«yuridik psixologiya» fanidan


Download 58.67 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

1) og‘ir psixopatiY. Unda uzoq davom etmaydigan va tо‘liq bо‘lmagan kompensatsiya kuzatiladi. Kompensator mexanizmlari yo sust kо‘rinishda yoki vaqtinchali bо‘lib, oqibatida giperkompensatsiyaga yetib boradiki, ular psixopatik kо‘rinishda namoyon bо‘ladi. Dekompensatsiya kо‘zga kо‘rinmagan yoki ahamiyatsiz sabablar oqibatida kelib chiqishi mumkin.
2) yaqqol kо‘ringan psixopatiY. Kompensatsiya qisqa muddatli bо‘ladi. Arzimagan sabablar ularda dekompensatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Lekin og‘ir xulq-atvor buzilishlari va murakkab, uzoq davom etuvchi dekompensatsiya, odatda, psixik travmaning asoratidan kelib chiqadi. Ijtimoiy moslashuv esa tо‘liq va mukammal bо‘lmaydi.
3) о‘rtacha psixopatiY. Kompensatsiyani uzoq vaqt davomida ushlab turish uchun kompensator mexanizmlar yetarli hisoblanadi. Buzilishlar, odatda, situativ hisoblanib, ularning davom etishi va о‘tkirligi psixik travmaning og‘irligi bilan bog‘liq. Dekompensatsiya xulq-atvorning buzilishi va psixik xislatlarning keskinligida namoyon bо‘ladi. Ijtimoiy moslashuv о‘zgaruvchan, pasaygan yoki chegaralangan. О‘zgaruvchan adaptatsiyada buzilish oson kechadi; uning pastligida shaxsning qobiliyatiga nisbatan о‘rganish (о‘qish) yoki ishlash jarayonlari qiyin kechadi; chegaralanganlikda esa – qiziqishlar doirasi keskin ravishda о‘zgaradi yoki produktivlik bor qandaydir tor jarayonlar namoyon bо‘ladi.
Shunday qilib, normal xarakterda iz qoldirgan notо‘g‘ri tarbiya, pedagogik qoloqlik yoki uzoq davom etgan g‘ayriijtimoiy hayot tarzi psixopatiyadan keskin farqlanadi. Chunki psixopatiyaning asosida nerv faoliyatining nobopligi yotadi.
Shaxsning patologik xususiyatlari ularni adaptatsion imkoniyatlarini toraytiradi va uning natijasi, о‘z navbatida, kriminogen ahamiyatni keltirib chiqaradi. Psixopatiyaning og‘irlik darajasi jinoiy xulq-atvorning kelib chiqishini va uning mexanizmini belgilab beradi.
Rossiyalik psixiatr olim P.B. Gannushkin psixopatlarning 3 asosiy belgisini ajratgan:
– shaxs xususiyatlarining yaqqol patologik kо‘rinishi, adapta-siyaning buzilishi;
– insonning butun psixik qiyofasini belgilaydigan psixopatik xususiyatlar (motivatsion-emotsional sohada, tafakkurda va b.);
– ularning barqarorligi va orqaga qaytarilishining kamligi.
Zamonaviy psixitariyada psixopatiya tug‘ma yoki orttirilgan shaxs patologiyasi tushuniladi. U, о‘z navbatida, shaxsning emotsional va irodaviy jabhalarining beqarorligida (disgormoniya) namoyon bо‘ladi. Shuning uchun ham ziddiyatli vaziyatlarni oson kelib chiqishini ta’minlaydi.
Psixopatiya shakllari. Y.M. Antonyan va V.V. Guldan tomonidan olingan ma’lumotlarga kо‘ra, tekshiriluvchi jinoyatchilar orasida eng kо‘pini «qо‘zg‘aluvchan» psixopatlar tashkil etgan (45,6%). Ularga kayfiyatning о‘zgaruvchanligi, birdaniga jahlning chiqib ketishi, g‘azab, verbal (haqorat) va xatti-harakatlar agressiyasi, birdan tutaqib ketish va boshqalar xosdir. Affektiv reaksiyalar ularda arzimagan sabablar bilan ham paydo bо‘ladi. Kо‘pchiliklarida tez xafa bо‘lib qolish, shafqatsizlik, g‘am-g‘ussalarni yig‘ib yurishga moyillik, kek saqlash (epileptoid variantda) xususiyatlari mavjud. Qо‘zg‘aluvchan psixopatlarning tashqi muhitga nisbatan eng asosiy reaksiyasi – bu portlovchi-shafqatsizlik reaksiyasidir[2].
V.V. Guldan ularda о‘z-о‘ziga baho berishni yoki talab qо‘yish darajasining noadekvatligini, qarshilikka chidamsizligini, hukmronlikka moyillik, qaysarlik, о‘z-о‘zini qо‘zg‘atishga moyillik va affektiv zо‘riqishni bо‘shatish uchun jamoat tartibini buzish va zо‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishlari mumkin bо‘lgan xislatlarni aniqlagan.
Bu tipdagilarda affektiv hissiyotlarning yig‘indisi tashqi kо‘rinishga ega bо‘lmaydi, ularning paydo bо‘lishi birdaniga agressiv yoki autoagressiv harakatlar bilan ifodalanadi. Bо‘ronli portlashlar izsiz kechmaydi, ularda uzoq vaqt davom etadigan kayfiyatning buzilishi paydo bо‘lib, arzimagan bahonalar ularda qayta reaksiyaning paydo bо‘lishiga olib keladi.
Psixopatiyaning keyingi turi – bu isterik psixopatlardir. Ular egotsentrizm, namoyishkoronalik, atrofdagilarning e’tibor markazida bо‘lish, yolg‘onchilik, fantaziya qilish va tashqi muhit ta’siriga beriluvchanlik kabi xislatlari bilan ajralib tura-dilar. Agar ular boshqalarning e’tirofiga va hayratiga erisha olmasalar, yolg‘on gaplarni tо‘qishga va maqtanishga harakat qiladilar (Myunxgauzen sindromi). Bir xillarida bunday insonlar hurmat-e’tiborga erishish uchun jamoada (kollektivda) ig‘volarni, fitnalarni uyushtirib, makrni ishga soladilar. Isteriklar xulqida hissiyot (emotsiya) muhim rol о‘ynaydi. Emotsiyalarning tashqi kо‘rinishi kuchli, shu bilan birga, о‘tkinchi va yuzaki bо‘ladi. Ularning bir narsadan zavqlanishi yoki xafa bо‘lishi namoyishkorona shaklda ifodalanadi. Ularning isterik reaksiyalari arzimagan sabablarga kо‘ra paydo bо‘ladi va qaytalanishga tayyor turadi. Lekin qо‘zg‘aluvchan psixopatlardan farqli о‘laroq ularning affektiv harakatlari g‘azab fonida emas, balki namoyishkoronalik hissi bilan tо‘lgan bо‘ladi. Shuning uchun ham ular jamoa tartibini buzadilar, harakatlarida artistizm xislatlari bо‘ladi, atrofdagi narsalarni buzish istagi bilan tahdid qilishadi, о‘z joniga qasd qilishga urinadilar, ovqatdan voz kechadilar va h.k. Ularning maqsadlari о‘zlariga hammaning e’tiborini qaratish va ishontirishdir.
Y.M. Antonyan va V.V. Guldanlarning tadqiqotiga kо‘ra, 58% jinoiy harakatlarni isterik psixopatlar sodir etgan, ularning jinoyatlari davlatga qarshi va fuqarolarning shaxsiy mulkiga ega bо‘lishga qaratilgan (ularning ichida eng kо‘pi firibgarlarni tashkil etgan).
Keyingi psixopatiyaning turi – bu tormozlanuvchilardir. Ular ikki kichik guruhlarga bо‘linadi:
► Asteniklar;
► Psixoasteniklar.
Bunday odamlarga birinchi navbatda xavotirlik kо‘rinishidagi buzilishlari xosdir. Ularning holatlarida doimiy ravishda bezovtalik, xafli tuyg‘ular hissi, qо‘rqishga moyillik hukmronlik qiladi.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling