Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik g‘oyasi
O‘yin rejasi
Amaliy ish o„yini 4 soatga mo„ljallangan. 1. Tadbirkorlik g„oyasini tanlash va shakllantirish 2. Tadbirkorlik va kichik biznesning iqtisodiy samaradorligi mohiyati va ahamiyati to„g„risida tushunchalarni mustahkamlash. 3. TG„ning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 4. Tadbirkorlik g„oyasini amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samarador- likni ko„rsatkichlar bo„yicha tahlil qilish. 5. Mavzuni yakunlash va mustaqil ishlashga topshiriq olish. O‘yin shartlari 1. Har bir o„yin qatnashchisida tadbirkorlik g„oyasini interfaol usullardan biri bo„lgan «Fikrlar hujumi» asosida tanlash usuli uchun tayyorlangan anketa so„rovlari bo„lishi shart. 2. «Fikrlar hujumi» asosida g„oya tanlashda o„yin rahbari hakamlik qiladi. 3. Rejalashtirilgan vaqtda barcha muammolarni hal qilishga ulgurish uchun tanlangan g„oyaning iqtisodiy samaradorligini baholovchi ko„rsatkichlar tizimini hisoblash uchun uslubiy ko„rsatmalar berilishi kerak. 4. Guruh talabalari 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo„linadi. II-bosqich Muammo: O„z imkoniyatiga mos keladigan tadbirkorlik g„oyasini tanlash. 108 Siz o„zingizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizni hisobga olib, biznesning ma‟lum bir sohasini aniqladingiz. Endi siz tadbirkorlik g„oyasini tanlashingiz lo- zim. Tadbirkorlik g‘oyasi - bu siz tanlagan biznesning mazmuni, maqsadi, ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ning tavsifidir. Tadbirkorlik g„oyasi tadbirkorning salohiyati va imkoniyatlariga asoslanishi kerak. Biznesni tanlash qoidalari 1. Men tadbirkor bo„lishni xohlayman va bo„la olaman, degan qarorga keling. 2. Siz hamma vaqt: ovqatlangan paytingizda ham, sayr qilganingizda, gazeta va jurnallar o„qiganingizda, televizorda reklama tomosha qilganingizda va hatto ux- lashga yotgan paytingizda ham biznesning qaysi turi bilan shug„ullanishingiz haqida o„ylang. 1. Siz tadbirkorlik salohiyatiga egasiz. Biznesning bir qancha sohasida faoliyat olib borishga imkoniyatlaringiz yetarli. Shu imkoniyatlaringizni tahlil qiling, o„zingizda yangi imkoniyatlarni qidiring. 4. Sizda g„oya paydo bo„lgandan so„ng, u haqida doimo o„ylang, uni har tomonlama o„rganing, oydinlashtiring, takomillashtiring. 5. Tanlagan g„oyangizni amalga oshirish yo„llarini shoshilmay, obdon o„ylang, qunt va g„ayrat bilan bajarishga kirishing. 6. Xato qilishdan qo„rqmang, ruhingizni tushirmang, o„z xatti-harakatlaringizni ayovsiz tahlil qiling, siz qayerda xato qilganingizni tushunishga o„rganing, holatga moslashuvchan bo„ling, xatolaringizni o„z vaqtida tuzatishni biling. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling