X om-ashyo: Stirol -18 gr, Akrilonitril-15, benzoil peroksid (umumiy massaga nisbatan 0,01 %), distillangan suv 17 gr, Stabilizator (umumiy massaga nisbatan 1 %),
Jixozlar: Byunzen kolbasi, Petri chashkasi yoki shisha bo‘lakchasi, termometr, qaytar sovutgich, aralashtirgich
Ishni bajarish tartibi. Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o‘lchab olinadi. 50 – 60 oC xaroratda reaksion kolbada stabilizator suvda eritiladi. To‘liq stabilizator suvda erigandan so‘ng monomer solinadi va stirolda eritilgan benzoil peroksidni tomchilatib qo‘shiladi. Tinimsiz aralashtirilgan xolda xarorat 60 oC dan oshmasligi kerak. Xarorat yuqori ko‘tarilishi va aralashtirgichni to‘xtab kolishi natijasida maxsulot qumog‘-qumog‘ xolga kelib qoladi. Reaksiya oxirida hosil bo‘lgan maxsulotni distillangan suv bilan to‘ldirilgan stakanga solinadi. Hosil bo‘lgan granula xolidagi cho‘kmani iliq suvda ( suvni rangi tiniqlanguncha) yuviladi.
Topshiriq
1. Yuvilgan granulalarni bir xil og‘irlikka kelguncha quriting.
2. Sopolimerning hosil bo‘lish unumdorligini xisoblang.
Adabiyotlar
1.A.П.Григорьев, O.Я.Федотова "Лабораторный практикум по технологии пластических масс". Москва, Высш. школа. 1986год.
2.Magrupov F.A. “Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi” fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3. Ulrix Pot “Poliefirы i alkidnыe smolы” Perevod s nemetskogo L.V.Kazakovoy. Moskva “Peynt-Media” 2009 g.
Laboratoriya ishi №2
Mavzu: Murakkab gidroksilsaqlovchi alifatik poliefirlar olish
Ishdan maqsad: Ushbu laboratoriya mashg‘ulotida polikondensatsiya usulida gidroksilsaqlovchi poliefirlar sintez qilinadi. Sintez qilingan oligomerning chiqish unumdorligi aniqlaniladi.
Xom ashyo: Adipin kislotasi (AK)- 1 mol (0,1 mol), Dietilenglikol (DEG)- 1,1 mol (0,11 mol), Rux atsetat (Umumiy massaga nisbatan 0,18 %).
1.2.3-расм. Вакуум хайдаш жихози
1.2.2-расм. Поликонденсация реакциялари ёрдамида гидроксилсақловчи полиэфир синтез қилиш жихози
Jixozlar: 4 og‘izli kolba, qaytar sovutgich, Din-Stark ushlagichi, aralashtirgich, azot saqlanadigan balon, termometr, elektr plita, tarozi, dumaloq tubli kolba, kapilyar, alonj, vakuum nasos.
Do'stlaringiz bilan baham: |