Yurakning ishemik kasalliklari
Etiologiyasi va patogenezi
Download 342.91 Kb.
|
3 yurakning ishemik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi.
Etiologiyasi va patogenezi. Qon aylanishi yetishmovchiligi yurak-tomir kasalliklari oqibatida: faqat yurak, faqat tomir yoki yurak-tomirlar faoliyati buzilishi sababli kelib chiqadi.
O'tkir yurak yetishmovchiligi miokard qisqarishining buzilishi oqibati bo'lib, miokard infarkti, xafaqon kasalligining qo'zishi, paroksizmal taxikardiya, qorinchalar fibrillatsiyasi, yurak illat-lari tufayli kelib chiqadi. Surunkali yurak yetishmovchiligi quyidagi sabablarga ko'ra rivojlanadi: 1. Yurak mushagining zararlanishi: a) birlamchi (miokarditlar,kardiomiopatiyalar); b) ikkilamchi (toj tomirlar aterosklerozi, infarktdan keyingi kardioskleroz va hokazo). 2. Yurak mushagining gemodinamik zo'riqishi: yuqori bosim natijasida (yurak illatlari, mitral stenozi, aorta og'zi stenozi, uch tavaqali klapan illati kabi kassalliklarda kichik yoki katta qon aylanish doirasida bosim ortishi); yurak boMmachalari va qorinchalarida qon hajmining ortib ketishi (mitral tavaqalar yetishmovchiligi, yarim oysimon tava-qalar yetishmovchiligi); d) qon bosimi va hajmining ortib ketishi (murakkab qo'shma yurak illatlarida). 3. Yurak qorinchalari diastolik toiishining buzilishi (restruk-tiv kardiomiopatiya, yopishqoq perikardit). O'tkir tomirlar yetishmovchiligi esa shikastlanishlar, qon oqishi, kelib chiqishi jihatidan turlicha bo'lgan og'riq sindromi, o'tkir zaharlanishlar, infeksion kasalliklar tufayli kelib chiqadi. Klinikasi. Surunkali yurak yetishmovchiligida III bosqich farqlanadi: I bosqich—boshlang'ich bosqich. Bu bosqichda surunkali yurak yetishmovchiligi belgilari jismoniy harakat qilganda bilinadi, osoyishtalikda belgilar yo'qoladi. Bemorning ish qobiliyati pasayadi. II bosqich—2 ta: A; B fazaga bo'linadi: II A fazasi—qon aylanishi buzilishining belgilari osoyishtalikda ko'p bilinmaydi. Gemodinamika buzilishlari katta va kichik qon aylanish doiralarida bo'ladi. II B fazasida qon aylanishi buzilishining belgilari yaqqol ko'rinadi. Katta va kichik qon aylanish doiralarida og'ir gemodinamik o'zgarishlar kuzatiladi. III bosqich—oxirgi, distrofik o'zgarishlar bosqichi bo'lib, bunda organizmdagi organ va to'qimalarda qaytmas o'zgarishlar paydo bo'ladi. Bemorlarning ish qobiliyati yo'qoladi. Klinik manzarasi. O'tkir yurak yetishmovchiligi ko'pincha chap qorincha yetishmovchiligi sifatida namoyon bo'ladi. O'tkir chap qorincha yetishmovchiligi yurak astmasi va o'pka shishi ko'rinishida bo'ladi. Yurak astmasi—o'pkada qonning dimlanishi va gaz almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan og'ir bo'g'ilishlar xurujidir. Xurujlar ko'pincha tunda bo'ladi. Bemorning teri qoplamlari oqarib, ko'karib ketadi va sovuq qotadi. Bemor xuruj paytida majburiy holatda bo'ladi: oyoqlarini pastga tushurib, qo'llariga tayangan holda o'tirib „havo tutadi". Be-morda xuruj vaqtida o'lim vahimasi tutadi. Qon bosimi sal ko'-tarilib, yurak urushi tezlashadi; eshitib ko'rilganda yurak tonlari bo'g'iq bo'lib, o'pka arteriyasi sohasida II ton kuchaygan bo'ladi. O'pkani eshitib ko'rganda uning pastki qismlarida nam va quruq xirillashlar paydo bo'lgani aniqlanadi (2-rasm). Rentgenogrammada o'pka suratining kuchayishi, o'pka ildizi tuzilishining o'zgarganligi, o'pka boiakchalari orasidagi to'siqlarning shishib ketishi tufayli hosil bo'ladigan Kerli chi-ziqlari ko'rinadi. EKG da chap qorinchaning zo'riqqanlik belgilari ko'rinadi. Kichik qon aylanish doirasida qon dimlanishining kuchayishi natijasida yurak astmasi o'pka shishiga o'tib ketishi mumkin. O'pka shishida bemorda bo'g'ilishning yanada kuchayishi, o'pkada nam xirillashlar sonining juda ko'payib ketishi, bemorda ko'p miqdorda suyuq, ko'piksimon, pushtirangli balg'am ajralishi kuzatiladi. Eshitib ko'rilganda o'pka ustida harxil pufak-chali nam xirillashlar ko'p miqdorda eshitiladi. Qon bosimi pa-sayadi. Tomir urishi tezlashib, ipsimon bo'lib qoladi. O'pka shishi juda og'ir holat bo'lib, bemorga o'z vaqtida yordam ko'rsatilmasa, uni qutqarib qolish qiyin bo'lib qoladi. O'tkir o'ng qorincha yetishmovchiligida bemorlarda to'satdan hansirash, yuzi va bo'yin terisining keskin ko'karib ketishi, sovuq ter bilan qoplanishi, bo'yin venalarining bo'rtib chiqishi va pulsatsiyasi, taxikardiya, jigarning keskin kattalashuvi, qorin dam bo'-lishi, oyoqlarda shishlar, assit, ko'ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Surunkali yurak yetishmovchiligining klinik manzarasi uning bosqichlariga qarab o'zgaradi. Download 342.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling