tomonidan ta’sis
etilgan mukofotlar haqida gaplashdik. Bu mukofotlarni qo‘lga kiritish
uchun respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud. Shu kundan
boshlab barchamiz Prezident mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun
intilishga, tinmay mehnat qilib, yaxshi o‘qishga harakat qila
boshladik.
TOPISHMOQLAR ASOSIDA TUZILGAN MATN
Mazkur
topshiriqdagi
topishmoqlarni
javob
so‘zlarga
almashtirib, matnni qayta tuzish ham mumkin.
Kechasi bilan yomg‘ir quyib chiqdi. Tongda tuman qoplangan
olam uzra oltin sandiq ochildi, olamga nur sochildi. Yomg‘ir
suvlariga bag‘ri to‘lib qolgan pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni
borlar dala uzra yashnab turar, yer tagida oltin qoziq, u hammaga
bo‘lar oziqlar esa tuproqqa singib ketgan yomg‘ir suvlaridan
bahramand, ammo jaladan oldingi ko‘tarilgan to‘s-to‘polondan
bexabar yotar edi. Kechagi yomg‘irdan keyin o‘yib oldim, o‘rni yo‘q
ariq‘-u anhorlarning qirg‘oqlaridan toshib chiqib ketgudek bo‘lib
17
Topshiriqlar Chilonzor pedagogika kolleji o‘quvchilari tonidan bajarilgan.
102
to‘lqinlanib oqar edi. Kecha kun bo‘yi osmonni qoplagan katta
Do'stlaringiz bilan baham: |