Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi
Download 301 Kb.
|
YuMB ishlab chiqarish 3 kurslaboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq 1.
- Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Fenolospirtlar asosida oddiy fenol formaldegid oligomerlarini olish. Ishdan maqsad
Ishni bajarish tartibi: Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o‘lchab olinadi. Reaksion kolbada azot yordamida inert muxit xosil qilinadi. So‘ngra kolbaga DEG va rux atsetat solinadi. Reaksion massa aralashtirilib, xarorat sekin-asta ko‘tariladi. Rux atsetat erib ketgandan (100-110 oC) so‘ng reaksion kolbaga AK solinadi. Xaroratni 195 oC ga ko‘tariladi va shu xaroratda Reaksiya 6 soat davomida azot muxitida olib boriladi. Reaksiya davomida ajralgan suv o‘lchab olinadi. So‘ngra vakuum haydash jixozi yig‘ilib, reaksion massadagi qolgan suv ajratib olinadi. Vakuum haydash jarayonida xarorat 100 oC, bosim esa 100-120 mm.simob ustunini tashkil etadi. Ajralib chiqqan umumiy suv miqdori o‘lchab olinadi.
Topshiriq 1. Hosil bo‘lgan oligomerning chiqish unumdorligini aniqlang. 2. Oligomer tarkibidagi gidroksil (ON) guruhlar miqdorini aniqlang. Adabiyotlar 1.A.П.Григорьев, O.Я.Федотова "Лабораторный практикум по технологии пластических масс". Москва, Высш. школа. 1986год. 2.Magrupov F.A. "Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi" fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y. 3. Улрих Пот. “Полиэфиры и aлкидныe смолы” Перевод с немецского.Л.В.Казаковой. Moсквa “Peynt-Media” 2009 год. 4. Бозоров A.T. Исследование условий образования ипереходав сщитое состояние высокомолекулярных феноло-формальдегидных олигомеров.. Maг.диссертация 2016 г. Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Fenolospirtlar asosida oddiy fenol formaldegid oligomerlarini olish. Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya mashg‘ulotida oddiy fenol formaldegid oligomerlari sintez qilinadi. Nazariy qism: Fenol formaldegid oligomerlari fenol va formaldegidning suvdagi eritmasi formalin asosida ishqoriy va kislotali muhitlarda olinishi mumkin. Ishqoriy muhitda fenol bilan formaldegiddan avvaliga mono-, di-, trimetilolfenollar (fenolospirtlar) hosil bo‘ladi. Mono-, di-, trimetilolfenollarning o‘zaro nisbati fenol bilan formaldegidning reaksiya uchun olingan molyar miqdorlarigacha bog‘liq. Agarda formaldegidni miqdori 1 mol fenolga teng yoki kam bo‘lsa ko‘proq monometilolfenol hosil bo‘ladi. Formaldegidni miqdori ortishi bilan reaksion muhitda di- va trimetilolfenollarning miqdori ham ortib boradi. Ishqoriy muhit ushlab turilib, formaldegid miqdori fenolnikidan ko‘p bo‘lsa rezol deb ataladigan fenol-formaldegid smolalari hosil bo‘ladi. Fenol bilan formaldegidni nisbati 7:6 bo‘lib muhit kislotaliga aylantirilsa novalak deb ataladigan smola hosil bo‘ladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi. Rezol smolalari novolak smolalaridan farqli bo‘lib ular o‘z tarkiblarida reaksiyaga kirishish qobilyatiga ega bo‘lgan metilol gruppalarini saqlaydilar. SHuning uchun ham rezol smolalari issiqlik ta’sirida hech qanday katalizator yoki qotirgichlarsiz ham to‘rsimon (tikilgan) holatga o‘tadilar. Novolak smolalari ularga qotirgich (urotropin-geksametilentetramin) qo‘shilib qizdirilsa to‘rsimon holatga o‘tadilar. To‘rsimon holga o‘tgan polimer erituvchilarda erimaydi, yuqori harorat ta’siri ostida qovushqoq oquvchan yoki yuqori elastik holatga o‘tmaydi. SHuning uchun ham bu turdagi polimerlar avvaliga novolak va rezol holida sintez qilinib ular to‘rsimon holatga tayyor mahsulot olish jarayonida o‘tkaziladi. Fenol-formaldegid smolalaridan ko‘plab turli-tuman loklar tayyorlanadi va bu loklar turli yuzalarni qoplama bilan qoplashda ishlatiladi. Undan tashqari fenolformaldegid smolalari asosida ularga to‘ldirgichlar, qotirgichlar va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib polimer kompozitsiyalari tayyorlanadi (keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz) va bu kompozitsiyalardan elektrotexnikada va mashinasozlikda ishlatiladigan mahsulotlar olinadi. Download 301 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling