Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi


Erituvchilarda eruvchanligini aniqlash


Download 301 Kb.
bet9/9
Sana17.06.2023
Hajmi301 Kb.
#1519950
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YuMB ishlab chiqarish 3 kurslaboratoriya

Erituvchilarda eruvchanligini aniqlash

Erituvchilarda erishini aniqlash uchun olingan oligomerlardan probirkalarga 0,15 g miqdorda tarozida o‘lchab olinadi. Ushbu oligomerning turli xil erituvchilardagi 10% li eritmalari tayyorlanadi.


Erituvchi sifatida etil spirt, atseton , siklogeksanon olinadi.


Topshiriq

  1. YuMMFFO ning molekulyar massasini aniqlang

  2. YuMMFFO ning eruvchanligini aniqlang

  3. YuMMFFO ning tomchi tushish xaroratini aniqlang

  4. YuMMFFO ning turli xaroratlarda tikilgan xolatga o‘tish vaqtlarini aniqlang



Adabiyotlar
1. 1.A.П.Григорьев, O.Я.Федотова "Лабораторный практикум по технологии пластических масс". Москва, Высш. школа. 1986год.
2.Magrupov F.A. "Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi" fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3.Улрих Пот. “Полиэфиры и aлкидныe смолы” Перевод с немецского.Л.В.Казаковой. Moсквa “Peynt-Media” 2009 год.
4. Бозоров A.T. Исследование условий образования ипереходав сщитое состояние высокомолекулярных феноло-формальдегидных олигомеров.. Maг.диссертация 2016 г.
Laboratoriya ishi – 7


Termoplast polimerlarning oquvchanligini o‘rganish


Ishdan maqsad: Polimerlarning oquvchanlik ko‘rsatgichini aniqlash.
Xom-ashyo: polimer granulasi
Jihozlar: ekstruzion kamera
Ishni bajarish tartibi: Tajribani boshlashdan avval ekstruzion kamera va porshan 15 minut sinash xaroratida ushlab turiladi. So‘ngra kameraga tekshiriladigan material solinadi va qum bilan shibbalaniladi.Kameraga porshen tushiriladi va vtulkaga qo‘shimcha yuk qo‘yiladi. Yuk qo‘yilgandan so‘ng material kapilyar orqali sizib chiqa boshlaydi. Porshen shtogining quyi aylanma chizig‘i ekstruzion kameraning yuqori uchiga tushishi bilan, xamma siqib chiqarilgan material kesib olinadi. Undan xisob ishlarida foydalanilmaydi. Kesib tashlash bilan bir vaqtda suyuqlanmaning oqib tushish tezligini ulchash boshlanib, u porshen shtogining yuqorigi aylanma chizig‘i ekstruzion kamerani yuqorigi uchiga tushguncha davom etadi.
Agar suyuqlanmaning oqish tezligi 3 gr 10 minutdan kam bo‘lsa, materialning oqish tezligi shtok o‘rtasida joylashgan 2 ta belgi orasidagi uchastkada o‘lchanadi.
Suyuqlanmaning oqish tezligini topish uchun xipchin shaklida siqib chiqarilayotgan materil yuqoridagi jadvalda keltirilgandek malum vaqt davomida kesib turiladi. Xavo pufakchalari bo‘lgan xipchinlar tashlab yuboriladi. Qolganlari xar biri aloxida 0.001 gr aniqlikda tortiladi. Tekshirish uchun olingan xipchinlar soni 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak.Xisoblash paytida xar biri aloxida-aloxida tortilgan xipchin og‘irliklarining o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.Suyuqlanmaning oqish tezligi bir necha o‘lchangandan so‘ng, kapilyar bo‘shatiladi va asbob nam gazmol bilan artiladi. Kapilyar mis otverka bilan tozalaniladi va kerak bo‘lsa qaynab turgan erituvchi ichiga solinadi. Ekstruzion kamerani xam issiqligida namlangan gazmol bilan yaltiroq xolga kelguncha artib quyiladi. Bu narsa keying tekshirish ishlarini boshlashda ortiqcha vaqt sarflashning oldini oladi.


Adabiyotlar
1.A.П.Григорьев, O.Я.Федотова "Лабораторный практикум по технологии пластических масс". Москва, Высш. школа. 1986год.
2.Magrupov F.A. "Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi" fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3.Улрих Пот. “Полиэфиры и aлкидныe смолы” Перевод с немецского.Л.В.Казаковой. Moсквa “Peynt-Media” 2009 год.


Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling