Yurakning ishemik kasalliklari
Download 342,91 Kb.
|
3 yurakning ishemik kasalliklari
Parvarishi. Qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasida, bemor o'rnida yotish rejimiga qattiq amal qilish kerak bo'lgan hollarda, og'ir yotgan bemorlarni parvarish qilish, avvalo, ularni tinmay kuzatib turishdan iborat bo'ladi. Navbatchi tibbiyot hamshirasi shifokorga bemorning qanday uxlashi (osoyishtami yoki bezovtami, ko'p uyg'onib turadimi, to'lg'anadimi, alahlaydimi, minutiga necha marta nafas oladi, yo'taladimi, balg'am ajraladimi — tez-tezmi, qancha miqdorda hamda balg'amning turi to'g'risida xabar beradi. Bo'g'ilish xuruji, yurak sohasida og'riq paydo bo'lish vaqti va boshqalarni qayd qilishi lozim (3-rasm).
Palatada havo muayyan haroratda, taxminan 18—20°C atro-fida saqlab turiladi. Yozda, tashqarida jazirama issiq bo'lganda palatada tog'oralarda muz solib qo'yish yoki ochiq derazalar yaqiniga nam choyshablarni osib qo'yish mumkin, bugianish-da namlik issiqlikni ko'p yutadi va xona salqinroq bo'ladi. Ovqat yeyilgandan keyin bemor tishlarini tish yuvishvositasi bilan yuvishi, boshqa vaqtlarda esa og'zini va tomog'ini borat kislota yoki kaliy permanganat bilan chayib turishi kerak. Agar bemor darmonsiz yoki behush holatda yotgan bo'lsa, bu ishni o'zi bajara olmaydi, bu holda parvarish qilayotgan xodim milklarini va tilini iliq suvda yoki borat kislota, kaliy permanganat eritmasida hoilangan doka bilan artadi. 3 -rasm. Surunkali yurak yetishmovchiligida bemorning holati. Bemorning ko'rpa, yostiq jildlari, choyshablari va ich kiyimlari, ro'molchalari tez-tez almashtirib turilishi lozim. Choyshabni tekis qilib yozilishi va to'shakning batamom be-kilib turishiga e'tibor berish, choyshabda burmalar va non ushoq-lari bo'lmasligi bo'ladi. Bemor to'shakda uzoq muddat yotib qolgan bo'lsa, bu ayniqsa muhim, chunki choyshabdagi burmalar va ushoqlar uning g'ashini keltiradi va yotoq yaralar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Agar bemor o'rnidan tura olmaydigan bo'lsa, maxsus sudno (fayyans yoki metalldan) qo'yiladi, sudno tagiga esa kleyonka yozib qo'yiladi. Ichi kelgandan keyin, bemor tagini uy haroratidagi iliq suv bilan yuvish lozim. Tungi qo'yila-digan tuvak, sudnoni ishlatishdan oldin ularga ozroq suv yoki dezinfeksiya qilinadigan eritma quyiladi. Sudnodan foyda-lanib bo'lgandan keyin palata havosini buzmaslik uchun uni zudlik bilan xonadan olib chiqish kerak. Bemor terisini parvarish qilishning ahamiyati katta, uni yaxshi parvarish qilinsa, yotoq yaralar hosil bo'lmaydi. Imkon bo'lsa, har kuni, lekin haftasiga 3 marta butun badanini odekolon qo'shilgan iliq suvga hoilangan sochiq bilan artish lozim. Hoi sochiq bilan artishni har qanday sharoitda bajarsa bo'ladi. Buning uchun uy haroratidagi yoki biroz iliqroq suv ishlatiladi. Bemor sovuq qotmasligi uchun badanini galma-galdan artish lozim. Og'ir yotgan bemorni parvarish qilishda ovqat yeyishni to'g'ri tashkil qilishning ahamiyati katta. Agar bemor o'tira oladigan holatda bo'lsa, tibbiyot hamshirasi uni karavotda turib o'tirishiga yordamlashadi va orqasiga yostiq qo'yib, bo'yniga salfetka bogiab qo'yadi. Ovqatli idishni karavotga qo'yiladigan pastakkina stolchaga qo'yish juda qulay. Bunday stolcha boimasa idishni karavot oldi stolchasiga qo'yish mumkin. Bemor juda darmonsiz bo'lsa, likobchani qoida ushlab turib, bemorga ovqatni qoshiqda berish mumkin. Og'ir yotgan bemorlar maxsus choynaklardan ovqatlantiriladi. Download 342,91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling