Yurakning ishemik kasalliklari


Download 342.91 Kb.
bet1/11
Sana15.06.2023
Hajmi342.91 Kb.
#1483352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 yurakning ishemik kasalliklari


3.9. YURAKNING ISHEMIK KASALLIKLARI


Yurak mushaklarni qon bilan ta'minlaydigan toj arteriya-larining ateroskleratik o'zgarishi sababli rivojlanadigan bu xastalik hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Bu kasallikda bir qator boshqa xastaliklar ham uchrab turadi: stenokardiya, miokard infarkti va infarktdan keyingi kardioskeleroz shular jumlasidandir.
Epidemiologiyasi. YIK, asosan, shahar aholisi orasida tarqalgan.
Kelib chiqish sabablari, asosan, gi perxolesterenimiya, gipertoniya, chekish, kam harakatlik, semizlik, qandli diabet, stresslar va irsiy omillarga bogiiq.
Tasnifi.
I. Yurakning to'satdan to'xtab qolishi.
II. Stenokardiya.

  1. Harakat stenokardiyasi: a) ilk paydo bo'lgan stenokardiya (4 haftadan kam), b) barqarorlashgan harakat stenokardiyasi; d) zo'rayib borayotgan harakat stenokardiyasi.

  2. Beqaror stenokardiya: a) ravon stenokardiya (o'z -o'zidan paydo bo'ladigan stenokardiya); b) uzayib ketgan stenokardiya; d) stenokardiyaning alohida turi (prinsmetall stenakordiya).

III. Miokard infarkti: a) katta o'choqli (transmural); b) kichik o'choqli.
. IV. Infarktdan keyingi kardioskleroz.
V. Yurak maromining buzilishi.
VI. Yurak yetishmovchiligi.
Yurak ishemik kasalligi tasnifi (O'zbekiston kordiologlarining 2000- yil IV syezdidagi o'zgarishiga asosan):
1. Yurakning to'satdan to'xtab qolishi (yurakning birinchi marta to'xtashi).
2. Stenokardiya:
a) barqaror harakat stenokardiyasi (FK ko'rsatilgan holda);
b) barqoror boimagan stenokardiya;

  • birinchi marta ro'y bergan stenokardiya;

  • zo'rayib boradigan harakat stenokardiyasi;

  • angiospastik stenokardiyasi;

  • infarkdan keyingi erta stenokardiya;

  • jarrohlikdan keyingi erta stenokardiya.

  1. Miokardning og'riqsiz ishemiyasi.

  2. Miokard infarkti:

  • Q-QM — tishchali;

  • Q-NQM — tishsiz.

  1. Infarkdan keyingi kardioskleroz.

  2. Yurak ritmining buzilishi (formasi ko'rsatilgan holda).

7. Yurak yetishmovchiligi (formasi va stadiyasi ko'rsatilgan holda).
Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqishida yuqorida keltirilgan omillar sabab bo'lgan toj arteriyalaridagi patologik o'zgarish-lar katta ahamiyat kasb etadi. Kasallik, asosan, toj arteriyalarining aterosklerozi asosida rivojlanadi. Yuqorida aytib o'tilganidek, xastalikka stenokardiya va miokard infarkti ham sabab bo'ladi.
Kamdan kam hollarda xastalik gipertoniya kasalligi, obli-teratsiyalovchi endartiritlarda, revmatik vaskulitlarda va zahm oqibatlarida vujudga kelishi mumkin.
Miokard infarkti, odatda, miokardga kelib turgan qonning toj arteriyalari orqali butunlay oqmasligi natijasida rivojlanadi. Ko'pincha bunga tromb yoki tromboemboliya sababchi bo'ladi.
Kardiospazm ham ahamiyatlidir. Bu dard, asosan, ilmiy xodimlar, rahbar lavozimlarda ishlaydigan kishilar orasida keng tarqalgan. Salbiy stress, toj arteriyalarining uzoq vaqt mobaynida ta'sirlanish hollari ham bu dardga chalintiradi.



Download 342.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling