Yurakning ishemik kasalliklari
Download 342.91 Kb.
|
3 yurakning ishemik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hushdan ketganda davolash.
- Kollapsda davolash.
Shokda davolash. Davolash tadbirlari kompleksida imkon boricha MNS faoliyatini yaxshilash ko'zda tutiladi. Shu bilan birga organizmda suyuqlik miqdorini ko'paytirish, tomirlar tonusini oshirish choralari ko'riladi. Kuchli og'riqda narkotik-lar (morfin, pantopon) yuboriladi yoki novokainli blokada qilinadi.
Shok holatidagi bemorni isitish, achchiq qilib damlangan bir stakan issiq shirin choy, 50—100 ml alkogol ichirish yoki venaga (yutish qiyinlashganda) etil spirtining 50% li eritmasidan 20— 25 ml ni 50—75 ml 40 %li glukoza eritmasi bilan yuborish zarur. Brom preparatlari, uxlatadigan vositalar yaxshi naf beradi. Arteriyaga qon yoki qon o'rnini bosadigan suyuqliklar quyish, ko'p suyuqlik ichirish, izotonik natriy xlorid eritmasi, glukoza eritmalarini (venaga yoki teri ostiga) yuborish lozim. Bemor doimiy kuzatuvga muhtoj bo'ladi. Shokka qarshi tadbirlar bilan birga, asosiy kasallikka davo qilinadi. Hushdan ketganda davolash. Bemor oyoqlarini boshidan balandroq vaziyatda qilib yotqiziladi, bu miyaning qon bilan ta'minlanishini yaxshilashga imkon beradi. Bemor sof havodan bahramand bo'lishi kerak. Uning siqib turgan kiyimlarini yechib qo'yiladi. Hushdan ketganda badanga sovuq suv purkash, so'ngra ishqalash va isitish, 1—2 marta novshadil spirti bug'larini hidlatish shoshilinch tibbiy yordam choralaridan hisoblanadi. Bu choralar qo'zg'atuvchi ta'sir ko'rsatadi. Agar bu choralar natija bermasa, bemor terisi ostiga 1 ml kordiamin yuboriladi. Kollapsda davolash. Dastlab kollapsni keltirib chiqargan sabablar imkoni boricha bartaraf qilinadi (qon oqishini to'xta-tish, intoksikatsiyaga qarshi choralar ko'rish). Bemorga jismoniy va ruhiy jihatdan tola osoyishtalik yaratiladi. Venaga 0,5 ml kordiamin va 0,3— 0,5 ml 1% li mezaton eritmasi (yoki 0,3— 0,5 ml 1% li noradrenalin eritmasi) 20 ml 40% li glukoza erit-masida yuboriladi. Teri ostiga 1 ml 20% li kofein yoki kamfora eritmasi yuboriladi, hidlatishga kislorod beriladi. Keyinchalik venaga tomchilab (minutiga 20—40 tomchi) taxminan 5ml 1% li mezaton eritmasi yoki 5ml 1% li noradrenalin eritmasi 500 ml izotonik natriy xlorid eritmasida yoki shun-cha miqdor 5% li glukoza eritmasida kiritiladi. Agar quyish boshlangandan keyin 5min o'tgach arterial bosim ko'taril-masa, dori yuborish tezligini minutiga 50—70 tomchigacha oshirish zarur. Arterial bosim normal raqamlargacha oshganda va kollaps-ning klinik belgilari yo'qolganda ko'rsatib o'tilgan preparatlarni berish tezligi asta-sekin kamaytiriladi. So'ngra dori quyush to'xtatiladi. Noradrenalinning pressor xususiyatini kuchaytirish uchun 1ml 0,1 %li atropin sulfat eritmasini yuborish maqsadga muvofiq. Kollaps yuz berganda venaga yuboriladigan mezatonli yoki noradrenalinli suyuqlik aralashmasiga prednizolon yoki kortizon qo'shiladi. Kollapsni davo qilishda noradrenalinga nis-batan qariyb 10 marta kuchliroq gipertenzinni qoilash maqsadga muvofiq. Ayrim hollarda arteriyaga 250 ml qon yoki qon o'rnini bosuvchi suyuqlik (poliglukin va b.) quyiladi. Qon quyishda mos kelmaslikka individual sinama, shuning-dek, biologik sinama (3 marta) o'tkazish tavsiya etiladi. Bemor 114 yaxshi shamollatilgan xonada bo'lishi kerak, tashqi ta'sirotlar (yorug' chiroq, shovqin) bartaraf qilinadi. Parvarishi. O'tkir tomirlar yetishmovchiligi vujudga kelganda bemor parvarishi har bir holatda (hushdan ketish, kollaps, shok) o'z xususiyatlariga ega. Lekin har bir holatda ham hamshira tezkor harakat qilib bemor parvarishini rejalashtiradi. Bemorga osoyishtalik yaratish, uni isitish, toza havoni ta'minlash, issiq ovqat va ichimliklar berish kerak. Qon tomir yetishmovchiligining turlarini nazarga olgan holda, shoshilinch yordam rejasi yuqorida aytib o'tilgandek o'tkaziladi. Download 342.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling