«yuridik psixologiya» fanidan
Download 58.67 Kb.
|
yangi 6 yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiy t о ‘nglik
Ruhiyatni ajralishida (ajralish – qadim yunon tilida «skizis», sо‘zidan olingan. Shu sо‘zdan shizofreniya atamasi kelib chiqqan) bemor ikki dunyoda yashaydi. Ajralish kо‘pincha ambivalentlik (sezgining ikkilanishi) va ambitendentlik (xarakterning ikkilanishi) belgilari kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Ba’zi hollarda esa ular о‘zlarini ikki shaxsga ajratishlari mumkin, ya’ni bir vaqtda ham о‘zi, ham boshqa odam, deb his qiladi.
Hissiy tо‘nglik – bu bemorlarning asta-sekin odamiylik tuyg‘usini va qiziqishlarini yо‘qotib borishi, oila a’zolari yoki yaqinlari bilan sovuq muomalada bо‘lishi, irodaning sо‘nishidir. Shizofreniyaning quyidagi turlari mavjud: oddiy; gebefrenik (yunoncha “gebefreniya” – “о‘smirlik ruhiyati”); katotonik; paranoid (yoki gallyusinator paranoid); sirkulyar [1]. Jinoyatchilar orasida tarqalgan ikkinchi psixik anomaliya bu psixopatiyadir. Chexiya olimlarining tadqiqotlariga kо‘ra, tajavvuzkorlik, moliyaviy va nomusga tegish jinoyatlarini kо‘p hollarda psixopatik shaxslar tomonidan sodir etilgan. Boshqa tadqiqotchilar fikriga kо‘ra, retsidivistlar orasida 40dan 90% orasida psixopatlar tashkil etadi. Psixopatiya kasalligini о‘rganishda mashhur rossiyalik olim psixiatr P.B. Gannushkin katta hissa qо‘shgan. Uning fikriga kо‘ra, psixopatiya – bu xarakterning anomalligi hisoblanib, indivi-dumning qalbida о‘zining hukmronlik izini tо‘ldirib, uning butun psixik kо‘rinishini belgilab beradi. Psixopatiyada patologik toifali shaxs ikki omil ta’sirida paydo bо‘ladi. Bular tug‘ma yoki orttirilgan nerv sistemasining biologik nobopligi va atrof-muhitning ta’siridir. Ba’zi bir xarakterologik kо‘rinishlar aniqlanganda kasallikka diagnoz qо‘yish yetarli emas. 21–25 yoshlargacha aslida psixopatiya diagnozi qо‘yilmaydi, chunki о‘smirlik va о‘spirinlik davrlarida shaxsning intensiv rivojlanishi hisoblanadi. Shaxsning artof-muhitga adaptatsiyasining buzilishi va psixopatik xislatlarning yalpi kо‘rinishi va orqaga qaytmasligi psixopatiyani diagnostika qilishga asos bо‘ladi. Psixopatiyani asotsial xulq-atvordan ajratish lozim. Psixopatiya psixiatrik nozologiyaning chegarasidan chiqmaydi. Juda kо‘p hollarda yillar davomida ijtimoiy ta’sirlarning oqibatida psixik sog‘lom jinoyatchilar orasida «psixopatik» xulq-atvor belgilariga xos bо‘lganlar, ya’ni «psevdopsixopatik» ta’sirlanuvchilar ham uchraydi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda psixopatik simptomo-kompleksga xos bо‘lgan xususiyatlarni kо‘rib chiqamiz. Unga quyidagilar kiradi: patoxarakterologik buzilishlar (xarakterning patologik varianti); emotsional-irodaviy buzilish; motiv iyerarxiyasining va tuzilmasining buzilishi; о‘z-о‘zini baholash va talabgorlik darajasining noadekvatligi; Tafakkurning «ma’lum darajadagi affektiv aqli zaifligi» kо‘rinishidagi buzilish; Prognoz qilish va oldingi tajribaga suyanish xususiyatining buzilishi. Psixopatlarni «yaderniy» turi mavjud bо‘lib, uning kelib chiqishida biologik, konstitusional omillar, marginallik yotadi. Bularning hammasi atrof-muhitning ta’siri, birinchi navbatda esa oiladagi tarbiya, bolalikdagi kollektiv, shaxslararo munosabatlar, ya’ni ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Psixopatiyada shaxsning xususiyati turg‘un (mustahkam) va total (umumiy) xarakterga ega bо‘lib, insonda ijtimoiy adaptatsiyasining buzilishiga olib keladi (ichki yoki tashqi konflikt). Shu bilan birga, ularda intellektual-mnestik jarayonlar iztirob chekmaydi va uzluksizlik (progrediyentlik) bо‘lmaydi. Psixopatiyaning dinamikasi dekompensatsiya va kompensatsiya kо‘rinishida bо‘ladi. A.YE. Lichko psixopatiya darajalarini voyaga yetmaganlar orasida quyidagicha kо‘rinishda ajratgan: Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling