Yuk ko’tarib tushiruvchi kranlar


Download 1.62 Mb.
bet17/18
Sana27.03.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1299940
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yuk ko’taruvchi va tushiruvchi mashinalar

Chorpoyali kranlar. Ular omborxonalarda va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi zavodlarda yuklash–tushirish ishlarini bajarishda, konstruksiyalarni yig’ish maydonlarida, yirik sanoat korxonalari, issiqlik va atom elektrostantsiyalari qurilishida texnologik qurilmalarni montaj qilishda keng miqyosda qo’llaniladi. Chorpoyali kranlar montaj va umumiy ishlarni bajaradigan turlarga bo’linadi. Umumiy ishlarda foydalaniladigan chorpoyali kranlar 5 tonnagacha, montaj ishlarida foydalaniladigan kranlar esa 500 tonnagacha yuk ko’tara oladi.





    1. –rasm. 100 t. yuk kutara oladigan chorpoyali kran

a kran sxemasi; b — telejkani siljish mexanizmida po’lat arqonning o’ralish sxemasi;
v xuddi shuning o’zi yuk ko’tarish mexanizmi uchun.
1–elektroreversiv chig’ir; 2 —ko’prik; 3 yuk aravachasi; 4—polispast;
5—traversa; 6 boshqarish kabinasi; 7—tayanch; 8 aravacha; 9 yordamchi mexanizm; 10, 11, 12, 13 —chig’irlar.
Chorpoyali kranning yuk ko’tarish konstruksiyasi ikkita tayanch 7 (7.13– rasm) va ularga o’rnatilgan ko’prik 2 dan iborat. Kran ko’prigi bo’ylab yuk aravachasi 3 harakat qiladi. Tayanchlar yurish aravachalari 8 ga o’rnatiladi va ularning xar biri ikki relsli yo’l bo’ylab harakatlanadi. Oz yuk ko’taradigan kran ko’priklari uch poyasli fazoviy ferma va yurish balkasi profili qo’shtavr bo’lib, unda elektrotal harakatlanadi. O’rtacha va yuqori yuk ko’tarish qobiliyatiga ega kran ko’priklari to’rt poyasli fazoviy ferma bo’lib, to’rtburchak yoki trapetsiyasimon kesimga ega bo’ladi.
Bu kranlarning yuk aravachalari pastki yoki yuqori poyaslarda harakatlanadi. Ba’zi kranlarda yuqori poyaslarda asosiy yuk aravachasi, pastki poyasda esa oz yuk ko’taruvchi yordamchi aravacha 9 harakatlanadi. Kran ko’priklari konsolli va konsolsiz tayyorlanadi. Konsol uzunligi proletning 25...30% ga teng bo’ladi. Prolet katta bo’lganda tayanchlardan biri ko’prikka qo’zg’almas, ikkinchisi esa qo’zg’aluvchan qilib biriktiriladi. Yuk aravachasi arqon va elektroreversiv chig’ir 1 (7.13–rasm, b) yordamida ko’prikda harakatlanadi. Ko’tarish mexanizmi umumiy traversa 5 va ko’prikning ikkala tomoniga simmetrik joylashgan ikkita polispast 4 dan iborat.
Montaj qiluvchi og’ir kranlarda yuklarni tushirishda kichik tezlikka erishish uchun to’rt dona chig’ir 10, 11, 12,13, dan foydalaniladi. Chig’ir 10, 11 lar yukni bir tomonga, 12, 13 lar esa qarama–qarshi tomonga harakatlantiradi. Kranni boshqarish kabina 6 dan amalga oshiriladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling