Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
Хамза stansiyasidan Карши
Download 2.84 Mb.
|
ЮТИБ Лаборатория дафтари lotincha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
- 8-laboratoriya ishi Vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash
- - temir yo‘lining universal vagonlarda yuklarni tashishda № 1 tarif sxemasi bo‘yicha;
- - №106 tarif sxemasi bo‘yicha – universal vagonlarda tashiladigan vagonlangan jo‘natmalarga aniqlanadi;
- Хамза va Карши
Хамза stansiyasidan Карши stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 153 + 347 + 12 = 512 km.
7.2-rasm. Хамза stansiyasidan Карши stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofasini aniqlash chizmasi Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 7.1-jadvaldagi variantlar bo‘yicha jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofalarni aniqlaydi. 7.1-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
8-laboratoriya ishi Vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga vagonlangan jo‘natmada universal vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. Tarifni qo‘llashga nisbatan tashish uchun alohida vagon taqdim etilishini talab qiladigan yuk jo‘natmasi vagonlangan jo‘natma deb hisoblanadi. Vagonlangan jo‘natmada yuklarni tashishda, jo‘natuvchi stansiyada kimning vositasida jo‘natma vagonga ortilganidan qat’iy nazar, tashish xujjatlarida “ВО” belgisini qo‘yadi. Universal vagonlarda (yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar) barcha yuklarni vagonlangan jo‘natmalarda tashishda (jo‘natuvchi va oluvchi ayrim fuqarolar bo‘lganidan tashqari) kira haqlari Прейскурант 10-01 [7] ning 1-bo‘limi: - temir yo‘lining universal vagonlarda yuklarni tashishda № 1 tarif sxemasi bo‘yicha; - vazirliklar va idoralarning, korxonalari va tashkilotlari tasarrufidagi yoki ular ijaraga olgan universal vagonlarda yuklarni tashishda №2 tarif sxemasi bo‘yicha aniqlanadi. Nazarda tutilgan №1 va №2 sxemalar bo‘yicha kira haqlari yuklarni turidan qat’iy nazar Прейскурант 10-01 ning 1-bo‘limida keltirilgan hisob jadvallari bo‘yicha universal vagonlardagi yukning vazni uchun aniqlanadi, ammo tegishli yuklarning minimal vazn normasidan (MVN) kamiga emas. Universal vagonga 80 t dan ziyod yuk ortilganida kira haqlari, “80 t” qatoridagi to‘lovga 80 t dan ziyod ortilgan har bir qo‘shimcha tonna uchun “при весе свыше 80 т за 1 т” qatori bo‘yicha to‘lovni qo‘shish bilan aniqlanadi. Yuklarni ortish va mahkamlash uchun vagonga o‘rnatilgan ajraladigan va ajralmaydigan qo‘shimcha moslamalarning (turniketlar, ustunlar, kassetalar, piramidalar va boshqalar) vazni tashish hujjatlarida ko‘rsatiladi va kira haqlari yukni netto vazni va qo‘shimcha moslamalarni vazni jamlangan vagondagi yukni umumiy vazniga undiriladi. Paxta tolasini tashish uchun kira haqlari Прейскурант 10-01 ning 8-bo‘limida keltirilgan: - №106 tarif sxemasi bo‘yicha – universal vagonlarda tashiladigan vagonlangan jo‘natmalarga aniqlanadi; - № 107-tarif sxemasi bo‘yicha – rejada nazarda tutilgan yopiq vagonni o‘rniga refrijerator vagoni berilganida aniqlanadi. Yuklarni tashish kira haqlarini aniqlash uchun: a) №4 sonli Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi; b) vagonlangan jo‘natma uchun kira haqlarini hisoblashda yukni vaznini (uy buyumlaridan va yo‘lovchi poezdlarida tashiladigan yuklardan tashqari), 500 kg va undan ziyodi to‘liq tonnalargacha butunlanadi va 500 kg dan kami hisobga olinmaydi; v) qaysi turdagi vagonda yukni tashish amalga oshirilishi belgilanadi; g) yukni nomi bo‘yicha №407 To‘plam [10]ning, yuklarni alfavit ro‘yxatidan, ЕТСНГ kodi aniqlanadi; d) ЕТСНГ kodining tarif guruhi va pozitsiyasining nomeri bo‘yicha temir yo‘li umumiy parkining universal vagonlari va xususiy yoki ijaraga olingan universal vagonlar uchun MVN aniqlanadi. Agar vagondagi yukni vazni MVN dan kam yoki teng bo‘lsa, tashish kira haqi universal vagonlarga shu MVN uchun undiriladi. Vagondagi yuklarni vazni MVN dan ziyod bo‘lgan holatlarda tashish kira haqlari, vagondagi yukni vazniga undiriladi. Agarda MVN “г/п” (ya’ni vagonning yuk ko‘tarishiga teng) deb ko‘rsatilgan bo‘lsa kira haqlari vagondagi yukni vazni uchun hisoblanadi, ammo vagonning tonnadagi yuk ko‘tarishidan kamiga emas. 8.1-misol: Хамза stansiyasidan Карши stansiyasiga 60200 kg “Muka pshenichnaya vыsshego sorta” ni tashish kira haqi aniqlansin. Yechish: a) №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Хамза va Карши stansiyalarini qidirib topamiz: Stansiya Хамза: Uzbek.; Страница 391; Строка 40; Ташкент-Товарный-6, Хаваст-153; Kod 722504. Stansiya Карши: Uzbek; Страница 395; Строка 12; Кашкадарья-12, Нишан (eksp.)-62; Kod 733104. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. №4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz: Ташкент-Товарный – Кашкадарья 506 km; Ташкент-Товарный – Нишан (eksp.) 580 km; Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling