Yurakning ishemik kasalliklari


Download 342.91 Kb.
bet8/11
Sana15.06.2023
Hajmi342.91 Kb.
#1483352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 yurakning ishemik kasalliklari

/// bosqich ikkala qon aylanishi doirasida gemodinamikaning takror buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda ichki a'zo-lardagi distrofik o'zgarishlar, suv-tuz almashinuvi buzilishi bel­gilari yuzaga chiqadi.
Bemorlarning 41% ida gidrotoraks, 73% ikkala qorinchaning dilatatsiyasi, 80—90% ida yurak ritmining buzilishi va ko'pchilik bemorlarda assit kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan surunkali qon aylanishining buzilishi va ko'pchilik bemorlarda astsit kuza­tiladi. Uzoq vaqt davom etgan surunkali qon aylanishining buzi­lishi natijasida ichki a'zolar va to'qimalar atrofiyaga uchraydi, bemorlar ozib ketadi. Ularning teri qoplamlari ko'kargan, quruq boiadi. Teri osti yog' qatlami deyarli bo'lmaydi. Yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari va shovqinlari pa- saygan, uch tavaqali klapanning nisbiy yetishmovchiligi rivojlanadi. Bo'rtib chiqqan bo'yin venalari pulsatsiyasi, epigastral pulsatsiya, gipertro-fiyalangan o'ng qorincha qisqarishi hisobiga jigar pulsatsiyasi ko'rinadi. Jigarda fibroz rivojlanishi natijasida uning taoliyati keskin buziladi. Surunkali yurak yetishmovchiligida gemodinamik o'zgarishlarni exokardiograflya usuli yordamida aniqlash mum­kin. EKG da yurak yetishmovchiligiga olib kelgan asosiy o'ziga xos o'zgarishlar kuzatiladi.
Davolash. O'tkir yurak yetishmovchiligini davolash kabi bo'ladi.
O'tkir yurak yetishmovchiligini davolashda miokard qisqa-rish xususiyatini yaxshilash, yurakka kelayotgan qon hajmini kamaytirish, nafas markazining qo'zg'aluvchanligini kamay-tirish, bemor organizmida kislota-ishqor holatini tiklash ko'zda tutiladi.
Miokardning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilash maqsadida yurak glukozidlari — strofantin, korglukon qo'llaniladi
Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uning bosqi-chiga bog'liq bo'lib, kompleks olib boriladi. Yetishmovchilikning birinchi darajasi bilan kasallangan bemorlar mehnatga layoqatli bo'ladilar, biroq ular dispanser kuzatuvida bo'lib, vaqt-vaqtida tegishli dori-darmonlarni ichib turadilar. Yetishmovchilikning II darajasi bo'lgan bemorlarni vaqt-vaqtida kasalxonaga yotqizib turish va yurak glukozidlari (strofantin, korglukon, digitoksin, digoksin va hokazo) bilan davolash zarur.
Digitalis preparatlarini kukun holida ichish uchun tayinlanadi. Ularni bir qabulga 0,1— 0,2 g dan boshlab tayinlash mumkin; so'ngra kichikroq miqdorlarga (0,05—0,lg dan kuniga 3 mahal) o'tsa bo'ladi.
Yetishmovchilikning III darajasida atsit bo'lganda digi­talis preparatlarini shamchalarda qo'llagan ma'qul. Digitoksin 0,0001 g dan kuniga 3 marta, digoksin 0,00025 g dan kuniga 2—4 marta, selanid (izolanid) 0,00025 g dan kuniga 3 marta tayinla­nadi. Digitalis yaxshi naf bermaganda (uni bekor qilgandan so'ng 3—4 kun o'tgach), strofantinning 0,05% li eritmasini 0,5—1 ml dan 40% li glukoza eritmasi bilan birga tayinlanadi. Strofantin asta-sekin 2—3 minut ichida yuboriladi. Korglukon strofantinga nisbatan kuchsizroq ta'sir ko'rsatadi. Siydik haydaydigan vositalardan dixlotiazid (gipotiazid) surunkasiga 2—3 kun qo'llaniladi, so'ngra bir hafta o'tgach 1 qabulga 0,03 g takrorlanadi, ayni paytda 2—3 g dan kaliy xlorid tayinlanadi. Og'ir hollarda kislorod terapiyasi buyuriladi.
Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasida o'rinda yotish rejimi, parhez (stol NelO), siydik haydaydigan vositalar, yurak glukozidlari bilan davolash tayinlanadi. Laparotsentez (abdaminal punksiya) buyuriladi.

Download 342.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling