K - erituvchining kriaskopik doimiysi K=40,
(T1-T2)-temperaturalar farqi, m1-erigan modda massasi, m-erituvchi massasi.
Tomchi tushish xaroratini Ubbelode usulida aniqlash
Bir me’yorda qizdirib borilayotgan polimer namunasining o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tomchi holida oqib tushishi tomchilanish temperaturasi deb ataladi. Tomchilanish temperaturasi Ubbellode asbobida aniqlanib, u glitserin bilan to‘ldirilgan shisha termostat, qaytar sovitkich, metall patronga o‘rnatilgan termometr va tagida teshikchasi bulgan metall idishdan iborat.
Ishni bajarish tartibi: Sinashga kirishishdan oldin shisha termostat qaytar sovitkich bilan birgalikda konussimon shakldagi «isitkich kolba» ustiga o‘rnatiladi. Sinalayotgan polimer namunasi dag‘al maydalanadi va metall idishchaning 3/4 hajmigacha solinadi. So‘ngra idishchani qisqich bilan ushlab asbestli to‘r ustida yumshoq xolga kelguncha qizdiriladi va termometrli patronga kiygiziladi. Idishchaning pastki teshigidan oqib, so‘ngra qotib qolgan polimer modda ortiqchasi qizdirilgan pichoq bilan kesib tashlanadi.
Tomchilanish temperaturasini topish uchun smola bilan to‘ldirilgan idishchani termometr bilan birgalikda termostatga o‘rnatib qizdiriladi. Temperatura ma’lum chegaraga etgach idishchaning pastki teshigidan polimer modda tomchi holida ko‘rinadi va oqib tushadi. Bu temperatura polimerning tomchilanish temperaturasidir.
Fenol formaldegid oligomerini (FFO) tikilgan holga o‘tishini o‘rganish.
FFO larni qayta ishlash jarayonida, qayta ishlash dastgoxlari mexnat unumdorligini aniqlaydigan asosiy faktorlardan biri oligomerlarning tikilgan xolga o‘tish (jelatinlanish) vaqti xisoblanadi. SHu sababli FFO larning jelatinlanish vaqtlarini aniqlanadi. Buning uchun bizga polimerlanish plitasi kerak bo‘ladi. Polimerlanish plitasiga termometr o‘rnatiladi. Kerakli haroratga chiqqanida shisha tayoqcha yordamida oligomer olinib polimerlanish plitasiga solinib, aralashtiriladi shu vaqtning o‘zida sekundomer yoqiladi. Oligomer tikilgan holatga o‘tganida ish to‘xtatiladi. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga kiritiladi.
T ºC
|
FFO ning tikilgan xolatda o‘tish vaqti, sekund
|
130ºC
|
|
150ºC
|
|
180ºC
|
|
200ºC
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |