Yurakning ishemik kasalliklari
Download 342.91 Kb.
|
3 yurakning ishemik kasalliklari
/ bosqich. Qon aylanishi buzilishining boshlang'ich darajasida ko'pchilik bemorlarda odatdagidek jismoniy ishni bajarganda ham tez charchash (tekis yerda yurish, zinadan ko'tarilishda), havo yetishmasligi, tomir urishining tezlashishi kuzatiladi. Bemor 3—5 marta o'tirib-turganda nafas olishi 50% ga tezlashadi, tomir urishi ham tezlashadi. Bu ko'rsatkichlar o'z holiga 10 daqiqadan oldin qaytmaydi. Nafas vezikular, ba'zan dag'alroq bo'lib eshitiladi. Yurak nisbiy chegaralari ozroq kengayishi mumkin.
// A bosqichda kasallikning klinik manzarasi ko'pincha gemodinamika o'zgarishiga bog'liq. Agar yurakning chap bo'limi ko'proq zararlangan bo'lsa, bu holda bemorlarda kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilari kuzatiladi. Bemorning asosiy shikoyatlari jismoniy harakat 106 qilganda havo yetishmasligi, yurakning tez urib ketishi va bo'g'ilishdan iborat bo'ladi. Bemorda tez charchash, quruq yo'tal, ba'zan qon tashlash hollari kuzatiladi. Teri qoplamlari oqarib, sovuq ter bosadi. Lablarida, barmoqlarida ko'karish paydo bo'ladi. Yurak chap qorincha hisobiga kengayadi. O'pkada quruq va nam xirillashlar eshitiladi. Yurak qisqarishlari tezlashadi yoki aritmiya kuzatiladi. Agar o'ng qorincha yetishmovchiligi belgilari ustunlik qiladigan bo'lsa, bu holda bemorlarda katta qon aylanish doirasida dimlanish belgilari kuzatiladi. Bemorlar o'ng qovurg'alar ostidagi og'irlik, tashnalik sezgisi, kechga tomon oyoqlarida shish bo'lishi, siydik kam ajralishidan shikoyat qiladilar. Osoyishtalikda bemorning nafasi qismaydi. Teri qoplamlarida sianoz, bo'yin venalarining bo'rtib chiqqanligi ko'zga tashlanadi. Jigar kattalashgan, yuzasi silliq bo'ladi. Palpatsiyada og'riqli. Plesh belgisi (jigarni qo'l bilan bosib ko'rilganda o'ng bo'yinturiq venasining bo'rtib chiqishi) musbat bo'ladi. Ba'zan qorin bo'shlig'iga suv yig'iladi. Yurak va o'pka tomonidan bo'ladigan o'zgarishlar asosiy kasal-likka bog'liq. // B bosqichda bemorlar ozgina jismoniy harakat qilganda nafas olishning qiyinlashuvi, yurakning tez-tez urushi, siydik ajralishining juda kamayib ketganligi, o'ng qovurg'alar ostida og'irlik sezish, uyqusizlik, keskin loxaslikdan shikoyat qiladilar. Bu bosqichda bemorlarda anasarka, assit, gidrotoraks bo'lishi mumkin. O'pka eshitib ko'rilganda nafas dag'al bo'ladi, quruq va nam xirillashlar eshitiladi. Yurak chegaralari har tomonga ken-gayib ketadi. Auskultatsiyada yurak ritmining buzilishi kuzatiladi. Jigar ancha kattalashgan bo'lib, paypaslab ko'rilganda qattiq va yuzasi silliq bo'ladi. Download 342.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling